Aktuelle Beiträge
S. 11 von 56 · 666 Beiträge
Gepostet 12. Apr.
Ulyanov aytadi:Rossiya imperiyasiga tupurdim, chunki men kommunistman. Men aytaman: Rossiyaga tupurdim, chunki men liberalistman)
Gepostet 11. Apr.
Eng db odamlar sirasiga: 1. Birovni telefonini titadigan 2. Uni chatlarini boshqalarga yetkazadiganlar ham kiradi sizlarga aytsam ozizlar
Gepostet 11. Apr.
O’tgan kuning — o’tgan kundir, O’z boshingga yetgan kun, Qodiriyni bergan zamin, Qodiriyni sotgan kun. Qo’lin bog’lab, Dilin dog’lab, Yetaklashib ketgan kun, Voh bolam! deb aytolmagan Dudug’imsan, Vatanim. Yoningda qon yig’lagan bir Shoiringga qarab qo’y, Gar Qo’qonga yo’ling tushsa, Detdomlarni so’rab qo’y. Hech bo’lmasa Usmon xokin Keltirmoqqa yarab qo’y, Olislarda qurib qolgan Qudug’imsan, Vatanim… ©Muhammad Yusuf
Gepostet 11. Apr.
O'zim uchun inson kechinmalari ideal yoritilgan o'zbek adabiyotida ikkita asar mavjud.Birinchisi "Chinor" bo'lsa ikkinchisi "Tushda kechgan umrlar". "Chinor" romanida Asqad Muxtor Akbarali atrofida yuz berayotgan narsalar va uning kechinmalarini shunchalik zo'r yozganki inson haqiqattan ham asarga sho'ng'ib ketadi.Vijdon azobi juda ham yaxshi yoritilgan va qolaversa syujetga monand ideal yakun yasagan. O'tkir Hoshimovning "Tushda kechgan umrlar" asari ham o'zim uchun qolgan kitoblariga nisbatan anchayin yuqori o'rinda turadi.Bir nechta obrazlarning taqdiri, kechinmalari, hayot yo'li yoritilishi bilan birgan ikki yosh sevishganning taqdiri va parallel ravishda afg'on urushi kechinmalari yozib o'tilgan.Ko'plab O'zbek adabiyotlarida uchraydigan antoganist obrazi ko'plab hollarda umuman yoritilmasa ham kerak.Bu asarda esa o'sha antoganistning yani odamlarni tabiri bilan aytganda salbiy obrazning salbiylikka sabab bo'lgan qadamlari va ushbu harakatlari xotimasini chiroyli yoritishgan. Ba'zida asarlarni muqovasi va nomiga qarab xarid qilishim haqiqat.Tushda kechgan umrlar ham bir necha yillar oldin o'zimda o'tgan g'alati xislar sabab xarid qilingan va tom ma'noda ichki bo'shliqimga o'sha paytlar malham bo'la olgan)
Gepostet 11. Apr.
Bu gapni o'zi avval yozishim kerak edi. Bizda adabiyotda mashhur asarlar ko'plab topiladi lekin chetdan nazar tashlansa ayrimlari yuzakidek tuyuladi.Men tanqidchi emasman o'zim ham sevib o'qigan kitoblarim ko'plab topiladi ammo vaqt o'tib miya g'arbona qarashlar bilan qorishib ketganidan so'ng ayrim adabiyotlar g'alati ko'rinib ketadi ko'zga. Misol tariqasida Ufq romani.Baribir asosiy syujet urushdan qochgan yigit atrofiga qurilsa kerak(to'liq o'qimaganman va to'liq bilmayman).Lekin uni nega urushdan qochganiyu urushning yomonliklaridan ko'ra shunchaki xoinga chiqarib qo'yilgani va obrazni dag'al d*bga aylantirishgani g'alati.Qolaversa uning ichki kechinmalari umuman yoritilmasdan shunchaki jamiyat nazaridan qarab baho berilgani noto'g'ri albatta.Balkim uning ichidan urushning absurdliki borasidagi fikrlar inson hayotining qadr-qimmati haqidagi o'ylar o'tganini hech kimga yoritishmagan.Shunchaki ota-onasi tomonidan erkalab o'stirilgan farzand sifatida beqaror va ovsar obrazga aylantirilgan.Shuningdek aynan jamiyat qarashlariga moslashtirilgan)
Gepostet 11. Apr.
1402-yilgi Amir Temur bilan Boyazid Yildirim o'rtasida kechgan jang haqida bitta qiziq fikr. Turklar tarix borasida bizga nisbatan anchayin liberal va har bir turkiy millat vakilini ajdod sifatida ko'rishadi) Tr:Bu jang men uchun juda zo'r chunki har ikki tarafda ham mening bobom.
Gepostet 11. Apr.
Hozir bir narsani sezdim.Asaxiy orqali xarid qilingan kitoblarga Asaxiy books ilovasi uchun ham tekinga audio va fayl formatlarini qo'shib berisharkan)
Gepostet 11. Apr.
🙂 ©Alimoff Live
Gepostet 10. Apr.
Bu oy ko'proq kitob xarid qilsam kerak.Bugun shu ikkitasini xarid qildim. Graff Monte Kristoni vanihoyat 500 betdan ham oshirdim.Tugatib olsam ikkinchi qismi keyinroq kutib turadi)
Gepostet 9. Apr.
Inson universal darajada fikrlash shakliga hali to'laqonli yetib kelmagan.Ma'lum bir daraja va yo'nalishda odamlarning salohiyati javob bera olmasliki tabiiy hol. Bu degani men siz istagan mavzuda g'alchalanolmaslikimga ikkita sabab mavjud.Birinchisi o'ta darajada universallikim uchun g'alcha narsalarga erinaman, ikkinchisi salohiyatimiz kesishgan nuqta mavjud emas, shu uchun iloji boricha absurd suhbatlarga qo'shilmaslikka harakat qilaman.Suhbatga kirishmaslik ahmoqlik ifodasi emas hech qachon)
Gepostet 9. Apr.
Har safar menga duch keladigan narsa nevrologik va onkologik kasalliklar.O'zim shifokor emasman lekin qiziqishim hozirgacha shu yo'nalishda mavjud. Miya inson bosh chanog'ida nisbatan suyuq muhitda joylashgani uchun surilish xususiyatiga ega menimcha.Hozirgi kunda e'tiborimdagi jarayon miyadagi o'simtaga bog'liq.Umuman olib qaraganda miyaning orqa qismidagi o'simta miyaning oldi qismi javob beruvchi nutq sinteziga ta'sir ko'rsatmoqda.Bundan kelib chiqib xulosa qilishim mumkinki o'simtalarni ba'zida aniqlab bo'lmaydi yoki hajm oshgani sayin miyani o'z joyidan ma'lum millimetr surish xususiyatiga ega ekan.Shu sababli miya balki old qismga ma'lum darajada surilib nutq sinteziga javob beruvchi neyronlar siqilib qolgandir. Qiziq soha.Yana bir marta bu hayotga kelsam balki shu yo'ldan ketarman)
Gepostet 7. Apr.
Atrofingda dard bilan kurashayotgan odam bo'lsayu, lekin u o'z dardini amalda ifodalay olmasa, shuncha yillik umriga nisbatan ishonchi qolmagan bo'lsa unga nimadir deb taskin berish qiyin ekan.Ikkiyuzlamachilikni qoralayman, lekin o'z dardiga o'zi asta sekinlik bilan cho'kyotgan odamlarni o'z holiga tashlab qo'yish ham yaxshi emas. Gapirsang ham bir ayb, gapirmasang ham bir ayb.Bu dunyoda nima qilsak ham amalda gunoh va vijdonimiz azoblariga botaverarkanmiz.