TGINSIGHT CHAT
Far·hod·jon
@farhodjon
Edutainmenthttps://linktr.ee/far5n10v Turli texnologiyalar, shaxs va professional sifatida o’sish, mahsuldorlik, sayohat tajribalari haqida.
Postingan terbaru
Tag: #robotics · 3 postingan
Diposting 12 Okt
Figure robotining 3-versiyasining videosini ko’rishni tavsiya qilaman - yaqin kelajakni ko’rsatadigan videolardan biri. https://youtu.be/Eu5mYMavctM?si=pkJjx09z0QHV0Rkv Xullas, yangi robot uy ishlariga ham mo’ljallangan: bozor mahsulotlarini taxlash (hatto tuxumgacha) va uydagi buyumlarni tartibga solish, simsiz quvvat olish uchun platformasi bor, yuvib tozalanadigan kiyimi va hokazo. Mish-mishlarga qaraganda, narxi 20 ming dollar atrofida bo’ladi. Amerikada oddiyroq mashinaning puli. Bunaqa videolarni ko’rgandan keyin, kompaniya kimlarni izlayotganiga qarab yaqin 5-10 yil ichida bozorda qaysi mutaxassislar ko’proq kerak bo’lishini ham bilsa bo’ladi. Saytida eng asosiy e’tibor berilgan sohalar: sun’iy intellekt, ishlab chiqarish, hardware/mechanical engineering, test qilish va platforma uchun dasturchilar. @farhodjon#robotics
Hashtags
Diposting 22 Feb
Xullas, robotlar sohasi keyingi 5-10 yillikda juda rivojlanadiganga o’xshayapti. Bugun yana ikkita demo. Birinchi video 1X kompaniyasining NEO Gamma roboti (e’lon). Bu kompaniya uy uchun robotlar chiqarishni maqsad qilgan. Shuning uchun, roboti nisbatan bosiq tonlarda va xavfsiz dizaynda qilingan. Robotning dizayni interyerning bir qismi sifatida bo’lishi va odamlar uni iliq qabul qilishi muhim. Kompaniya 2014-yilda tashkil topgan ekan - anchadan beri bozorda. Ikkinchi videoda 2021-yilda tashkil qilingan Clone kompaniyasining roboti. Menimcha, aynan shu kompaniyaning robotlari tuzilish jihatdan odamga ancha yaqin. Robotda muskul, skelet, asab va “qon-tomir” tizimlari mavjud. Saytida har bir tizimning rentgenini ko’rish mumkin. Muskul uchun maxsus tolali material ham ishlab chiqilgan. Clone yasayotgan robotlar “Westworld” serialidagi ilk androidlarni eslatadi. Yaqingacha mavjud bo’lgan, onlayn qilish mumkin bo’lgan hamma ishni sun’iy intellekt oladi, degan fikr o’zgaryapti. Har qanday texnologiya kabi bu robotlar aqllilashib va kuchayib boradi. Va bu uchun millionlab yil talab qilinmaydi. Qaysi robotni uyga qo’yamiz? 😅 @farhodjon#ai#robotics
Diposting 21 Feb
Figure kompaniyasi humanoid (odamsifat) robotlar chiqaradi. Tesla’ning Optimus robotlariga raqobat qiladi va katta kompaniyalardan (Microsoft, Nvidia, Intel) sarmoya olgan. 2024-yil avgustida taqdim qilingan roboti - Figure 02 (video) - ancha aqlli va kuchli. Qisqacha xarakteristikasi: - bo’yi 168 sm; - vazni 70 kg; - quvvati 5 soatga yetadi; - 20 kg yuk ko’tara oladi; - tezligi sekundiga 1,2 metr (4,3 km/soat). Fevral boshida kompaniya OpenAI bilan tuzilgan hamkorligini bekor qilgandi. Maqsad: robotlarga mo’ljallangan modellarni mustaqil ishlab chiqarish. Bugun kompaniya yangi, robotlarga mo’ljallangan, Vision-Language-Action (ko’rish-til-harakat) modelini taqdim qildi: Helix. Yuqoridagi videoda demosi. Helix imkoniyatlari: - robotlarning yuqori qismini boshqaradi: bosh, tana, qo’l va barmoqlar; - multi-robot hamkorlik - bir nechta robot birga ishlaydi; - narsalarni olish va qo’yish; - va eng asosiysi - robotning o’zida ishlaydi. Oxirgi punkt juda muhim. Real vaqtga yaqin natijaga erishish va maxfiylikni ta’minlash uchun model lokal bo’lishi kerak. Bu, keyinroq, boshqa sayyoralarni o’rganishga ham yo’l ochadi. Yana bir qiziq tomoni bor. Daniel Kahnemanning “Thinking, Fast and Slow” kitobida yozilgan 1- va 2-tizimlar Helix’da ham tatbiq qilingan. 1-tizim tez qarorlar uchun, 2-tizim esa sekinroq, tushunish talab qiladigan holatlar uchun. Saytida bir qancha texnik detaillari bilan yozilgan: Helix: A Vision-Language-Action Model for Generalist Humanoid Control Ajoyib davrda yashayapmiz! @farhodjon#ai#robotics