Aktuelle Beiträge
S. 53 von 56 · 666 Beiträge
Gepostet 21. Juli
Negadir nafs yomon.Uyimda vaqtim bo'lmagani uchun o'qilmay chang bosyatgan kitoblarim ko'payib qoldi lekin nafs qurg'ur hakalak otib oylik tushgandan so'ng yana kitob istayabdi chang bostirish uchun)
Gepostet 21. Juli
O'zbek ishi yoxud paxta ishi! Osmon baravar plan berdilar. - Bajarasan! - dedilar. - Bajarolmayman! - dedi. - Bajarasan! - dedilar. - Bajarmayman! - dedi. - Qamalasan!!! - dedilar. Bajardi... Bola-chaqasi ko'p edi... Orden berdilar... Planni oshirib bajargani uchun... Keyin... Qamadilar... Qo'shib yozgani uchun... Bola-chaqasi ko'p edi... "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" kitobidan!
Gepostet 21. Juli
Evtanaziya — har doim qiyin. Evtanaziya — kasallik yoki jiddiy jarohat tufayli qattiq og'riq va azobda bo'lgan bemorning hayotini sun'iy ravishda tugatish amaliyotidir. Evtanaziya odatda shifokor yoki tibbiyot xodimi tomonidan amalga oshiriladi va bemorning o'limini tezlashtirish orqali uning azoblarini kamaytirishga qaratilgan. Evtanaziya ikki xil bo'ladi: Faol — maxsus dori-darmonlar yoki usullar yordamida bemorning hayotini tugatish. Passiv — bemorga hayotni davom ettirish uchun zarur bo'lgan tibbiy yordamni to'xtatish yoki uni olmay qo'yish. Evtanaziyaning asosiy maqsadi insoniylik tamoyillariga asoslangan holda, bemorning azob-uqubatlarini yengillashtirish va uning og'riqli hayotdan tinchlik bilan ketishiga yordam berishdir. Evtanaziya — bemor hayoti ustidan chiqariladigan so'nggi hukm. Buning eng qiyinligi shundaki, aksar xolatlarda bu hukm bemorning eng yaqin qarindoshlari (ota-ona yoki vasiysi) qo'lida bo'ladi. ©ming bir fikr
Gepostet 21. Juli
Absurdlar absurdlar absurdlar)
Gepostet 21. Juli
O'zbekistonda turmush qurish qiyin ish emas shunchaki urf odatimizni bajarish qiyin) Ha men qaysidir qizni qo'liga uzuk taqib rasmiy nikohdan o'tsam bu odatiy turmush qurish hisoblanmaydi.Lekin qachonki 1500-2000 kishi uchun tekin ovqatlanish tashkil qilsam, sha'riy nikohni mullalar orqali o'qitsam va lekin rasmiy nikohdan o'tmasam ham bu odatga ko'ra turmush hisoblanadi.Naqadar g'alati narsa)
Gepostet 19. Juli
Nimadir demoqchi edim.Ha mayli)
Gepostet 17. Juli
Ikkiyuzlamachilikni paxtakorlikni soxta mulozamatlarni insoniylik sifatida qabul qilishyotgan bir davrda haqiqatni,haqiqiy ichki dunyosini gapirgan inson doimo dushmandek yomon bo'lgan)
Gepostet 16. Juli
Men nigilistman.Hayotda yashashdan ma'no ko'rmasam ham uzoqroq yashashga imkon qadar harakat qilaman.Diniy qarashlarga e'tibor bermayman lekin g'alati narsa bunda emas.G'alati narsa shundaki nega aynan odamlar doimiy ravishda o'z joniga qasd qilishadi.Suidsid so'ngi chora emasliki ma'lum narsa bo'lsada ular shunchaki bu borliqni ahmoqona tarzda tark etishni afzal ko'rishmoqda.Va bu ahmoqlikni bajarishdan bosh tortishmayabdi... Menga qolsa so'ngi nafasim chiqquncha yashashni afzal ko'raman chunki o'limdan so'ng extimol qorong'u bo'shliqqa tusharmiz.Menga esa bu bo'shliqqa erta yetib borish ma'qul ish emas)
Gepostet 16. Juli
Sevgi muhabbat absurddir lekin bu hayotda insonlarga o'rganib qolishda qandaydir ma'no mavjud bo'lsa kerak)
Gepostet 16. Juli
Biz insonlarni sevmaslikimiz mumkin lekin ularga fe'l atvori tufayli oxir oqibat o'rganib qolamiz.
Gepostet 16. Juli
Biz insonlarni sevmaslikimiz mumkin lekin ularga fe'l atvori tufayli oxir oqibat o'rganib qolamiz.
Gepostet 16. Juli
Ba'zida insonlarni shu qadar qo'msab qolamiz lekin ularni boshqa topa olmaymiz yoki taqdir yo'limizni kesishtirmaydi ular bilan.G'alati holat... Shu qadar qattiq quchgim kelyabdi hatto suyaklari zirqirab ketib bellaridan qirsillagan ovozlar chiqquncha...