Aktuelle Beiträge
S. 52 von 56 · 666 Beiträge
Gepostet 8. Aug.
Urush eng g'alati narsa chamamda.Unda sen tirikligingda dushmansan lekin shunchaki yuraging to'xtagandan so'ng yokida parcha parcha bo'lib ketganingdan so'ng xudoning bandasi sifatida dushmanlaring yoki ittifoqdoshlaring tomonidan dafn etilgan jasad.Ha tirik payti dushman o'lganingdan so'ng esa tanilmagan noma'lum yaxshi insonsan.O'ta g'alati absurdizm ufurgan urushlarni doim yoqtirmaganman deya olmayman lekin hozirgi holatimda umuman olib qaragan patsifist tabiat odamga aylanib bo'libman.Insonlarni bir birini o'ldirishini ko'rish qandayin yomon) Fikrimcha har bir insonning ichki olamida o'zicha yaratgan hilqat va dunyosi bo'ladi.Bu hilqatlarda insoniylikimiz umrimiz xotiralarimiz yastanib yotadi.Bu insoniy narsalarni chetdan olib qarasak haqiqiy sa'nat asari deyish mumkin ekan.Ammo bu asarni shunchaki yo'q qilish g'irt qabihlik bo'lsa kerak... Inson bu sa'nat asari va inson bu hayvon degan gap so'zlarni har biriga qo'shilsam bo'ladi.Chunki har bitta ishni bajara olayabmiz bizdan boshqa cheklanmagan kuch hozir kurrayi zaminimizda ham mavjud bo'lmasa kerak. Nima demoqchiman? Shunchaki hech nima bu gaplarni pianina sadolarini tinglab yozishimni o'zi absurd edi lekin nimadir deyishim ham kerak edi.Qisqasi insoniyatni yoki yolg'izlikni seving.Har ikkalasida ham siz o'z insoniylikingizni saqlab qola bilish qobiliyatiga egasiz va sa'natni qadrlab umrguzaronlik qilishingiz mumkin)
Gepostet 7. Aug.
Meni bezdira olmaydigan Pianina)
Gepostet 7. Aug.
Pianina sadolari shunchaki ajoyib)
Gepostet 4. Aug.
Kechasi alahsirab uyquni buzishini tanishlari bilmaydigan odamlardan qo'rqing, xudo biladi ularning qo'lidan yana qanday xunrezliklar kelishini... ©
Gepostet 2. Aug.
Qaylardasan Yeva...
Gepostet 2. Aug.
Bugun ertalab uyg'onib shu Guliston so'zini o'qib rosa miyam chaynaldi. Miyamdan o'tgan fikrlar: Gul iston? Gulis Ton? Gul is Ton? Guli Ston? Bu nima narsa bo'ldi? Qayerda o'zi? Yangi davlat paydo bo'ldimi? Qachon paydo bo'ldi? Nega meni xabarim bo'lmadi? O'zi qancha vaqt uxladim? Qayerdaman o'zi? Yer sayyorasidagi barcha davlatlarni va bilgan shaxarlarimni 10 daqiqacha yotgan xolda miyada saralab chiqdim nixoyat o'zimizni Sirdaryodagi Guliston shaxriligi miyamga keldi)
Gepostet 28. Juli
Eski davrlarni eslatuvchi ushbu kuy muallifi bastakor Sulton Ali Raxmatov vafot etibdi...
Gepostet 28. Juli
Samurayni manzili yo'q yo'li bor ©
Gepostet 26. Juli
Qish sonatasini eski davrlarni eslab qayta ko'ryabman.Avval e'tibor bermagan ko'p jihatlarim mavjud ekan.Hozircha olti qismni ko'rib tugatdim va e'tibor berilmay qolgan narsalarga bu safar ko'zim tushdi.Koreyada maktablarda ta'limga va undagi intizomga qattiq rioya e'tilishi, o'quvchilar yoshlikida o'zi qiziqqan yo'nalishlarda qo'shimcha darslarni o'qib kelajakdagi kasbi uchun fundament qo'yishar ekan.Albatta bu orqali to'garak yo'nalishlar bilan doim ham shu yo'lni tanlashmaydi lekin qiziqishlarni bu orqali ma'nan qo'llab quvvatlash mumkin ekan.Yana bilmadim menga ko'ringani shu narsa bo'ldi)
Gepostet 26. Juli
Hozir extimol kimlardir endi uyqudan uyg'onyatgan bir paytda men haligacha uxlolmay yuribman)
Gepostet 26. Juli
Dunyoda qiziq odamlar borda)
Gepostet 21. Juli
Soqovni qamashdi, Soqov dushmanni, Siyosiy savodsiz, Anqov dushmanni... Qamashdi, Bir kunda, Paysalga solmay. Aybi aniq edi, Aybi ma'lum edi, U dohiy otini To'g'ri aytolmay, Hammaning oldida, "Ishtalin" dedi! Soqchiga mo'ltirar Soqov, Qaltirar, O'ldirishar endi, Uni o'ldirar. Qoldi uy, Qoldi — g'urbatxonasi, G'urbatxonasida — Qari onasi. Yana bir zot ketdi Shunday qilib — Soqovning boshiga Yetdi o'z tili... O'rmonda otishdi, Qor edi qalin. Yiqildi. Xayqirib, Yashashin Ishta-lin! Soqovni otishdi, Anqovligi uchun. To'g'rirog'i — Tug'ma Soqovligi uchun. Qirq yil bo'ldi bunga. Ellik yil bo'ldi-yov. Mana endi, Soqovning onasi — Haqiqiy soqov!.. Soqov duduq edi Munday olganda. Tillashsa bo'lardi O'lmay qolganda. ✍Muhammad Yusuf