TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
Torna ai canali
Swift Academy avatar

TGINSIGHT CHAT

Swift Academy

@swift_academy

Istruzione

Swift Academy - IT o’quv markazi YouTube Channel : https://shorturl.at/UV4vp Read me: https://shorturl.at/ArSML Admin: @MulloyevAzamjon

Iscritti197Iscritti attuali
Post tracciati209Post indicizzati
Reach recente3,842Visualizzazioni post recenti
Post recenti

Post recenti

Pag. 2 di 18 · 209 post

Pubblicato 6 gen

𝐍𝐞𝐠𝐚 𝐤𝐨'𝐩 𝐡𝐨𝐥𝐥𝐚𝐫𝐝𝐚 𝐲𝐞𝐜𝐡𝐢𝐦𝐥𝐚𝐫 𝐯𝐚𝐪𝐭𝐢𝐧𝐜𝐡𝐚𝐥𝐢𝐤 𝐲𝐨𝐤𝐢 𝐱𝐮𝐬𝐮𝐬𝐢𝐲 𝐲𝐨𝐤𝐢 𝐲𝐮𝐳𝐚𝐤𝐢 𝐛𝐨'𝐥𝐚𝐝𝐢? Chunki odatda muammo paydo bo‘lishi bilan darhol yechim izlashga kirishiladi. Natijada esa muammo to‘liq tushunilmasdan, vaqtinchalik yoki yuzaki qarorlar qabul qilinadi. Tajribali mutahasislar esa, eng avvalo muammoning asl mohiyatini tushunishga harakat qiladi. Muammo nimadan iborat, qayerda paydo bo‘lgan, nimasi aniq, nimasi noaniq — shu savollarga javob topmasdan keyingi bosqichga o‘tmaydi. Chunki aniq ifodalanmagan muammo hech qachon to‘g‘ri yechimga ega bo‘lmaydi. Batafsil o'rganilgandan keyin — mavjud tajribani o‘rganish. Oldin bu masalaga kimlar duch kelgan, qanday yondashuvlar bo‘lgan, qaysi usullar ishlagan yoki ishlamagan. Bu bosqich vaqtni tejaydi va takroriy xatolardan saqlaydi. Siz birinchi bo‘lib bu muammoga duch kelayotgan bo‘lishingiz kamdan-kam holat. Shundan keyingina haqiqiy tahlil boshlanadi. Mavjud yechimlar qayerda to‘xtab qolgan, qaysi joylar e’tibordan chetda qolgan, qaysi taxminlar tekshirilmagan — aynan shu bo‘shliqlarni topish eng muhim qadamdir. Yechim ko‘pincha hamma ko‘rgan joyda emas, aynan shu bo‘shliqlarda yashiringan bo‘ladi. Topilgan fikrlar keyin modelga aylantiriladi. Bu diagramma, jarayon xaritasi, arxitektura yoki oddiy mantiqiy ketma-ketlik bo‘lishi mumkin. Model fikrni tartibga soladi, noaniqliklarni ochib beradi va keyingi qarorlar uchun asos yaratadi. Model tayyor bo‘lgach, u real sharoitda sinovdan o‘tkaziladi. Bu bosqichda xatolar chiqadi, zaif joylar ko‘rinadi va aynan shu orqali yechim takomillashadi. Mukammal model degan narsa yo‘q, lekin ishlaydigan va o‘zini oqlagan model bo‘ladi. Faqat barcha shu bosqichlardan o‘tgandan keyingina yakuniy yechim paydo bo‘ladi. Bu shunchaki g‘oya emas, balki tekshirilgan, asoslangan va mas’uliyat bilan qabul qilingan qarordir. Agar bir muammo sizni qayta-qayta qiynayotgan bo‘lsa, ehtimol muammo masalaning murakkabligida emas, balki siz o‘tkazib yuborgan qaysidur bosqichda bo'lishi mumkin. Kuchli mutaxassislar shoshilmaydi. Siz muammoga yechim ishlab chiqishda qanday yondashuv qilasiz? #problem#problem_solving#skill#phd#ios#developer Mukhriddinbek Samidov 🔗YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium

220 views

Pubblicato 22 ott

Assalomu aleykum! Ko'pdan beri o'ylanib yurgandim, qarasam boshlamasam qolib ketaverar ekan. Shu bugun ertalabdan #online kursni boshlash hayoli bilan uyg'ondim va post qoyishga qaror qildim. Biz Bismillah deb boshlayveraylik-chi, taqdir-nasibalarimizning mutloq sohibi bo'lmish Al-Akbar zot o'zi zehnimizni ochib ishlarimizni oldinga yurishini nasib qiladi InshaAlloh. Zero, maqsadimiz ilm olish, ilm ulashish, jamoamizni kengaytirish... Agar #online iOS mobile app development (O'zbek tilida) o'rganmoqchi bo'lganlar va yo shu maqsadga ega tanishlaringiz bo'lsa, ushbu : Telegram guruhda davom etamiz. Ilovada Men va kurs haqida ma'lumotlar keltirdim. #ios#development#swift Mukhriddinbek Samidov 🔗YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium

437 views

Pubblicato 25 set

iOS app development bo'yicha hashtag#online kurs uchun talab bormi? Ovoz berish uchun LinkedIn post Kurs haqida batafsil ma'lumot bu yerda. Self study - Mustaqil o'rganivchilar uchun mavzulashtirilgan rejali darslar #ios#development#swift Mukhriddinbek Samidov 🔗YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium

448 views

Pubblicato 24 set

Hozir juda odatiy holat: Siz QR kodni skan qilasiz — qaysidur ilova ochiladi va siz bilmagan holda avtomatik biror amal bajariladi: mahsulot sahifasi chiqadi, karta ma’lumoti kiritiladi yoki to‘lov oynasi ochiladi. Lekin bu qanday ishlaydi deb o‘ylab ko‘rganmisiz? — bu Deep Link va Universal Link texnologiyasi. Deep Link — ilovadagi maxsus “yo‘l”. Faqat app ochiladi, agar u o‘rnatilmagan bo‘lsa, hech narsa sodir bo‘lmaydi. Universal Link esa zamonaviy va aqlli yechim: bir xil https link → App o‘rnatilgan bo‘lsa → to‘g‘ridan-to‘g‘ri kerakli ekran ochiladi. App yo‘q bo‘lsa → web sahifa ochiladi. Bugun buni bilmasangiz ham ilovadan foydalanishingiz mumkin. Lekin developer sifatida tushunmasangiz — siz juda katta imkoniyatni qo‘ldan boy beryapsiz. Chunki bu orqali siz foydalanuvchini: Reklamadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri app ichidagi mahsulotga olib borishingiz mumkin. Referral link orqali do‘stini ilovaga taklif qilishingiz mumkin. Banking app’da karta yoki hisobni QR orqali ulashishingiz mumkin. Event app’da chipta yoki bron’ni QR orqali ochishingiz mumkin. Men shu mavzu bo‘yicha batafsil maqola yozdim: - Deep Link va Universal Link nima? - Ularni qanday sozlash (Backend, iOS app, Web qismi)? - Qo‘shimcha servislar (AppsFlyer, Firebase Dynamic Links, Branch) orqali marketing va analytics imkoniyatlari. 🔗 Havola #deeplink#universallink#ios Mukhriddinbek Samidov 🔗YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium

348 views

Pubblicato 22 set

Auto Layout, SnapKit — oddiydan murakkabgacha iOS dasturlashda foydalanuvchi interfeysi (UI) qurishda Auto Layout eng asosiy va kuchli vositalardan biridir. U interfeys elementlarini (UIButton, UILabel, UIImageView va h.k.) ekran o‘lchamlari va yo‘nalishiga qarab moslashuvchan joylashtirish imkonini beradi. Bugungi kunda har xil iPhone va iPad modellari mavjudligi sababli, har bir ekran uchun alohida dizayn tayyorlashning iloji yo‘q. Shuning uchun Auto Layout iOS ilovalari uchun responsive dizayn yaratishda asosiy vosita hisoblanadi. Batafsil bu yerda... Mukhriddinbek Samidov 🔗YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium

277 views

Pubblicato 18 set

Bugun 𝘈𝘐 𝘣𝘶𝘯𝘪 𝘺𝘰𝘻𝘪𝘣 𝘣𝘦𝘳𝘢𝘥𝘪, 𝘈𝘐 𝘣𝘶𝘯𝘪 𝘰‘𝘳𝘨𝘢𝘵𝘪𝘣 𝘣𝘦𝘳𝘢𝘥𝘪, 𝘈𝘐 𝘣𝘦𝘮𝘢𝘭𝘰𝘭 𝘬𝘰𝘥𝘪𝘯𝘪 𝘺𝘰𝘻𝘢𝘥𝘪 degan gap va tushunchalarni hammamiz guvohi bo'lmoqdamiz. To‘g‘ri – siz sort() deb yozsangiz, massiv tartiblanadi. contains() desangiz, qidiruv ham tayyor. Hech qanday 'algoritm bilimi'siz ham tasklarni bemalol bajarish mumkindek. ❌ Lekin bu “AI hamma narsani qiladi” degan abstrakt illuziya sizni juda xavfli joyga olib kelishi mumkin. Chunki algoritmni tushunish – bu faqat kod emas, bu: - Mantiqiy fikrlash (Logic) - Ijodkorlik (Creativity) - Murakkab muammolarni yechish (Problem solving) AI sizga tayyor javobni beradi, ammo siz o'zingizda yechimni yaratuvchi tafakkurni shakllantirmasangiz – ertaga AI bilan bir qatorda sizning ham o‘rningiz yo‘qoladi. Ko'pchillik uchun foydali bo'lishi umidida yangi maqola yozdim: Algoritmlarga kirish va murakkablik tushunchasi, Search, Sort ichki mexanizmlari Bu maqolada siz 𝙰𝙸 𝚋𝚞𝚗𝚒 𝚊𝚕𝚕𝚊𝚚𝚊𝚌𝚑𝚘𝚗 𝚚𝚒𝚕𝚊 𝚘𝚕𝚊𝚍𝚒-𝚔𝚞 degan sayoz qarashlardan chiqib, aslida algoritmlar qanday ishlashini va nega ularni bilish sizni kuchliroq dasturchiga aylantirishini o‘qiysiz. Foydali bo'lsa do'stlar bilan ulashib qo'ying. #sort#search#algorithms#swift Mukhriddinbek Samidov 🔗YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium

249 views

Pubblicato 16 set

Ko'pdan beri ustida izlanish olib borayotgan qo'llanmani yakuniga yetkazdim. Bu faqat yuqori lavozim egalari uchun emas, balki tashkilotdagi har bir hodim uchun: - o'z ro'lini tanish; - vazifalarni bo'lish - ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlash; - ish jarayonida: (RACI) 𝐑 (𝐑𝐞𝐬𝐩𝐨𝐧𝐬𝐢𝐛𝐥𝐞) – Qanday ishlarni bajaradi va qaysi ishlarga javobgar. 𝐀 (𝐀𝐜𝐜𝐨𝐮𝐧𝐭𝐚𝐛𝐥𝐞) – Qanday natijalar, qarorlar va ijro ta'minoti uchun masul. 𝐂 (𝐂𝐨𝐧𝐬𝐮𝐥𝐭𝐞𝐝) – Kimlar bilan maslahat qiladi va kimlardan ekspertiza oladi. 𝐈 (𝐈𝐧𝐟𝐨𝐫𝐦𝐞𝐝) – Kimlarni ish jarayonlaridan xabardor qiladi. - hozirgi kunda SI vositalaridan foydalanishda ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlash va uni talablarini ishlab chiqish, javobgarlarni belgilash; kabi bir qator masalalar yoritilgan. Qo'llanmani ko'rib chiqib o'z fikrlaringizni qoldiring, yoki tajribangizdan ulashing, shoyadki kimlargadur foydali bo'lsa. 👉 To'liq qo'llanmani bu yerda o'qing Mukhriddinbek Samidov 🔗YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium

433 views

Pubblicato 11 set

𝐃𝐚𝐬𝐭𝐮𝐫𝐜𝐡𝐢 𝐃𝐚𝐫𝐚𝐣𝐚𝐥𝐚𝐫𝐢 𝐯𝐚 𝐑𝐨𝐥𝐥𝐚𝐫: Chalkashliklarga Yakun Yasash IT sohasida “Junior”, “Middle”, “Senior”, “Team Lead” kabi tushunchalar ko‘p ishlatiladi. Ammo ularning asl mazmuni ko‘pincha noto‘g‘ri talqin qilinadi. Ba’zilar “Team Lead”ni Middle’dan keyingi pog‘ona deb o‘ylashadi. Aslida esa, daraja (level) va rol (role) — ikki xil tushuncha. Darajalar (Levels): Malaka va Tajriba Bosqichlari — bu mutaxassisning bilim, tajriba va mas’uliyat ko‘lamini bildiradi. Junior, Middle, Senior Developer Batafsil : https://lnkd.in/dTyhYbpW Rollar (Roles): Jamoa Ichidagi Vazifalar Rol — bu mutaxassisning jamoa yoki loyiha doirasida bajaradigan vazifasi. Bir xil darajadagi odam turli rollarda bo‘lishi mumkin. Masalan, Senior Developer “Team Lead” bo‘lishi mumkin, lekin har bir Senior albatta Team Lead emas. Member (Jamoa A’zosi): Roli — kod yozish, testlash yoki boshqa aniq texnik ishlarni qilish. Darajasi Junior, Middle yoki Senior bo‘lishi mumkin. Team Lead - Jamoani boshqaradi, vazifalarni taqsimlaydi, ustuvorliklarni belgilaydi; Texnik qarorlar qabul qiladi, lekin hamma vaqt ham arxitektura darajasiga kirmaydi; Jamoa a’zolariga mentorlik qiladi. Darajasi Middle | Senior, odatda Senior bo‘ladi, lekin bu rol — “Senior’dan keyingi bosqich” emas. Architect / Tech Lead Tizim arxitekturasini ishlab chiqadi; Texnologiyalarni tanlaydi, uzun muddatli texnik qarorlar qabul qiladi; Ko‘pincha bir nechta jamoaga yo‘l-yo‘riq beradi. Darajasi ham Senior bo‘lishi mumkin, lekin roli — “arxitektura dizayneri”. Developer uchun o'sish ketma ketligi haqida batafsil: https://lnkd.in/dX2sBjqV 👉 To'liq postni bu yerda o'qing Mukhriddinbek Samidov 🔗YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium

226 views

Pubblicato 8 set

0 dan Mustaqil iOS development o'rganuvchilar uchun mavzulashtirilgan RoadMap. Mustaqil o'rganishda bir qator qiyinchiliklarni yengillatish maqsadida iOS development o'rganvchilar uchun rejali qo'llanma ishlab chiqidm. Dasturlashni boshlovchilar ko‘pincha qayerdan boshlashni bilmay qoladi, bu reja esa aniq bosqichma-bosqich yo‘lni ko‘rsatadi. Professional bo‘lish uchun nafaqat kod yozish, balki algoritmlar, arxitektura, dizayn patternlar va AppStore jarayonini ham o‘rganish zarur. Reja sizni oddiy amaliy mashqlardan tortib to haqiqiy AppStore’da chop etiladigan ilova darajasiga olib chiqadi. 🔹 Kimlar uchun? Boshlovchi dasturchilar — Swift tilini o‘rganib, real loyihalar yaratishni istaydiganlar. O‘rta darajadagi developerlar — UIKit va SwiftUI’da chuqurroq bilim olib, professional arxitekturalarga o‘tishni xohlovchilar. Talabalar va IT kurs qatnashchilari — nazariy bilimni amaliy loyihalar orqali mustahkamlashni istaydiganlar. Ishga kirishni istovchilar — Junior/Middle iOS developer sifatida intervyuga tayyorlanayotganlar. Roadmap - 7 asosiy bo'lim va har bir bo'lim ketma ketlikda mavzulashtirilgan darslardan iborat: 1. Core: Swift Asoslari 2. Algorithms va Data Structures 3. Xcode va UIKit Asoslari 4. Games va View Groups (UIKit) 5. Networking 6. Design Patterns, SOLID va Arxitektura 7. SwiftUI va App Store Jarayoni Qanday va qayerdan o'rganish bo'yicha tavsiya va qo'shimcha havolalar keltirilgan. Logika va bilimni kuchaytirish uchun topshiriq va o'yinlar keltirilgan. Portfolio uchun 10dan ortiq proyektlar va ularni yaratishda kerakli manbaalar ko'rsatib o'tilgan. To'liq kontent bu yerda. Foydali bo'lsa, do'stlaringiz bilan ham ulashib qo'ying. #ios#selfstudy#roadmap Mukhriddinbek Samidov 🔗YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium

278 views

Pubblicato 3 set

🚨 𝐒𝐡𝐨𝐬𝐡𝐢𝐥𝐦𝐚𝐧𝐠!!! Biz hammamiz kun sayin yangi bilimlarni o‘rganamiz, o'zlashtiramiz va o'rgatamiz. Avvalo dasturlashni endi boshlaganingizda shoshilmang — har bir kalit so‘z yoki tayyor yechimni ishlatishdan oldin muammoni chuqur tushunishga harakat qiling. Avvalo, o‘z mantiqingizni yarating. Oddiyroq yo‘ldan boshlang, kod yozing, boshqa usullarni sinab ko‘ring, bir necha xil uslublarda yechimlar yaratishga harakat qilib ko'ring. Shunda siz nafaqat muammoni hal qilasiz, balki tafakkur doirangiz kengayadi. Keyin esa asta-sekin: - mavjud kalit so‘zlarni o‘rganing, - ularning qo‘llanish use-case'larini tushuning, - har doim bir nechta yechimlarni yozishga odatlaning, - kodni iloji boricha sodda qilishga harakat qiling, - uni qayta foydalanish mumkin bo‘lgan darajada yozishga urunib ko'ring, imkon qadar universal qiling. Mana shu ketma-ketlikda o'sish uslubingizni yaratsangiz bu yondashuv sizni mutaxassis sifatida chindan ham buyuk o‘sishga olib boradi. Chunki dasturchining kuchi faqat kod yozishda emas, balki muammoni qanday yechishda, o‘z mantiqini qanday rivojlantirishida ko‘rinadi. Shuni unutmang, agar siz shu yo‘ldan borsangiz — hech qachon, hech qaysi sun’iy intellekt sizni kelajakda o‘rningizni egallay olmaydi. SI sizga yordamchi bo‘lishi mumkin, lekin o‘rninizni hech qachon to'ldirolmaydi. Chunki sizning fikrlash tarzingiz, muammoni ko‘rish usulingiz va yaratuvchanligingiz — faqat insongagina xos bo'lib, ularni doimiy o'stirish orqali kuchli mutahasis bo'la olasiz. Demak, har kuni oz bo‘lsa ham yangi narsani o‘rganing, o‘z mantiqingizni kengaytirishda davom eting va o‘sishdan xech qachon to‘xtamang. Postdagi media(rasmlar)'ga kelsak: Har bir ishingizda avvalo xato va kamchiliklarga boy bo'lsa ham, eng yomon uslub bo'lsa ham o'z yechimingizni yarating, biroz yangilik bilan boyiting, soddaroq qiling, boshqacharoq yechimlar qilib ko'ring, ularni optimallashtiring va unversal va qayta foydalanishli kodga olib keling. Shu uslubdagi harakat avvalo sizni o'stiradi, logika va tassavuringizni oshiradi. Va bu sizni nafaqat kuchli mutaxasis, balki o'rnini to'ldirib bo'lmas darajaga olib chiqadi. Mukhriddinbek Samidov 🔗YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium

260 views

Pubblicato 6 ago

𝐇𝐚𝐦𝐦𝐚𝐬𝐢 𝐲𝐚𝐱𝐬𝐡𝐢 𝐤𝐞𝐭𝐚𝐲𝐨𝐭𝐠𝐚𝐧 𝐞𝐝𝐢... O‘z ishingiz bilan mashg‘ul bo‘lib turganingizda birdan xabar keladi: "Erta kunga rejalashtirilgan ish bugun bajarilishi kerak!" Buni sokin qabul qilish mumkinmi? Yoki... siz uzoq mehnat qilib yakuniga yetkazayotgan ishingiz ustida o‘zgarishlar qilishga qaror qilingan. Endi siz qilgan barcha ishlaringizni yangi talablarga moslab qayta ishlashingiz kerak. Buni oddiygina “Ok” deb davom ettirish mumkinmi? Bunday vaziyatlar ko‘pchilikning ish faoliyatida uchraydi — ayniqsa IT sohasida. Bu holatlar stress, tushunmovchilik, konflikt va hatto motivatsiyaning yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. Ammo bunga oldindan tayyor bo‘lish, ichki osoyishtalikni saqlab qolish va professional yondashuv bilan yengib o‘tish mumkin. Qanday qilib: 𝐈𝐜𝐡𝐤𝐢 𝐨𝐬𝐨𝐲𝐢𝐬𝐡𝐭𝐚𝐥𝐢𝐤𝐧𝐢 𝐬𝐚𝐪𝐥𝐚𝐧𝐠 – hissiy reaksiya bermang Vaziyat qanchalik keskin bo‘lmasin, birinchi qadam: reaksiya emas, fikr bo‘lsin. Hissiy reaksiyalar (g‘azab, piching, kinoya) hech qachon ijobiy natijaga olib kelmaydi. Bir necha soniya sukut saqlang. Ichingizda “Bu vaziyatga qanday professional yechim bor?” degan savolni bering. Fikrlarni to‘plagach, mulohaza bilan yondashing. 𝐊𝐨𝐧𝐟𝐥𝐢𝐤𝐭𝐥𝐚𝐫𝐧𝐢 𝐨𝐥𝐝𝐢𝐧𝐢 𝐨𝐥𝐢𝐬𝐡: Qoidalarni oldindan belgilab oling Loyihaning boshida kutilyotgan o‘zgarishlar ehtimoli haqida ochiq gaplashing. Ish jarayonida versiya nazorati, review, deadline va task prioritetlarini doimiy ravishda yangilab boring. Hamma nima kutayotganini va qachon kutayotganidan habardor bo'lib turishini ta'minlang 𝐇𝐚𝐫 𝐛𝐢𝐫 𝐦𝐞𝐞𝐭𝐢𝐧𝐠 – 𝐬𝐭𝐫𝐚𝐭𝐞𝐠𝐢𝐤 𝐢𝐦𝐤𝐨𝐧𝐢𝐲𝐚𝐭 Meetlarda shunchaki ishtirok etish emas, proaktiv qatnashish muhim: Ko'tarilgan masalalarni eng tubigacha tushunib olishga, vaqt va resurslarni to'g'ri taqsimlanoyatganiga etiborli bo'lib, kerakli paytda : "Keling, buni biroz ochiqroq muhokama qilaylik..." yoki "Ko'rinishidan hammasi yaxshi lekin, -> bu qism bo'yicha menda quyidagi takliflar bor edi..." kabi masalaga anqilik kiritish va o'z takliflaringizni ochiq aytish orqali samarali kelishuvlarga erishishga harakat qiling. Jimgina bosh irg‘ab o‘tirish — keyinchalik stressning sababi bo‘ladi. O‘zgarishlar – nafaqat IT’ning bir qismi balki barcha sohalarda ro'y berishi mumkin. Bularni negativlik bilan emas, professional sifatida tabiiy holat deb qabul qiling. Muhimi, siz ularga qanday yondashasiz va oldini olish uchun nima qilasiz. Yani tayyor turing... Hammasi siz kursda o'rganganingizdek emas!, hammasi siz hayol qilgandek emas!, Hammasi Sizga kimdur bo'rttirib aytib bergandek emas!, Hammasi kinolardagidek emas! Ammo Hammasi siz kutgandek shaklga kelishi uchun siz Hamma narsa sodir bo'lishiga tayyor turishingiz kerak! Muhriddinbek Samidov 🚀𝟕 𝐨𝐲𝐥𝐢𝐤 𝐢𝐎𝐒 𝐀𝐩𝐩 𝐃𝐞𝐯𝐞𝐥𝐨𝐩𝐦𝐞𝐧𝐭 𝐤𝐮𝐫𝐬𝐢 🔗YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium

342 views

Pubblicato 29 lug

Hikoya Qariyb 4-5 yil avval: Texnik interview ajoyib o'tdi, xuddiki men kutgandan osonroqdek. Suhbatdan so'ng HR oldiga bordim va menga 5 daqiqa kutib turishimni aytdi. Birozdan so'ng qayta keldi va bu yerda da har bir kandidat ishga qabul qilinishi yoki yo'qligi (Big Boss) Rahbar bilan yuzma-yuz suhbatdan keyin aniq bo'lishini va men shu yerda biroz kutib turishimni aytdi... Shunda bildim: Big Boss ayol rahbar ekan. (𝘣𝘢𝘭𝘬𝘪 𝘵𝘢𝘴𝘩𝘬𝘪𝘭𝘰𝘵𝘯𝘪 𝘵𝘢𝘩𝘮𝘪𝘯 𝘲𝘪𝘭𝘨𝘢𝘯𝘥𝘶𝘳𝘴𝘪𝘻🤫 ) Katta zal, odamlar u yoqdan buyoqqa o'tmoqda, bir chetda kimdur qilgan ishlari bilan yonidagiga maqtanmoqda, zalni u chetida kimdur bor ovozi bilan bu chetdagi kimnidur chaqirmoqda... xullas 40 minut zaldagi 'KINO'ni ko'rganimdan so'ng, hodim keldi va birga rahbar xonasi tomon yurar ekanmiz: "Hurmatli bo'ling, savollariga qisqa va aniq javob berishga harakat qiling, ortiqcha savol bermang..." kabi ta'kidlar orqali keraksiz bosim his qila boshladim. Va nihoyat, eshiklar ochildi: Qarshimda rahbar ayol qo'lida mening CV bilan o'tirar ekan, Salomimga alik oliboq yonidagi stolni korsatib, mag'rur va jiddiy ohangda : "Marhamat!" dedi. Keraksiz bosimlar ostida bo'lsamda 2-3 ta savolga o'z borimcha javob bergandan keyin, meni "masalamni hal qiluvchi" savol keldi: 𝐒𝐢𝐳 𝐤𝐞𝐲𝐢𝐧𝐠𝐢 𝟓 𝐲𝐢𝐥𝐝𝐚 𝐨'𝐳𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳𝐧𝐢 𝐪𝐚𝐧𝐝𝐚𝐲 𝐯𝐚 𝐪𝐚𝐲𝐞𝐫𝐝𝐚 𝐤𝐨'𝐫𝐚𝐬𝐢𝐳? (𝘦𝘴𝘩𝘪𝘵𝘪𝘣 𝘣𝘶 𝘺𝘦𝘳𝘥𝘢 𝘪𝘴𝘩𝘭𝘢𝘴𝘩 𝘶𝘤𝘩𝘶𝘯 𝘧𝘰𝘭𝘣𝘪𝘯𝘭𝘪𝘬𝘥𝘢𝘯 𝘩𝘢𝘮 𝘩𝘢𝘣𝘢𝘳𝘥𝘰𝘳 𝘣𝘰'𝘭𝘪𝘴𝘩 𝘬𝘦𝘳𝘢𝘬𝘮𝘪 𝘥𝘦𝘣 𝘰'𝘺𝘭𝘢𝘣 𝘲𝘰𝘭𝘥𝘪𝘮 😉 ) Keyin ... (davomi LinkedInda) Muhriddinbek Samidov 🚀𝟕 𝐨𝐲𝐥𝐢𝐤 𝐢𝐎𝐒 𝐀𝐩𝐩 𝐃𝐞𝐯𝐞𝐥𝐨𝐩𝐦𝐞𝐧𝐭 𝐤𝐮𝐫𝐬𝐢 🔗YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium

324 views
1234•••10•••1718