TGINSIGHT CHAT
IT suhbat
@it_suhbat
TechnologienFaqat Java. Hayot(im)dagi qiziq narsalar: @abdulvahid_ahmad
Aktuelle Beiträge
Tag: #java · 53 Beiträge
Gepostet 13. Jan.
#java#spring Zip24.com xalqaro kompaniyasiga Middle/Senior Java (Spring) dasturchi kerak. Ish haqi: 10 800 000 UZS - 37 800 000 UZS (1000$ - 3500$) Talablar: - Java 8+, Maven, Gradle - Spring (Spring Web, Spring Data, Spring Boot); - JPA, Hibernate, JDBC; - PostgreSQL, MongoDB, Elasticsearch - Ingliz tili (stackoverflowni o'qish darajasida) - 2+ yil real proyektlardagi tajriba Imkoniyatlar: - Zip24 kompaniyasida xalqaro platformalarida professional dasturchilar bilan ishlash - Shahar markazida joylashgan qulay ofis va yuqori tezlikdagi internet - Kompaniya hududida bepul tushliklar, cheksiz miqdorda sifatli kofe. - Xalqaro proyektlar ustida ishlab kerakli tajriba va daromadga ega bo'lish imkoniyati Biz haqimizda: - «Zip24.com» – bu elektron tijorat sohasida logistika, yetkazmalar zanjiri va buyurtmani mijozgacha yetkazib berish bo‘yicha xizmatlar majmuini boshqarish SaaS B2B tizimi hisoblanadi. - «Zip24.com» kompaniyasining shtab-kvartirasi BAA, Dubay shahrida joylashgan va u quyidagi proyektlar va kompaniyalarni o'z ichiga oladi: - https://shipox.com (https://app.shipox.com) - https://storfox.com (https://app.storfox.com) - https://www.kpi.com (https://apps.kpi.com) - https://datasite.uz (https://www.linkedin.com/company/datasite-technology) Agarda bilimingiz va tajribangiz yetarli bo'lmasa, siz mazkur proyektlarda kerakli texnologiyalarni o'rgangan holda stajirovka (internship) o'tish imkoniga egasiz. Stajirovka (Internship): - Yuqorida ko'rsatilgan talablar va texnologiyalar bo'yicha 3+ oy real tajriba - IELTS 5.5/TOEFL 46-59 total score yoki Rus tilini mukammal bilishi - Yuqori mustaqil o'rgana olish va Effective Googling qobiliyati - Internship uchun haftasiga kamida 30 soat ajrata olishi kerak. - Muvaffaqiyatli yakunlaganlar kompaniyaga doimiy ishga qabul qilinadi. CV yoki Resume yuborish: HR Manager: Sarvar Salyamov Telegram: @zip24HR 👉Подписаться на канал @UzDev_Jobs
Gepostet 11. Jan.
#java Yangilik bor. In shaa Alloh, sekin-sekin tajribali ustozlarni bitta-bitta taklif qilib qaysidir mavzuda suhbat qilamiz. Anchagina foydali bo'ladi. Tajribalilarning mahoratlaridan imkonimiz boricha olib qolishimiz kerak🙂 Java dasturchi bo'lmoqchilar, hozirda ishlab turganlar, ishlab qaysidir darajaga yetganlar, xullas hamma uchun yangi bilimlarga boy bo'ladi. Yaqin kunlarda bu haqida batafsilroq e'lon qilamiz. Endi kanalimizda rostdan ham @it_suhbat bo'ladi😂😁
Hashtags
Gepostet 3. Jan.
#roadmap#java Mendan yaqin orada bir necha kishi roadmap uchun na'muna berolasizmi deb so'rashdi. Shu haqida Alloh qodir qilganicha to'xtalib o'tamiz, demak, boshladik. Avvalo bu sohadagi bilimlarni bir-biridan farqlarini o'rgatgan Allohga hamdlar bo'lsin. Dasturlash tillari talaygina va ularni ichidan eng ko'p foydalaniladiganlari ham anchagina. Aynan bir dasturlashni ichiga kirsak ham, bu til bir nechta sohalar uchun qo'llaniladi va bu sohalar bir-biridan farq qiladi. Misol uchun, java dasturlash tili: 3 qismdan iborat , ular — SE(Standart Edition), EE(Enterprise Edition) va ME(Micro Edition). Qisqacha qilib tushuntirganda, Java dasturlash tilini desktop ilovalar ishlab chiqish uchun(SE), android ilovalar ishlab chiqish uchun(ME), web-servislar ishlab chiqish uchun(EE) yoki istalgan boshqa sohalar uchun ishlatish mumkin. Yetkazmoqchi bo'lganim, har bir yo'nalishda boshqa-boshqa narsalar o'rganiladi, java core bundan mustasno. Ya'ni qaysi yo'nalishda ketishdan qat'iy nazar, java core'ni o'rganishga majburmiz. Bu umumiy sintaksis va hamma sohada ham zarur bo'lgan prinsplar(OOP misol uchun), ma'lumot to'plamlari, sikllar, ma'lumot turlari va hokazolarni o'z ichiga oladi. Yo'l uchun xarita tanlashdan avval, qaysi yo'ldan yurishimizni tanlab olishimiz kerak bo'ladi. Aynan biror sohani o'rganish uchun roadmap yozilsa, menimcha maqsadga muvofiq bo'lardi va sizlardan shuni so'ramoqchimanki, qaysi yo'nalish bo'yicha roadmap tayyorlanishini istagan bo'lar edingiz? 1. Web developer 2. Android developer 3. Desktop developer 4... Sizning xohishingiz Fikrlaringizni qoldiring. Shu bo'yicha keyingi maqolalarni tayyorlaymiz. @it_suhbat
Gepostet 3. Jan.
#roadmap#java The post is currently in progress (ashnaqa dermidi😁😉) @it_suhbat
Gepostet 29. Dez.
#dotNet#java#javaScript#php Ketma-ketlik boʻyicha. Hammasi bir joyda😊 @it_suhbat
Hashtags