TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Bali menyang dhaptar saluran
BMB PFC avatar

TGINSIGHT CHAT

BMB PFC

@bmbpfc

Sport

BMB Professional Futzal Clubining rasmiy kanali. Vitse prezidenti va ijrochi direktor : Mavlon Dusqobilov Matbuot kotib : Vaxobjon Abdugʻaniyev

Pelanggan1,880Pelanggan saiki
Kiriman sing dilacak1,018Jumlah kiriman sing diindeks
Jangkauan terkini9,183Total tampilan terkini
Kiriman terkini

Kiriman terkini

Kaca 32 saka 85 · 1,018 kiriman

Diterbitake 23 Jan

#TRAINING Qizgʻin mashgʻulotlar davom etmoqda. “Oq Yoʻlbarslar” sovuq ob-havoga qaramay, yuqori sur’at va kuchli ishtiyoq bilan mashgʻulot oʻtkazdi. “MDIST SC” maydonida boʻlib oʻtgan mashgʻulot jarayonlari yuqori kayfiyat, jamoaviy ruh va katta energiya bilan ajralib turdi. Quyida ushbu jarayonlarning eng yorqin lahzalarini oʻz ichiga olgan videolavhani tomosha qilishingiz mumkin. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum

940 views

Hashtags

Diterbitake 21 Jan

Osiyo kubogi-2026 musobaqasiga yo’l olayotgan O'zbekiston delegatsiyasi tarkibi Delegatsiya rahbari – Rustam Zuparov Bosh murabbiy – Nodir Eliboyev Darvozabonlar bo‘yicha murabbiy – Vitor Vianna Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy – Teyshera Mourisio. Shifokor – Laziz Teshaboyev Fizioterapevtlar – Rasul Dayanov, Abdurahim Sarimsoqov Ma’mur – Shahboz Jo‘rayev Xalqaro aloqalar departamenti boshlig'i — Gayrat Azizxodjayev Matbuot xizmati vakili – Nodir A’zamov Darvozabonlar: • Shavkat Ibragimov (“Oil Star”) • Abbos Elmurodov (“BMB PFC”) Himoyachilar: • Ilhomjon Hamroyev (“Oil Star”) • Sunnatilla Jo‘rayev (“Nasaf”) • Anasxon Rahmatov (“Nasaf”) Qanot o‘yinchilari: • Shaxram Faxriddinov (OKMK) • Xayrulla Solixov (OKMK) • Samariddin Berkinov (“Oil Star”) • Abror Axmedzyanov (SQB) • Akbar Usmonov (SQB) • Ixtiyor Ropiyev (“Nasaf”) • Eldor Nigmatov (“Lokomotiv”) Hujumchilar: • Muzaffar Ahadjonov (“BMB PFC”) • Elbek To’lqinov (“Oil Star”) 🇺🇿BMB | ⭐️SQB | 🥸Orient Ceramic | 7 saber 👉 📝Telegram | 🎞YouTube | 📝Facebook | 💻Instagram

431 views

Diterbitake 21 Jan

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun tunda Jakartaga uchib ketadi Osiyo Kubogi-2026 musobaqasi final bosqichi bahslarida ishtirok etish uchun O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun tunda Jakarta shahriga uchib ketadi. Indoneziya mamlakati poytaxtida bo'lib o‘tadigan bahslarini terma jamoamiz “C” guruhida to'rt karra Osiyo chempioni — Yaponiya, shuningdek, yon qo'shnilarimiz — Tojikiston va yashil qit`a vakillari — Avstraliya terma jamoasiga qarshi o'tkazishadi. Qit`a chempionati bahslari 2026-yilning 27-yanvar – 6 fevral sanalarida Indoneziya poytaxtidagi "Jakarta Arena" (sig'imi 16500 tomoshabin) va "Jakarta xalqaro volodromi" (sig'imi 8500 tomoshabin) sport majmualarida bo'lib o'tadi. Osiyo kubogi-2026 saralash musobaqasida ishtirok etuvchi O‘zbekiston milliy terma jamoasiga “Oil Star” (4 nafar), "Nasaf" (3 nafar), BMB (2 nafar), OKMK (2 nafar), SQB(2 nafar), “Lokomotiv” (1 nafar) jamoalaridan jami 14 nafar o‘yinchi jalb etilgan. 🇺🇿BMB | ⭐️SQB | 🥸Orient Ceramic | 7 saber 👉 📝Telegram | 🎞YouTube | 📝Facebook | 💻Instagram

322 views

Diterbitake 20 Jan

#TRAINING BMB PFC MASHGʻULOTLARNI DAVOM ETTIRMOQDA “Oq Yoʻlbarslar” bugun navbatdagi jamoaviy mashgʻulotini oʻtkazdi. “MDIST SC” maydonida boʻlib oʻtgan jarayonlardan videolavhani tomosha qiling. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum

883 views

Hashtags

Diterbitake 19 Jan

#TRAINING BMB PFC MASHGʻULOTDA! Bugun jamoamiz murabbiylar shtabi tomonidan ikki bosqichli mashgʻulot oʻtkazish rejalashtirdi. Kunning ikkinchi qismida “MDIST SC” maydonida oʻtkazilgan taktik mashgʻulot jarayonlaridan fotolavhalarni taqdim etamiz. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum

1,250 views

Hashtags

Diterbitake 19 Jan

#TRAINING BMB PFC Oliy liga 7-turidan keyingi qisqa tanaffusdan soʻng yana mashgʻulotlarga qaytdi. Bugun jamoamiz ikki bosqichli mashgʻulot oʻtkazishni rejalashtirgan boʻlib, uning birinchi qismi tongda tashkil etildi. Hozir sizlarga “MDIST SC” fitness zalida oʻtkazilgan mashgʻulot jarayonlaridan videolavhani taqdim. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum

917 views

Hashtags

Diterbitake 15 Jan

Oliy liga 7-turi doirasida jami 5 ochko jamgʻardik va turnir jadvalida hamon yakka peshqadammiz. Ayni vaqtda jamoamizda 51ochko mavjud va bu eng yaqin ta’qibchidan 7, uchinchi va toʻrtinchi oʻrindagi jamoalardan 8 ochko koʻp degani. Toʻplar nisbati 113-36(+77). Navbatdagi turda Toshkentning “Lokomotiv” hamda Olmaliqning “OKMK” jamoalariga qarshi maydonga chiqamiz. Uchrashuvlar Fevral oyining ikkinchi 10 kunligida Andijon shahridagi muhtasham “Universal SM”da oʻtkaziladi. U jamoalar bilan oʻzaro soʻngi bahs Oliy liga 4-turi doirasida boʻlib oʻtgan edi. Oʻshanda “OKMK” jamoasini 8:3, “Temiryoʻlchilar”ni esa 6:3 hisobida magʻlubiyatga uchratgan edik. Oliy liga 8-tur bahslari ham intrigaga boy va muxlislarbob boʻlib oʻtishi shubhasiz. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum

1,300 views

Diterbitake 15 Jan

Ortda qolgan 7-tur haqida gaplashamiz Ushbu tur bahslari kutilganidek oson oʻtmadi. BMB PFC dastlab Samarqandning “Dinamo” jamoasiga qarshi maydonga tushishdi. Bahs 1:1 hisobida durang natija bilan yakunlandi. Oradan ikki kun oʻtgach turnir jadvalining yuqori beshligida kelayotgan Qarshining “Nasaf” jamoasi bilan navbatdagi bahs boʻlib oʻtdi. Unda BMB PFC 7:3 hisobida ishonchli gʻalabaga erishdi. Turning markaziy uchrashuvi 12-yanvar sanasida boʻlib oʻtdi. Oʻsha kuni muxlislar BMB PFC hamda SQB jamoalarining oʻzaro raqobatiga guvoh boʻlishdi. “Yunusobod SM”da qariyb 2 ming muxlis uchrashuvni jonli tomosha qilishdi. Mingdan ziyod tomoshabinlar esa 1 daqiqa ham toʻxtamay “Oq Yoʻlbarslar”ni qoʻllab-quvvatlagan holda ajoyib atmosfera yaratishdi. Uchrashuv 3:3 hisobidagi jangovor durang bilan yakunlandi. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum

1,060 views

Diterbitake 14 Jan

Milliy jamoa – Vatanimiz sharafini himoya etuvchi yigitlar yig‘ini boshlandi O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun Osiyo kubogi–2026 musobaqasiga so‘nggi tayyorgarlik jarayoni boshlandi. Bugundan e’tiboran milliy terma jamoamiz O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Terma jamoalar markazi sport zalida o‘quv-yig‘inga kirishdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasining kengaytirilgan tarkibiga BMB PFC safidan quyidagi futzalchilar jalb etilgan: Darvozabonlar: • Abbos Elmurodov (“BMB PFC”) • Abbos O‘lmasbekov (“BMB PFC”) Himoyachilar: • Mashrab Odilov (“BMB PFC”) • Shahzod Sa’diyev (“BMB PFC”) Qanot o‘yinchilari: • Muhammadali Xusanboyev (“BMB PFC”) Hujumchilar: • Muzaffar Ahadjonov (“BMB PFC”) • Davlat Ibragimov (“BMB PFC”) Telegram|Facebook|Instagram | Uzum

864 views

Diterbitake 14 Jan

Oliy liga 7-turi yakunlanganidan soʻng tur ramziy jamoasi e’lon qilindi. Unda jamoamiz a’zosi JOAOZINHO ham kiritilganini koʻrishingiz mumkin. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum

734 views

Diterbitake 14 Jan

242 views

Diterbitake 14 Jan

Turning "eng yaxshi murabbiysi"ga nomzodlar O‘zbekiston futzal federatsiyasi 2025/2026-yilgi mavsumning har bitta turidan keyin "eng yaxshi murabbiy" nominatsiyasi g’olibini aniqlab kelayotganidan xabaringiz bor. 7-tur yakunlari bo‘yicha laureatlikka da’vogarlar besh nafar. Ulardan qay biri samarali mehnat qildi va Sizda yorqin taassurot qoldirdi? Buni, aniqlab berish uchun Telegram kanalimizdagi so’rovnomada faol qatnashing. Quyida nomzodlar e`tiboringizga havola etiladi: 1. Fuzuli Xayrulloyev ("Oil Star") — 3 ta o'yin, 3 ta g'alaba, to'plar farqi — 16:3. 2. Abdulla Bo’riyev (“Bunyodkor”) — 3 ta o'yin, 2 ta g'alaba, 1 ta durang, to'plar farqi — 9:4. 3. Aziz Mamatov ("BMB PFC")— 3 ta oyin, 1 ta g’alaba, 2 ta durang, to'plar farqi — 11:7. 4. Konstantin Sviridov (SQB) — 3 ta oyin, 1 ta g’alaba, 2 ta durang, to'plar farqi — 8:5. 5. Aleksandr Petrov (OKMK) — 3 ta oyin, 1 ta g’alaba, 2 ta durang, to'plar farqi — 7:6.

240 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••303132333435•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485