TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
IKAR | FACTOR BOOKS avatar

TGINSIGHT CHAT

IKAR | FACTOR BOOKS

@ikar_factor

Buku

“IKAR” | “FACTOR BOOKS” loyihasi http://myurls.co/ikarfactorbooks

Pelanggan176Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak476Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini24,174Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 21 dari 40 · 476 postingan

Diposting 26 Des

Kitob o‘qimayapmizmi, orqaga ketyapmiz! O‘tkan yilgi kitobini bu yil yangilaganlar, qo‘l ko‘tarsin. Eski telefoningiz ustiga necha so‘m qo‘shdingiz, 200-300-400-500$... eskisidan yaxshirog‘ini xarid qildingiz a? O‘sha 500$ ning 100$ dollariga kitob olganlar, qo‘l ko‘tarib qo‘yinglarchi endi... P.s. 2022-yil ham ko‘ch-ko‘ronini yig‘ishtirmoqda. IKAR olganlar, izohlarda bir qo‘l ko‘tarib qo‘ysin-chi? Siz-chi, yangi yilga yangi kitob bilan o‘tmaysizmi? Atigi 259 ming so‘m, nahotki eng sara o‘zbek adabiyoti bu pulga arzimasa?... Telegram | Facebook | Instagram

1,990 views

Diposting 25 Des

IKARni o‘qish tartibi (1-qism) ❗️ Loyiha qizg‘in pallaga kirdi. Ko‘pchilik kitobxonlar to‘plamni to‘liq o‘qib tugatmoqda. Ishtirokchilarni kitobni qanday o‘qish, savollar qay tartibda tuzilishi haqidagi savollar qiynamoqda. 📚 Yangi yildan so‘ng ovozli chat orqali sizni qiziqtirgan barcha savollarga javob beriladi; 📚 Dam olish kunlari audiochat orqali IKAR muhokamasi tashkil etiladi; 📚 Haftada 2-3 ta namunaviy savollarni e’lon qilib boshlaymiz. ✅ Kitoblarni to‘tiqushdek yodlab olmang, o‘qiyotgan jumlalaringizning ma’nosini chaqib, tushunib mutolaa qiling, bo‘ldi. ⏱ Tanlov sharti judayam oddiy. Telegram bot orqali savollarimizga tezkor javob bersangiz bo‘ldi. Chunki millisekundlar ham juda ko‘p narsani hal qiladi. Bu uchun to‘plamni yaxshilab o‘qishingiz kerak bo‘ladi! 🎯 Ortiqcha o‘y-xayollardan voz keching, fikringizni bir yerga jamlab o‘qing, uqing. Sababini qiling, avtomobil, albatta, sizniki bo‘ladi! Bu mavzuga hali ko‘p qaytamiz, hozir esa o‘qishda davom eting... Telegram | Facebook | Instagram

990 views

Diposting 24 Des

#Lirika Qor yogʻayotgan oqshom Shaharni kezsang, Gʻira-shira koʻchalarni kezsang, qoʻllaringni choʻntakka tiqib, Qor esa erisa lablaringda jim. ©Xurshid Davron, “IKAR” to‘plamidagi “Samarqand xayoli” kitobi muallifi 📺 “Qaqnus” ko‘rsatuvi Telegram | Facebook | Instagram

956 views

Hashtags

Diposting 23 Des

#Tinglang “Meni qargʻishing urdi”, dedi erkak. “Men sizni qargʻamaganman”, dedi ayol... ©Usmon Azim, “IKAR” to‘plamidagi “Bir parcha osmon” kitobi muallifi Telegram | Facebook | Instagram

999 views

Hashtags

Diposting 22 Des

#Iqtibos “...Qani endi bizni ham shunday kutishsa! Yoʻq, bizga faqat daqiqalar nasib qilgan. Bizni faqatgina soya-salqin bogʻlarda, koʻchalardagi soat osigʻliq ustunlar ostida, sergʻalva bekatlardagina kutishadi, xolos...” ©Murod Muhammad Doʻst, “IKAR” to‘plamidagi “Galatepaga qaytish” kitobi muallifi Telegram | Facebook | Instagram

958 views

Hashtags

Diposting 21 Des

ENDI MASHINAGA YILLAB PUL YIG‘ISH SHART EMAS! ❗️ 0 foiz boshlang‘ich to‘lov, oldindan to‘lovlarsiz, mutlaqo bepul, kitob o‘qisangiz bo‘ldi! 😇Atigi 259 ming so‘mga eng sara o‘zbek adabiyoti durdonalarini xarid qiling, o‘qib, uqib, “Nexia-3” sohibiga aylaning! 🙃 O‘zingizning o‘qishga vaqtingiz yo‘qmi, unda kitobni farzandlaringizga olib bering. Oilangizga ma’naviyat sovg‘a qiling. Hozir IKAR to‘plamini oilaviy o‘qiyotganlar ham bor! 🤔 Xo‘sh, nimani kutyapsiz? Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! 📲 Hoziroq buyurtma bering: @Factor_bookbot 🌐Batafsil ma’lumot:ikarfactor.uz Telegram | Facebook | Instagram

3,850 views

Diposting 21 Des

#Fikr “Hammaniyam kitobxon qilib boʻlmaydi. Mana hozir juda koʻp ragʻbatlar chiqyapti. Mashina sovgʻa qilyapmiz, pul beryapmiz. Bu yaxshi. Lekin sotib olganday-da. Muhabbat emas-da bu! Muhabbat begʻaraz boʻladi...” ©Erkin Aʼzam, “IKAR” to‘plamidagi “Anoyining jaydari olmasi” kitobi muallifi Telegram | Facebook | Instagram

4,230 views

Hashtags

Diposting 20 Des

#Diqqat “IKAR”chilar, bormisiz, omonmisiz? To‘plamni to‘liq o‘qib tugatganlar bormi? Agar ko‘pchilik bo‘lsak, kitoblarni birgalikda muhokama qilishni boshlardik. Hademay imtihon tartibi haqida ham batafsil ma’lumot berishni boshlaymiz. Xo‘sh, kim qaysi kitob mutolaasida? Telegram | Facebook | Instagram

923 views

Hashtags

Diposting 18 Des

#motivatsiya_uchun🤩 💥 Har zamon mutolaadan zeriksangiz, charchab qolsangiz bu tasvirlar sizga kuch beradi, deb o‘ylaymiz 📚 Agar mutolaani boshlamagan yoki to‘plamni xarid qilmagan bo‘lsangiz ham bu aynan Siz uchun, Sizni nima kutayotganligi haqida motivatsion tushuntirish 😁 📲Hoziroq buyurtma bering: @Factor_bookbot 🌐 Batafsil ma’lumot: ikarfactor.uz @ikar_factor – Sizga yaxshiliklar ilinamiz 😍

1,050 views

Diposting 17 Des

Hududlarda IKAR to‘garaklari faoliyat yuritmoqda! O‘zbek adabiyotini targ‘ib qilish va kitob o‘qigan insonlarni munosib rag‘batlantirishni maqsad qilgan IKAR loyihasiga qiziqish kun sayin kuchaymoqda! Fikrimiz isboti o‘laroq, Namangan viloyatida IKAR to‘garagi faoliyati yo‘lga qo‘yilibdi. O‘quvchilar har oy pul yig‘ib, navbat bilan to‘plamni xarid qilishayotgan ekan. Muhimi, ular kitob o‘qishyapti, o‘qiganda ham, O‘ZBEK ADABIYOTIning eng sara durdonalaridan bahramand bo‘lishyapti! Bu biz uchun yangilik bo‘ldi. To‘garak a’zolarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 10 ta IKAR to‘plami nashriyot tomonidan Namangan viloyatiga jo‘natildi. Ayni paytda kitoblar yetib borgan, o‘quvchilar esa mutolaaga jiddiy kirishishgan. Ilohim, kitob o‘qiydigan insonlar safi kengayaversin. Ilmingiz bundan-da ziyoda bo‘lsin. Tanlovda omad tilaymiz! Telegram | Facebook | Instagram

6,530 views

Diposting 17 Des

#Jarayon💥 Yangi yil chegirmasi! 🥳 Arzonlashtirilgan kitoblar! 🤩 Qaynoq muhit! 🤓 Ikar avtomobili taqdimoti! 🚘 Jarayon davom etmoqda! @factorbooks – eng yaxshilari ❤️

931 views

Hashtags

Diposting 16 Des

❗️Buni o‘qimasdan uxlamang! 📚 Kun-u tun kitobxonlar uchun “kuyib-pishadigan” nashriyotingizdan issiqqina yangilik! Biz ertaga Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetidamiz! 🎁 Yangi chegirmalari, bayramona aksiyalar, kitob yarmarkasi, yutuqli o‘yin va viktorinalar, yana bir dunyo sovg‘alar sizni kutmoqda! 🤓 Ertalab aniq joylashuvimiz bo‘yicha lokatsiya ham tashlaymiz. Ungacha bu xabarni maksimal darajada tarqating, Milliyda o‘qiydigan tanishlaringizga xabar bering. Ko‘rishguncha! P.s. Endi uxlasangiz bo‘ladi... @Factorbooks – kitobxonlar tomondamiz!❤️

767 views
12•••10•••1920212223•••30•••3940