TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
Zurück zu Kanälen
Olim fondi avatar

TGINSIGHT CHAT

Olim fondi

@olimfondi

Bildung

2021-yilda "Easybooking kompaniyasi” bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Olim Xasanov fondi” davlat Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan va to’lov shartnomani to’lashga qiynalayotgan barcha yoshlarga yordam berishga tayyor! @Olimfondi_bot

Abonnenten393Aktuelle Abonnentenzahl
Erfasste Beiträge73Indizierte Beitragsanzahl
Aktuelle Reichweite10,869Ansichten der letzten Beiträge
Aktuelle Beiträge

Aktuelle Beiträge

S. 2 von 7 · 73 Beiträge

Gepostet 11. Jan.

❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ Yo‘ldoshev Ozodbek - Olim fondining 2022-yil g’olibi. 📣Ushbu stipendiantimiz juda ko‘plab yutuqlarga erishgan va ayni vaqtda fond kuratorlari safida faoliyat olib boradi. Bugun u o‘zining ayrim fikr va tajribalarini siz aziz yoshlar bilan bo‘lishmoqchi:⬇️ ⚡️Inson muvaffaqiyatlarga erishish uchun harakat qilar ekan unga katta ishonch kerak bo’ladi. Bu ishonch orqali u ma’suliyat yukini his qilib yanada katta marralarga erishadi. Olim fondi granti menga mana shunday ishonchni taqdim etdi. Maqsad tomon erishishda eng katta to’siqlardan biri bu moliyaviy xarajatlardir. Ushbu fond menga bunday to’siqni bartaraf etishga yordam berdi. Fond tomonidan berilgan bu imkoniyat menga iqtidorli, o’z sohalari mutaxasislari, shijoatga boy talabalar bilan tanishishimga, ular bilan bir kemada raqobat hisini his qilib, o’z ustimda yana ham ko’proq ishlashimga yordam berdi. Olim fondi tomonidan berilgan har bir imkoniyatlardan maksimal foydalanishga erishdim. 🗣️Ushbu grandda g’olib bo’lishim keyingi muvaffaqiyatlarimga sababchi bo’ldi deb ayta olaman. Fond g’olibi bo’lganimdan keyin quyidagi yutuqlarga erishdim: ➡️Markaziy Bank maxsus stipendiyasi ➡️Navoiy nomidagi davlat nomdor stipendiyasi ➡️Muqimiy nomidagi maxsus stipendiya va ko’krak nishoni ➡️Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tashkil etilgan Speaking club asoschisi va prezidenti ➡️Universitet akademik ko’rsatkich (GPA) 5 ➡️Makroiqtisodiyot bo’yicha xalqaro olimpiada g’olibi ➡️Yil talabasi 2 karra g’olibi ➡️Maqolalar tanlovi 3 karra g’olibi ➡️Islohotlar bilimdoni g’olibi ➡️Yosh kitobxon talabalar ligasi g’olibi ➡️40 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar muallifi ➡️Debat bo’yicha 3 karra chempion ➡️Olim fondi rahbariyati jamoasining kuratorlik lavozimi egasi ➡️Olim fondining 2025-yildagi eng faol talaba nominatsiya g’olibi ➡️Xalqaro miqyosdagi konferensiya va forumlar ishtirokchisi va tashkilotchisi va boshqa ko’plab tanlovlar g’olibi bo’ldim. 💬Hozirda O’zbeksiton Respublikasi Markaziy bankida Xalqaro hamkorlik departmentida 3 oydan ortiq amaliyot olib bormoqdaman. Mamlakatimizning makroiqtisodiy siyosatini amalga oshiradigan ushbu katta institutda, men hozirda xalqaro moliyaviy tashkilotlar va xorijiy markaziy banklar bilan hamkorlikni yuritish, bitimlarni muvofiqlashtirish hamda xalqaro tajribani milliy moliya siyosatiga joriy etish bo’yicha ko’plab tajribalarga ega bo’ldim. 💡Ushbu grand faqatgina moliyaviy yordam beradigan fond emas, balki har bir talabani har tomonlama yuksaltiradigan asosdir. Men ushbu grantni yutganimdan va mana shunday jamoa va insonlar bilan tanishganimdan faxrlanaman! 📌Yasha, o‘rgan, rivojlan! Rasmiy sahifalarimiz: 🕸Website ||🌐Telegram|| 📷Instagram || 📺You tube

672 views

Gepostet 31. Dez.

🎄Yangi yil muborak!🎄 Hurmatli ustozlar, aziz o‘quvchilar, ota-onalar va fondimiz faoliyatini qo‘llab-quvvatlab kelayotgan barcha hamkorlar! ⚡️Yakunlanayotgan yil Olim fondi uchun yutuqlar, bilim va ishonch yili bo‘ldi. Bu yil davomida iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning orzu va maqsadlariga bir qadam yaqinlashish yo‘lida muhim ishlar amalga oshirildi. 💬Yangi yil barchangizga mustahkam salomatlik, tinchlik, baraka va yangi imkoniyatlar olib kelsin. Kelgusi yilda ham birgalikda yanada katta marralarni zabt etish nasib etsin! ✨ Ilm yo‘lidagi har bir qadamingiz omadli bo‘lsin! 🎁 Yangi yil barchangiz uchun fayzli va muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin! Hurmat bilan, Olim fondi jamoasi

654 views

Gepostet 31. Dez.

🎬Olim fondi — 2025 yil sarhisobi ⚡️2025-yil biz uchun esda qolarli voqealar, muhim yutuqlar va yangi imkoniyatlarga boy bo‘ldi. Ushbu video rolikda Olim fondining 2025 yilgi mavsumi boshlanishidan yil yakunigacha bo‘lgan barcha muhim jarayonlar, tadbirlar va yutuqlar jamlangan. 💬Bu yil ham biz bilan birga bo‘lgan barcha ishtirokchilar va ustozlarga chuqur minnatdorchilik bildiramiz. Yangi yilda yanada katta marralar sari birga intilamiz! 📌Videoni tomosha qiling va 2025-yilni biz bilan birga eslang. Rasmiy sahifalarimiz: 🕸Website ||🌐Telegram 📷Instagram || 📺You tube

636 views

Gepostet 30. Dez.

🟦🟦🟦 Yangi yil yig’ilishida bir nechta stipendiantlarimiz yil davomida faol bo’lgani uchun fond tomonidan sovg’alar berildi. 💬Ushbu videoda Mirag’zamova Oysha yil yakuni bo‘yicha o’zining fikrlari, yutuqlari va tilaklari bilan bo’lishgan. 📌Bizni kuzatishda davom eting! Rasmiy sahifalarimiz: 🕸Website ||🌐Telegram 📷Instagram || 📺You tube

722 views

Gepostet 22. Dez.

🟦🟦🟦 Yangi yil yig’ilishida bir nechta stipendiantlarimiz yil davomida faol bo’lgani uchun fond tomonidan sovg’alar berildi. 💬Ushbu videoda Jo’rayeva Hulkar yil yakuni bo‘yicha o’zining fikrlari, yutuqlari va tilaklari bilan bo’lishgan. 📌Bizni kuzatishda davom eting! Rasmiy sahifalarimiz: 🕸Website ||🌐Telegram 📷Instagram || 📺You tube

767 views

Gepostet 22. Dez.

Olim fondida yil yakuni va Yangi yil yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi!🎉 Yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, muhim natijalar muhokama qilindi. Tadbir doirasida: 🏆Maqolalar tanlovi hamda 📚“Yosh kitobxon” tanlovi g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi. 💬 Ishtirokchilar bilan davra suhbati o‘tkazilib, fikr va takliflar almashildi. 📌 Shuningdek, kelgusi yilga mo‘ljallangan rejalar va ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi. ✨Yangi yil barchangizga yangi yutuqlar va imkoniyatlar olib kelsin! Rasmiy sahifalarimiz: 🕸Website ||🌐Telegram 📷Instagram || 📺You tube

917 views

Gepostet 22. Dez.

❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥💙💙💙 “Iqtidorli talabalar uchun eng yaxshi ilmiy maqola" tanlovining natijalarinie’lon qilamiz. Unga ko’ra: 🥇1-o’rin Esonova Mehriniso 🥈2-o’rin Jurayeva Munisa 🥉3-o’rin Erkaboyeva Jasmina Ushbu g’oliblarimiz @Bekzodbek_Bahriddinovich ga yozishlarini so’rab qolamiz. Rasmiy sahifalarimiz: 🕸Website ||🌐Telegram 📷Instagram || 📺You tube

650 views

Gepostet 15. Dez.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦 “Iqtidorli talabalar uchun eng yaxshi ilmiy maqola" tanlovini e’lon qilamiz. 💬Sizdan 15-dekabr 23:59 gacha @Bekzodbek_Bahriddinovich ga Ilmiy maqolalaringizni yuborishni so’rab qolamiz. Tanlov nizomi Rasmiy sahifalarimiz: 🕸Website || 🌐Telegram…

818 views

Gepostet 13. Dez.

Avval xabar berganimizdek“Yosh kitobxon” tanlovida 1-bosqichdan muvaffaqiyatli o’tgan ishtirokchilarimizni e’lon qilamiz: ➡️Narzullayeva Rahima ➡️Xamroyeva Komila ➡️Jo’rayeva Hulkar ➡️Uralova Zinora ➡️Eshmamatova Charos ➡️Ulug’bekova E’zoza ➡️Ibodova Shahzoda ➡️Normurodova Maftuna Ushbu talabgorlarimizni 14-dekabr kuni (ertaga) Sayyor restoranida 2-bosqich test uchun kutib qolamiz. 🗓 14-dekabr 🕐 10:00 📍Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek ko’chasi 11-uy (Sayyor) 📌Yasha, o’rgan, rivojlan! Rasmiy sahifalarimiz: 🕸Website ||🌐Telegram 📷Instagram || 📺You tube

993 views

Gepostet 1. Dez.

Aziz talabalar, Kitobning sehrli olami yana eshiklarini ochmoqda. Bu yilgi intellektual sayohatimiz sizni ikki buyuk asar bilan yuzlashtiradi: 📘 O‘tkir Hoshimov — “Dunyoning ishlari” 📙 Fyodor Dostoyevskiy — “Jinoyat va Jazo” ⚡️Har ikki asar inson ruhiyati…

1,020 views

Gepostet 24. Nov.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦 “Iqtidorli talabalar uchun eng yaxshi ilmiy maqola" tanlovini e’lon qilamiz. 💬Sizdan 15-dekabr 23:59 gacha @Bekzodbek_Bahriddinovich ga Ilmiy maqolalaringizni yuborishni so’rab qolamiz. Tanlov nizomi Rasmiy sahifalarimiz: 🕸Website ||🌐Telegram|| 📷Instagram || 📺You tube

2,029 views

Gepostet 22. Nov.

❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ Ilimbayev Sardor - Olim fondining 2022-yilgi g’olibi! 📣Ushbu stipendiantimiz ilk qaldirg’ochlarimizdan bo’lib, o’zining ayrim fikrlarini siz aziz yoshlar uchun bo’lishmoqchi:⬇️ ⚡️Ushbu fond g’olibi bo’lish bilan menga nafaqat hayotimda, balki professional mehnat faoliyatimni bir qator natijalarga erishishimga turtki bo'ldi. Bitiruvchi kurs paytimdayoq Olim fondi tomonidan to'lov-kontraktim to'lab berilishi meni yanada o'zimni ustimda ishlashga, ingliz tilini makammal o'rganishga, dunyoning eng nufuzli Top-100 taligiga kiruvchi universitetlariga hujjat tayyorlashimda, nufuzli yuridik firmalarda va davlat organlarida stajirovka qilishimda katta hissa qo'shdi. 📌Quyidagi yutuqlarim bunga yorqin misol bo'la oladi: ➡️Toshkent davlat yuridik universitetida “Yilning eng bilimdon talabasi - 2022” sovrindori; ➡️Toshkent davlat yuridik universitetida eng muvaffaqiyatli va GPAsi (o’rtacha o’zlashtirish ko’rsatkichi) eng yuqori TOP-50 talabalar ro’yxatidan joy olish; ➡️TDYU imtiyozli diplom bilan tamomlash; ➡️Adliya vazirligi Intellektual mulk departamentida ikkinchi darajali kotib, Davlat xizmatlari departamentida birinchi darajali kotib vazifasida mehnat faoliyati yuritish; ➡️AQSh Pennsilvaniya davlat universitetining huquq fakulteti magistraturasiga 80% grant yutib olish; ➡️O’zbekistonda birinchi “Yuridik terminlar tezauruslarini yaratish” innovatsion loyihasining eng yosh muallifi. 💬Bularning barchasiga erishishda qat’iyatlik, sabr, iroda, tinimsiz mehnat, tartib-intizom va to’xtovsiz harakat qilish menga hamroh bo’ldi. ✔️Hozirda Pensilvaniya davlat universiteti huquq fakulteti magistraturasini muvaffaqiyatli tamomlab, Pensilvaniya shtati Filadelfiya shahrida advokatlik firmasida faoliyat yuritmoqdaman. 🗣️Shuni yakun sifatida aytmoqchimanki, hayotda ko’proq zafar qozonish emas, balki alamliroq mag’lubiyatga uchrash kerak. Shunday vaziyatda ham yana harakat qilib, maqsad yo’lida davom etmoqlik inson shaxsiyatini rivojlanishiga asos bo’ladi. Rasmiy sahifalarimiz: 🕸Website ||🌐Telegram|| 📷Instagram || 📺You tube

991 views
1234•••67