Aktuelle Beiträge
S. 9 von 56 · 666 Beiträge
Gepostet 21. Apr.
Nolanning Tenet filmini tugatib aktyorlarni ko'zdan kechirish paytida yangi bir kutilayotgan premyeraga kechroq bo'lsada ko'zim tushdi.Aktyorlar jamoasini kattaligiga ko'ra byudjet anchayin katta bo'lsa kerak)
Gepostet 21. Apr.
“Жанг клуби” фильми якунида бош қаҳрамон қизга қараб: сен билан ҳаётимнинг энг ғалати даврида учрашиб қолдик’ дейди.
Gepostet 20. Apr.
Shimoliy Koreyaning eng keng tarqalgan qochish yo‘llarining xaritasi Qizil chiziqlar — yer orqali asosiy qochish yo‘llari. Odatda Shimoliy Koreyadan odamlar chegarani yashirincha kesib o‘tib, Xitoyga kirishadi. Keyin ular Xitoyning turli shaharlaridan (masalan, Kunming) Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlariga, ko‘pincha Tailand yoki Laos orqali, yetib borishadi. Bu davlatlardan Janubiy Koreyaga yoki boshqa xavfsiz mamlakatlarga borish osonroq. Ba’zi yo‘llar Mo‘g‘uliston orqali ham o‘tadi (Ulaanbaatar orqali). Ko‘k chiziqlar — dengiz orqali yoki uchinchi davlatlar orqali chiqish yo‘llari. Masalan, Shimoliy Koreyadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Janubiy Koreya yoki boshqa mamlakatlarga yetib olish yo‘llari, ammo bular juda xavfli va kam ishlatiladi. ©Siyosiy geografiya
Gepostet 20. Apr.
Kadr o'ziga kelib tushgan buyruq bo'yicha BOSSga e'tiroz bildirsa yoki savollarni ko'paytirib yuborsa bu ba'zida shefning shaxsiyatini kesib o'tishga tenglashtiriladi.Vaholanki buyruq va topshiriqni absurdlikini oddiy kadr anglab yetib turgan bo'lsada negadir bossning anglab yetgisi kelmaydi yoki fikrlashdan, fikrini o'zidan yuqoriroq bo'lgan bossga bildirishdan qo'rqadi. Shimoliy Koreyada aynan shunday tizim hukmron.Janubiy Koreya bilan birlashmaguncha kommunistlardan umuman yangilik kutib bo'lmasa ham kerak.
Gepostet 20. Apr.
Loxlar haqida:
Gepostet 19. Apr.
Hayotda muammolaring ko'payib ketdimi? Siqilma. Shunchaki Hindistonga chet elga chiqmagan lekin til va zamonni biluvchi odamni o'rniga rus tilini rossiyada o'rgangan odamni ishonib yuborishganini esla va uni hindistonda rus tilida gaplasha oladigan odam izlab yurganini ko'rib o'zingga taskin ber)
Gepostet 19. Apr.
Инфляцияга учраган “узр сўраш” ҳақида Аслида узр сўраш — бу чуқур маънавий жараён ва хатони англашдир. Инсон ўз қилган хатосини оқибатларини тушуниб етиб бундан чиндан ҳам афсусланганлигини англатувчи иш бу. Лекин у моҳиятини йўқотди. Жамиятда ҳуқуқий нигилизм…
Gepostet 19. Apr.
Aksariyat odamlarning ahmoq ekanligini hisobga olsak, jamiyatda eng keng tarqalgan dunyoqarash haqiqat bo‘lishidan ko‘ra ko‘proq ahmoqlik bo‘ladi. Bertrand Rassell
Gepostet 19. Apr.
Siz ongsizlikni ongliylikka aylantirmaguningizcha, u sizning hayotingizni boshqaradi va siz uni taqdir deb ataysiz. Karl Yung
Gepostet 19. Apr.
So'nggi paytlarda men: Rasm manbasi Neomind.
Gepostet 19. Apr.
Hatto Iskandarnoma diniy maqsadga bag'ishlangan, chunki unda Iskandar yani Makedoniyalik Aleksandr, musulmon arbobi qilib ko'rsatilgan.Albatta, bu asar yozilishida qadimgi davr oxirlarida va ilk o'rta asrlarda yaqin va o'rta sharqda keng tarqalgan "Iskandar haqidagi roman" lardan keng foydalanilgan.Lekin bu romanlardagi Iskandar obrazining real hayotda yashagan Iskandarga hech qanday aloqasi bo'lmasada, xalqimiz orasida "Iskandar", "Iskandar Zulqarnayn" siymosining shakllanishiga katta xizmat qilgan. O'rta osiyoga islomdan avval milodiy III asr oxirlarida xristianlik dini kirib kelgan.Bu dinning ortodoksal(pravoslav) mazhabi Xorazmga, nestorianlik Marv, Buxoro, Samarqand, Tarozga kelgan va bu din oqimlari uzoq muddatgacha zaminimizda o'z mavqeyini saqlagan. Arrianning Iskandarning harbiy yurishlari kitobida yozilgan o'zimiznikilar yozgan tezisdan.
Gepostet 18. Apr.
Har narsani jiddiy olish yaxshimas, pozitiv bo'lishni o'rganish kerak sizlarga aytsam)