TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
Torna ai canali
Cedr.uz | Ilmiy tadqiqot markazi avatar

TGINSIGHT CHAT

Cedr.uz | Ilmiy tadqiqot markazi

@cedruz

Economia

O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazining telegramdagi rasmiy kanali Sayt: Cedr.uz Bog‘lanish: @Cedruz_bot Email: [email protected]

Iscritti450Iscritti attuali
Post tracciati383Post indicizzati
Reach recente8,136Visualizzazioni post recenti
Post recenti

Post recenti

Pag. 14 di 32 · 383 post

Pubblicato 21 ott

21-oktabr — O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun TDIU huzuridagi Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi jamoasi barcha ilm ahli, olimlar, professor-o‘qituvchilar va talaba-o‘quvchilar hamda ta’lim fidoyilarini bugungi qutlug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.

329 views

Pubblicato 19 ott

«МИЛЛИЙ ИҚТИСОДИЁТ РАҚОБАТБАРДОШЛИГИНИ ОШИРИШ АҲОЛИ ТУРМУШ ДАРАЖАСИ БАРҚАРОРЛИГИ ОМИЛИ» Республика илмий-амалий конференцияси Тошкент давлат иқтисодиёт университети ҳузуридаги “Ўзбекистон иқтисодиётини ривожлантиришнинг илмий асослари ва муаммолари” илмий-тадқиқот марказида 2023 йил 18 октябрь куни «Миллий иқтисодиёт рақобатбардошлигини ошириш аҳоли турмуш даражаси барқарорлиги омили» мавзусида республика илмий-амалий конференцияси ўтказилди. Конференция ишида Ўзбекистон Республикаси Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирлиги, Ўзбекистон Республикаси Иқтисодиёт ва молия вазирлиги, Ўзбекистон Республикаси Марказий банки, БМТнинг Аҳолишунослик жамғармаси (ЮНФПА), хорижий ва республикамиздаги олий ўқув юртларининг профессор-ўқитувчилари, таянч докторантлари, мустақил изланувчилар, магистрлар ва ушбу соҳада тадқиқот олиб борувчи олимлар иштирок этишди.

987 views

Pubblicato 3 ott

Тараққиёт - фақат танқид дегани эмас!

747 views

Pubblicato 3 ott

Ўзбекистон - Афғонистон янги истиқболли хамкорлик йўлида

863 views

Pubblicato 3 ott

Марказий Осиё - Афғонистон муносабатлари

786 views

Pubblicato 17 set

Iqtisodchi fikri: Davlatning tashqi qarzi masalasida vahimaga o‘rin yo‘q Muhiddin Kalonov - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti prorektori, iqtisodiyot fanlari doktori bilan suhbat 👉https://youtu.be/F3FgoHmmlfE Rasmiy sahifalarimiz 👇 Telegram | Facebook | Youtube

336 views

Pubblicato 15 set

ТОШКЕНТ ДАВЛАТ ИҚТИСОДИЁТ УНИВЕРСИТЕТИ ҲУЗУРИДАГИ “ЎЗБЕКИСТОН ИҚТИСОДИЁТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ ИЛМИЙ АСОСЛАРИ ВА МУАММОЛАРИ” ИЛМИЙ-ТАДҚИҚОТ МАРКАЗИ 2024 йилга қуйидаги ихтисосликлар бўйича таянч докторантура (PhD), докторантура (DSc) ва стажёр-тадқиқотчиликка қабул эълон қилади: Стажёр-тадқиқотчи: 08.00.07 – “Молия, пул муомаласи ва кредит”-1 ўрин. 08.00.10-“Демография. Меҳнат иқтисодиёти”- 1 ўрин. 08.00.12-“Минтақавий иқтисодиёт”-1 ўрин. Таянч докторантура (PhD): 08.00.02-“Макроиқтисодиёт”-1 ўрин. 08.00.07 – “Молия, пул муомаласи ва кредит”-2 ўрин. 08.00.10-“Демография. Меҳнат иқтисодиёти”- 1 ўрин. 08.00.12-“Минтақавий иқтисодиёт”-2 ўрин. Докторантура (DSc): 08.00.02-“Макроиқтисодиёт”-1 ўрин. Ҳужжатлар 2023 йил 15 сентябрдан 2023 йил 15 октябргача қабул қилинади. Маълумот учун манзил: Тошкент шаҳри Ислом Каримов шоҳ кўчаси, 49. Тошкент давлат иқтисодиёт университети бош биноси 14-қават. 14-07 хона Телефон: (+99871) 239-29-42 website: www.cedr.uz e-mail: [email protected]

756 views

Pubblicato 9 set

💬ILMIY TADQIQOT MAVZUSIGA BIR QATOR TALABLAR QO'YILADI. ⏺Mavzu dolzarb bo‘lishi, hozirgi paytda hal etishni talab qilishi zarur. Fundamental tadqiqotlar bilan bog‘liq mavzular dolzarblik darajasini belgilash uchun hozircha tegishli mezonlar yo‘q. Shuning uchun, mazkur holda dolzarblikni yirik olim yoki ilmiy jamoa belgilaydi. Mavzuning amaliy tavsifiga kelsak, ularning dolzarbligi, qoidaga ko‘ra ishlab chiqarish muayyan tarmog‘ining rivojlanish va iqtisodiy samaradorlik talablariga ko‘ra belgilanadi. Mavzu yangi ilmiy masalani hal etishi va ilmiy yangilik tavsifiga ega bo‘lishi kerak. ⏺Ilmiy mavzuga qo‘yiladigan muhim talablar bo‘lib iqtisodiy samaradorlik va ahamiyatlilik hisoblanadi. Amaliy tadqiqotlar bilan bog‘liq mavzular tanlash bosqichida taxminiy belgilanadigan iqtisodiy samara berishi lozim. Fundamental tavsifdagi mavzuni tanlashda iqtisodiy samaradorlik mezoni ahamiyatlilik mezoniga o‘z o‘rnini bo‘shatib beradi. ⏺Mavzu ilmiy yo‘nalishiga mos bo‘lishi kerak. Bu ilmiy jamoa malakasi va vakolatidan eng to‘liq ravishda foydalanishga imkon beradi. Natijada ishlanmaning nazariy darajasi, sifati va iqtisodiy samarasi oshadi, tadqiqotning bajarilish muddati qisqaradi.

262 views

Pubblicato 4 set

TDIU huzuridagi “0 ‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazida 2023 yil 18 oktabr kuni “Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish aholi turmush darajasi barqarorligi omili” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

1,690 views

Pubblicato 1 set

335 views

Pubblicato 23 ago

Joriy yilning 22-avgust kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazida O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi bilan birgalikda “Iqtisodiy ilm-fanni rivojlantirishda hamda milliy iqtisodiyotning barqaror o‘sishini taʼminlashda ilmiy-tadqiqot institutlarining roli: ilmiy yutuqlar, tajriba almashish va hamkorlik istiqbollari” mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

721 views

Pubblicato 16 ago

324 views
12•••10•••1213141516•••20•••303132