TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
Redi ad canales
BFAUZ avatar

TGINSIGHT CHAT

BFAUZ

@bfauz

Educatio

Banking and Finance Academy of the Republic of Uzbekistan LEARN, CHANGE, BE THE LEADER! Мурожаат учун: https://t.me/bfa_bma www.bfa.uz

Subscriptores9,390Numerus subscriptorum hodiernus
Scripta custodita1,007Scripta numerata
Attingentia recens40,430Visiones scriptorum recentium
Scripta recentia

Scripta recentia

Pag. 2 de 84 · 1,007 scripta

Editum May 4

🗓DAYJEST: 1-APREL — 1-MAY 👉Eng muhim yangiliklar! 1.Internship Selection for Japan 2026 has Started! Batafsil 2.O‘zbekistonda “yashil” davlat xaridlari istiqbollari. Batafsil 3.9-aprel — Amir Temur tavallud topgan kun. Batafsil 4.Bank-moliya akademiyasi korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashni o‘z faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilagan. Batafsil 5.Bank-moliya akademiyasida nufuzli xalqaro tashkilot — AMBA & BGA rahbariyati bilan muhim uchrashuv. Batafsil 6.Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutiga taklif qilamiz. Batafsil 7.Pul-kredit siyosati: nazariya va amaliyot uyg‘unligida navbatdagi mahorat darsi. Batafsil 8.Olmaotada xalqaro seminar : BFA vakili strategik muhokamalar markazida. Batafsil 9.Bank-moliya akademiyasi Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul boshlanganini ma’lum qiladi. Batafsil 10.BFA va QS TOP-200 talikka kiruvchi Universitas Indonesia hamkorligida nufuzli qo‘shma magistratura dasturlari yo‘lga qo‘yildi! Batafsil 11.Respublika Bank moliya akademisi — 30 yillik sharafli yo‘l va yuksak salohiyat tantanasi. Batafsil 12.Xalqaro konferensiya: Sun'iy intellekt, Fintex va barqaror moliya masalalari muhokama qilindi. Batafsil 13.Bank-moliya akademiyasi — 30 yil: faxriylar bilan samimiy uchrashuv. Batafsil 14.Respublika Bank-moliya akademiyasi: shakllanish va rivojlanish tarixi. Batafsil 15.Janubiy Koreyaning Handong Global universiteti professori, iqtisodiyot fanlari doktori Jinvon Ahnga Bank-moliya akademiyasi Kengashi tomonidan faxriy professor unvoni berildi. Batafsil 16.Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya OAV nigohida: Uzbekiston 24 teleradiokanali. Batafsil Узбекистан 24 (рус). Batafsil Toshkent telekanali. Batafsil Yoshlar telekanali. Batafsil MY5 telekanali. Batafsil Uzbekiston milliy axborot agentligi(UzA). Batafsil 🌐www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in

2,920 views

Editum May 1

#OAV_biz_haqimizda #BFA_BMA_30_yoshda #MY5_telekanali Bank-moliya akademiyasi tashkil topganiga 30 yil to'ldi Еfir vaqti: 09:00 1.05.2026 🌐www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in

3,250 views

Editum May 1

#OAV_biz_haqimizda #BFA_BMA_30_yoshda “Fintex va sun’iy intellekt davrida barqaror moliya, bank va moliya tizimlarining kelajagini o‘zgartirish” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi. 🌐www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in

3,240 views

Editum May 1

#OAV_biz_haqimizda #BFA_BMA_30_yoshda Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya OAV nigohida! Халқаро илмий-амалий конференция ОАВ нигоҳида! 🌐www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in

3,430 views

Editum May 1

#OAV_biz_haqimizda #BFA_BMA_30_yoshda #Axborot24 | 01.05.2026 Bank-moliya akademiyasining 30 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya 🌐www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in

3,470 views

Editum May 1

🎓Bank-moliya akademiyasida xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi: xorijlik olimga yuksak unvon topshirildi 🇺🇿Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan oliy ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar natijasida nufuzli xorijiy mutaxassislarni jalb qilish va ularning ilmiy salohiyatidan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ana shunday ezgu maqsadlar doirasida Bank-moliya akademiyasida muhim va tarixiy ahamiyatga ega voqea bo‘lib o‘tdi. Xalqaro miqyosda tan olingan iqtisodchi olim, Janubiy Koreyaning Handong Global universiteti professori, iqtisodiyot fanlari doktori Jinvon Ahnga Bank-moliya akademiya Kengashi tomonidan faxriy professor unvoni berildi. Taqdirlash marosimi yuqori saviyada va tantanali ruhda tashkil etildi. Unda Bank-moliya akademiyasi rektori Elmurod Hoshimov tomonidan mazkur yuksak unvon rasman topshirildi. Rektor o‘z nutqida doktor Jinvon Ahnning xalqaro iqtisodiyot, rivojlanish hamkorligi va tadbirkorlik sohalaridagi ilmiy izlanishlari, shuningdek, turli mamlakatlarda amalga oshirgan ta’lim va tadqiqot loyihalari yuksak e’tirofga loyiq ekanini ta’kidladi. 🇰🇷Ma’lumki, doktor Jinvon Ahn Seul Milliy universitetida bakalavr va magistr darajalarini olgan, keyinchalik AQSHning Indiana universitetida iqtisodiyot bo‘yicha PhD ilmiy darajasini himoya qilgan. U hozirgi kunda Handong Global Universitetida professor sifatida faoliyat ko‘rsatib, xalqaro rivojlanish hamkorligi instituti ijrochi direktori lavozimida ishlab kelmoqda. Olimning ilmiy ishlari sanoat iqtisodiyoti, xalqaro rivojlanish, investitsiya siyosati va tadbirkorlik kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan. Uning ilmiy maqolalari va kitoblari xalqaro ilmiy jamoatchilik tomonidan keng e’tirof etilgan. Shuningdek, u UNESCO-UNITWIN loyihalari doirasida dunyo bo‘ylab, jumladan, O‘zbekistonda ham tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan yuzlab ta’lim dasturlarini amalga oshirgan. 🎓Mazkur unvonning berilishi Respublika Bank-moliya akademiyasida xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, ta’lim jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish va tinglovchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi. 🎓Банк-молия академиясида халқаро ҳамкорликнинг янги босқичи: хорижлик олимга юксак унвон топширилди 🇺🇿Янги Ўзбекистонда амалга оширилаётган кенг кўламли ислоҳотлар доирасида Президентимиз Ш.Мирзиёев томонидан олий таълим соҳасида олиб борилаётган ислоҳотлар натижасида нуфузли хорижий мутахассисларни жалб қилиш ва уларнинг илмий салоҳиятидан самарали фойдаланишга алоҳида эътибор қаратилмоқда. Ана шундай эзгу мақсадлар доирасида Банк-молия академиясида муҳим ва тарихий аҳамиятга эга воқеа бўлиб ўтди. Халқаро миқёсда тан олинган иқтисодчи олим, Жанубий Кореянинг Ҳандонг Глобал университети профессори, иқтисодиёт фанлари доктори Жинвон Аҳнга Банк-молия академия Keнгаши томонидан фахрийпрофессор унвони берилди. 🌠Тақдирлаш маросими юқори савияда ва тантанали руҳда ташкил этилди. Унда Банк-молия академия ректори Элмурод Ҳошимов томонидан мазкур юксак илмий унвон расман топширилди. Ректор ўз нутқида доктор Жинвон Аҳннинг халқаро иқтисодиёт, ривожланиш ҳамкорлиги ва тадбиркорлик соҳаларидаги илмий изланишлари, шунингдек, турли мамлакатларда амалга оширган таълим ва тадқиқот лойиҳалари юксак эътирофга лойиқ эканини таъкидлади. 🇰🇷Маълумки, доктор Жинвон Аҳн Сеул Миллий университетида бакалавр ва магистр даражаларини олган, кейинчалик АҚШнинг Индиана университетида иқтисодиёт бўйича PhD илмий даражасини ҳимоя қилган. У ҳозирги кунда Ҳандонг Глобал университетида профессор сифатида фаолият кўрсатиб, халқаро ривожланиш ҳамкорлиги институти ижрочи директори лавозимида ишлаб келмоқда. Мазкур унвоннинг берилиши Республика Банк-молия академиясида халқаро ҳамкорлик алоқаларини янада мустаҳкамлаш, таълим жараёнига илғор хорижий тажрибани жорий этиш ва тингловчилар учун янги имкониятлар яратишда муҳим қадам бўлиб хизмат қилади. 📢 Хабарни тарқатинг! 🌐www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in

3,550 views

Editum May 1

#BFA_BMA_30_yoshda Bank-moliya akademiyasi: shakllanish va rivojlanish tarixi 🔰 O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish, bank-moliya tizimini zamonaviy talablar asosida qayta shakllantirish muhim vazifalardan biriga aylandi. Ana shu ehtiyojdan kelib chiqib, 1996 yil 2 mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga muvofiq Bank-moliya akademiyasi tashkil etildi. Bugungi kunda ushbu muassasaning tashkil topganiga 30 yil to‘lib, u o‘z faoliyati davomida mamlakat moliya sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashda muhim o‘rin egallab kelmoqda. 📍 Akademiyaning asosiy vazifasi bank ishi, moliya va iqtisodiyot yo‘nalishlarida chuqur bilimga ega mutaxassislar tayyorlashdan iborat edi. Unda, asosan, bakalavr bosqichini tugatgan va muayyan ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislar magistratura darajasida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. O‘tgan yillar davomida Bank-moliya akademiyasi minglab kadrlarni tayyorlab, ularni mamlakat iqtisodiyotining turli sohalariga yetkazib berdi. 🔷 Yangi O‘zbekiston sharoitida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, xususan, bank-moliya sohasi uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu islohotlar Bank-moliya akademiyasi faoliyatida ham o‘z ifodasini topib, uning mazmun-mohiyatini yangi bosqichga olib chiqmoqda. So‘nggi yillarda akademiya faoliyati yangi bosqichga ko‘tarildi. Xususan, 2019 yilda u O‘zbekiston Milliy banki tasarrufiga o‘tkazilib, ta’lim va ilmiy faoliyatni yanada takomillashtirish uchun yangi imkoniyatlar yaratildi. ✅ Bugungi kunda Bank-moliya akademiyasi nafaqat ta’lim muassasasi, balki bank va moliya sohasida ilmiy-tadqiqotlar olib boruvchi, mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi sifatida ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Akademiyada investisiya, zamonaviy bank texnologiyalari kabi yo‘nalishlarda ham kadrlar tayyorlanmoqda. Банк-молия академияси: шаклланиш ва ривожланиш тарихи 🔰 Ўзбекистон мустақилликка эришгандан сўнг мамлакат иқтисодиётини барқарор ривожлантириш, банк-молия тизимини замонавий талаблар асосида қайта шакллантириш муҳим вазифалардан бирига айланди. Ана шу эҳтиёждан келиб чиқиб, 1996 йил 2 майда Ўзбекистон Республикаси Президенти фармонига мувофиқ Банк-молия академияси ташкил этилди. Бугунги кунда ушбу муассасанинг ташкил топганига 30 йил тўлиб, у ўз фаолияти давомида мамлакат молия соҳаси учун юқори малакали кадрлар тайёрлашда муҳим ўрин эгаллаб келмоқда. 📍 Академиянинг асосий вазифаси банк иши, молия ва иқтисодиёт йўналишларида чуқур билимга эга мутахассислар тайёрлашдан иборат эди. Унда, асосан, бакалавр босқичини тугатган ва муайян иш тажрибасига эга бўлган мутахассислар магистратура даражасида таҳсил олиш имкониятига эга бўлдилар. Ўтган йиллар давомида Банк-молия академияси минглаб кадрларни тайёрлаб, уларни мамлакат иқтисодиётининг турли соҳаларига етказиб берди. 🔷 Янги Ўзбекистон шароитида амалга оширилаётган кенг кўламли ислоҳотлар доирасида, Президентимиз Шавкат Мирзиёев томонидан таълим тизимини модернизация қилиш, хусусан, банк-молия соҳаси учун рақобатбардош кадрлар тайёрлашга алоҳида эътибор қаратилмоқда. Бу ислоҳотлар Банк-молия академияси фаолиятида ҳам ўз ифодасини топиб, унинг мазмун-моҳиятини янги босқичга олиб чиқмоқда. Сўнгги йилларда академия фаолияти янги босқичга кўтарилди. Хусусан, 2019 йилда у Ўзбекистон Миллий банки тасарруфига ўтказилиб, таълим ва илмий фаолиятни янада такомиллаштириш учун янги имкониятлар яратилди. ✅ Бугунги кунда Банк-молия академияси нафақат таълим муассасаси, балки банк ва молия соҳасида илмий-тадқиқотлар олиб борувчи, мутахассисларни қайта тайёрлаш ва малакасини ошириш маркази сифатида ҳам фаолият кўрсатмоқда. Академияда инвестиция, замонавий банк технологиялари каби йўналишларда ҳам кадрлар тайёрланмоқда. 📢 Хабарни тарқатинг! 🌐www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in

3,500 views

Editum Apr 30

#BFA_BMA_30_yoshda #Bank-moliya akademiyasi — 30 yil: faxriylar bilan samimiy uchrashuv #Банк-молия академияси — 30 йил: фахрийлар билан самимий учрашув 📢 Хабарни тарқатинг! 🌐www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in

3,560 views

Editum Apr 30

#BFA_BMA_30_yoshda 🏛Bank-moliya akademiyasi — 30 yil: faxriylar bilan samimiy uchrashuv Respublika Bank-moliya akademiyasining 30 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan yubiley tadbirlari mamlakat moliya-bank tizimidagi muhim voqelik sifatida keng nishonlanmoqda. Dastur doirasida xalqaro konferensiya, ilmiy muloqotlar hamda soha mutaxassislari va faxriylar ishtirokida qator uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Faxriylar bilan samimiy uchrashuvda Akademiyaning turli yillarda samarali faoliyat yuritgan ustozlari, faxriy professor-o‘qituvchilar, moliya-bank tizimida uzoq yillik tajribaga ega amaliyotchi mutaxassislar hamda sohaning hurmatli faxriylari ishtirokida samimiy muloqot tashkil etildi. Tadbirning kirish qismida Akademiya rektori Elmurod Hoshimov Respublika Bank-moliya akademiyasi tashkil etilganligining 30 yilligi munosabati bilan barcha faxriy ustozlar va professor-o‘qituvchilarni samimiy muborakbod etib, ularning soha rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasini alohida e’tirof etdi. Muloqot davomida Akademiyaning bosib o‘tgan sharafli yo‘li, shakllangan ilmiy maktablari, yuqori malakali kadrlar tayyorlashdagi boy tajribasi hamda mamlakat moliya tizimida amalga oshirilgan islohotlarga qo‘shgan munosib hissasi xotiralar, tahlillar va samimiy dil izhorlari orqali yana bir bor yodga olindi. 📍Faxriylar o‘z chiqishlarida ushbu dargohning tashkil topish davri, ilk qadamlari va uning mustahkam poydevorini yaratgan fidoyi ustozlar haqida to‘lqinlanib so‘z yuritdilar. Shu bilan birga, Akademiyaning bugungi yuksalish bosqichi, erishilgan yutuqlar va istiqboldagi vazifalar yuzasidan qimmatli fikr va takliflarini bildirdi. Ularning boy hayotiy tajribasi, ilmiy merosi va ustozlik maktabi bugungi yosh tadqiqotchilar hamda tinglovchilar uchun haqiqiy mahorat darsi sifatida namoyon bo‘ldi. Tadbir yakunida uzoq yillik samarali faoliyati va sohani rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun faxriylarga esdalik sovg‘alari hamda faxriy yorliqlar tantanali ravishda topshirildi. 🏛Банк-молия академияси — 30 йил: фахрийлар билан самимий учрашув Республика Банк-молия академиясининг 30 йиллиги муносабати билан ташкил этилган юбилей тадбирлари мамлакат молия-банк тизимидаги муҳим воқелик сифатида кенг нишонланмоқда. Дастур доирасида халқаро конференция, илмий мулоқотлар ҳамда соҳа мутахассислари ва фахрийлар иштирокида қатор учрашувлар ўтказилмоқда. Фахрийлар билан самимий учрашувда Академиянинг турли йилларда самарали фаолият юритган устозлари, фахрий профессор-ўқитувчилар, молия-банк тизимида узоқ йиллик тажрибага эга амалиётчи мутахассислар ҳамда соҳанинг ҳурматли фахрийлари иштирокида самимий мулоқот ташкил этилди. Тадбирнинг кириш қисмида Академия ректори Элмурод Ҳошимов Республика Банк-молия академияси ташкил этилганлигининг 30 йиллиги муносабати билан барча фахрий устозлар ва профессор-ўқитувчиларни самимий муборакбод этиб, уларнинг соҳа ривожига қўшган беқиёс ҳиссасини алоҳида эътироф этди. Мазкур мулоқот давомида Академиянинг босиб ўтган шарафли йўли, шаклланган илмий мактаблари, юқори малакали кадрлар тайёрлашдаги бой тажрибаси ҳамда мамлакат молия тизимида амалга оширилган ислоҳотларга қўшган муносиб ҳиссаси хотиралар, таҳлиллар ва самимий дил изҳорлари орқали яна бир бор ёдга олинди. Фахрийлар ўз чиқишларида ушбу даргоҳнинг ташкил топиш даври, илк қадамлари ва унинг мустаҳкам пойдеворини яратган фидойи устозлар ҳақида тўлқинланиб сўз юритдилар. Шу билан бирга, Академиянинг бугунги юксалиш босқичи, эришилган ютуқлар ва истиқболдаги вазифалар юзасидан қимматли фикр ва таклифларини билдирди. Уларнинг бой ҳаётий тажрибаси, илмий мероси ва устозлик мактаби бугунги ёш тадқиқотчилар ҳамда тингловчилар учун ҳақиқий маҳорат дарси сифатида намоён бўлди. Тадбир якунида узоқ йиллик самарали фаолияти ва соҳани ривожлантиришга қўшган ҳиссаси учун фахрийларга эсдалик совғалари ҳамда фахрий ёрлиқлар топширилди. 📢 Хабарни тарқатинг! 🌐www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in

3,360 views

Editum Apr 30

#BFA_BMA_30_yoshda #Sun'iy intellekt, Fintex va barqaror moliya masalalari muhokama qilindi #Сунъий интеллект, Финтех ва барқарор молия масалалари муҳокама қилинди/ 📢 Хабарни тарқатинг! 🌐www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in

3,380 views

Editum Apr 30

#BFA_BMA_30_yoshda ✍️Sun'iy intellekt, Fintex va barqaror moliya masalalari muhokama qilindi 🔰O‘zbekistonda moliya-bank tizimini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan islohotlar izchil davom etayotgan bir paytda, Respublika Bank-moliya akademiyasining 30 yilligi doirasida o‘tkazilgan “Fintex va sun’iy intellekt davrida barqaror moliya” mavzusidagi xalqaro konferensiya muhim siyosiy-iqtisodiy ahamiyat kasb etdi. Xalqaro konferensiyani Respublika Bank-moliya akademiyasi rektori Elmurod Hoshimov kirish so‘zi bilan ochib,ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, ilmiy tadqiqotlarni real sektor ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish bugungi kunning ustuvor vazifasi ekanini alohida ta’kidladi. 📍Konferensiyada xorijiy va mahalliy ekspertlar, nufuzli olimlar va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etib, global iqtisodiy jarayonlar sharoitida moliya tizimini transformatsiya qilish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va barqaror o‘sishni ta’minlash masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashdilar. Xususan, Indoneziya, Rossiya, Koreya, Malayziya, Turkiya kabi davlatlardan tashrif buyurgan ekspertlar tomonidan ilgari surilgan yondashuvlar zamonaviy moliyaviy siyosatni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi. Muloqotlar davomida raqamli moliya xizmatlarining aholi farovonligiga ta’siri, fintex orqali moliyaviy inklyuzivlikni kengaytirish, ta’lim va ilm-fan integratsiyasi, innovatsion boshqaruv va zamonaviy marketing strategiyalari, shuningdek xalqaro moliya bozorlaridagi tendensiyalar va islom moliyasining o‘rni kabi masalalar dolzarb siyosiy-iqtisodiy masala sifatida baholandi. 👉Konferensiya doirasida imzolangan xalqaro memorandumlar va ilgari surilgan tashabbuslar O‘zbekistonning global moliyaviy makondagi o‘rnini mustahkamlash, raqamli bank xizmatlarini kengaytirish va fintex ekotizimini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakat iqtisodiyotining ochiqligi, raqobatbardoshligi va barqarorligini ta’minlashga qaratilgan strategik qadam sifatida namoyon bo‘lmoqda. ✍️ Сунъий интеллект, Финтех ва барқарор молия масалалари муҳокама қилинди 🔰Ўзбекистонда молия-банк тизимини янги босқичга олиб чиқишга қаратилган ислоҳотлар изчил давом этаётган бир пайтда, Банк-молия академиясининг 30 йиллиги доирасида ўтказилган “Финтех ва сунъий интеллект даврида барқарор молия” мавзусидаги халқаро конференция муҳим сиёсий-иқтисодий аҳамият касб этди. Халқаро конференцияни Репсблика Банк-молия академияси ректори Элмурод Ҳошимов кириш сўзи билан очиб,таълим тизимини модернизация қилиш, илмий тадқиқотларни реал сектор эҳтиёжлари билан уйғунлаштириш ва халқаро ҳамкорликни кенгайтириш бугунги куннинг устувор вазифаси эканини алоҳида таъкидлади. 📍Конференцияда хорижий ва маҳаллий экспертлар, нуфузли олимлар ва халқаро ташкилотлар вакиллари иштирок этиб, глобал иқтисодий жараёнлар шароитида молия тизимини трансформация қилиш, рақамли иқтисодиётни ривожлантириш ва барқарор ўсишни таъминлаш масалалари юзасидан атрофлича фикр алмашдилар. Хусусан, Индонезия, Россия, Корея, Малайзия, Туркия каби давлатлардан ташриф буюрган экспертлар томонидан илгари сурилган ёндашувлар замонавий молиявий сиёсатни шакллантиришда муҳим аҳамиятга эга экани қайд этилди. Мулоқотлар давомида рақамли молия хизматларининг аҳоли фаровонлигига таъсири, финтех орқали молиявий инклюзивликни кенгайтириш, таълим ва илм-фан интеграцияси, инновацион бошқарув ва замонавий маркетинг стратегиялари, шунингдек халқаро молия бозорларидаги тенденциялар ва ислом молиясининг ўрни каби масалалар долзарб сиёсий-иқтисодий масала сифатида баҳоланди. 👉Конференция доирасида имзоланган халқаро меморандумлар ва илгари сурилган ташаббуслар Ўзбекистоннинг глобал молиявий макондаги ўрнини мустаҳкамлаш, рақамли банк хизматларини кенгайтириш ва финтех экотизимини ривожлантиришга хизмат қилади. Бу эса, ўз навбатида, мамлакат иқтисодиётининг очиқлиги, рақобатбардошлигини таъминлашга қаратилган стратегик қадам сифатида намоён бўлмоқда. 📢 Хабарни тарқатинг! 🌐www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in

3,240 views
12345•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384