TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Far·hod·jon avatar

TGINSIGHT CHAT

Far·hod·jon

@farhodjon

Edutainment

https://linktr.ee/far5n10v Turli texnologiyalar, shaxs va professional sifatida o’sish, mahsuldorlik, sayohat tajribalari haqida.

Pelanggan1,120Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak586Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini8,810Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Tag: #machine_learning · 3 postingan

当前筛选 #machine_learning清除筛选

Diposting 9 Mei

DeepLearning.ai juda yaxshi qisqa kurs chiqaribdi: ChatGPT Prompt Engineering for Developers Kursda ChatGPT (yoki kelajakdagi boshqa shunaqa mahsulotlar) injenerlar tomonidan qanday effektiv ishlatilishi yaxshi o’rgatilgan. Agar kimdir kundalik dasturiy ta’minot ishlab chiqarish jarayonida ChatGPT qanday yordam berishi mumkinligini o’ylayotgan bo’lsa, ularga ham juda foydali kurs. Kurs faqat ChatGPT’ga fokus qilgan, lekin o’rganilgan tajribani asta-sekin paydo bo’layotgan boshqa variantlarga ham qo’llasa bo’ladi. Bunaqa modellar “oddiy” dasturlash bilan yechish qiyin bo’lgan muammolarga juda yaxshi mos keladi. Andrew Ng - mualliflardan biri. #chatgpt#machine_learning@farhodjon

1,200 views

Diposting 21 Apr

GPT-3 haqida eshitganlar bordir. Tabiiy tilni qayta ishlaydigan, odamnikiga o’xshagan matnlarni beradigan hozirgi kundagi eng to’liq model. Faqat ingliz tiliga mo’ljallangan lekin. Odamlar shu model orqali yangiliklar, maqolalar, chat-botlar yaratishyapti va ba’zida odamdan farq qilish qiyin (misollar bu yerda). GPT-3’dan foydalanish hozircha faqat taklif yoki Microsoft Azure orqali. Masalan, manavi blog uchun g’oya generatsiya qiladigan tajribaga “how to learn python” matni berilsa u bunaqa maqola beryapti: How To Learn Python: Stepby Step With Bootcamp This Python tutorial is for absolute beginners with no experience in programming whatsoever and no knowledge of Python whatsoever. You’ll learn how to program using Python by following a step-by-step guide. Through hands-on exercises, you’ll start writing code in Python from the very first lesson… Rus tili uchun esa Sber(bank) ruGPT-3 modelini tayyorlagan. Yuqoridagi GPT-3 asosida qurilgan va rus tilidagi matnlarni davom ettira oladi. GitHub, Habrdagi maqolasi, sinab ko’rish uchun demo. Shu demodan qiziq tajribalar quyida. https://russiannlp.github.io/rugpt-demo/ >>> An Uzbek developer started implementing An Uzbek developer started implementing the game, and he is currently working on it - he even has a downloadable game available for that. But there are a lot of problems with it too, like the fact that the game works in two windowed versions, and a third window doesn't fit into the corners. I think he could have adopted the idea of a hex editor, or even a plugin, for Uzbeks who want to use Uz-Syntax. >>> Узбекские программисты научились Узбекские программисты научились самостоятельно производить чипы из облученных америций-торий-свинцовых сплавов. По словам исследователей из Карнеги-Меллона, при переработке отходов ядерного топлива получается более дешевая продукция, чем из высокочистых металлов, особенно если ее применить в производстве процессоров. >>> Узбекистан впервые в мире Узбекистан впервые в мире спустил на воду мини-субмарину "Марса". Создатель проекта крупнейшего в мире подводного беспилотника израильский конструктор Ифтах Зохар рассказал в эксклюзивном интервью корреспонденту "Вестника Мордовии". "Узбекская компания "Сяхыл" успешно провела пробные погружения для работы над созданием подводного транспортного средства "Марс". Qiziq dunyoda yashayapmiz. #machine_learning

1,710 views

Diposting 21 Mar

Katta ma’lumotlar to’plami asosida quriladigan algoritmlarda oxirgi paytlarda qiziq bir xususiyat paydo bo’lyapti. Bu algoritmlar ba’zida irqchi (racist) yoki seksistga (jins ajratadigan) aylanishi mumkin. Masalan, o’zbek tilida uchinchi shaxs haqida gapirilganda shaxs mavjudmas, biz har doim “u” so’zini (kishilik olmoshi) ishlatamiz. Ingliz va rus tillarida esa shu shaxsning jinsi muhim: he/she/his/her, он/она/его/её. Zamonaviy ingliz tilida jins aniq bo’lmaganda, “they” (ular) yoki “she” (ayol u) qo’llanilishi nisbatan jinsiy-neytral (gender neutral) hisoblanadi. Buni qarangki, hozirgi Google Translate jinsiy-neytral hisoblangan tillardan “u” so’zini ingliz tiliga tarjima qilishda nisbatan seksistlik qilarkan. Twitter’da ko’tarilgan mavzuda venger tilidan ingliz tiliga tarjima qilingan matn keltirilgan: Google Translate ayol kishini chiroyli, erkak kishini aqlli, erkak kitob o’qiydi, ayol idishlar yuvadi, erkak o’qitadi, ayol ovqat pishiradi kabi tarjima qilyapti. Qiziqish uchun o’zbek tilidan ingliz tiliga xuddi o’sha matnni qo’ydim. 1-2 holatni hisobga olmaganda, tarjima bir xil. Yandex tarjimonida ko’p holatlarda “he” deb tarjima qilinyapti. Mavjud ma’lumotlardan foydalanilganda shu ma’lumot qanaqa segmentdan olingani muhim. Masalan, agar algoritm faqat oq tanli odamlarning fotolari ustiga qurilsa, u qora tanli odamlarning fotolarida xato bilan ishlashi ehtimoli oshadi. #machine_learning

5,900 views