TGINSIGHT CHAT
BMB PFC
@bmbpfc
SportBMB Professional Futzal Clubining rasmiy kanali. Vitse prezidenti va ijrochi direktor : Mavlon Dusqobilov Matbuot kotib : Vaxobjon Abdugʻaniyev
Kiriman terkini
Kaca 30 saka 85 · 1,018 kiriman
Diterbitake 10 Feb
#BIZ_TAYYORMIZ Uchrashuv oldidan soʻngi tayyorgarlik mashgʻuloti oʻtkazildi. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
Hashtags
Diterbitake 10 Feb
#LIVE “OQ YOʻLBARSLAR” Andijon shahridagi “Universal Sport Majmuasi”ga yetib keldi. Soat 17:00 da “Lokomotiv” jamoasiga qarshi uchrashuv start oladi. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
Hashtags
Diterbitake 10 Feb
OʻYIN KUNI! BMB PFC 🆚LOKOMOTIV “Oq Yoʻlbarslar” Oliy liga 8-turidagi ishtirokini boshlaydi! Raqib - “Temiryoʻlchilar”. 🗓10-FEVRAL | 17:00 🏟 “UNIVERSAL SM”(ANDIJON) 📺JONLI EFIR: FUTBOL TV, OʻFF “YOU TUBE” SAHIFASI Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
Diterbitake 9 Feb
#TRAINING Jamoamiz Andijon shahriga yetib keldi va navbatdagi tur doirasidagi uchrashuv oldidan so‘nggi mashg‘ulotini o‘tkazdi. Mashg‘ulot jarayonlari yuqori kayfiyat va to‘liq tayyorgarlik ruhida bo‘lib o‘tdi. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
Hashtags
Diterbitake 9 Feb
#Oliyliga BMB Professional Futzal klubi Oliy Liga musobaqasining 8-tur uchrashuvlarida ishtirok etish uchun Andijon shahriga jo'nab ketdi. Ma'lumot uchun: “Oq yo'lbarslar” liganing navbatdagi turi doirasida dastlab poytaxtimizning “Lokomotiv” futzal jamosiga qarshi uchrashuv o'tkazadi. Ikkinchi bahsda esa Olmaliqliklarga qarshi maydonda saf tortamiz. Bahslar Andijon shahridagi “Universal SM”da boʻlib oʻtadi. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
Hashtags
Diterbitake 9 Feb
🗓9-fevral Umid Ismoilovning tavallud topgan kuni. ⚡️BMB professional futzal klubi xodimlari nomidan klubimiz fizioterapevti Umid Ismoilovnitavallud topgan kuni munosabati bilan chin dildan muborakbod etamiz. ✨Sizga metindek iroda, sog‘lik va kuch-quvvatlar tilaymiz. Baxt, omad, yaxshi kayfiyat hayotingizdagi doimiy hamrohingiz bo‘lsin. Yaqinlaringiz mehr-oqibatiga, hamkasblaringiz hurmat-e’tiboriga sazovor bo‘lib yuring. Oilangizga va barcha yaqinlaringizga sog‘lik-salomatlik hamda farovon turmush tilaymiz. 🏆BMB jamoasining yutuqlariga hissangizni qo‘shib, o'z kasbingizni sidqidildan bajarishingizda omad yor bo'lsin. Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
Diterbitake 8 Feb
#TANISHTIRUV Jamoamizga yangi vitse-prezident, ijrochi direktor va bosh murabbiy tayinlangani haqida avvalroq xabar bergan edik. Bugun ular jamoa bilan mashgʻulot jarayonida uchrashishdi. BMB PFC vitse-prezident, ijrochi direktori Mavlon Dusqobilov klubimiz a’zolari bilan suhbatlashib, kelgusi rejalar va maqsadlar yuzasidan fikr almashdi. Uchrashuv iliq va samimiy ruhda oʻtdi. Shuningdek, bosh murabbiy Nodir Eliboyev jamoa bilan birgalikda mashgʻulot oʻtkazdi. Mashgʻulot jarayonlari professional muhitda tashkil etildi. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
Hashtags
Diterbitake 8 Feb
#ANONS 📋 Oliy liga. 8-tur. Milliy chempionatimizning 8-tur bahslariga ANDIJON shahri mezbonlik qiladi. 10-fevraldan 13-fevralga qadar "Universal SM"da bo'lib o'tadigan uchrashuvlarning boshlanish vaqtlari bilan batafsil surat orqali tanishishingiz mumkin. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
Hashtags
Diterbitake 7 Feb
Nodir Eliboyev – BMB PFCga qaytdi! Bugun BMB professional futzal klubida navbatdagi yig‘ilish boʻlib oʻtdi. Yig‘ilishni klub prezidenti A.Mamatqulov boshqarib bordi. Yig‘ilishda Begimov Asqar Qutlimuratovichning boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan BMB PFC vitse-prezident, ijrochi direktori lavozimiga Do‘sqobilov Mavlon Qulmamatovich tayinlangani e’lon qilindi. Yig‘ilish davomida OFK klublar o‘rtasida qit’a futzali nufuzini yanada oshirish maqsadida Osiyo chempionlar ligasi musobaqasini qayta tiklash bo‘yicha qabul qilingan muhim qarori va klubning ushbu qarordan kelib chiqadigan vazifalari muhokama qilindi. Shuningdek, so‘nggi yillarda mamlakat miqyosidagi barcha musobaqalarda yetakchilik qilib kelayotgan BMB PFC uchun xalqaro maydonlarda ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilish vaqti kelgani ta’kidlandi. Shu munosabat bilan klub boshqaruv tizimini yanada mustahkamlash zarurligi qayd etildi. BMB PFC o‘yin sifatini kuchaytirish hamda xalqaro arenalarda kuchli raqiblarga qarshi mardonavor, tengma-teng kurasha oladigan raqobatbardosh jamoani shakllantirish maqsadida bosh murabbiylik lavozimiga Nodir Eliboyev tayinlangani ma’lum qilindi. Nodir Eliboyev BMB PFC bilan jamoaning shakllanish davridan tortib, yetakchi klublar safiga ko‘tarilishiga qadar birga bo‘lgan, klubdagi barcha ish jarayonlarini chuqur biladigan mutaxassis sifatida e’tirof etildi. Uning boshchiligida jamoa uch marta O‘zbekiston chempioni bo‘lganligi, mamlakat Kubogi hamda Superkubogi musobaqalarida zafar quchganligi eslab oʻtildi. Yig‘ilish ishtirokchilari tajribali murabbiyga jamoa bilan yangi marralarni zabt etish yo‘lida omad va muvaffaqiyatlar tiladilar. Nodir Eliboyevning klub tizimiga qaytishi jamoani yangi muvaffaqiyatlar sari yetaklashiga ishonch bildirildi. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
Diterbitake 3 Feb
#TRAINING | #GYM Bugungi fitness mashgʻulotida jamoamiz jismoniy holat ustida jiddiy ishladi. Kuch, chidamlilik va muvozanatni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar orqali futzalchilar o‘z sport formalarini yanada mustahkamlashmoqda. Mashgʻulot jarayonlari doimgidek “MDIST SC”da boʻlib oʻtdi. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
Diterbitake 2 Feb
Yangi haftaga yangicha energiya bilan! BMB PFC haftaning ilk kunlaridan mashgʻulot jarayonlarini yuqori sur’at va ijobiy kayfiyatda boshlab yubordi. Dastlab futzalchilarning jismoniy holatini mustahkamlashga qaratilgan mashgʻulotlar oʻtkazildi, shundan soʻng esa standart vaziyatlar asosidagi taktik ishlanmalar amaliyotda sinaldi. Jamoa mavsum davomida yuqori natijalar sari dadil qadam tashlashni maqsad qilgan holda, har bir mashgʻulotda maksimal intizom va kuchli shijoat bilan ishlashda davom etadi. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
Diterbitake 1 Feb
Tug'ilgan kuningiz bilan, Alex Dias Da Silva! Bugun bizning mehnatkash va iste'dodli futbolchimiz, maydondagi haqiqiy jangchi va yetakchi — Alexning tug'ilgan kuni! Shu munosabat bilan sizga mustahkam sog'liq, to'xtovsiz energiya va yangi g'alabalar tilaymiz! Har bir o'yiningiz muxlislarimizni ilhomlantirsin, har bir golingiz esa klubimiz natijalariga hissa qoʻshsin. Tug'ilgan kuningiz bilan, Alex! _________________________________ Feliz aniversário, Alex Dias Da Silva! Hoje é o aniversário do nosso jogador trabalhador e talentoso, um verdadeiro guerreiro e líder em campo — Alex! Desejamos a você muita saúde, energia inesgotável e novas vitórias! Que cada jogo seu inspire nossos torcedores, e que cada gol eleve ainda mais a honra do nosso clube! Feliz aniversário, Alex! Telegram|Facebook|Instagram | Uzum