TGINSIGHT CHAT
IKAR | FACTOR BOOKS
@ikar_factor
Buku“IKAR” | “FACTOR BOOKS” loyihasi http://myurls.co/ikarfactorbooks
Postingan terbaru
Hal. 25 dari 40 · 476 postingan
Diposting 12 Nov
😂Bunday kulgili vaziyatlarda qanday yoʻl tutish kerak? 🤠 Ikar kitoblarining sotuvi bilan shugʻullanuvchi qoʻngʻiroqlar markazlari bilan atay oʻzimiz bogʻlanib, joʻrttaga gʻalati savollar berib koʻrganmiz va koʻp hollarda ulardan ham gʻalati javoblar olganmiz. Notoʻgʻri javobni eshitib, – Aniqmi? – desak, – Ha, aniq! – deb qoʻyishadi 😅. 👌Qisqasi, kitob sotuvi borasida juda koʻp qiziq holatlar yuz beradi. Ushbu multilavhadagi kabi holatlarga duch kelganingizda, @Factorbooks nashriyoti faoliyati, kitoblari yuzasidan qandaydir savollar tugʻilganda, tezkor javob olish uchun quyidagi manzillarga murojaat qiling: 📞+998950799511 ✉️@Factorbooks_info 🚛Ikar kitoblarini respublika bo‘ylab yetkazib berish bepul! Telegram | Facebook | Instagram
Diposting 12 Nov
SIZGA HAM KIMNIDIR ESLATDIMI?🤔 🐜 Sheʼrni diqqat bilan tinglang. Afsuski, atrofimizda bu qiyosga mos keladigan odamlar juda koʻp. Eng professional shoirlargina bu manzarani shunday jonli tasvirlay olishadi xolos. ❗️Ikar toʻplami tarkibidagi Usmon Azimning “Bir parcha osmon” kitobi orqali muallifning ilk bor eʼlon qilinayotgan xuddi shunday oʻtli sheʼrlari, sermazmun hikoyalari va jiddiy tarixiy dramasi bilan tanishishingiz mumkin. 📲 BUYURTMA BERISH 👈 📌Batafsil ma’lumot: 📞 +998950359511 📞 +998950799511 Telegram | Facebook | Instagram
Diposting 11 Nov
“Yaxshi odam bo‘lgimiz keladi. Mana shu – adabiyotning ulug‘ missiyasi! Qani, tarbiya qilolganda edi... Butun olam guliston bo‘lib ketardi”... ©Erkin A’zam, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi ❗️Ikar toʻplami tarkibidagi Erkin Aʼzamning “Anoyining jaydari olmasi” kitobi orqali muallifning sermazmun qissa va hikoyalari bilan tanishishingiz mumkin. 📲 BUYURTMA BERISH 👈 📌Batafsil ma’lumot: 📞 +998950359511 📞 +998950799511 Telegram | Facebook | Instagram
Diposting 9 Nov
“IKAR” HAQIDA ENG QISQA TUSHUNTIRISH 🫵 🔹Ikar toʻplami – toʻrt kitobdan iborat jamlanma; 🔹Usmon Azimning “Bir parcha osmon”, Erkin Aʼzamning “Anoyining jaydari olmasi”, Murod Muhammad Doʻstning “Galatepaga qaytish” va Xurshid Davronning “Samarqand xayoli” kitoblari toʻplamdan joy olgan; 🔹 Toʻrt kitob bitta futlyarda, promokod yopishtirilgan va himoyalash uchun paketlangan, paketi qadoqlangan holda yetkazib beriladi; 🔹Ushbu kitoblar asosida kitobxonlarni ragʻbatlantirish maqsadida tanlov tashkil etilgan; 🔹 Tanlovda ishtirok etish boʻyicha yosh chegaralanmagan; 🔹 Tanlov @factor_ikarbot orqali mantiqiy test shaklida boʻlib oʻtadi; 🔹 Tanlovning mutlaq gʻolibiga avtomobil sovgʻa qilinadi. 🔹Kitoblarning umumiy narxi 259 ming soʻm, chekka hududlargacha yetkazib berish esa tekin; 📲 BUYURTMA BERISH 👈 📌Batafsil ma’lumot: 📞 +998950359511 📞 +998950799511 Telegram | Facebook | Instagram
Diposting 9 Nov
#ikarchilar_uchun_maxsus IKAR – BIR MAROMGA KO‘NMAYDI! Esingizda bo‘lsa, qanot yasab osmonda uchib borayotgan Dedal o‘g‘li Ikargapastlab uchsa dengiz, yuqorilasa quyosh xavf solishini uqdirib, bir maromda uchishni buyuradi.Qoliplarga sig‘maydigan Ikar esa bunga ko‘nmay, yuqoriga intiladi. Factor books nashriyotining Ikar loyihasi ham bir qancha qiziq sarguzashtlarni boshdan kechirdi. Ular orasidan eng muhimlarini "ikarchilar" uchun maxsus dayjest holida e'tiboringizga havola qilamiz: 💥 Ilk e'lon: ▶️ Bugungi kunni mana shu chiroyli so‘z bilan ham eslab qoling: IKAR! 💥 Ilk tushuntirish: ▶️ Аyrim taxminlaringizga aniqlik kiritish vaqti keldi! 💥 Ilk tanishtiruv: ▶️ “IKAR”dan ilk shabadalar! 💥 Ilk oq yo‘l: ▶️ Katta yo‘lga ustozlar duosi bilan chiqamiz! 💥 Ilk ishonch: ▶️ Endi kitob o‘qish – "moda"! 💥 Ilk hayajon: ▶️ Tutib qolingan lahzalar! 💥 Ilk katta qadam: ▶️ Bosh sovrin – avtomobil! 💥 Ilk ogohlantirish: ▶️ Ehtiyot bo‘ling, foydali! 💥 Ilk tafsilot: ▶️ Nega aynan IKAR?! 💥 Ilk fotolahzalar: ▶️ "IKAR"li fotosessiya 💥 Ilk maslahat: ▶️ Kitob o‘qib toliqdingizmi? Endi kitob o‘qib dam oling... 💥 Ilk sharh: ▶️ “IKAR” loyihasining imtihon bosqichlari 💥 Ilk sahifa: ▶️ IKAR kitoblarining mundarijasi bilan tanishing! 💥 Ilk safar: ▶️ “IKAR KARVONI” yo‘lga chiqmoqda! 💥 Ilk taqdimot: ▶️ Tutib olingan lahzalar 💥 Ilk videotushuntirish: ▶️ “IKAR” tanloviga ro‘yxatdan o‘tish tartibi Telegram | Facebook | Instagram
Hashtags
Diposting 8 Nov
Koʻpchilik Murod Muhammad Doʻstni “Dasht-u dalalarda” hikoyasi orqali taniydi. “Mendan bitta asar bilan yozuvchi adabiyotda qolishi mumkinmi deb so‘rashsa: «Ha! Bu Murod Muhammad Do‘st va uning «Dasht-u dalalarda» hikoyasi», deb javob qaytarardim”, degan edi taniqli adib Nazar Eshonqul. 📚Eslatib oʻtamiz, Ikar kitoblar toʻplamiga Murod Muhammad Doʻstning “Galatepaga qaytish” va “Isteʼfo” qissalari kiritilgan. 📲 BUYURTMA BERISH 👈 📌Batafsil ma’lumot: 📞 +998950359511 📞 +998950799511 Telegram | Facebook | Instagram
Diposting 8 Nov
Diposting 8 Nov
BAXT HAQIDA BALLADA Men baxtni ko‘rganman. Ko‘rganman. Aniq. O‘rdada nogahon kelgan ro‘baro‘. Qish kuni. Paltoga olgan o‘ranib, Besas bir hayratda qotganman: “Voy-bo‘!..” Yo‘lkalar chetida baland chinorlar Qator tizilishgan. Beharakat. Jim. Dong qotgan bekatlar, qorlar, shiorlar... Ammo baxt ekanin bilmagan – hech kim. Baxt juda chiroyli edi! Chiroyli! Chiroyli! – sovuqda yuzin yashnashi. Hatto qor poyida g‘irchillar edi Tanini ezsa ham o‘tkir poshnasi. Yuzi tegrasida ro‘moli – tuman, Bir uchi kiftiga tashlangan edi. Lollikdan boshqa hol bo‘lgan edi man – Uni ko‘rib bu ish boshlangan edi. Men baxtni ko‘rganman. Ko‘rganman. Aniq. Hatto ko‘zlarimiz uchrashgan bir zum. O‘rtada bo‘lgan yo‘q salom-u alik, Faqat lablariga qo‘ngan tabassum. Shu tarz o‘tib ketgan yonimdan. Tashxis: Jonim chiqmaslikka u dam yaragan. O‘grilib qarasam ortimga ilkis, Ishoning-ishonmang, baxt ham qaragan! Shundan buyon menga bu dunyo bir pul! Nomard g‘alvalari berolmas ozor. Yuragim erta-kech she’r bilan mashg‘ul – Baxtni uchratganman! Nima g‘amim bor! Yonib kirib kelsam (yurishim – sarbast!) – Fasod davralarga – g‘iybat tinadi, Axir menga hech kim kelolmaydi bas – Baxtga duch kelganim barcha biladi. Mardligim bilishar (do‘st-u yov ogoh!): Nechun “yur” deb baxtni qistamaganman, Baxtni etmaganman ne uchun hamroh?.. Bebaxt bo‘lishini istamaganman. ©Usmon AZIM “Bir parcha osmon” kitobidan Telegram | Facebook | Instagram
Diposting 6 Nov
#haqida Rus yozuvchisi Grigoriy Baklanov o‘tgan asrning 80-yillarida “Drujba narodov” jurnalida chiqqan maqolasida Murod Muhammad Do‘st hikoya uslubining bir muhim jihati to‘g‘risida gapirgandi. U ham bo‘lsa, M.M.Do‘st asarlarida yozilganidan ko‘ra anglashiladigani ko‘proq ekani, bu yozilmagan qism farosatli o‘quvchi ong va tafakkuriga ko‘chib, unda o‘sib borishi haqidagi fikr edi. Darhaqiqat, Murod Muhammad Do‘st iste’dodining muhim jihatlarini o‘zida mujassam etgan “Galatepaga qaytish” qissasining ham fikriy-g‘oyaviy, ham badiiy kurtaklari didi yuksak har bir o‘quvchi ichki dunyosida o‘zining yangi va kutilmagan umrini davom ettirajak. ©Rahmon QO‘CHQOR 📲IKAR KITOBLARIGA BUYURTMA👈 📞 +998950359511 📞 +998950799511 Telegram | Facebook | Instagram
Hashtags
Diposting 3 Nov
#Tashbookfest 🤓Yaxshi kitoblar sizni dunyo tashvishlaridan uzib olib, oʻz olamiga tortib ketadi! Buning isbotini “Tashkent book fest” III xalqaro kitob koʻrgazmasi paytida olingan ushbu tasvir orqali ham koʻrishingiz mumkin. 🤗Tasvirdakitobxonning qoʻlidaOʻzbekiston xalq shoiri Usmon Azim qalamiga mansub“Bir parcha osmon” kitobi. 📚Oʻzingizni eng yaxshi kitoblarga munosib koʻring! 📲 BUYURTMA BERISH 👈 📌 Batafsil ma’lumot: 📞+998950359511 📞+998950799511 Telegram | Facebook | Instagram
Hashtags
Diposting 1 Nov
🫣Tarix shunchaki sanalardan iborat murakkab hujjat emas! U oʻzida keskin voqeliklarni, original xarakterlarni, achchiq haqiqatlarni mujassam etadi, tafakkurni salmoqli boyitib, fikrlashni sezilarli oʻstiradi. 💥Ikar toʻplamidan oʻrin olgan “Samarqand xayoli” kitobi qiziqarli badialari bilan sizni sirli tarixga yanada yaqinlashtiradi. 🤗Oʻzbekiston xalq shoiri Xurshid Davron qalamiga mansubushbukitobni oʻqib tarixni koʻproq oʻrganishga jiddiy ishtiyoq uygʻonadi, bahsli mavzular, murakkab ziddiyatli holatlar oʻzining qizgʻin olamiga tortib ketadi. 📲 BUYURTMA BERISH 👈 📌 Batafsil ma’lumot: 📞+998950359511 📞+998950799511 Telegram | Facebook | Instagram
Diposting 31 Okt
#tavsiya 🎞Siz bu filmni koʻrgansiz. Koʻrmagan boʻlsangiz, vaqt ajratib, albatta, tomosha qiling. 👌Ikar toʻplamidan ushbu filmga asos boʻlgan Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Erkin Aʼzamning “Anoyining jaydari olmasi” asari ham oʻrin olgan. 😎Oʻzingizni hurmat qiling va vaqtingizni eng yaxshi asarlarga sarflang! 📚Ikar toʻplamiga hoziroq buyurtma bering. 📌 Batafsil ma’lumot: 📞+998950359511 📞+998950799511 📲 BUYURTMA BERISH 👈 Telegram | Facebook | Instagram
Hashtags