TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Retour aux chaînes
Mendan ichkari avatar

TGINSIGHT CHAT

Mendan ichkari

@intome_e

Linguistics

Bir "men" bordir mendan ichkari

Abonnés35Abonnés actuels de la chaîne
Posts indexés260Nombre de posts indexés
Portée récente4,729Somme des vues récentes
Posts récents

Posts récents

Page 2 sur 22 · 260 posts

Publié 5 mai

Bugun kitob do'konimizga tushganimda shu amakini ko'rib qoldim. Mehr bilan kitob tanlashyapti. Juda juda yaxshi ko'rib kettim. Men ham qariganimda ham kitob do'konlarini shunday maza qilib aylanishni niyat qildim❤️

221 views

Publié 28 avr.

Sen bilan bo'lgan bugungi suhbatimizdan bildimki, sen ulg'ayibsan. Yo'q, sen onangni qornidayoq ulg'ayganding asli. Lekin bugun ovozingda erkaklik salobatini his qildim. Abdulloh! Seni bizga hadya etilganingga 7 yil bo'libdi. Odam ishongisi kelmaydi bu raqamlarga. Bugun bildimki, 7 yil ham inson umrida katta o'zgarishlar yasarkan. Sen tug'ilganingda men yosh edim. Senga qo'shib men ham ulg'aydim. Onamning tug'ilganing haqidagi xabarni eshitib, bir nuqtaga tikilib qolgani haligacha esimda. Bilmadim, o'shanda nimalarni his etgan ekan. Sen uning umri mobaynida erisholmagan orzusisan. Ha, u sendek o'g'li bo'lishini tug'ilguningcha orzu qilgan, u sengacha aynan o'g'li yo'qligi uchun yillardir tanalarga chidagan. Sening tug'ilishing u uchun shu qadar ajoyib ediki, u endi hech qachon o'g'li yo'qligi uchun o'ksinmasdi. Baxtimizga sen shu qadar ajoyib bola bo'lyapsanki, ba'zan hayratda qolaman. Kichkinaligingdayoq insonlar nima his qilishini anglashni boshlagansan. Va istardimki, yillar o'tsa mana shu hislating yo'qolmasin. Har doim bor bo'l! Nafaqat otang-onang, balki biz uchun ham qadrlisan. Sen bizni hayotimizga qanchalik quvonch olib kirganingni bilmaysan. Sen bilan yillarimiz mazmunli, quvonchli. Ulg'ayishing mobaymidagi har bir harakating, so'zlaring bizga baxt beradi asli. Va Xudo senga uzoq umr va sog'lik bersin. Ishon, sen har qanday holatimda ham quvonch bera oladigan eng qadrli insonlarimdan biri bo'lib qolasan! Muhabbat bilan Xolang❤️

226 views

Publié 14 avr.

Buncha baxtsiz odam bular, birovni hayotiga egalik qilmoqchi bo'ladigan

198 views

Publié 3 avr.

Har lahzani mardona yasha Tekkunicha o'lim qamchisi Kuchsizman deb qilma xarhasha Tug'ildingmi, demak, Jangchisan! Jontemir

300 views

Publié 20 févr.

Ҳозирги замон шеърияти ҳақида сўз борар экан, аёллар шеъриятини алоҳида эътироф этиш керак. Аёллар шеърияти орасида ўзининг ҳеч кимникига ўхшамаган ва бирон қолипларга бўйсунмаган ижоди билан бугун ажралиб турган Аниф шеърияти эътиборга моликдир. Аниф ўз ҳиссиётларини энг оддий сўзлар билан ёзади. Унинг лирик қаҳрамони мутлақо бадиий безаксиз ўзи ҳақида сўз айта олади. Шунда ҳам бу мисралар юрагингизнинг энг тубигача боради. Ўқиш: https://telegra.ph/ZAMONAVIY-AYOLLAR-SHERIYATI-HAQIDA-ANIF-MISOLIDA-01-30

417 views

Publié 18 févr.

Hammasi bir vaqtga toʻgʻri keldi. Muammolar girdobida qoldi. Aksiga olib doimgiday eng muhim pallada salomatligi pand bera boshladi. Ruhiy holati doim salomatligiga bevosita taʼsir qiladi. Kurashishning foydasi yoʻq, qiladigan ish yoʻq, faqat kutmoq va umid qilmoq kerak. Bunday pallada eng muhimi chalgʻish, nimalar bilandir shugʻullanish, kim bilandir suhbatlashish.Ahvolini hech kimga bildirmaydi. Zero muammolarini oʻzi hal qilishi kerakligini, hech kimdan hech narsa kutmaslik kerakligini ancha oldin anglab yetgan. Biroq shunchaki suhbatlashish, vaqt oʻtkazish qiyin emas-ku, toʻgʻrimi? Ammo hayot tez, hamma oʻz tashvishi bilan band. Odamlar bir-biriga hech bir sababsiz vaqt ajratmay qoʻygan. Oila, bola-chaqa, ish, uyda choʻzilib yotish... Yaqinlari haqida-ku gap boʻlishi mumkin emas. Uzoqdagi odam butun oʻrmonni, oʻrmon ichidagi odam bir nechta daraxtni koʻrgani kabi, yaqinlari uni hammadan koʻra kamroq taniydi. Doimgi ishlarini qilaveradi. Hazillashadi. Tortishadi. Ichidan sekin nurab boraveradi hech kimga sezdirmay. Ozgina, ha, mana shunchagina eʼtibor bergan odam nimadir joyida emasligini tushungan boʻlardi. Koʻzlariga qarash kifoya. Biroq hech kim qaramaydi, qarolmaydi. Yashiradi u nigohlarini. U uchun koʻz xuddi soʻz kabi qadrli. Behudaga ishlatib boʻlmaydi. Muhim gap boʻlmasa birovning koʻziga qarab gapirmaydi. Ha, kutmoq va umid qilmoq kerak. U oʻzidan boshqa hech kim bilmaydigan urush ichida. Bundan yo yanada kuchli, yo yanada ojiz boʻlib chiqadi. Chiqolmasligi ham mumkin... ©

263 views

Publié 12 févr.

U yuvib oladi gunohlarini Onasining ko'zyoshi bilan

232 views

Publié 27 janv.

Bugun suyukligim Anif nashrdan chiqdi. Bu kitobni nashrga tayyorlagan paytimizda sevganman. Anif kabi shoiralar takrorlanmas. Har gal Nodira opani ko'rganimda uni Anif ekanligiga ishongim kelmaydi negadir. Chunki hayolimda Anif timsoli umuman boshqa. Uning qanday ekanini balki tariflab bera olmasman. Nodirabegim opa dastxat va kitob uchun rahmat. Nima bo'lsa ham yozishdan to'xtamang❤️

1,510 views

Publié 17 janv.

Sochimni yuvsam, samotsenkam oshib o'zimni dunyo go'zalidek his qilaman

367 views

Publié 9 janv.

Men, men hozirgina tushdan uyg‘ondim Unda sen bilan xayrlashishimiz kerak edi Buning nima ma'no anglatishini bilmayman Lekin omon qolganimdan so‘ng, tushundimki Sen qayerga bormagin, men sening ortingdan boraman Hech kimga ertaga nima bo'lishini bilmaydi Shuning uchun men seni har kecha oxirgi tundek sevaman Xuddi oxirgi tundek Agar dunyo tugayotgan bo‘lsa ham men sening yoningda bo‘lishni istardim Agar bazm tugagan va Yerdagi vaqtimiz nihoyasiga yetgan bo‘lsa Seni biroz ushlab turib, tabassum bilan jon berishni istardim Agar dunyo tugayotgan bo‘lsa ham men sening yoningda bo‘lishni istardim Tarjimada g'alizliklar uchun uzr)

401 views

Publié 9 janv.

2024-yildagi eng yaxshi qo'shiqlardan biri. Takrorlanmas san'at. Qo'shiq so'zi, musiqa, ijrochilar bir-biriga mutanosib. Bruno Mars va Lady Gaga ijodining gultoji bo'lib qoladi bu.

260 views

Publié 29 déc.

hech kimga qo‘ng‘iroq qilmayman yozmayman maktub axir aldolmaydi do‘stlarim – aytolmaydi «sog‘indim seni ko‘rishaylik erta yo indin» rostliklarni yaxshi ko‘raman sukutlarni anglayman so‘zsiz va yana javonga berkingancha jim sanayman ichimdagi chig‘anoqlarni qay zamonlar daryo dilimdan qurib suvlar, qaqshab bitganda faqat qoldi chig‘anoq – sodiq (baliqlar ham o‘lgandi bunda taralmasin isi deb badbo‘y uzoq yillar ochmadim og‘iz) yig‘lashimga yo‘l bermaydi bo‘g‘zimga tiqiladi u – qon rangidagi dur yutinaman yutinaman qo‘shib yolg‘onlarimni sezmasin deb inson ko‘zlari (chig‘anoqlar axir bilar barchasin) pochta qutisidan ko‘z uzmagan polkovnik kabi men ham kutdim sahroyimga dengiz kelishin

334 views
1234•••10•••202122