Aktuelle Beiträge
S. 8 von 56 · 666 Beiträge
Gepostet 26. Apr.
Men qaytar dunyo degan narsalarga ishonmayman lekin shu haqida 8-9 yil oldin gazetada o'qigan hikoyam menga qandaydir ta'sir qiladi haligacha. Bir payt yonimizdagi qarama-qarshi yo'ldan yarim kechasi avtomobillar g'ala-g'ovurli qandaydir sabab bilan signal chalib o'tib ketdi.Qo'rqib uyg'onib ketdim.Haydovchi uxlab qolmadimikan degan xadik bilan ruldagi shofyordan hol ahvol so'ray boshladim.Tun yarmi kirib bo'lgan bo'lsada shofyor haligacha uyg'oq holda yo'l bo'ylab manzil tomon ketardi. - Ahvolingiz yaxshimi, aka? - Yaxshi rahmat. - ... - Odatda yo'llarda avariyalar shofyorlar uxlab qolishidan ham yuz berarkan deb aytishadi. - Men uxlamayman, rulda uyqum kelmaydi. - Ma'suliyat deng. - Ham ma'suliyat, ham kimningdir aybi uchun mening vijdonim uyqu bermaydi. - Farzandlardan nechta aka. - O'g'lim bor edi, bir paytlar... - Bor edi? - Ha.Vafot etgan. - ... . Nima bo'lgandi o'zi? - Yoshligimda.15 yil oldin 12 yoshda edi.Qo'shnimiz o'g'lini uylantirishga tayyorgarlik qilar.To'yga bir kun qolganda hammaning shodiyonasi ichiga sig'may quvonchdan yayrashga tayyorgarlik ko'rilyotgandi.Ansambl ertanggi shodiyona uchun kelishilingan, mahallaning boshidagi to'yxona kelin va kuyovni o'z bag'riga olish uchun tayyor, uy bo'lsa ikki yoshning baxtli lahzalarini kutardi.Shu o'yin kulgular atrofida o'g'lim ham o'ynagan, bolalar qatori quvnagan ekan.Qo'liga pul tushganidanmi, yo'lning narigi betidagi magazinga borib o'yinchoq xarid qilibdi.Yakka farzandim bo'lganiga nima xarid qilsa ham jerkimasdim, yomon demasdim.Bir mahal magazindan chiqib yo'lning narigi betidagi qo'shnimning uyiga o'taman degan bo'lsa kerak.Yo'l bo'ylab kelyotgan Nexiani sezmabdi, ustiga-ustak shofyor ham mast-alast bo'lib yo'ldan o'tyotgan bolani ko'rmay qolganini aytib o'zini oqlashga urinardi.Ishxonada edim, ishdan chiqib qo'shnimdan xabar olgani o'tmoqchi bo'lib turgandim, qoq tushlik payti farzandim avariyaga uchragani haqida xabar keldi.O'zimda yo'q edim, nima bo'lsa ham yakkayu-yagona xudodan tilab olgan farzandim.Boshliqdan ruxsat so'rab tuman shifoxonasiga shoshdim.Borsam palatada o'g'lim menga qarab kuchsiz kulishga uringancha yotardi.Xarid qilgan o'yinchog'ini ko'rsata turib hammayog'i og'riyotganini xolsiz aytishga urinardi.Onasi ham yetib kelgan ekan o'g'limni yonida bir necha daqiqa tura oldim,chidolmadim,palatadan chiqib xo'ngrab yig'lab yubordim.Xudodan so'rab olgan jigarbandimni nahot shu bugunoq yo'qotsam deb ichim achidi.Bir dam o'tib militsiya xodimi bir kishini yetaklagancha meni ismimni so'rab palatamiz tarafga kirib kelardi.Qo'lidagi odam nuqul tipirchilar, mendan kechirim so'rab xudoning nomi bilan uzrini bayon qilib qaytib ichmaslikini bildirib yolvorardi. - O'g'lingiz tuzalib ketadi akajon.O'zim Toshkentga oborib davolataman siz xavotir olmang faqat sudlashmasangiz bo'ldi.Menam ikkita farzandni otasiman shularni haqqiga shularni nasibasini yarim qilmaslik uchun arizangizni qaytarib oling - deb yalinardi. - Bir tarafdan palata kravatida yotgan o'g'lim uchun ko'nglim ezilsa yana bir tarafdan shofyorning farzandlari uchun qilgan nolasiga ezilardim.Mayli deb shofyorning ma'suliyatsizlikiga ko'z yumib arizamni qaytarib oldim.Yigitcha ham yig'lab, ham kulimsirab oldimda mingdan ming rahmat aytdi, toshkentda eng yaxshi shifokorlarga o'g'limni olib borib davolatishini vada qilib chiqib ketdi.
Gepostet 25. Apr.
Kapalakday kelib, qoshingga qo‘nib, Ko‘zingga termulib umrim o‘tsaydi. Qolding-u bag‘rimda jonimdek bo‘lib, Sochingni silashga qo‘lim yetmaydi. Peshonam shu ekan, peshonang shudir, Tushimga kir jonim, tushlarimga kir... Muhammad Yusuf
Gepostet 25. Apr.
Kapalakday kelib, qoshingga qo‘nib, Ko‘zingga termulib umrim o‘tsaydi. Qolding-u bag‘rimda jonimdek bo‘lib, Sochingni silashga qo‘lim yetmaydi. Peshonam shu ekan, peshonang shudir, Tushimga kir jonim, tushlarimga kir... Muhammad Yusuf
Gepostet 25. Apr.
O'ylab qarasam bir vaqtni o'zida ikki kitobni o'qish yaxshi ekan.Katta va og'ir kitoblarni tinglash, kichiklarni esa o'qish qulay bo'lyabdi.Menimcha qolgan kitoblarni shu tartibda o'qib ketsam kerak buyog'iga)
Gepostet 25. Apr.
Urush,doimiy o'lim xavfi ichida demografiyani mafkuraviy oshirishga urinish ahmoqlik.Albatta urushlar abadiy emas lekin shu urush ichida tug'ilgan bola shu urushning natijasida o'lsa o'ziga u qadar jabr bo'lmasliki mumkin(chunki hali olamni anglab yetmagan bo'ladi) lekin ota-onasiga aniq psixologik jihatdan zarba bo'ladi albatta. Mafkura ortidan rasvo sharoitda farzandli bo'lishdan ko'ra yurakni kamroq ezgan holda urushda farzandli bo'lmaslik kerak va yaxshiroq sharoitda tinchlikda bolali bo'lish kerak. Qisqasi falastinliklarga besh ketmadim shu joyida)
Gepostet 25. Apr.
Yetib keldi)
Gepostet 25. Apr.
Qiziq saylov ekan)
Gepostet 25. Apr.
Tugatdim lekin yoqmagan narsa shundaki kitob 2011-yil may oyida ovozli shaklda yozilgan bo'lib, o'qigan odam Saodat Zaydinova ekan lekin ilovada Muslima Murodova nomi bayon etilgan. Hamma ham Saodat Zaydinova nomi bilan tanishish uchun oxirigacha tinglamaydi…
Gepostet 25. Apr.
Tugatdim lekin yoqmagan narsa shundaki kitob 2011-yil may oyida ovozli shaklda yozilgan bo'lib, o'qigan odam Saodat Zaydinova ekan lekin ilovada Muslima Murodova nomi bayon etilgan. Hamma ham Saodat Zaydinova nomi bilan tanishish uchun oxirigacha tinglamaydi lekin tinglagan odam buni bilib g'alati bo'lib ketarkan.
Gepostet 24. Apr.
Agar tizimni nuratmoqchi bo'lsang nuratishni tizimdagilarni tizimga bo'lgan ishonchidan boshla. Rey Bredberini kitobini o'qib turib kelgan fikr.
Gepostet 23. Apr.
Graff Monte Kristoni birinchi qismini deyarli tugatdim(684 betli kitobni 654-betiga keldim).Fikrim shuki kitob ajoyib va ba'zida yengil ba'zida normal yozilgan ammo 400 betdan o'tgandan so'ng 100 betcha mag'zava mayda chuydalar ko'p.Keyinchalik oxiriga yaqinlashgach…
Gepostet 23. Apr.
Graff Monte Kristoni birinchi qismini deyarli tugatdim(684 betli kitobni 654-betiga keldim).Fikrim shuki kitob ajoyib va ba'zida yengil ba'zida normal yozilgan ammo 400 betdan o'tgandan so'ng 100 betcha mag'zava mayda chuydalar ko'p.Keyinchalik oxiriga yaqinlashgach kichik intriga sabab qiziqish yana qaytadi. O'zi klassik adabiyotlarda odatda obrazlar ko'p bo'lsa kerak bu kitobda ham shu muammodan qisman aziyat chekdim, lekin yoqdi. Qo'shimcha ravishda Rey Bredberining Farengeyt bo'yicha 451° kitobini ham boshlab qo'ydim.Kitob hikoya tarzida yozilgan bo'lib kichik hajmli va yirik shriftli bo'lganligi uchun bir soatdan sal ko'proq vaqt ichida 60 bet mutolaa qilibman.Bekorga emas ekan 1984 bilan ideal tandem deb baholanishi)