Aktuelle Beiträge
S. 17 von 56 · 666 Beiträge
Gepostet 12. März
Demak o'qishim kerak ekan Farishtalar va Iblislarni.To'sqinlik qilayotgan bir narsa mavjud edi bu ham bo'lsa Da Vinchi siridan so'ng orqaga qaytish)
Gepostet 12. März
Ricchi E Poveri – Sarà perché ti amo (Thommys Popshow extra 17.12.1983)
Gepostet 12. März
Insoniyat sivilizatsiyasiga yakun yasashi mumkin bo'lgan bu xodisani men ikki usulda kuzatishni xohlardim)
Gepostet 12. März
Dunyoda yadroviy konspirologiya rosa avj olib ketdi.Men ham shu konspirologiyani ichidagi bitta bo'lmachadan o'zimni fikrimni tashqariga sudrab olib chiqadigan bo'lsam ko'pincha yadroviy qurollar kuchi bo'rttirilganiga ishonuvchilar qatoriga kiraman.To'g'ri men bularni insoniyatga qanchalik zarar keltirishini aniq hisob kitobini aniqlashtirmagan bo'lishim mumkin ammo yerni yo'q bo'lib ketishiga bu triadani ta'siri yo'q deb hisoblayman.Yer yuzida insonlarni qirib yuborishi mumkin xuddikim dinozavrlarni qirgandek lekin yerni o'z o'qi atrofidan, gallaktikadan , gallaktikalar jamlanmasidan, umuman sayyoralar safidan chiqarib yuborishi safsata.Bunga bir qancha sabablar mavjud.Birinchidan yerga tushgan meteorit yomg'irlariyu dinozavrlarni qirgan asteroid yoxud vulqonlarni izchil otilishida yer yuzi yo'q bo'lib ketmadi.Ikkinchidan umuman qanchalik ko'p bo'lmasin yerni sayyora sifatida yo'q qilishni uddasidan chiquvchi qurolni bir necha yuz yilda ham yasashga insoniyat erisha olmaydi deb hisoblayman. Shunday ekan, yadroviy qurollar insoniyat va tabiat uchun katta xavf soladi, ammo sayyoramizning o‘zi kosmik miqyosda saqlanib qoladi)
Gepostet 11. März
Hozirgacha hechqayoqda uchratmagan g'oyam shu bo'lsa kerak.Agar o'zbekistonda kimdir shu tarzda lingvistik blog yurita boshlasa aniq tez rivojlanadi.Menga ham masalan yoqimli ko'rinadi shu narsa)
Gepostet 11. März
Yadro urushi konspirologiyasi haqida ham bitta narsa yoza boshlagandim yakunlasam joylayman)
Gepostet 11. März
Fevral o‘rtalaridan boshlab O‘zbekistonda atmosfera bosimi asta-sekin pasaya boshladi. Bu, asosan, havo massalarining isishi bilan bog‘liq. Odatda issiq havoda atmosfera kengayib, yengillashadi va yuqoriga ko‘tariladi, natijada yer yuzasida bosim pasayadi. Sovuq havoda esa aksincha havo zichlashib og‘irlashadi va pastga cho‘kadi, shu sababli bosim ortadi. Atmosferada bosim farqi paydo bo‘lsa, havo massalari yuqori bosimli hududdan past bosimli hududga qarab harakatlana boshlaydi. Ba’zan fasllar almashuvi davrida ob-havo qisqa muddatga iliqlashib ketadi. Shunday paytda shimol yoki shimoli-sharqdagi sovuq, yuqori bosimli hududlardan kelgan havo oqimlari janubroq hududlarga kirib kelishi mumkin. Fevral oyida ham shunga o‘xshash jarayon kuzatilib, iliqlashib borayotgan muhitga sovuq havo massalari bostirib kirib keldi va fasllar kelinchakini qatli vojib qildi. Bu jarayonda asosiy rolni ko‘pincha antisiklon o‘ynaydi. Antisiklon yuqori bosimli bo‘lib, unda havo yuqori qatlamlardan pastga cho‘kadi va markazdan atrofga tarqaladi. Shu sababli odatda quruq, bulutsiz yoqimsiz keskir havoni olib keladi. Agar antisiklon sovuq havo massalari bilan bog‘liqlikka kirishsa, harorat yanada keskin pasayadi.Agar u issiq hududda shakllansa, yozda jazirama va quruq issiqni kuchaytirishi mumkin. Bunga qarama-qarshi tizim siklondir.Siklonda yer yuzasida past bosim hukm suradi va havo atrofdan markazga oqib kelib yuqoriga ko‘tariladi.Yuqoriga ko‘tarilgan nam havo sovib, bulutlar va yog‘ingarchilikni hosil qiladi. Shu sababli siklon ko‘pincha yomg‘irli yoki qorli ob-havo bilan bog‘liq bo‘ladi. Qish faslida u nisbatan yumshoq va nam ob-havo olib kelishi mumkin, yozda esa ko‘pincha salqinlashish va yog‘inlarni ta’minlaydi ©Lide
Gepostet 11. März
Hayotda shunday tag tubi yo'q muammolar borki bularni umumiy yechimi 1227-yil o'lgan buyuk ekolog odamni butun umr amalga oshirgan yechimi bilan bir xil так вижу...
Gepostet 10. März
Nikohining mustahkamliki unga ketgan chiqimning miqdoriga mos ravishda proporsionalliki sababgina yashayotgan odamlarni ko'rib o'zingga taskin berishing shart emas. Yotib uxla Karl/Karolina(
Gepostet 9. März
Bizni xissiyotlar boshqaradi bizni xissiyotlar yashatadi vaholanki oxir oqibat o'ldiradi(
Gepostet 9. März
Kanal bo'yidaman extimol anhor bo'yida.Havo har doimgidek ajoyib lekin qahvasiz va sensiz yakkayu yolg'izman. Bu narsa katta extimol senga yetib bormaydi lekin aytib o'tishni joiz bildim.So'nggi marta taksidaligimizda juda ham go'zalligingni aytishni unutgandim.O'sha payt qoramtir ko'zlaringga qarab turib baxtdan sarmast edim haqiqattan ham chiroyli eding.Meni menligimcha seva olding extimol ko'proq ham yoqtirgandirsan.Bilmadim.Bu seni aybing emas bu meni aybim edi aslida.Senga bo'lgan xis tuyg'ularimni o'z chegaralarimni buzib bo'lsada yetkazdim.Sen meni hayotga,dunyoga ma'lum vaqt bo'lsada qaytara bilding... Yo'limiz ayro emas, parallel ham emasmiz, shunchaki vaqt o'tib balkim yana yo'llarimiz kesishishini umid bilan kutaman.Raxmat senga Jozefinam... Diydoringni kutguvchi Diyoring...
Gepostet 9. März
Pofigizm ikki xil bo'ladi. Birinchi toifa pofigistlar hech nimani tushunmagani uchun qiziqmaydi aralashmaydi. Ikkinchi toifadagilar esa hamma narsani bilib tushunib turib bu ssenariylarni qayta va qayta takrorlanaverishidan zerikib aralashmaydi. Eron-Isroil-AQSH Triosi zb.Atrofda hamma muhokama qilyabdi lekin menga qizig' emas chunki men bu sahna ko'rinishlarini oldin ham tomosha qilganman(