TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Retounen nan lis chanèl
UzCSD | Markaziy depozitariy avatar

TGINSIGHT CHAT

UzCSD | Markaziy depozitariy

@uzcsd

Business and startups

web: www.uzcsd.uz Facebook: https://www.facebook.com/uzcsd.uz Instagram: https://www.instagram.com/uz.csd/ Youtube: https://www.youtube.com/@uzcsd Murojaat uchun: 📞 +998 (71) 211-09-09 📨 [email protected] Takliflar uchun: @UzCSDask_bot

Abonman1.0万Abonman aktyèl
Pòs swivi1,005Kantite pòs endekse
Pòte resan34,030Total vizit resan
Dènye pòs

Dènye pòs

Paj 3 sou 84 · 1,005 pòs

Pibliye Apr 8

☺️ Bugun mamlakatimiz moliya tizimining muhim bo‘g‘ini — “Toshkent” Respublika fond birjasi tashkil etilganiga 32 yil to‘ldi. ✨ Markaziy depozitariy jamoasi ushbu sana munosabati bilan ko‘p yillik strategik hamkorimiz — Birja xodimlarini va barcha bozor ishtirokchilarini samimiy muborakbod etadi. 🔺 Hamkasblarimizga moliya bozorini rivojlantirish yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatlarida muvaffaqiyat, yangi instrumentlarni tatbiq etishda zafarlar va doimiy yuksalish tilaymiz. 🎉Bayram muborak bo‘lsin, aziz hamkasblar! RU🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

2,510 views

Pibliye Apr 8

✍✍✍✍✍✍✍ 🌐Kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi takomillashtirilmoqda 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrug‘i bilan kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini taqdim etish tartibiga kiritilgan o‘zgartirishlar Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. 🗂 Ushbu o‘zgartirishlar PF-254-son Farmon talablarini amalga tatbiq etishga qaratilgan bo‘lib, “Tartibga solish qumdoni” mexanizmining samaradorligini oshirish, uning funksional imkoniyatlarini kengaytirish va bozor ishtirokchilari uchun yangi sharoitlar yaratishni nazarda tutadi. 💬 Asosiy yangiliklardan biri - “Tartibga solish qumdoni” ishtirokchilari doirasi kengaytirilmoqda. Endilikda xorijiy kompaniyalar bilan bir qatorda O‘zbekiston rezidenti bo‘lgan yuridik shaxslar ham unda ishtirok etishlari mumkin. Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi va Toshkent RFB “Tartibga solish qumdoni”da ishtirokchi sifatida ro‘yxatdan o‘tmasdan turib, operatsiyalarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi. 🗣Shuningdek, mavjud instrumentlar va operatsiyalar ro‘yxati ham kengaytirilmoqda: ⏺mahalliy emitentlar qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha depozitar tilxatlar chiqarish; ⏺rezidentlar tomonidan xorijiy valyutada korporativ obligatsiyalar chiqarish; ⏺kastodial va nominal saqlovchi xizmatlari, shu jumladan mahalliy emitentlar va investitsiya fondlari uchun; ⏺benefitsiar mulkdor o‘zgarmagan holda, soliq majburiyatlarini keltirib chiqarmaydigan tartibda amalga oshiriladigan FOP (Free of Payment) o‘tkazmalari; ⏺nominal saqlovchi tomonidan aksiyadorlar huquqlarini ishonchnomasiz amalga oshirish. 🔔 “Tartibga solish qumdoni” doirasida ichki bozorga xorijiy qimmatli qog‘ozlar ham kiritiladi. Ular bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun fond birjasi savdo maydonchalari va investitsiya vositachilari platformalariga nisbatan talablar belgilanadi. Shuningdek, “Tartibga solish qumdoni”ning amal qilish muddatiga doir cheklov bekor qilinmoqda. ✅ Mazkur o‘zgartirishlar moliyaviy instrumentlarni joriy etish uchun yanada moslashuvchan va barqaror muhit yaratishga, mahalliy ishtirokchilar faolligini oshirishga hamda xalqaro kapital bozori bilan integratsiyani yanada chuqurlashtirishga xizmat qiladi. RU🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

2,240 views

Pibliye Apr 8

✍️✍️✍️✍️ 🌐2026-yil mart oyida aksiya va obligatsiya chiqarilishlari dinamikasi 💻Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysining 2026-yil 1-aprel holatidagi ma’lumotlari mart oyida kapital bozorida barqaror o‘sish sur’atlari davom etganini ko‘rsatmoqda. 🗣Aksiyalar ⏺Chiqarilishlar umumiy hajmi 264,9 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan qariyb 900 mlrd so‘mga o‘sganligini ko‘rsatmoqda. ⏺Umumiy hajmning 73,3 foizi (194,3 trln soʻm) davlat ulushi hissasiga toʻgʻri keldi. ⏺Xorijiy egalarning ulushi 12,7 trln so‘m (4,8 foiz) miqdorida barqaror saqlanib qoldi. 🗣Korporativ obligatsiyalar ⏺Korporativ obligatsiyalar bozori yuqori o‘sish sur’atlarini namoyish etdi: mart oyi yakuniga ko‘ra umumiy hajm 5,63 trln so‘mga yetib, fevral oyiga nisbatan 350 mlrd so‘mga ko‘paydi. ⏺Bozorning 69,8 foizi xususiy sektor va banklarga tegishli bo‘lib, xorijiy investorlar ulushi 16,4 foizni (0,9 trln so‘m) tashkil qilmoqda. 🗣Emitentlar ⏺Aksiyadorlik jamiyatlari soni 699 tani tashkil etib, barqarorlikni saqlab qoldi. ⏺Korporativ obligatsiya emitentlari soni 34 tani tashkil etmoqda. Umumiy emitentlar soni esa (aksiyadorlik jamiyatlari va mas’uliyati cheklangan jamiyatlar) 723 taga yetdi. 🗣Qimmatli qog‘ozlar egalari ⏺Aksiyadorlar safi bir oyda 3 060 taga kengayib, jami 1 030 105 tani tashkil etdi. ⏺Jismoniy shaxslarning 964 659 nafarni (jami aksiyadorlarning 93,6 foizi) tashkil etishi aholining kapital bozoriga bo‘lgan qiziqishi ortayotganidan dalolat beradi. RU🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

2,380 views

Pibliye Apr 7

🏛 Korporativ boshqaruvda zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etish vaqti keldi. E-Vote tizimi — bu aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishlarini masofaviy tarzda, shaffof va tezkor o‘tkazish uchun eng qulay platformadir. 🔔E-Vote tizimining afzalliklari 🌐Masofadan ishtirok: Aksiyadorlar dunyoning istalgan nuqtasidan turib, internet orqali ovoz berishlari mumkin. 🔐Shaffoflik va xavfsizlik: Ovozlar avtomatik tarzda hisoblanadi, bu esa inson omili bilan bog‘liq xatolarni bartaraf etadi. 💻Resurslarni tejash: Bino ijarasi, qog‘oz byulletenlarni chop etish va pochta xarajatlari sezilarli darajada kamayadi. 🗣Tezkorlik: Yig‘ilish bayonnomalari va ovoz berish natijalari bir zumda shakllantiriladi. ❕ Aksiyadorlaringizga o‘z huquqlaridan foydalanish uchun zamonaviy sharoit yarating va kompaniyangizning investitsiyaviy jozibadorligini oshiring! RU🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

2,840 views

Pibliye Apr 7

✍️✍️✍️✍️ 📆Haftalik sharh: O‘zbekiston kapital bozoridagi asosiy o‘zgarishlar (27.03.2026 – 03.04.2026) 💻 Aksiyalar bozorida hisobga olingan aksiyadorlik jamiyatlari soni 699 tani tashkil etdi. Jami chiqarilish hajmi esa ayrim tarkibiy o‘zgarishlar hisobiga 264,95 trillion so‘mni tashkil qildi. Xususan: 📈“Jizzax Akkumulyator Zavodi” AJ tomonidan aksiyalarning qo‘shimcha chiqarilishi amalga oshirildi. Natijada jamiyatning qimmatli qog‘ozlar hajmi 75,49 mlrd so‘mdan 85,62 mlrd so‘mga yetdi. 📉 Shuningdek, “Future Open Technology Group” AJ aksiyalari hajmi ustav kapitalini kamaytirish hisobiga 550,09 mlrd so‘mdan 512,00 mlrd so‘mgacha o‘zgardi. 🗣Korporativ obligatsiyalar bozorida o‘sish dinamikasi davom etmoqda. Emitentlar soni bittaga ko‘payib, 35 taga yetdi. Hisobga olingan obligatsiyalarning umumiy nominal qiymati esa rekord darajadagi 6,13 trillion so‘mni tashkil qildi. 🗣 Bu o‘sishga asosan “Uzum Sarmoya” MCHJ tomonidan amalga oshirilgan 500,0 mlrd so‘mlik yirik birlamchi obligatsiyalar chiqarilishi asosiy turtki bo‘ldi. RU🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

3,130 views

Pibliye Apr 5

🟦 SIFATMI YOKI MIQDOR? 📚Filip Fisher — “Oddiy aksiyalar va g‘ayritabiiy foyda” 🗣 Uorren Baffetning ustozi hisoblangan Filip Fisher buyuk kompaniyalarni qidirishni taklif qiladi. Uning fikricha, yomon kompaniyani arzimagan pulga sotib olgandan ko’ra istiqbolli kompaniyani adolatli narxda sotib olgan ma’quldir. ❔Nega bu kitobni o‘qish shart? Fisher — "Growth Investing" (O‘sishga yo‘naltirilgan investitsiya) asoschisi. U aksiyani shunchaki raqamlarga qarab emas, balki biznesning ichki quvvatiga qarab tanlashni o‘rgatadi. 🗂Investor uchun 3 ta muhim dars: 1⃣"Suhbatlar" (Scuttlebutt) usuli. Kompaniya haqida faqat hisobotlardan ma’lumot qidirmang. Uning mijozlari, yetkazib beruvchilari va hatto sobiq xodimlari bilan gaplashing. Haqiqiy ahvol faqat ko‘chada ma’lum bo‘ladi. 2⃣15 ta nazorat savoli. Fisher kompaniyani baholash uchun 15 ta banddan iborat talabnoma tuzgan. Agar kompaniya ularning ko‘pchiligiga javob bersa, uni o‘n yillab sotmaslik kerak. 3⃣Qachon sotish kerak? "Agar aksiyalar to’g’ri tanlangan bo‘lsa, sotish vaqti deyarli hech qachon kelmaydi" deydi Fisher. U o‘zi sotib olgan Motorola aksiyalarini 20 yildan ortiq ushlab turgan va yuz barobar foyda ko‘rgan. ✅Xulosa qilib aytganda, o‘rtacha 50 ta kompaniyaga ega bo‘lishdan ko‘ra, bitta "olmos"ni topib, unga ishonish ko‘proq boylik keltiradi. “Oddiy aksiyalar va g‘ayritabiiy foyda” kitobi bizga aynan o‘sha olmosni qanday tanib olishni o‘rgatadi. #InvestorKutubxonasi RU🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

2,590 views

Pibliye Apr 4

❔Aksiya yoki obligatsiya: Qaysi birini tanlash kerak? 🗣 Kompaniyaga pul tikishning ikki xil yo‘li bor: ⏺Aksiya — bu kompaniya biznesiga sherik bo‘lish. Siz foydaga (divident) va boshqaruvga sheriksiz. Xavf yuqori, ammo daromad cheklanmagan. ⏺Obligatsiya — bu kompaniyaga qarz berish. Siz sherik emassiz, shunchaki ma’lum muddatga pulingizni ijaraga berasiz. Kompaniya sizga belgilangan foiz (kupon) to‘laydi. ✅ Portfelingizda ham aksiya, ham obligatsiya bo‘lishi — moliyaviy barqarorlik belgisidir. #MoliyaviySavodxonlik 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

2,800 views

Pibliye Apr 3

#kunraqami 📊Korporativ obligatsiyalar bozori 6 trln so‘mdan oshdi 🌐 2026-yil 3-aprel holatiga ko‘ra, Qimmatli qog'ozlar Markaziy depozitariysi tomonidan hisobga olingan korporativ obligatsiyalar hajmi 6,13 trillion so‘mga yetdi. Emitentlar soni 35 tani tashkil etdi. 🗂 Ma'lumot uchun, 2025-yil boshida bozor hajmi 1,9 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib bu ko‘rsatkich 3,2 barobarga oshdi. RU🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

3,250 views

Hashtags

Pibliye Apr 1

Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi faoliyati bo‘yicha mahorat darsi Professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar va mehmonlar Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida o‘tkazilgan «Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysining bugungi faoliyati, uning kapital bozordagi o‘rni va rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari» mavzusidagi mahorat darsida ishtirok etdilar. Mahorat darsini Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi Bosh direktor maslahatchisi va xalqaro bank-moliya sohasida ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassis Qahramon Sobirov olib bordi. Mahorat darsining asosiy masalasi - depozitariy faoliyatidagi o‘zgarishlar, uning kapital bozorini rivojlantirishdagi ahamiyati va kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishlarini muhokama qilish. Tadbir davomida quyidagi mavzular ko‘rib chiqildi: ✔️ Markaziy depozitariy faoliyatida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan o‘zgarishlar va yaqin kelajakdagi rejalar; ✔️ O‘zbekiston kapital bozorida yuz berayotgan jarayonlar va uning rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari. Tadbir ishtirokchilarga qimmatli qog‘ozlar bozoridagi zamonaviy jarayonlar haqida amaliy bilim olish va soha yetakchi mutaxassisi bilan tajriba almashish imkonini berdi. 🇷🇺RU 🇬🇧ENG #GSBE#GraduateSchool#Study#CapitalMarket #StockMarket 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube

3,620 views

Pibliye Mar 31

✍✍✍✍✍✍✍ 🇺🇿🇦🇲O‘zbekiston va Armaniston Markaziy depozitariylari o‘rtasida shartnoma imzolandi 🗣 2026-yil 30-mart kuni Armaniston Markaziy depozitariysiga O‘zbekiston Markaziy depozitariysida chet ellik nominal saqlovchi hisobvarag‘ini ochish to‘g‘risida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Hujjat ikki davlat qimmatli qog‘ozlar bozoridagi infratuzilmaviy aloqalarni kengaytirishga qaratilgan. 💬 Hamkorlikning asosiy maqsadi O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozoriga xalqaro investorlar kirishini kengaytirish, hisobvaraqlar orqali huquqlarni ro‘yxatga olish va qimmatli qog‘ozlarni saqlashning ishonchliligini ta’minlashdan iborat. Shartnoma, shuningdek, transchegaraviy operatsiyalar samaradorligini oshirish va ikki mamlakat o‘rtasidagi moliya sektori hamkorligini rivojlantirishga xizmat qiladi. ✅ Tomonlar ushbu integratsiya jarayoni O‘zbekiston kapital bozorining investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirishiga ishonch bildirdilar. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

3,350 views

Pibliye Mar 31

✍️✍️✍️✍️ 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-254-sonli Farmoni kapital bozori ishtirokchilari va investorlar uchun keng ko‘lamli imkoniyatlar eshigini ochmoqda. 🗣Investorlar uchun qanday qulayliklar yaratiladi? ⏺ Mahalliy brokerlar orqali xorijiy aksiyalarga ega bo'lish. ⏺ Markaziy depozitariy nazorati ostida xavfsiz savdo. ⏺ Valyuta obligatsiyalari bilan ishlash imkoniyati. ✅ Yangi moliyaviy instrumentlarning bozorga kirib kelishi aholining investitsion faolligini oshirish bilan birga, kapital bozorining yanada zamonaviy va ochiq bo‘lishini ta’minlaydi. Markaziy depozitariy ushbu jarayonda investorlar manfaatlari va aktivlari himoyasini bosh mezon sifatida belgilaydi. 📹Batafsil videoda. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

2,820 views

Pibliye Mar 30

✍️✍️✍️✍️ 📆Haftalik sharh: O‘zbekiston kapital bozoridagi asosiy o‘zgarishlar (13.03.2026 – 27.03.2026) 💻 Aksiyalar bozorida hisobga olingan aksiyadorlik jamiyatlari soni bittaga ko‘payib, 699 tani tashkil etdi. Jami chiqarilish hajmi esa 264,98 trillion so‘mga yetdi. 🗣Xususan: 📈“Issiqlikta'minoti” AJ 328,84 mlrd so‘mlik, “Delta mikromoliya tashkiloti” AJ esa 70,0 mlrd so‘mlik birlamchi aksiyalar chiqarilishini amalga oshirdi. ⏺Qo‘shimcha chiqarilish hisobiga “Uzum Bank” AJ ustav kapitali600,0 mlrd so‘mdan 970,0 mlrd so‘mga, “Apex Insurance” AJ esa 900,0 mlrd so‘mdan 980,0mlrd so‘mga oshdi. “Octagram” AJ hajmi ham biroz o‘sib, 30,87 mlrd so‘mni tashkil qildi. 📉 Shuningdek, “Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi” AJ aksiyalari hajmi 172,57 mlrd so‘mgacha kamaytirildi, “Angren logistika markazi” AJ aksiyalari esa butunlay hisobdan chiqarildi. 🗣 Korporativ obligatsiyalar bozorida emitentlar soni 34 tani saqlab qolgan bo‘lsa-da, hisobga olingan obligatsiyalarning umumiy nominal qiymati sezilarli darajada o‘sib, 5,63 trillion so‘mga yetdi. ⏺Bu o‘sish “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ (hajmi 1 490,0 mlrd so‘m), “Oltin yulduz plus” (hajmi 78,0 mlrd so‘m), “Hamkormazlizing” (hajmi 29,50 mlrd so‘m) va “Hamkor invest lizing” (hajmi 20,45 mlrd so‘m) tomonidan amalga oshirilgan qo‘shimcha chiqarilishlar hisobiga yuz berdi. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

2,500 views
12345•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384
AnvanPaj 3 sou 84Apre