Aktuelle Beiträge
S. 18 von 56 · 666 Beiträge
Gepostet 9. März
Ikki kunlik dam olish payti xayolimga bir narsa keldi.O'ylab qaralsa butun dunyoda boy va kambag'al qatlam sevuvchi tuzumlar mavjud ekan(ha bu narsa juda ham oddiy o'zi shunchaki meni xayolimga endi keldi).Masalan kambag'al uchun kommunizm ma'qul ekan chunki o'zidan baland bo'lganlarni ko'rolmagani extimol o'zini nishebrodliki sabab darajasidan osholmagani uchun shu tuzumda ular o'zi ko'rolmagan boyning boylikidan ulush olishni istaydi, ulush olmasa ham mayli, boyning qanday talon-taroj qilinishini ham ko'rib zavq olishadi(козёллар ko'p bo'lgani bunga misol).U qadar mehnat qilmasa ham jonkuyar odam bilan teng maosh olishdan uyalishmaydi. Elita qatlam esa o'zlari bilib-bilmay kapitalistik tuzum erkin-iqtisodni ma'qullashadi,induvidualizmni qo'llashadi, harakat qilgan kimsa borki o'sishi mavjud va boshqa ta'rifga hojat ham yo'q menimcha. Nima demoqchiman.Qayerda kommunizmni qo'llovchi kimsa bo'lsa borki kapitalistik tuzumda ishi yurishmagan ahmoqliki sabab ko'tarilolmagan, zamonga moslasholmagan odam ekan ular.
Gepostet 7. März
Yakshanbani yomon ko'raman.Etik dilemmalar ichida chirituvchi rasvo kun(
Gepostet 7. März
Sen qaydan bilasan, Balki yulduzlar Menga sirlarini So'ylayotgandir. Sen qaydan bilasan, Balki bu ko'zlar Unsiz bir qo'shiqni Kuylayotgandir. Sen qaydan bilasan, Balki keng olam Shu mo'jaz qalbimga Bo'ylayotgandir. Sen qaydan bilasan, Balki meni ham Kimdir qaydadir jim O'ylayotgandir... Abdulla Oripov - Surat va siyrat kitobidan...
Gepostet 4. März
Hamma ham sevishib turmush qurmaydi.Sevgi ham abadiy emas Prizma aytganidek turmushda shaxsiy qiziqishlar kesishgan nuqta bo'lmasa har qanday sevgi ma'lum vaqtdan so'ng insonlarni zeriktiradi.Zeriktirgan sevgidan keyinchalik toksik enmeshment qoladi.Bunaqa holatda farzand ham rishtalarni umuman saqlashga xizmat qilmasliki kerak chunki u munosabatlarni kesishtiruvchi/birlashtiruvchi mikser obyekt emas shaxsiy qarashlariga ega bo'lgan subyekt aslida. IMHO
Gepostet 3. März
Che confusione, sarà perché ti amo È un'emozione che cresce piano piano Stringimi forte e stammi più vicino Se ci sto bene, sarà perché ti amo Qanday chalkashlik, Balkim seni sevganim uchundir. Bu bir xayajon, Sekin asta kuchayib boradi. Meni mahkam quch, Yana ham yaqinroq tur. Agar o'zimni yaxshi xis qilsam, Demak bu seni sevganim uchundir. Deyilgan ekan dastlabki bandda)
Gepostet 28. Feb.
Hozir uyqudan uyg'onsam dunyo alg'ov dalg'ov bo'lib ketibdi(
Gepostet 23. Feb.
Ijtimoiy tarmoqni maksimum chekladim.Kerakmas umuman bir tiyinga qimmat narsalar.Shaxsiy hayotimda osoyishta yashamoqchiman.
Gepostet 23. Feb.
Katta maqsadlarning armoni katta bo'ladi.Shunchaki kichik maqsadlarni ko'zlab kattaroq ishni amalga oshirish hammani ham qo'lidan kelavermaydi extimol kichik rejalarni hamma ham yomon ko'radi.Odamlarga odat bo'lib qolgan oson ish eng katta normani oldinga qo'yish lekin uni qanday va qay yo'sinda amalga oshirish emas.Aslida bizga hayot borasida noto'g'ri motivatsiya berilgan.Maksimumni ko'zlashni o'rgatishadi lekin bir tiyinga qimmat harakati bilan o'z motiviga oshno bo'lgan landovur o'zini oldiga qo'yilgan ishni bajara oladimi yo'qmi qizig' emas.Har doim realist bo'lish kerak.Odamlarni ko'nglini ko'taraman deb soxta mulozamat ko'rsatib ularni yelkasiga og'ir yukni joylab qo'yish yaxshi ish emas aslida. Katta narsani ko'zlab uni amalga oshira olmaslik unga bo'lgan qiziqishni o'ldiradi.Shunchaki kichik kichik maqsadlarni amalga oshirish ham qiziqishni saqlab qoladi balkim ortig'i bilan bajarilsa kelgusida o'z yo'lingda barqaror davom etib shamdek so'nib qolmaslikingni ta'minlaydi. Avvalo odamzod o'z salohiyatini bilishi kerak yerdan turib Neptunni ko'zlashi emas shunchaki ungacha bo'lgan sayyoralarni extimol oyni birinchi to'liq zabt etishi shart)
Gepostet 18. Feb.
Ko'chada shunday g'alati havoki insonlarni sevishni ham sevmaslikni ham o'lishni ham o'lmaslikni ham kurtka kiyishni ham kiymaslikni ham bilib bo'lmayabdi)
Gepostet 17. Feb.
Chirog'im, menga ham sizga ham ayonki, siyosatda odamlarni o'ldirmaydilar.Siyosatda odamlar emas, g'oyalar nazarda tutiladi, xissiyotlar emas, manfaatlar to'qnashadi) ©Ota-o'g'il Vilforlar suxbatidan 📚Graff Monte Kristo
Gepostet 17. Feb.
Hayot unchalik yomon emas aslida.Shunchaki gohida o'zimiz murakkablashtiramiz.Shu jumladan o'zim ham shular qatorida)
Gepostet 17. Feb.
Fevralni so'nggida ayamajiz kutgandim lekin ob havo biroz yaxshiroq keldi.Kanal/anhor bo'yidagi o'rindiqqa o'tirib olib menga o'xshab hayotni ma'nosini izlab qahva ichib o'tirishlik havo sizlarga aytsam)