Aktuelle Beiträge
S. 13 von 56 · 666 Beiträge
Gepostet 3. Apr.
Artemida II missiyasi astronavtlari 70000kmcha uzoqlikdan ona yerni suratga olishibdi. Qayerdadir podcastlarga chiqib dindan ham misol keltirib yeb qo'yganini tan olmaydigan tekis yerchi yumaloq kallalarni fikrlariga ajoyib raddiya)
Gepostet 2. Apr.
Jamiyat adekvatlashsa rashk degan noadekvat debilistik tuyg'u o'z-o'zidan yo'qolib ketsa kerak rijoltoylarga qo'shilib.O'zini nazorat qilolmaydigan odamlarning o'zgani nazorat qilishga bo'lgan absurd urinishlarining absurdlikini uqib olish uchun ham oz bo'lsada aql kerak.Turmushni tayanchi nazorat emas balki o'zaro ishonch deb bilaman.O'zingizni qadrlang va yoringizga ishonch bilan yashang) Va farzand sonini oshirishdan ko'ra ularni intellektini oshirib tarbiyalash kerak zero ulg'ayib krinj unsurlarga ega d*b latta bo'lib yetishmasin)
Gepostet 2. Apr.
Qoidalarga ko'nib yashamoq azob, To'g'ri chiziqlardan qaynaydi qonim. Bu hissiz dunyoni aylagin xarob, Fojiam, Isyonim, Mening darmonim... Men qanday sevardim odamlardek, ayt? Balki... bu olamga begona jonman. Bir xil kunlar aro azoblangan payt, Ishqning gulxanida yongan isyonman! ©Nodirbek Farkhadovich(Qoralama)
Gepostet 1. Apr.
-Qora tanli samolyot boshqaruvchisi kim deb ataladi? -Bilmadim. -Uchuvchi deb ataladi la'nati irqchi... True Detective s1
Gepostet 1. Apr.
Bizni e'tiborimizni va konsentratsiyamizni ko'p narsa chalg'itishi mumkin.Bu borada asosiy chora odamlar e'tiboridagi narsalarga u qadar jiddiy e'tibor qilmaslik(fikrimcha bizni shu narsa ko'p chalg'itishga moyil).Men kim bilandir qachondir uchrashgan bo'lsam ma'lum vaqt o'tib uni eslolmaslikim tanimaslikim o'zim uchun absolyut normal holat chunki odamlarni predmetlarni eslab qolishga majbur emasman xotiram unday chiqit narsalar uchun joy ajratmaydi.Shu sababli men bilan yuz yil oldin ehtimol kecha uchrashgan bo'lsangiz va sizni arzigulik odam sifatida qabul qilmagan bo'lsam demak o'zingizni tanishtirib menga eslatishga urinish befoyda. ©Kirdi-chiqdi xotira sohibi(o'zim)
Gepostet 30. März
Avzoyi buzilib kirib kelgan bahordan yoqimlisi bo'lmasa kerak.Atrof kulranglashib qolgan mahalda bahor ranglarining asta sekinlik bilan yashnab borishini har kuni o'tadigan yo'llaringdagi daraxtlardan sezish zavqli sizlarga aytsam)
Gepostet 29. März
Болаларингизни мактабда ўқитинг:)
Gepostet 29. März
Twitter meni o'z absurdlari bilan umrimga zomin bo'la boshladi.Bu dozalardan so'ng yana bir necha hafta kirmasam kerak qaytib(
Gepostet 29. März
Erta nikohga umuman qarshiman.Ayniqsa qizlarni o'zidan 10-15 yosh katta go'rso'xtalar bilan nikoh qurdirishlariga. Men feminist emasman lekin maktabni endi bitiradigan go'dakni bu yil erga berib keyingi yildan boshlab qaysidir rijol uchun butun umr farzand tarbiyasiga ma'sul qilib qoldirish bu eng vaxshiyona ish.Ha bu yoshda hali eslarini tanimagan bo'lishi mumkin ammo qolgan butun umr aqlini tanimay o'tadi deganimasku axir.
Gepostet 29. März
1984 kitobini o'zbek tiliga ilk bor tarjima qilgan inson Karim Baxriyev bu olamni tark etibdi. Rest in peace🕊
Gepostet 28. März
Eng noaniq savol berish uchun -masmisiz qo'shimchasini ishlatish kifoya: Shu yerlikmasmisiz? Shunaqamasmisiz? G'alatimasmisiz? Va hkz Rasvo so'z tuzish qo'shimchasi)
Gepostet 28. März
Ўзимни геополитикадан эксперт деб билмасам ҳам, айрим базовый нарсаларни биламан. Ҳар қалай фикр билдиришдан олдин тупойлик қилиб қўймасликка ҳаракат қиламан. Эрондаги уруш ортидан жуда кўп псевдо геополитикларимиз еб қўйиб ўзларини шарманда қилишяпти. Нега…