TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Retounen nan lis chanèl
UzCSD | Markaziy depozitariy avatar

TGINSIGHT CHAT

UzCSD | Markaziy depozitariy

@uzcsd

Business and startups

web: www.uzcsd.uz Facebook: https://www.facebook.com/uzcsd.uz Instagram: https://www.instagram.com/uz.csd/ Youtube: https://www.youtube.com/@uzcsd Murojaat uchun: 📞 +998 (71) 211-09-09 📨 [email protected] Takliflar uchun: @UzCSDask_bot

Abonman1.0万Abonman aktyèl
Pòs swivi1,005Kantite pòs endekse
Pòte resan61,330Total vizit resan
Dènye pòs

Dènye pòs

Paj 10 sou 84 · 1,005 pòs

Pibliye Jan 13

🗣Markaziy depozitariy jamoasiga qo‘shiling! 🔔Siz moliya va qimmatli qog‘ozlar bozorida o‘z o‘rningizni topmoqchimisiz? Bizning professional jamoamizda Siz uchun imkoniyat bor! 🔎 Ayni damda quyidagi yo‘nalishlarda vakansiyalar ochiq: 🌐Strategik rivojlantirish va xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Batafsil ma’lumot va talablar 🔐Axborot texnologiyalarini boshqarish va axborot xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Batafsil ma’lumot va talablar 📱IT-texnologiyalarni rivojlantirish va dasturiy ta’minot ishlab chiqish bo‘limi bosh mutaxassisi Batafsil ma’lumot va talablar Biz nima taklif qilamiz? ⏺O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozorining markaziy bo‘g‘inida ishlash tajribasi. ⏺Rasmiy ishga joylashtirish va ijtimoiy paket. ⏺Doimiy o‘sish va malaka oshirish. 📩Rezyumeingizni (CV) [email protected] pochtasiga yuboring. Рус🇷🇺Eng🇬🇧 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

4,920 views

Pibliye Jan 13

#MoliyaviySavodxonlik ❔Aksiyador kim? 🗣Aksiyador — aksiyaga egalik qiluvchi shaxs. Aksiyador jamiyat foyda qilsa, dividend olish huquqiga ega. Shuningdek, aksiyador jamiyat faoliyatiga oid muhim qarorlar qabul qilishda ishtirok etadi. ⏺Aksiyador — bu jamiyatning ham egasi, ham manfaatdor shaxsi. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

4,440 views

Pibliye Jan 12

✍️✍️✍️✍️ Kapital bozorida chiqarilishlar dinamikasi barqaror 🗓26-dekabr 2025 — 9-yanvar 2026 🗣Hisobot davrida kapital bozorida chiqarilishlar dinamikasi barqaror saqlanib qoldi. Bu bozor ishtirokchilari tomonidan kapital jalb qilishga bo‘lgan ehtiyoj hamda institutsional faollik davom etayotganini ko‘rsatadi. ⏺Aksiyalar bozorida aksiyadorlik jamiyatlari soni o‘zgarishsiz qolgani holda, chiqarilishlarning umumiy hajmi 265,21 trln so‘mga yetdi. Bu, asosan, amaldagi kompaniyalar tomonidan qo‘shimcha aksiya chiqarish orqali kapitalni oshirish tendensiyasi saqlanib qolayotganini anglatadi. Emissiya faolligining xizmatlar va infratuzilma segmentlarida jamlangani e’tiborga molik. ⏺Korporativ obligatsiyalar bozorida esa emitentlar soni 34 tani tashkil etib, chiqarilishlar hajmi 3,98 trln so‘mga qadar oshdi. Bu kompaniyalar uzoq muddatli qarz instrumentlari orqali moliya jalb qilishni davom ettirayotganini ko‘rsatadi. ⏺Umuman olganda, hisobot davridagi ko‘rsatkichlar kapital bozorida emissiyalar hisobiga o‘sish modeli saqlanib qolayotganini va bozor infratuzilmasi barqaror ishlayotganini tasdiqlaydi. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

5,660 views

Pibliye Jan 12

🗣RASMIY MUNOSABAT 2026-yil 12-yanvar kuni “Bakiroo” telegram kanalida aksiyadorlik jamiyatlaridagi (AJ) davlat ishtiroki statistikasi va undagi tasniflarning qo‘llanilish tartibi yuzasidan bildirilgan tahliliy mulohazalarga nisbatan Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi quyidagilarni ma’lum qiladi: ⏺Ma’lumotlar izchilligi — professional tahlil asosi Avvalo, mamlakatimiz kapital bozoridagi transformatsiya jarayonlariga befarq bo‘lmagan ekspertlarning diqqat-e’tiborini yuqori baholaymiz. Postda keltirilgan "tasnif o‘zgartirilgani" haqidagi xavotirlar yuzasidan shuni ta’kidlaymizki, Markaziy depozitariyning statistik hisob yuritish metodologiyasi yillar davomida izchillikni saqlab kelmoqda. Muallif havola bergan xo‘jalik boshqaruvi organlarining ulushlariga oid ma’lumotlar yangi ko‘rsatkich emas. Mazkur ma’lumotlar Markaziy depozitariyning rasmiy manbalarida, xususan, 2025-yil 7-yanvardagi batafsil hisobotda ham o‘z aksini topgan. Unga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvar holatiga xo‘jalik boshqaruvi organlari ulushi mavjud AJlar soni 100 tani tashkil etgan. Bu esa 2026-yil 1-yanvar holatidagi ko‘rsatkich (96 ta) bilan solishtirganda, iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish borasidagi trendlarni xolis baholash imkonini beradi. ⏺Huquqiy mezonlar va tasniflash tartibi Statistikadagi segmentatsiya “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 17-oktabrdagi PQ-2635-son qarori talablariga asoslangan, ya’ni: Xo‘jalik jamiyatlari ustav fondlaridagi davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat muassasalariga, shu jumladan Markaziy bankka hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga tegishli bo‘lgan aksiyalar yoki ulushlar - davlat ulushi hisoblanadi. Xo‘jalik boshqaruvi organlariga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan aksiyalar esa davlat ulushi hisoblanmaydi. Ma’lumotlarning turli sanalarda yoki alohida infografikalarda taqdim etilishi texnik tasnifning o‘zgarganini emas, balki axborotni ko‘proq detallashtirish maqsadini anglatadi. ⏺Professional muloqotga tayyormiz Markaziy depozitariy ma’lumotlarni faqat texnik jihatdan qayd etuvchi va shaffoflikni ta’minlovchi tuzilma sifatida ekspertlar hamjamiyati bilan doimiy muloqotga ochiq. Biz iqtisodiy tahlilchilarning kapital bozoriga oid xulosalarini qadrlaymiz va kelgusida statistik ma’lumotlarni talqin qilishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan texnik anglashilmovchiliklarni oldini olish uchun zaruriy axborotlarni taqdim etishga hamisha tayyormiz. Markaziy depozitariy Axborot xizmati 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

4,630 views

Pibliye Jan 10

📱UzCSD Instagram’da: Yangi format, yangi sifat va rekord o‘sish! ✨ 🗣Bizning Instagram sahifamiz qisqa vaqt ichida nafaqat tashqi ko‘rinishini o‘zgartirdi, balki haqiqiy o‘sish markaziga aylandi: kuzatuvchilarimiz soni 3 barobarga ortdi! 📈 💬Nima uchun Instagram sahifamizga obuna bo‘lish manfaatli? ⏺Zerikarli emas: Murakkab moliya va qimmatli qog‘ozlar olamini qiziqarli Reels va dinamik videolar orqali tushuntiramiz. ⏺Jonli jarayon: Depozitariyning ichki hayoti va muhim yangiliklar — birinchi bo‘lib bizning Stories'da. ⏺Sifatli kontent: Har bir post — bu vizual estetika va foydali ma’lumot uyg‘unligi. O‘zbekiston moliya bozoridagi eng zamonaviy sahifalardan birini kuzatib boring. Biz bilan moliya tili osonroq! 🟣Obunabo‘ling: www.instagram.com/uz.csd 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

5,190 views

Pibliye Jan 10

#MoliyaviySavodxonlik ❔Aksiya nima? 🗣Aksiya - bu aksiyadorlik jamiyati chiqaradigan qimmatli qog‘oz. Aksiya sotib olgan shaxs jamiyatning aksiyadoriga aylanadi. Aksiya aksiyadorga dividend olish, ovoz berish va axborot olish huquqini beradi. ⏺Aksiya - bu jamiyatdagi ulushingiz va huquqingiz. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

4,850 views

Pibliye Jan 9

✍️✍️✍️✍️ 🌐Xorijiy investitsiyalar geografiyasi va hajmi kengaymoqda 🗣2026-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, aksiyadorlik jamiyatlari va xorijiy investitsiyalar ishtirokida ijobiy o‘sish sur’atlari kuzatilmoqda: ⏺Aksiyadorlik jamiyatlari soni: Dekabr oyida jamiyatlar soni 691 tadan 694 taga ko‘paydi. Shundan xorijiy investorlar ulushi mavjud bo‘lgan AJlar soni 336 tani tashkil etmoqda. ⏺Emissiya hajmi: Umumiy emissiya hajmi o‘tgan oyga nisbatan 3,2 foizga o‘sib, 265,1 trln so‘mga yetdi (1-dekabr holatiga 256,9 trln so‘m). Xorijiy investorlar ulushi esa 12,3 trln so‘mni(avvalgi oyda 11,8 trln so‘m) tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 4,2 foizga oshdi. 💻Top-10 sarmoyador mamlakatlar(investitsiya hajmi bo‘yicha, mlrd so‘m): 🇬🇧 Buyuk Britaniya — 3 638,0 🇭🇺 Vengriya — 3 061,5 🇰🇿 Qozog‘iston — 1 366,5 🇷🇺 Rossiya — 636,8 🇹🇷 Turkiya — 582,7. Shuningdek, kuchli o‘nlikdan 🇳🇱Niderlandiya, 🇨🇾Kipr, 🇰🇷Koreya Respublikasi, 🇺🇸AQSh va 🇩🇪Germaniya joy olgan. E’tiborli jihati,"Boshqa mamlakatlar" ulushi o‘tgan oyga nisbatan 20,5 foizga ortib, investitsiya geografiyasi tobora kengayib borayotganini ko‘rsatmoqda. Markaziy depozitariy Axborot xizmati Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

6,250 views

Pibliye Jan 9

🗣Biz xalqaro investorlar, moliyaviy institutlar va professional hamjamiyat bilan aloqalarni mustahkamlash maqsadida o‘zimizning rasmiy LinkedIn sahifamizni ishga tushirdik. 💬Bu yerda O‘zbekiston kapital bozoridagi islohotlar, strategik hamkorliklar va sohaviy tahlillar berib boriladi. ⏺Professional tarmoqdagi sahifamizga obuna bo‘ling va xalqaro bozor qatnashchilari bilan bir safda bo‘ling! 📱Havola Рус🇷🇺Eng🇬🇧 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

5,040 views

Pibliye Jan 8

💻Dividend va kupon to‘lovlari haqidagi ma'lumotlarni topish endi yanada qulay! 🗣Markaziy depozitariy dividend va kupon to‘lovlari haqidagi ma’lumotlarni Telegram stories'ga joylashtirishni boshladi. 💬Agar Siz: ⏺To‘lovlar muddatini o‘tkazib yubormaslikni; ⏺Emitentlarning to‘lov tarixini tahlil qilishni; ⏺Kapital bozoridagi holatni doimiy nazorat qilishni istasangiz — @UzCSD stories'ni kuzatib boring. ✈️Barcha muhim raqamlar va sanalar endi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Sizning telegram lentangizda! 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

4,930 views

Pibliye Jan 7

✍️✍️✍️✍️ 2025-yil dekabr oyidagi aksiya va obligatsiya chiqarilishlari dinamikasi 🏛 Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysining 2026-yil 1-yanvar holatidagi ma’lumotlari dekabr oyida qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlariga doir korporativ harakatlar ortganligini ko‘rsatmoqda. 📈Aksiyalar ⏺Oy davomida aksiya chiqarilishlari hajmi 8,2 trln so‘mga oshib, jami 265,1 trln so‘mni tashkil qildi. ⏺Ushbu o‘sish 18 ta aksiyadorlik jamiyatidagi birlamchi va qo‘shimcha chiqarilishlar hisobiga amalga oshdi. ⏺Joylashtirilgan aksiyalar ulushi 260,1 trln so‘mga yetdi. 💼Korporativ obligatsiyalar ⏺Korporativ obligatsiyalar umumiy hajmi 250 mlrd so‘mga oshdi va 3,94 trln so‘mni tashkil etdi. ⏺Joylashtirilgan korporativ obligatsiyalar hajmi - 3,3 trln so‘m. 🏢Emitentlar ⏺Aksiya emitentlari soni – 694 ta. ⏺Korporativ obligatsiya emitentlari - 34 ta(shundan 8 ta AJ, 26 ta MChJ). 👥Qimmatli qog‘ozlar egalari ⏺Aksiyadorlarning umumiy soni: 1 013 641 nafar. ⏺Korporativ obligatsiya egalari: 2 944 nafar. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

5,170 views

Pibliye Jan 7

🗣"Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi" AJ o'z jamoasini kengaytirmoqda va tajribali Loyiha menejerini(Project Manager) ishga taklif etadi. ⏺Lavozim majburiyatlari: ❗️Vazifalarning to‘liq siklini tashkil etish: rejalashtirishdan to joriy etishgacha; ❗️Loyiha yo‘l xaritasi (roadmap) va uzluksiz (end-to-end) jarayonlarni shakllantirish va yuritish; ❗️Manfaatdor tomonlar (stakeholders) uchun hisobotlar, status-yangilanishlar va taqdimotlar tayyorlash; ❗️Model tuzilmasini ishlab chiqish va ssenariylar tahlilini o‘tkazish; ❗️Analitika va biznes jamoalari bilan hamkorlik qilish; ❗️Loyihadagi xatarlar (risks), sifat va o‘zgarishlarni boshqarish; ❗️Barcha talablarning o‘z vaqtida va muvaffaqiyatli bajarilishini ta'minlash uchun asosiy manfaatdor tomonlar bilan samarali munosabatlarni o‘rnatish; ❗️Katta hajmdagi ma'lumotlar va ko'p sonli ishtirokchilar qatnashadigan kross-funksional loyihalarni amalga oshirishda tajriba. ⏺Nomzodga qo‘yiladigan talablar: ❗️Kamida 5 yillik ish tajribasi (bank, moliya, davlat tashkilotlari yoki konsalting sohalari afzal ko‘riladi); ❗️Kapital bozori sohasida tushunchaga egalik; ❗️Yirik loyihalarni boshidan oxirigacha amalga oshirishda ishtirok etish tajribasi; ❗️Loyiha boshqaruvi vositalari (Jira, Trello, Confluence) bilan ishlash ko‘nikmasi; ❗️Analitik fikrlash va ma'lumotlarni tizimlashtirish qobiliyati; ❗️A'lo darajadagi muloqot qobiliyati va natijaga yo'naltirilganlik; ❗️Noaniqlik sharoitida ishlash va tez moslashish qobiliyati. ⏺Ma'lumoti: ❗️Oliy ma'lumot (axborot texnologiyalari, loyiha boshqaruvi, moliya yoki iqtisodiyot yo'nalishi); ❗️O‘zbek, rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilish. 📍Ish joyi: Toshkent shahri 📞Aloqa uchun: +998 50 724 82 48 Рус🇷🇺Eng🇬🇧 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

5,290 views

Pibliye Jan 5

4,960 views
12•••5•••89101112•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384
AnvanPaj 10 sou 84Apre