TGTGInsighttelegram аналитикасыLIVE / telegram public index
Каналдарга кайт
Андижон вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати avatar

TGINSIGHT CHAT

Андижон вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати

@andpress

Жаңылыктар жана медиа

Telegram: t.me/andpress Бошқа саҳифалар: • https://instagram.com/andijonpress • https://www.facebook.com/share/17wz2NmfjY/?mibextid=wwXIfr • https://youtube.com/@andijanpress-service Мурожаат учун: @murojaat_andijon

Жазылуучулар4.1万Учурдагы жазылуучулар
Жазуулар1,002Индекстелген жазуулар
Акыркы колд.27,400Акыркы жазуулардын көрүүлөрү
Акыркы жазуулар

Акыркы жазуулар

2/84 бет · 1,002 жазуу

Жарыяланган 8-апр.

Таниқли адиб, шоир, публицист ва таржимон Қамчибек Кенжа 80 ёшида вафот этди. Қамчибек Кенжа 1946 йили Андижон вилоятининг Избоскан туманида туғилди. Тошкент давлат университети (ҳозирги ЎзМУ)нинг аввал журналистика, сўнг филология факультетларида таҳсил олди. Меҳнат фаолиятини “Ўзбекистон маданияти” (ҳозирги “Ўзбекистон адабиёти ва санъати”) газетасида бошлаб, кейин Избоскан тумани “Пахтакор” газетасида адабий ходим, бўлим мудири бўлди, мактабларда ўқитувчилик қилди. 1980 йилдан эса Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси бадиий адабиётни тарғиб этиш бюросининг Андижон вилоятидаги вакили сифатида иш юритди. 1983 йилдан Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси наср кенгашида адабий маслаҳатчи лавозимида фаолият кўрсатди. 1985–2006 йилларда Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Андижон вилояти бўлимининг масъул котиби бўлди. Шу билан бирга, 1996–2015 йилларда “Холис” ижтимоий-маърифий газетасига бош муҳаррирлик қилди. Қамчибек Кенжа Бобур номли халқаро экспедиция аъзоси сифатида Бобурийлар ва бошқа буюк аждодларимиз изидан Афғонистон, Эрон, Покистон, Ҳиндистон, Бангладеш, Туркия, Сурия, Иордания, Саудия Арабистони, Ироқ каби мамлакатлар бўйлаб ижодий сафарларда бўлди. Шоир ва адибнинг турли йилларда 30 дан зиёд шеърий ва насрий асарлари, саёҳатномалари чоп этилган. Унга 2014 йилда Заҳириддин Муҳаммад Бобур номидаги Андижон давлат университетининг фахрий профессори илмий унвони берилди. Қамчибек Кенжанинг эл-юрт тараққиёти, адабиёт ривожи учун қилган хизматлари давлатимиз томонидан юксак эътироф этилган. У "Шуҳрат" медали, "Ўзбекистонда хизмат кўрсатган маданият ходими", "Ўзбекистонда хизмат кўрсатган ёшлар мураббийси" фахрий унвонлари билан тақдирланган. Андижон вилояти ҳокимлиги адабиётимизни ўлмас асарлари билан бойитган серқирра адиб, юзлаб қаламкашларнинг жонкуяр устози, Андижон адабий муҳитининг устунларидан бўлган Қамчибек Кенжанинг вафоти муносабати билан унинг оиласи ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдиради. Andijan.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

7,210 views

Жарыяланган 7-апр.

Yig‘ilishda joylarda 39 ta ochiq va yopiq sport inshooti ta’mirtalab bo‘lgani bois, to‘liq foydalanilmay turgani ko‘rsatib o‘tildi. Mutasaddilarga bu joylarni zamonaviy sport majmualariga aylantirish uchun qulay shartlarda xususiy sheriklikka berish bo‘yicha qaror loyihasini ishlab chiqish topshirildi. Bugun 100 mingdan ortiq yoshlar olimpiya o‘yiniga kirmagan sport turlari bilan doimiy shug‘ullanyapti. Ular dzyudo, sport kurashlari, taekvondo, qilichbozlik, og‘ir atletika kabi olimpiya sport turlari uchun tayyor zaxira ekani ta’kidlandi. Sport vazirligi va hokimlarga sport maktablarida yoshlar qiziqadigan noolimpiya sport turlari bo‘yicha ham seksiyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish topshirildi. Shuningdek, O‘zbekiston noolimpiya sport turlari konfederatsiyasini tashkil qilish taklifi ma’qullandi. “Shu o‘rinda yana bir masalaga to‘xtalmoqchiman: o‘tgan hafta yangi qonunni qabul qilib, har bir vazir, federatsiya rahbari, hokimni jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mas’uliyati, majburiyati va javobgarligini aniq belgilab qo‘ydik. Bundan buyon ushbu rahbarlardan talab ham, so‘rov ham shunga yarasha bo‘ladi!”, – dedi Prezidentimiz. Yig‘ilish davomida davlatimiz rahbari soha rahbarlari va hokimlarning hisobotlarini tingladi, tadbirkor va sportchilar bilan muloqot qildi. Facebook|Instagram|X

2,630 views

Жарыяланган 7-апр.

Yaqinda imzolangan Prezident qarori bilan sportga homiylik qilaman degan tadbirkorlar uchun manfaatli sharoitlar yaratildi. Endilikda federatsiya bir yillik xarajatining 20 foizi miqdorida homiylik qilgantadbirkor boshqaruv a’zolari tarkibiga kiradi. Professional futbol klubining yillik 20 foiz xarajatini qoplagan tadbirkor klubni ishonchli boshqaruvga olishi mumkin bo‘ladi. “Umuman, O‘zbekistonda sport inson salomatligi va yuqori natijalar garovi bo‘lish bilan birga daromad keltiradigan sohaga ham aylanishi zarur”, – dedi davlatimiz rahbari. Misol uchun, futbol bo‘yicha milliy chempionat o‘yinlari ba’zida ish vaqtida o‘tkazilayotgani, shu bois, muxlislar tashrifi kutilganidek bo‘lmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Agar o‘yin vaqti dam olish kuni yoki ish kunlari kechki soat 19:00 dan keyin belgilansa, stadionlar atrofida aholiga qiziqarli qo‘shimcha xizmatlar, musiqiy va ko‘ngilochar tadbirlar tashkil qilinsa, o‘yin kunlari muxlislar uchun qulay transport qatnovi yo‘lga qo‘yilsa, raqib jamoa muxlislariga arzon futbol turpaketlari taklif qilinsa, klublar uchun 2-3 karra ko‘p tushum, muxlislar uchun mazmunli hordiq, tadbirkorlarga qo‘shimcha daromad bo‘ladi. Mutasaddilarga mana shu ishlar orqali stadionlarga muxlislar tashrifini keskin oshirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish topshirildi. Facebook|Instagram|X

2,190 views

Жарыяланган 7-апр.

Adaptiv sport turlari bo‘yicha kadr tayyorlash va malakasini oshirish tizimi ham o‘zgaradi. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent filiali inklyuziv sport bo‘yicha tayanch oliygohga aylanadi. Sport vaziri A.Ikramov, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Sh.Mirziyoyeva, Paralimpiyaqo‘mitasi raisi M.Tashxojayevga tegishli qaror loyihasini kiritish topshirildi. Prezidentimiz bugun para sportchilarimiz erishayotgan natijalarda ularga tun-u kun hamrohlik qilayotgan fidoyi insonlarning hissasi katta ekanini ta‘kidladi. Endilikda o‘quv-yig‘in mashg‘uloti, respublika va xalqaro musobaqalarda para sportchiga hamrohlik qilganlarga transport va yashash xarajatlari qoplab beriladi. Ularga har oyda sport maktablari trenerlari oyligiga teng miqdorda maosh to‘lanadi. Facebook|Instagram|X

1,890 views

Жарыяланган 7-апр.

Olimpiya va Paralimpiya harakatini rivojlantirish, professional sportda seleksiya tizimini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Joriy yildan Prezident Olimpiadasi doirasida musobaqa o‘tkaziladigan sport turlari 2 karra ko‘paytirilib, 21 taga yetkaziladi. Endi mazkur olimpiada parasport bo‘yicha ham o‘tkazilishi belgilandi. Har bir tuman, viloyat hokimi o‘z hududida Hokim olimpiadasini tashkil qiladi. Ushbu musobaqalar g‘oliblari Prezident olimpiadasiga yo‘llanma oladi. Olimpiya qo‘mitasining hududiy bo‘limi direktorlari bir vaqtning o‘zida viloyat hokimlariga sport bo‘yicha maslahatchi bo‘ladi. Poytaxtdagi 7 ta oliy sport mahorati maktabi tugatilib, o‘rniga Olimpiya shaharchasida “Olimpiya terma jamoalari markazi” tashkil qilinadi. Joylardagi 56 ta ixtisoslashgan sport maktabi ham markazning boshqaruviga o‘tadi. Facebook|Instagram|X

1,960 views

Жарыяланган 7-апр.

Umuman, Sport vazirligi va hokimlar oldiga joriy yilda yangi tizim orqali sport bilan doimiy shug‘ullanuvchilar sonini 2 karra oshirib, 1 million nafarga yetkazish vazifasi qo‘yildi. Xuddi futboldagi kabi “Besh tashabbus” musobaqasi va sport bilan doimiy shug‘ullanuvchilar bo‘yicha ham shaffof, raqamlashgan tizim qilish zarurligi qayd etildi. Mutasaddilarga sun’iy intellekt yordamida sportchi va murabbiylarning natijasini tahlil qilib, mashg‘ulotlar rejasini tuzadigan platforma yaratish topshirildi. Sportdagi ilmiy ishlar bundan keyin faqat dolzarb muammolar yechimiga qaratilib, natijasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri amaliyotga joriy qilinishi zarurligi ta’kidlandi. Endilikda olimlarning ilmiy ishi natija bersa, sportchilarning yutuqlari ko‘paysa, xalqaro musobaqalarda medal olib kelsa, ushbu olimlarga 100 million so‘mdan mukofot beriladi. Facebook|Instagram|X

1,650 views

Жарыяланган 7-апр.

“Mahalla – maktab – sport muassasasi – federatsiya” zanjiri asosida aholini sportga jalb qilish va seleksiya bo‘yicha yangicha yondashuv joriy qilinadi. Oliygoh rektori, federatsiya rahbarlari va hokimlar o‘rtasida uch tomonlama shartnoma tuziladi. Bunda hokimlar hududidagi maktab, texnikum va boshqa sport obyektlarida darsdan tashqari vaqtda sport to‘garaklari tashkil qilish uchun sharoit yaratadi. Mutasaddilarga 9 mingta mahallani 26 ta federatsiya rahbarlariga bog‘lab, maktablardagi to‘garaklarni zarur sport anjomlari bilan jihozlash topshirildi. Sport yo‘nalishidagi oliygohlarning 2- va 3-kurs talabalarining yarmini, 4-kursdagilarning esa barchasini dual ta’lim bilan qamrab olib, murabbiylik qilish uchun to‘garaklarga yuborish muhim ekani qayd etildi. Bunday talabalarga avtomatik ravishda murabbiylik sertifikati beriladi. Talabalar haftada uch kun oliygohda o‘qisa, qolgan kunlarda o‘zi biriktirilgan maktablardagi to‘garakka borib, yoshlarni shug‘ullantiradi. Sport to‘garaklaridagi tushumning 50 foizi murabbiy talabaning o‘ziga beriladi. Shuningdek, dual ta’lim bitiruvchilariga diplom bilan birga hakamlik sertifikatini berish ham yo‘lga qo‘yiladi. Facebook|Instagram|X

1,910 views

Жарыяланган 7-апр.

Har bir vazir, tarmoq va bank rahbari, viloyat, tuman hokimi xodimlari sport bilan shug‘ullanishi uchun o‘zi namuna bo‘lib, sharoitlarni kengaytirishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi. Mazkur jarayonda haftada bir kun sport kuni sifatida belgilanishi, bu kunda vazirlik, idora va tashkilotlarda sport mashg‘ulotlari o‘tkazilishi belgilandi. Agar sport zali bo‘lmasa, sport bazalari yoki federatsiyalar bilan shartnoma tuzish, kamida 4 ta sport turi bo‘yicha yiliga 2 marta musobaqa tashkil qilib, g‘oliblarni taqdirlash topshirildi. Joriy yildan boshlab har yili vazirliklar, tarmoqlar, banklar va hokimliklar o‘rtasida respublika birinchiliklari o‘tkazilishi belgilandi. Xususiy sektordagi mehnat jamoalarida ham ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi. Tadbirkorlar o‘z ishchi-xodimlari uchun sport zali, maydonchasi qurish va jihozlash uchun qilgan xarajatlari foyda solig‘i bazasidan chegiriladi, jalb qilingan trenerlar uchun daromad solig‘i va ijtimoiy soliq 1 foiz bo‘ladi. Facebook|Instagram|X

1,960 views

Жарыяланган 7-апр.

Prezidentimiz sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan yangi tashabbuslarni ilgari surdi. Endilikda mahallada ommaviy sport natijadorligi faqat qamrov bilan emas, balki aholining salomatlik ko‘rsatkichlariga ham qarab baholanadi. Har bir viloyatdagi bittadan tumanda “salomatlik balansi” shakllantiriladi. Sport vaziri A.Ikramov, Mahallalar uyushmasi raisi K.Kuranbayev, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Sh.Mirziyoyevaga sport bilan faol shug‘ullanuvchi aholi orasidan “sog‘lom hayot volontyorlari” korpusi shakllantirish topshirildi. Ular mahallalarda sport va sog‘lom turmush tamoyillarini targ‘ib qiladi. Har bir tumandagi ushbu tizimda eng namunali bo‘lgan 10 tadan mahallaga bepul sport formasi va anjomlarini berish yo‘lga qo‘yiladi. Dunyoda maxsus jihoz va infratuzilma talab qilmaydigan intensiv sport mashg‘ulotlari, ya’ni kross-fit ommalashayotgani ta’kidlandi. 1-maygacha barcha maktab va texnikumlarda kross-fit bo‘yicha to‘garaklar tashkil qilishi topshirildi. Kelgusi yildan kross-fit “Besh tashabbus” tizimiga kiritiladi. Endilikda qaysi mahallada sportga qamrov oshib, aholining salomatligi yaxshilansa, yurak-qon tomir, diabet bilan kasallanish ko‘rsatkichi kamaysa, volontyor va mahalla raisiga yil yakuni bilan 15 million so‘mgacha mukofot beriladi. Ushbu mahallada ommaviy sportga mas’ul trenerga 200 foizgacha oylik ustama to‘lanadi. Facebook|Instagram|X

1,580 views

Жарыяланган 7-апр.

Sportchilarni jarohatdan tiklash ishlari va mushak holati bo‘yicha tekshiruvlar asosan xorijda o‘tkazilyapti. Federatsiyalar sport shifokori, farmakolog va dietologlarni yuqori maosh to‘lab, chetdan olib kelishga majbur bo‘lmoqda. Sportchilardagi suyak sinishi, pay uzilishi kabi jarohatlar bo‘yicha zamonaviy protokollar o‘zimizda joriy etilmayotgani, Travmatologiya, Kardiologiya, Terapiya markazlari federatsiyalar bilan hamkorlik qilmasligi bo‘yicha e’tiroz bildirildi. Endilikda har bir ixtisoslashgan tibbiyot markazlari sport federatsiyalari bilan hamkorlik qiladi. Har oyda terma jamoa a’zolarining sog‘lig‘ini diagnostika qiladi, jarohat olish xavfini baholaydi. Sportchining jismoniy yuklamasini ilmiy tahlil qilib, murabbiylarga tibbiy tavsiyalar beradi. Yangi o‘quv yilidan Toshkent tibbiyot universitetida sport dietologi, fiziologiya, psixologiya bo‘yicha, Farmatsevtika institutida sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis tayyorlash boshlanadi. Olimpiya shaharchasidagi Sport tibbiyoti ilmiy markazi talabalar uchun amaliyot bazasiga aylanadi. Shuningdek, mutasaddilarga sport mahsulotlarini mahalliylashtirish dasturini o‘z ichiga olgan qaror loyihasini kiritish topshirildi. Facebook|Instagram|X

1,490 views

Жарыяланган 7-апр.

Federatsiyalarda hamkor va mablag‘ topish, tadbirkorlarni jalb qilish bo‘yicha tashabbus yo‘qligi qayd etildi. Mamlakatimizda salohiyati katta tadbirkorlar yildan yilga ortib bormoqda, ular orasida sportga qiziqadigan, homiylik qilishga tayyor turganlari ancha. Lekin birorta federatsiya tadbirkorlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik bo‘yicha taklif kiritmagani ko‘rsatib o‘tildi. Mutasaddilarga 26 ta federatsiyadagi bosh kotib va boshqaruv kadrlarining faoliyatini o‘rganib, lavozimiga loyiq bo‘lmaganlarini almashtirish topshirildi. Facebook|Instagram|X

1,500 views

Жарыяланган 7-апр.

O‘q otish bazasida sharoit yaratilgani uchun ushbu sport turida natija ko‘rinayotgani ta’kidlandi. Yaqinda Osiyo chempionatida o‘q otuvchilarimiz 3 ta oltin, 2 ta kumush medal oldi. Pnevmatikadan otishda Osiyo va jahon rekordini yangiladi. Futbol, sport kurashlari, velosport, yengil atletika, suzishda ham o‘zgarish bo‘layotgani e’tirof etildi. Yoshlar Osiyo o‘yinlarida yengil atletikada ilk bor 9 ta medal, suzishda dastlabki medal (bronza) qo‘lga kiritildi. Velosportchilarimiz Osiyoda kuchli uchtalikdan joy oldi. Sport kurashlarida 25 yillik tanaffusdan so‘ng Jahon chempionatida oltin medalga erishildi. Shu bilan birga, Jizzaxdagi 6 ta qilichbozlik bazasida shug‘ullanuvchilar 100 nafarga ham yetmasligi, trampolin va akrobatika bo‘yicha mavjud salohiyatdan to‘liq foydalanilmayotgani, tennis, ot sporti bo‘yicha ham natija ko‘rinmayotgani tanqid qilindi. Dunyoda tennisga o‘xshash padel tennis, skvosh kabi zamonaviy o‘yinlar yoshlar orasida tez ommalashyapti. Lekin mutasaddilarda xususiy tadbirkorlarni jalb qilish orqali bunday sport turlarini tennis bilan uyg‘un rivojlantirib, yoshlarga qo‘shimcha sharoit yaratish bo‘yicha tashabbuskorlik yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi. Facebook|Instagram|X

1,430 views
12345•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384