TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Bali menyang dhaptar saluran
BMB PFC avatar

TGINSIGHT CHAT

BMB PFC

@bmbpfc

Sport

BMB Professional Futzal Clubining rasmiy kanali. Vitse prezidenti va ijrochi direktor : Mavlon Dusqobilov Matbuot kotib : Vaxobjon Abdugʻaniyev

Pelanggan1,880Pelanggan saiki
Kiriman sing dilacak1,018Jumlah kiriman sing diindeks
Jangkauan terkini12,378Total tampilan terkini
Kiriman terkini

Kiriman terkini

Kaca 25 saka 85 · 1,018 kiriman

Diterbitake 2 Mar

Nodir Eliboyev – 8-turning “eng yaxshi murabbiyi”! Ma’lumki, O‘zbekiston futzal federatsiyasi har bir turdan so‘ng milliy chempionat doirasida “Turning eng yaxshi murabbiyi”ni aniqlash bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazib kelmoqda. Andijon shahrida bo‘lib o‘tgan 8-tur yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan navbatdagi so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, eng ko‘p ovozni Jizzaxning “BMB PFC” jamoasi bosh murabbiyi Nodir Eliboyev to‘pladi — 41 foiz. Toshkentning SQB jamoasi ustozi Konstantin Sviridov 21 foiz ovoz bilan ikkinchi natijani qayd etdi. So‘rovnomada keyingi uchta o’rin egalarining natijalari bir birlarinikiga juda yaqin bo’ldi. “Oil Star” bosh murabbiyi Fuzuli Xayrulloev, “Bunyodkor” ustozi Abdulla Bo’riyevlar 13 foizdan ovoz jamg’arishgan bo’lishsa, Farg’onaning “Neftchi” jamoasi bosh murabbiyi Farrux Zokirov 12 foiz natijani qayd etdi. Shu o‘rinda barcha turlarda “Turning eng yaxshi murabbiyi” deb topilgan mutaxassislar ro‘yxatini e’tiboringizga havola etamiz: • 1-turning eng yaxshi murabbiyi — Dilshod Xaydarqulov • 2-turning eng yaxshi murabbiyi — Dilshod Rahmatov • 3-turning eng yaxshi murabbiyi — Dilshod Rahmatov • 4-turning eng yaxshi murabbiyi — Ravshan Rajabov • 5-turning eng yaxshi murabbiyi — Dilshod Xaydarqulov • 6-turning eng yaxshi murabbiyi — Alisher Yusupov • 7-turning eng yaxshi murabbiyi — Fuzuli Xayrulloyev • 8-turning eng yaxshi murabbiyi — Nodir Eliboyev 🇺🇿BMB | ⭐️SQB | 🥸Orient Ceramic | 7 saber 👉 📝Telegram | 🎞YouTube | 📝Facebook | 💻Instagram

448 views

Diterbitake 2 Mar

https://youtu.be/wxpJIFKMNuc?si=lOmWqe-BZjCmD9GP

934 views

Diterbitake 2 Mar

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BOʻLSIN, BEGZOD MIRQOSIMOV! Jamoamizning yosh va iqtidorli futzalchisi Begzod Mirqosimovni tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz! Begzod — maydonda o‘zining tezligi, texnikasi va cheksiz ishtiyoqi bilan ajralib turadigan futzalchi. Sizga mustahkam sog‘liq, ulkan zafarlar, yorqin gollar va professional faoliyatingizda yanada katta yutuqlar tilaymiz! Orzularingiz doimo ro‘yobga chiqsin, maydonlarda esa omad hamisha hamrohingiz bo‘lsin! Yangi yoshingiz muborak bo‘lsin, Begzod! Telegram|Facebook|Instagram | Uzum

1,080 views

Diterbitake 28 Feb

#ANONS 📋 Oliy liga. 9-tur. Milliy chempionatimizning 9-tur bahslariga JIZZAX shahri mezbonlik qiladi. 10-martdan 13-martga qadar "JIZZAX FA" sport zalida bo'lib o'tadigan uchrashuvlarning boshlanish vaqtlari bilan batafsil surat orqali tanishishingiz mumkin. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum

1,110 views

Hashtags

Diterbitake 27 Feb

Mashg‘ulot — intizom va mehnat maydoni! Bugungi mashgʻulot jarayonlari jismoniy mashqlar bilan boshlandi, estafetalar orqali esa tezlik va chaqqonlik sinovdan o‘tkazildi. Yakunda taktik ishlanmalar ustida jiddiy ish olib borildi. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum

1,140 views

Diterbitake 26 Feb

#TRAINING Bugungi mashgʻulot jarayonlaridan fotolavhalar(2-qism) Telegram|Facebook|Instagram | Uzum

1,460 views

Hashtags

Diterbitake 26 Feb

Jamoamiz bugungi mashg‘ulotni yuqori tempda o‘tkazdi. Dastlab jismoniy tayyorgarlik ustida ishlanib, keyingi bosqichda taktik ishlanmalar mukammallashtirildi. Murabbiylar shtabi tomonidan o‘yin intizomi va tezkor qaror qabul qilish jihatlariga alohida e’tibor qaratildi. Har bir futzalchi o‘z vazifasini mas’uliyat bilan bajardi. Mashgʻulot jarayoni reja asosida davom etmoqda. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum

817 views

Diterbitake 25 Feb

Mashg‘ulot jarayonlari davom etmoqda! Jamoamiz navbatdagi mashg‘ulotni yuqori temp va kuchli ishtiyoq bilan o‘tkazdi. Jarayon an’anaviy tarzda ikki bosqichda tashkil etildi. Jamoada kayfiyat a’lo, maqsad esa bitta — har bir uchrashuvga maksimal tayyorgarlik bilan yetib borish. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum

739 views

Diterbitake 25 Feb

BMB PFC tarkibi yoshlar bilan mustahkamlanmoqda Klubimiz ikki nafar istiqbolli futzalchi bilan rasmiy shartnoma imzolaganini ma’lum qiladi. “SURXON” futzal klubidandarvozabon Azizjon Abduraimov hamda hujumchi Begzod Mirqosimov“Oq yoʻlbarslar” safiga kelib qo‘shildi. E’tiborlisi, har ikki futbolchi ham Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Bu esa ularning salohiyati va yuqori darajadagi ishonchni oqlayotganidan dalolat beradi. Murabbiylar shtabi futzalchilarning jamoaviy tizimga tez moslashishiga ishonch bildiradi. BMB PFC yoshlar energiyasi va tajriba uyg'unligiga tayanadi. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum

748 views

Diterbitake 24 Feb

BMB PFC | TRAINING Bugungi mashgʻulot jarayonlari ham reja asosida va yuqori saviyada olib borildi. Dastlab futzalchilar jismoniy holatni optimal darajaga olib chiqish maqsadida qizib olish bosqichini qiziqarli va raqobatbardosh estafetalar orqali amalga oshirishdi. Ushbu mashqlar jamoaviy ruhni mustahkamlash va tezkorlik hamda chaqqonlikni oshirishga xizmat qildi. Shundan soʻng murabbiylar shtabi tomonidan ishlab chiqilgan taktik va texnik ishlanmalar ustida ish olib borildi. Oʻyinchilarning joylashuvi, toʻp bilan harakatlanish, tezkor qaror qabul qilish va standart vaziyatlardagi harakatlar alohida e’tiborda boʻldi. Jamoamiz har bir mashgʻulotda intizom, yuqori temp va fidoyilik bilan ishlashda davom etmoqda. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum

842 views

Diterbitake 23 Feb

BMB PFC | TRAINING Bugungi mashg‘ulot an’anaviy tarzda ikki bosqichda tashkil etildi. Dastlab jamoa a’zolari jismoniy tayyorgarlik ustida ishlashdi. Kuch, tezlik va chidamlilikni oshirishga qaratilgan mashqlar yuqori sur’atda bajarildi. Har bir futzalchi individual yuklamalar orqali optimal sport formasini mustahkamladi. Keyingi navbat taktik mashgʻulot jarayonlariga. Maydonda jamoaviy harakatlar, pressing, himoyadan hujumga o‘tish hamda standart vaziyatlar ustida puxta ishlanildi. O‘yin modeli amaliy sinovdan o‘tkazilib, o‘zaro tushunish va intizom yanada mustahkamlandi. Maqsad aniq — mukammal tayyorgarlik va g‘alaba sari dadil qadam! Telegram|Facebook|Instagram | Uzum

1,150 views

Diterbitake 20 Feb

#INTERVYU BMB PFCning iqtidorli futzalchisi Xusniddin Nishonov Oktabr oyida boʻlib oʻtgan “Dinamo” jamoasiga qarshi uchrashuvda jarohat olgani va shu oyning o‘zida muvaffaqiyatli operatsiya qilingani haqida oldinroq xabar bergan edik. Shundan so‘ng Nishonovning tiklanish jarayoni shifokorlar va murabbiylar shtabi nazorati ostida bosqichma-bosqich olib borildi. Uch oydan koʻproq vaqt davom etgan reabilitatsiyadan keyin futzalchimiz umumiy mashg‘ulotlarga qaytdi. U klubimiz muxlislari uchun qisqa intervyu berdi va unda qachon maydonga qaytishi haqida aytib oʻtdi. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum

1,910 views

Hashtags

12•••5•••10•••15•••20•••2324252627•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485