TGINSIGHT CHAT
IKAR | FACTOR BOOKS
@ikar_factor
Buku“IKAR” | “FACTOR BOOKS” loyihasi http://myurls.co/ikarfactorbooks
Postingan terbaru
Hal. 8 dari 40 · 476 postingan
Diposting 18 Mei
🤩 Siz kutgan taqdirlash marosimiga 1️⃣2️⃣ kun qoldi! 💙@ikar_factor – 𝐈𝐥𝐤 𝐊𝐚𝐭𝐭𝐚 𝐀𝐝𝐚𝐛𝐢𝐲 𝐑𝐞𝐳𝐨𝐧𝐚𝐧𝐬!
Diposting 18 Mei
#mutolaa📖 – Tag‘in ichyapti ekanda, deb o‘ylamang, Toshpo‘lat, – dedi u. – Shunchaki... ozgina ichib, ko‘proq o‘ylayapman. Anavi yoqqa qarang! Ha, yaxshiroq qarang, qani, nimalarni ko‘rarkansiz?.. Gʻaybarov Shoir ishora qilgan tomonga qarab, daraxtlar orasidan ko‘chani, g‘izg‘iz yelayotgan mashinalar, shoshib borayotgan odamlarni ko‘rdi.– Ko‘cha, – dedi u sekin. – Odamlar, mashinalar...– Hayot o‘sha! – deb xitob qildi Shoir. Abduvali Soqol piqillab kulib yubordi.– Tek o‘tir! – deb jerkidi uni Shoir. – Qarang, Toshpo‘lat! Biz bu yerda o‘tiribmiz, hayot yonimizdan g‘izillab o‘tib ketyapti! Biz tinchgina, salqin qahvaxonalarda o‘tirib chiroyli suhbatlar quramiz, ko‘pirib toshamiz, maqtaymiz, maqtanamiz! Biz mamnun va baxtiyor o‘tiraveramiz, hayot esa...Ana u, yonimizdan o‘tib boryapti!Shundoq yonimizdan, qo‘l uzatsa yetgudek joydan! Tushunasizmi, Toshpo‘lat, o‘tib ketyapti u!.. 📘“Galatepaga qaytish” •Murod Muhammad Do’st 💙@ikar_factor–𝐈𝐥𝐤 𝐊𝐚𝐭𝐭𝐚 𝐀𝐝𝐚𝐛𝐢𝐲 𝐑𝐞𝐳𝐨𝐧𝐚𝐧𝐬!
Diposting 17 Mei
🤩 Siz kutgan taqdirlash marosimiga 1️⃣3️⃣ kun qoldi! 💙@ikar_factor – 𝐈𝐥𝐤 𝐊𝐚𝐭𝐭𝐚 𝐀𝐝𝐚𝐛𝐢𝐲 𝐑𝐞𝐳𝐨𝐧𝐚𝐧𝐬!
Diposting 17 Mei
#asardan_parcha📖 *** “Ashur kal eskilik sarqiti sifatida nosdan voz kechib, zamonaviylikka intilib sigaretga oʻtibdi (“Koshki foydasi boʻlsa, telpakni tashlab, shlyapa kiyganida ham baribir hammaga maʼlum: boshi yaltiroq kal!”); oʻzining bobosi koʻknorning kayfida momosi bilan gʻijillashib, ammasining chorbogʻiga koʻchib ketibdi (“Meni boshqa narsa oʻylantiradi. Ukkagʻar boboning bir sandiqchasi bor. Boshining ostiga qoʻyib yotardi doim. Gap koʻp-da unda. Olib ketdi! Oʻshandan umid katta edi”); Esonberdiyev, oʻsha gʻoʻddaygan “Esonberdiyev-hukumat”, Boysun tarixidagi battol milisa, isteʼfoga chiqqach, Qoʻrgʻonchadagi nafasi oʻtkir mulladan bir oy eskicha saboq olib, dastor oʻrab qaytibdi, hozir xatmi Qurʼonu chilyosingacha usiz oʻtmas emish….” 📘Erkin A’zamning “Anoyining jaydari olmasi” kitobidan 💙@ikar_factor – 𝐈𝐥𝐤 𝐊𝐚𝐭𝐭𝐚 𝐀𝐝𝐚𝐛𝐢𝐲 𝐑𝐞𝐳𝐨𝐧𝐚𝐧𝐬!
Hashtags
Diposting 16 Mei
🤩 Siz kutgan taqdirlash marosimiga 1️⃣4️⃣ kun qoldi! 💙@ikar_factor – 𝐈𝐥𝐤 𝐊𝐚𝐭𝐭𝐚 𝐀𝐝𝐚𝐛𝐢𝐲 𝐑𝐞𝐳𝐨𝐧𝐚𝐧𝐬!
Diposting 15 Mei
🤩 Siz kutgan taqdirlash marosimiga 1️⃣5️⃣ kun qoldi! 💙@ikar_factor – 𝐈𝐥𝐤 𝐊𝐚𝐭𝐭𝐚 𝐀𝐝𝐚𝐛𝐢𝐲 𝐑𝐞𝐳𝐨𝐧𝐚𝐧𝐬!
Diposting 15 Mei
#kitobdan – Meni qarg’ishing urdi, – dedi erkak. – Men sizni qarg’amaganman, – dedi ayol. Erkak jim qoldi. Angladi – demak, uni Xudo urgan. Shunday ayolni tashlab ketgani uchun Xudo urgan. "Bir parcha osmon" •Usmon Azim 💙@ikar_factor – 𝐈𝐥𝐤 𝐊𝐚𝐭𝐭𝐚 𝐀𝐝𝐚𝐛𝐢𝐲 𝐑𝐞𝐳𝐨𝐧𝐚𝐧𝐬!
Hashtags
Diposting 14 Mei
🤩 Siz kutgan taqdirlash marosimiga 1️⃣6️⃣ kun qoldi! 💙@ikar_factor – 𝐈𝐥𝐤 𝐊𝐚𝐭𝐭𝐚 𝐀𝐝𝐚𝐛𝐢𝐲 𝐑𝐞𝐳𝐨𝐧𝐚𝐧𝐬!
Diposting 14 Mei
#asardan_parcha🪶 Umr bo‘yi ko‘ngil tusamagan yo‘llarni kezdim va bildimki, faqat qurbon qilingan mehrgina pokiza bo‘larkan. Alamlaring keyin bir kun lazzatga aylanadi, o‘zingni kun sayin tushunibroq borasan, ayblaringni qaytadan his etasan, azob chekasan, lekin shu azoblardan ham o‘zingcha bir huzur topasan. Boshqa iloj yo‘q, odamzod uzluksiz uqubatga chidolmaydi. 📘Murod Muhammad Do’stning “Galatepaga qaytish” kitobidan 💙@ikar_factor – 𝐈𝐥𝐤 𝐊𝐚𝐭𝐭𝐚 𝐀𝐝𝐚𝐛𝐢𝐲 𝐑𝐞𝐳𝐨𝐧𝐚𝐧𝐬!
Hashtags
Diposting 12 Mei
🤩 Siz kutgan taqdirlash marosimiga 1️⃣8️⃣ kun qoldi! 💙@ikar_factor – 𝐈𝐥𝐤 𝐊𝐚𝐭𝐭𝐚 𝐀𝐝𝐚𝐛𝐢𝐲 𝐑𝐞𝐳𝐨𝐧𝐚𝐧𝐬!
Diposting 12 Mei
#mutolaa “Ochlik azobiga dosh berolmagan shaharliklarning ayrimlari kechalari pinhona devor oshib tashqaridagi chorbog‘lardan u-bu olib kela boshladilar. Ammo bundan ogoh bo‘lgan shayboniylar devorosharlarning anchasini ushlab olib, quloq-burnini kesibqo‘yib yubordilar. Shundan keyin devor oshadigan mard topilmay qoldi. Shu mojarolar orasida kuz osmonini to‘ldirgan qora bulutlar ichidan yalt etib chiqqan xira nurdek bir xabar yetib, Bobur mirzoning dilidagi so‘ngan chiroq piligi yana cho‘g‘lana boshladi. Emishkim, Andijondan Sulton Ahmad Tanbal qo‘shin yetaklab, Piskentga yetib qolibdi, Sulton Mahmudxon ham Toshkentdan qo‘shin chiqargan, Dizakka yetib kelganmish...” 📚Xurshid Davronning “Samarqand xayoli” kitobidan 💙@ikar_factor – 𝐈𝐥𝐤 𝐊𝐚𝐭𝐭𝐚 𝐀𝐝𝐚𝐛𝐢𝐲 𝐑𝐞𝐳𝐨𝐧𝐚𝐧𝐬!
Hashtags
Diposting 11 Mei
🤩 Siz kutgan taqdirlash marosimiga 1️⃣9️⃣ kun qoldi! 💙@ikar_factor – 𝐈𝐥𝐤 𝐊𝐚𝐭𝐭𝐚 𝐀𝐝𝐚𝐛𝐢𝐲 𝐑𝐞𝐳𝐨𝐧𝐚𝐧𝐬!