TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Retounen nan lis chanèl
UzCSD | Markaziy depozitariy avatar

TGINSIGHT CHAT

UzCSD | Markaziy depozitariy

@uzcsd

Business and startups

web: www.uzcsd.uz Facebook: https://www.facebook.com/uzcsd.uz Instagram: https://www.instagram.com/uz.csd/ Youtube: https://www.youtube.com/@uzcsd Murojaat uchun: 📞 +998 (71) 211-09-09 📨 [email protected] Takliflar uchun: @UzCSDask_bot

Abonman1.0万Abonman aktyèl
Pòs swivi1,005Kantite pòs endekse
Pòte resan44,930Total vizit resan
Dènye pòs

Dènye pòs

Paj 5 sou 84 · 1,005 pòs

Pibliye Mar 15

❔Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi nima? 🗣 Bu aksiyadorlik jamiyatining eng yuqori boshqaruv organi bo‘lib, unda kompaniyaning kelajagiga oid eng muhim masalalar hal qilinadi. 💬 Yig‘ilishda qanday qarorlar qabul qilinadi? ⏺ Dividentlar miqdorini tasdiqlash; ⏺ Jamiyat kuzatuv kengashi va rahbariyatni saylash; ⏺ Strategik rivojlanish rejalarini belgilash. ❕Yodda tuting: Har bir aksiyador (hatto bitta aksiyasi bo‘lsa ham) ushbu yig‘ilishda qatnashish va ovoz berish huquqiga ega. ✅Umumiy yig‘ilish — bu sizning ovozingiz kompaniya boshqaruvida haqiqiy kuchga ega bo‘ladigan maydon! 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

3,930 views

Pibliye Mar 14

🟦Bozorda qanday qilib xatoga yo‘l qo‘ymaslik kerak? 📚Benjamin Grem — “Aqlli investor” 🗣 Uorren Baffet ushbu asarni investitsiya haqida yozilgan barcha kitoblarning eng yaxshisi deb atagan. Agar Siz aksiyalar va obligatsiyalar dunyosiga jiddiy kirishmoqchi bo‘lsangiz, Benjamin Grem o‘rgatgan tamoyillarni bilishingiz shart. ❔Kitob haqida: Nega uni o‘qish shart? 🗣 Grem bizga boyib ketishning tezkor yo‘llarini emas, balki kapitalni yo‘qotmaslikning fundamental usullarini o‘rgatadi. U bozorni vahimachi va beqaror “Janob Bozor” (Mr. Market) timsolida tasvirlab bergan. 🗂 Investor uchun 3 ta oltin dars: ⏺“Janob Bozor” bilan tanishing. Bozor har kuni sizga yo judayam yuqori, yoki judayam past narxlarni taklif qiladi. Aqlli investor bozorning kayfiyatiga qarab qaror qabul qilmaydi, balki uning hissiyotlaridan foydalanib, aktivlarni arzon paytida sotib oladi. ⏺Xavfsizlik chegarasi (Margin of Safety). Bu kitobning eng muhim g‘oyasi. Aktivni uning asl qiymatidan sezilarli darajada arzonroq sotib oling. Bu sizni kutilmagan xatolardan va bozor tushishidan himoya qiladi. ⏺Spekulyatsiya va investitsiya farqi. Grem bu ikki tushunchani keskin ajratadi. Investitsiya — bu chuqur tahlil va xavfsizlikka asoslangan harakat. Spekulyatsiya esa ko‘pincha qimorga yaqinroqdir. 💻 Aqlli investor — bu eng yuqori IQ egasi emas, balki o'z hissiyotlarini jilovlay oladigan va faktlarga tayanib ish tutadigan insondir. #InvestorKutubxonasi Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

3,430 views

Pibliye Mar 13

#KunSavoli ❔ Kompaniya dividend berilishini e’lon qildi, lekin mening hisobimga pul tushmadi. Sababi nimada? 🗣Bu holatda quyidagilarni tekshiring: ⏺ Reyestrdagipasport ma’lumotlaringizyoki bank rekvizitlaringiz eskirgan bo‘lishi mumkin. ⏺ Agar ma’lumotlaringiz to‘g‘ri bo‘lsa, kompaniyaning aksiyadorlar bilan ishlash bo‘limiga yoki o‘zingiz biriktirilgan investitsiya vositachisiga murojaat qiling. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

3,450 views

Hashtags

Pibliye Mar 12

✍️✍️✍️✍️ 💻Mikromoliya tashkilotlari obligatsiyalar bozorida faollashmoqda 🇺🇿 So‘nggi yillarda O‘zbekiston moliya bozorida mikromoliya tashkilotlarining (MMT) roli faqatgina kredit berish bilan cheklanib qolmay, ularning kapital bozoridagi ishtiroki ham sezilarli darajada kengaymoqda. 📆 2026-yilning fevral oyi yakunlariga ko‘ra, MMT sektori bo‘yicha jami 21 ta obligatsiya chiqarilishi ro‘yxatga olingan. Ushbu qimmatli qog‘ozlarning umumiy nominal qiymati 431,0 mlrd so‘mni tashkil etdi. 🗣 E’tiborli jihati, jami 3 258 nafar obligatsiya egalaridan 3 190 nafari (yoki 98 foizi) jismoniy shaxslardir. Bu aholining moliya bozori instrumentlariga nisbatan ishonchi ortayotganidan dalolat beradi. ⏺ Obligatsiya chiqarish hajmi bo‘yicha mikromoliya tashkilotlari o‘rtasida “Agat Credit” AJ yetakchilik qilmoqda. Kompaniya 4 ta emissiya doirasida 150,0 mlrd so‘m mablag‘ jalb qilgan. Investorlar soni bo‘yicha ham ushbu tashkilot eng yuqori ko‘rsatkichga ega (1 885 nafar egalar). 💬 Shuningdek, “Biznes Finans” MMT 85,0 mlrd so‘m (4 ta chiqarilish), “Hamroh” MMT 65,0 mlrd so‘m (3 ta chiqarilish) miqdorida obligatsiyalar joylashtirib, kapital bozorining faol ishtikochilari qatoridan o‘rin olgan. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

3,700 views

Pibliye Mar 10

✍️✍️✍️✍️ 📆Haftalik sharh: O‘zbekiston kapital bozoridagi asosiy o‘zgarishlar (27.02.2026 – 06.03.2026) 💻 Aksiyalar bozorida hisobga olingan aksiyadorlik jamiyatlari soni 698 tani tashkil etib, ularning jami chiqarilish hajmi 264,11 trillion so‘mga yetdi. 🗣Jumladan: 🔼 Qo‘shimcha chiqarilishi hisobiga “Hayot Bank” AJ aksiyalari hajmini 550,0 mlrd so‘mdan 650,0 mlrd so‘mga, “Toshkent viloyati suv ta'minoti” AJ esa 89,80 mlrd so‘mdan 96,92 mlrd so‘mga oshirdi. 🔽 “Gidroproekt” AJ aksiyalar hajmini 2,95 mlrd so‘mdan 2,77 mlrd so‘mga kamaytirgan bo’lsa, “Musaffo obi hayot magistral suv ta'minoti” AJ ning barcha chiqarilishlari hisobdan chiqarildi. 🗣 Korporativ obligatsiyalar bozorida emitentlar soni 34 tani, hisobga olingan obligatsiyalarning umumiy nominal qiymati esa 5,28 trillion so‘mni tashkil qildi. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

4,090 views

Pibliye Mar 8

💐 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni muborak bo‘lsin! Aziz ayollar, muhtarama xonimlar! Sizlarni bahorning eng go‘zal bayrami bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz. Hayotingiz har doim bahor kabi yorqin, qalbingiz esa quvonchga to‘la bo‘lsin. Doimo sog‘-salomat va baxtli bo‘ling! ✨ Hurmat bilan, Markaziy depozitariy jamoasi. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

4,470 views

Pibliye Mar 6

🏛Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi va Bank of Georgia hamkorlikni kengaytirmoqda 🗣 2026-yil 6-mart kuni Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi va Bank of Georgia o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan “Xizmat ko‘rsatish darajasi to‘g‘risida”gi qo‘shimcha kelishuvni (Service Level Agreement, SLA) imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. ⏺ Ushbu kelishuv tomonlar o’rtasida yo’lga qoyilgan vakillik munosabatlari doirasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, shuningdek, davlat va korporativ qimmatli qog‘ozlar, shu jumladan, depozitar tilxatlar bozorida erishilgan kelishuvlarni huquqiy jihatdan mustahkamlashga qaratilgan. ⏺ Mazkur hujjat Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi va Bank of Georgia o‘rtasida operatsion hamkorlikning aniq standartlarini belgilab beradi hamda kapital bozorida ko‘rsatilayotgan xizmatlarning ishonchliligi, samaradorligi va sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi. Ma’lumot uchun: SLA (Service Level Agreement) — xizmat ko‘rsatish darajasi to‘g‘risidagi kelishuv bo‘lib, unda ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati, sifat standartlari, operatsiyalarni bajarish muddatlari hamda belgilangan xizmat parametrlariga rioya etilishi bo‘yicha tomonlarning javobgarligi belgilanadi. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

4,250 views

Pibliye Mar 6

🎆Bugun Markaziy depozitariy jamoasida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi. ✨ Biz hamkasabalarimiz – latofatli va fidoyi ayollarimizga tashkilotimiz rivojiga qo‘shayotgan salmoqli hissalarini e’tirof etgan holda, samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz. Kasbiy mahorat va nazokat uyg‘unligini o‘zida mujassam etgan barcha xonimlarimizni bahor ayyomi bilan qutlaymiz. ✨Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz opa-singillar! Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

3,330 views

Pibliye Mar 5

#KunSavoli ❔Qaysi emitentlarning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha dividendlar UzCSD mobil ilovasi orqali to’lalanishini qanday aniqlash mumkin? ⏺ Markaziy depozitariy bilan daromadlar (aksiyalar bo‘yicha dividendlar, obligatsiyalar bo‘yicha kupon to‘lovlari) to‘lovi to’g’risida shartnoma tuzgan aksiyadorlik jamiyatlari ro‘yxati Markaziy depozitariyning rasmiy veb-saytida (https://uzcsd.uz/contracts) joylashtirilgan, ushbu ro’yxat har kuni yangilanadi va yangi shartnomalar bilan to‘ldiriladi. ⏺ Shuningdek, dividendlar to’lash to’risidagi ma’lumotlarni aksiyadorlik jamiyatlarining veb-saytlaridan olishingiz mumkin. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

3,160 views

Hashtags

Pibliye Mar 5

✍️✍️✍️✍️ 🌐2026-yil fevral oyida aksiya va obligatsiya chiqarilishlari dinamikasi 💻 Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysining 2026-yil 1-mart holatidagi ma’lumotlari fevral oyida kapital bozorida o‘sish sur’atlari davom etayotganini ko‘rsatmoqda. 🗣Aksiyalar ⏺ Chiqarilishlar umumiy hajmi 264,0 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 1,5 trln so‘mga o‘sganligini ko‘rsatmoqda. ⏺ Davlat ulushi o’tgan oyga nisbatan kamayib 191,4 trln so‘mni tashkil etdi. ⏺ Xorijiy egalarning ulushi 12,7 trln so‘mga yetdi, bu yanvar oyidagi ko‘rsatkichdan 400 mlrd so‘mga ko‘pdir. 🗣Korporativ obligatsiyalar ⏺ Korporativ obligatsiyalar bozori jadal o‘sishda davom etmoqda: fevral oyi yakuniga ko‘ra umumiy hajm 5,28 trln so‘mga yetib, o‘tgan oyga nisbatan 350 mlrd so‘mga ko‘paydi. ⏺ Bozorning 74,1% qismi "Boshqa egalar" toifasiga tegishli ekani korporativ qarz instrumentlarining investitsion jozibadorligi oshib borayotganidan dalolat beradi. 🗣Emitentlar ⏺ Aksiya emitentlari (AJ) soni 5 taga ko‘payib, 699 tani tashkil etdi. ⏺ Korporativ obligatsiya emitentlari soni esa 33 tadan 34 taga yetdi. 🗣Qimmatli qog‘ozlar egalari ⏺ Aksiyadorlar safi 4 870 nafarga kengayib, jami 1 027 045 nafarga yetdi. Jismoniy shaxslarning 961 573 nafarni tashkil etishi aholi o‘rtasida investitsion madaniyat izchil yuksalayotganini ko‘rsatadi. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

3,770 views

Pibliye Mar 4

✍️✍️✍️✍️ 🌐Fevral oyi sarhisobi: Investorlarga qancha dividend to‘landi? 🗣 Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi bozor ishtirokchilari uchun dividend va kupon to‘lovlari bo‘yicha kengaytirilgan oylik hisobotni taqdim etadi. 🗂 Asosiy ko‘rsatkichlar ⏺ 1-mart holatiga ko‘ra, daromadlar to‘lovi uchun jamlangan mablag‘larning umumiy hajmi 2 306,7 mlrd so‘mni tashkil qildi. Bu o‘tgan oyga nisbatan 536,9 mlrd so‘mga yoki 30,3% ga ko‘p demakdir. ⏺Fevral oyida jami 11 ta emitent o‘z qimmatli qog‘oz egalariga 536,8 mlrd so‘m mablag‘ to‘lab berdi. To‘lovlar jami 5 471 nafar (o‘tgan oyga nisbatan 17,8% ga ko‘p) investorlarni qamrab oldi. ⏺Obligatsiya bozori ishtirokchilari ham rekord faollik ko‘rsatdi. Xususan, "M K LEASING" MChJ, "Agat Credit" AJ va "Biznes Finans MMT" MChJ tomonidan kupon to‘lovlari bo‘yicha majburiyatlar to‘liq bajarildi. Ushbu segmentda to‘langan jami summa 47,33 mlrd so‘mni tashkil etib, yanvardagi ko‘rsatkichdan (3,03 mlrd so‘m) 15,6 baravarga oshdi. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

4,130 views

Pibliye Mar 2

✍✍✍✍✍✍✍ 🌐 2026-yil 27-fevral kuni Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysida Deutsche Bank vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida global depozitar tilxatlarni (GDR) chiqarish va ularga xizmat ko‘rsatish, shuningdek, Deutsche Bank hamda Markaziy depozitariy o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. 🗣 Uchrashuvda GDR dasturi tuzilmasida Deutsche Bank'ning o‘rni, mazkur sohadagi boy tajribasi, xususan, MDH mamlakatlari kompaniyalari qimmatli qog‘ozlarini London Stock Exchange (LSE) listingiga kiritish amaliyoti atroflicha ko‘rib chiqildi. ✅ Shu bilan birga, tomonlar o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, aktivlarni saqlash va hisob-kitob xizmatlarini tashkil etish, GDR dasturini tartibga solishning huquqiy jihatlari hamda ushbu instrumentdan xususiylashtirish jarayonlarida foydalanish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdilar. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

3,220 views
1234567•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384
AnvanPaj 5 sou 84Apre