TGINSIGHT CHAT
BFAUZ
@bfauz
EducatioBanking and Finance Academy of the Republic of Uzbekistan LEARN, CHANGE, BE THE LEADER! Мурожаат учун: https://t.me/bfa_bma www.bfa.uz
Scripta recentia
Pag. 4 de 84 · 1,007 scripta
Editum Apr 15
Editum Apr 14
📢 MAHORAT DARSIGA TAKLIF ETAMIZ! O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Bank-moliya akademiyasi hamkorligida dolzarb mavzuda navbatdagi mahorat darsi bo‘lib o‘tadi. 🔹 Mavzu: Markaziy bank tomonidan pul-kredit siyosatini ishlab chiqish va samarali ijrosini ta’minlash mexanizmlari 🔹 Ma’ruza qismi: Pul-kredit siyosati orqali iqtisodiyotni tartibga solish: asosiy tushuncha va tamoyillar 🎙 Ma’ruzachilar: — Samijon Inogamov — Markaziy bank pul-kredit siyosati departamenti direktori — Jaloliddin Mustafayev — Markaziy bank pul-kredit siyosati departamenti boshqarma boshlig‘i 📅 Sana: 2026-yil 16-aprel 🕘 Vaqt: 10:30 – 13:20 📍 Manzil: Bank-moliya akademiyasi, Movarounnahr ko‘chasi, 16-uy 🌐www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
Editum Apr 14
Bank-moliya akademiyasida nufuzli xalqaro tashkilot — AMBA & BGA rahbariyati bilan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida Akademiyaning yaqin istiqbolda xalqaro akkreditatsiyadan o‘tish masalalari, ushbu jarayonning bosqichlari hamda xalqaro ta’lim standartlariga moslashuv yo‘nalishlari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, tomonlar: 🔹 ta’lim dasturlarini xalqaro talablarga moslashtirish 🔹 ilmiy va akademik faoliyat sifatini oshirish 🔹 xalqaro reyting va tan olinuv darajasini mustahkamlash 🔹 strategik hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha fikr almashdilar. Bank-moliya akademiyasining xalqaro maydondagi nufuzini oshirish, ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish hamda global akademik hamjamiyat bilan integratsiyani kuchaytirish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik vazifalari belgilab olindi. 🌐www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
Editum Apr 14
✍️ Amir Temur merosi – davlatchilik va strategiya maktabi O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan “Amir Temur – buyuk davlat arbobi va sarkarda” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Akademiya rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va tinglovchilar ishtirok etdi. Anjuman davomida so‘zga chiqqanlar buyuk sarkardaning davlatchilik asoslarini mustahkamlash, adolatli boshqaruv tizimini shakllantirish va kuchli markazlashgan davlat barpo etishdagi o‘rnini alohida ta’kidladilar. Qayd etilganidek, Amir Temur nafaqat yirik harbiy strateg, balki o‘z davrida samarali davlat boshqaruvi, iqtisodiy barqarorlik va hududlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga xizmat qilgan islohotlar muallifi sifatida ham tarixda chuqur iz qoldirgan. Uning “Kuch – adolatda” degan tamoyili bugungi kunda ham davlat boshqaruvi va jamiyat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tadbir doirasida Temuriylar davridagi iqtisodiy siyosat, moliyaviy tizim, soliqlar va savdo yo‘llarining rivojlanishiga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi. Shuningdek, ishtirokchilarga “Temur tuzuklari” asarida bayon etilgan davlat boshqaruvi tamoyillari haqida batafsil ma’lumot berildi. ✍️Амир Темур мероси – давлатчилик ва стратегия мактаби Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академиясида Амир Темур таваллудининг 690 йиллиги муносабати билан “Амир Темур – буюк давлат арбоби ва саркарда” мавзусида маънавий-маърифий тадбир ташкил этилди. Тадбирда Академия раҳбарияти, профессор-ўқитувчилар, илмий ходимлар ва тингловчилар иштирок этди. Анжуман давомида сўзга чиққанлар буюк саркарданинг давлатчилик асосларини мустаҳкамлаш, адолатли бошқарув тизимини шакллантириш ва кучли марказлашган давлат барпо этишдаги ўрнини алоҳида таъкидладилар. Қайд этилганидек, Амир Темур нафақат йирик ҳарбий стратег, балки ўз даврида самарали давлат бошқаруви, иқтисодий барқарорлик ва ҳудудлар ўртасидаги савдо-иқтисодий алоқаларни ривожлантиришга хизмат қилган ислоҳотлар муаллифи сифатида ҳам тарихда чуқур из қолдирган. Унинг “Куч – адолатда” деган тамойили бугунги кунда ҳам давлат бошқаруви ва жамият тараққиётида муҳим аҳамият касб этмоқда. Тадбир доирасида Темурийлар давридаги иқтисодий сиёсат, молиявий тизим, солиқлар ва савдо йўлларининг ривожланишига бағишланган маърузалар тингланди. Шунингдек, иштирокчиларга “Темур тузуклари” асарида баён этилган давлат бошқаруви тамойиллари ҳақида батафсил маълумот берилди. 🌐www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
Editum Apr 13
🎓 День открытых дверей магистерской программы двух дипломов Банковско-финансовая академия Республики Узбекистан совместно с НИУ ВШЭ – Пермь приглашает на День открытых дверей магистерской программы: 📊 «Финансы и кредит» (программа двух дипломов, предназначенная для магистратуры) 📅 Дата: 29 апреля 🕚 Время: 10:00-11:30 📍 Место: Банковско-финансовая академия, аудитория 211 В рамках встречи вы сможете: ✔️ подробно ознакомиться с содержанием программы ✔️ узнать о формате обучения и возможностях получения двух дипломов международного образца ✔️ познакомиться с преподавателями и представителями Академии ✔️ задать все интересующие вопросы 📌 Приглашаем всех заинтересованных абитуриентов и выпускников! Не упустите возможность получить актуальную информацию и сделать шаг к международному образованию. 🌐www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
Editum Apr 10
📢 Aziz yurtdoshlar va hurmatli tinglovchilar! O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashni o‘z faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilagan. Korrupsiya — jamiyat taraqqiyotiga to‘sqinlik qiluvchi, adolat va ishonchni yemiruvchi xavfli illatdir. Shu bois Akademiyada ta’lim jarayonlari, qabul, baholash hamda moliya-xo‘jalik faoliyatida qonuniylik, shaffoflik va hisobdorlik tamoyillariga qat’iy amal qilinmoqda. 🔹 Byurokratik to‘siqlar kamaytirilmoqda 🔹 Raqamli tizimlar keng joriy etilmoqda 🔹 Korrupsion xavflarning oldi olinmoqda Biz nafaqat bilimli mutaxassislar, balki halol va vijdonli kadrlarni tarbiyalashni o‘z oldimizga maqsad qilganmiz. ❗️ Agar siz Akademiyada korrupsion holatlarga duch kelsangiz, befarq bo‘lmang — tegishli tashkilotlarga murojaat qiling. ✅ Sizning har bir murojaatingiz ochiq va adolatli muhitni ta’minlashga xizmat qiladi. Halollik — bizning bosh qadriyatimiz! Korrupsiyaga murosasizlik — qat’iy pozitsiyamiz! #halollik#korrupsiyagaqarshi#BMА#shaffoflik 🌐www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
Editum Apr 9
✍️9-aprel — Amir Temur tavallud topgan kun Sohibqiron, buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan yurtimizda uning boy merosi, davlatchilik an’analari va yuksak strategik tafakkuri yana bir bor keng yodga olinmoqda. Amir Temur nafaqat zabardast qo‘mondon, balki kuchli davlat boshqaruvi, adolatli qonun ustuvorligi va iqtisodiy barqarorlikka asos solgan ulkan tarixiy shaxs sifatida ham jahon tamaddunida o‘chmas iz qoldirgan. Uning “Kuch adolatda” degan shiori bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot yo‘lida Sohibqiron merosi — ayniqsa, strategik fikrlash, tizimli boshqaruv, intizom va mas’uliyat tamoyillari davlat va jamiyat rivojida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bank-moliya akademiyasi jamoasi ushbu muborak sana munosabati bilan barchani Sohibqiron Amir Temur merosini chuqur o‘rganish, uning ibratli hayoti va faoliyatidan ilhom olishga chorlaydi. Meros — bu faqat o‘tmish emas, balki kelajak uchun mustahkam poydevordir. 🌐www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
Editum Apr 6
✍️O‘zbekistonda “yashil” davlat xaridlari istiqbollari Bank-moliya akademiyasida “yashil iqtisodiyot” tamoyillari asosida davlat xaridlarini takomillashtirishga bag‘ishlangan mahorat darsi yuqori saviyada o‘tkazildi. Tadbirda sohaning yetakchi mutaxassislari, amaliyotchilar va ilmiy doira vakillari ishtirok etib, O‘zbekistonda yashil davlat xaridlarini joriy etishning dolzarb jihatlari, imkoniyatlari va ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan mazmunli fikr almashdilar. Mahorat darsida davlat xaridlari tizimini modernizatsiya qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda “yashil iqtisodiyot”ga o‘tishni jadallashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy yondashuvlar muhokama qilindi. Toshkent shahar G‘aznachilik xizmati boshqarmasining “Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatga olish bo‘limi” boshlig‘i Oybek Fayzimatov davlat xaridlarida huquqiy majburiyatlarni ro‘yxatga olish mexanizmlari, shaffoflik va hisobdorlikni ta’minlash masalalariga to‘xtalib, yashil xaridlar budjet mablag‘laridan samarali foydalanishning muhim instrumenti ekanini ta’kidladi. Shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi katta o‘qituvchilari Sanjar Boltayev va Bahodir Muhammad tomonidan xalqaro tajriba asosida ekologik standartlarni tender jarayonlariga integratsiya qilish, barqaror rivojlanishni davlat xaridlari orqali qo‘llab-quvvatlash masalalari yoritildi. Mutaxassislar fikricha, yashil davlat xaridlari atrof-muhitga ta’sirni kamaytirish, milliy ishlab chiqaruvchilarni ekologik texnologiyalarga o‘tishga rag‘batlantirish va davlat xarajatlari samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Tadbir davomida amaliy keyslar muhokama qilinib, normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, kadrlar salohiyatini oshirish va axborot tizimlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. Yakunda bildirilgan fikr va tavsiyalar sohani yanada takomillashtirish hamda “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini keng joriy etishga xizmat qilishi qayd etildi. ✍️Ўзбекистонда “яшил” давлат харидлари истиқболлари Банк-молия академиясида “яшил иқтисодиёт” тамойиллари асосида давлат харидларини такомиллаштиришга бағишланган маҳорат дарси юқори савияда ўтказилди. Тадбирда соҳанинг етакчи мутахассислари, амалиётчилар ва илмий доира вакиллари иштирок этиб, Ўзбекистонда яшил давлат харидларини жорий этишнинг долзарб жиҳатлари, имкониятлари ва устувор йўналишлари юзасидан мазмунли фикр алмашдилар. Маҳорат дарсида давлат харидлари тизимини модернизация қилиш, экологик барқарорликни таъминлаш ҳамда “яшил иқтисодиёт”га ўтишни жадаллаштиришга қаратилган илмий-амалий ёндашувлар муҳокама қилинди. Тошкент шаҳар Ғазначилик хизмати бошқармасининг “Юридик мажбуриятларни рўйхатга олиш бўлими” бошлиғи Ойбек Файзиматов давлат харидларида ҳуқуқий мажбуриятларни рўйхатга олиш механизмлари, шаффофлик ва ҳисобдорликни таъминлаш масалаларига тўхталиб, яшил харидлар бюджет маблағларидан самарали фойдаланишнинг муҳим инструменти эканини таъкидлади. Шунингдек, Иқтисодиёт ва молия вазирлиги ҳузуридаги Ўқув маркази катта ўқитувчилари Санжар Болтаев ва Баҳодир Муҳаммад томонидан халқаро тажриба асосида экологик стандартларни тендер жараёнларига интеграция қилиш, барқарор ривожланишни давлат харидлари орқали қўллаб-қувватлаш масалалари ёритилди. Мутахассислар фикрича, яшил давлат харидлари атроф-муҳитга таъсирни камайтириш, миллий ишлаб чиқарувчиларни экологик технологияларга ўтишга рағбатлантириш ва давлат харажатлари самарадорлигини оширишга хизмат қилади. Тадбир давомида амалий кейслар муҳокама қилиниб, норматив-ҳуқуқий базани такомиллаштириш, кадрлар салоҳиятини ошириш ва ахборот тизимларини модернизация қилиш бўйича таклифлар ишлаб чиқилди. Якунда билдирилган фикр ва тавсиялар соҳани янада такомиллаштириш ҳамда “яшил иқтисодиёт” тамойилларини кенг жорий этишга хизмат қилиши қайд этилди. 🌐www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
Editum Apr 1
📝Internship Selection for Japan 2026 has Started! The Ministry of Finance of Japan (Policy Research Institute, PRI) invites eligible students of the Banking and Finance Academy (BFA), to participate in the Seminar on Economic Policies 2026, which will be held from August 21 to September 11, 2026 in Tokyo, Japan. Language: English Objective To share knowledge and experience in the field of economics and finance, develop policy recommendations, and build professional connections with Japanese counterparts. Target Participants • Masters of the BFA under the Fall 2025 intake (under 40 years old). Eligibility Criteria ✅Work experience: At least 4 years (priority given to applicants working at the Ministry of Economy and Finance, the Central Bank, other ministries, government agencies, or institutions). ✅Academic record: Strong performance at the Academy. ✅English proficiency: Sufficient to participate in lectures, discussions, and presentations (TOEFL ≥79, TOEIC ≥760, IELTS ≥6.5, or equivalent). ✅Health: Physically and mentally able to fully participate in the seminar. ✅Availability: Able to stay in Tokyo for the full three-week period. Program Includes ✅ Lectures on Japanese economy, finance, and culture ✅ Japanese language classes ✅ Group studies and Group Policy Presentation ✅ Field trips in Tokyo, Hiroshima, and Osaka/Kyoto/Kobe Covered by PRI ✅ Accommodation and transportation ✅ Health insurance ✅ Per diem (Meals and visa expenses are the responsibility of participants) Submit applications by April 6, 2026 ✅Completed Application Form ✅Appendix form ✅Reference form ✅Reference letter ✅CV (Obyektivka) Don’t miss the opportunity to expand your professional horizons, gain insight into Japanese economic policies, and build valuable international connections! 🌐www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
Editum Mar 26
📢Invitation to the International Scientific & Practical Conference 🎓 Organized by the Banking and Finance Academy of the Republic of Uzbekistan on the occasion of its 30th Anniversary. 💡 Conference Topic: “Sustainable Finance in the Age of FinTech and Artificial Intelligence: Transforming the Future of Banking and Financial Systems” The conference will bring together scholars and practitioners to discuss the impact of FinTech, Artificial Intelligence, and ESG‑driven sustainable finance on modern banking and financial systems. 🌍💻 📅 Conference Date: April 30, 2026 📄 Paper Submission Deadline: April 25, 2026 📚 Selected papers will be published in a special electronic scientific collection dedicated to the Academy’s 30th anniversary. 🔎Key Sections • Sustainable Finance and Green Financial Systems: ESG Integration and Climate-Responsible Policies 🌱 • FinTech in Banking and Financial Services: Digital Platforms and Emerging Technologies 💳 • FinTech Ecosystems and Smart Accounting Systems: Technology-Driven Financial Management 🤖 • Capital Markets and Financial Stability: Investment Strategies and Market Development📊 📍 Venue: 16 Movarounnakhr Street, Mirzo Ulugbek District, Tashkent 📞Phone: (+998 55) 515‑54‑27 (ext. 1108) 📱Telegram:@BFA_conf_bot ✨ Researchers, academics, and professionals are warmly invited to participate! Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linked in
Editum Mar 26
🌸Bank-moliya akademiyasida Navro‘z shukuhi Bugun, 26-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida yangilanish va ezgulik timsoli bo‘lgan Navro‘z umumxalq bayrami yuqori kayfiyatda o‘tkazildi. Bayram munosabati bilan Akademiya binosi milliy an’analar ruhida bezatilib, samimiy va ko‘tarinki muhit yaratildi. Tadbir davomida xodimlar va professor-o‘qituvchilar beqasam, adras va atlasdan tikilgan milliy liboslarda ishtirok etib, bayramga alohida joziba bag‘ishlashdi. Ishtirokchilarga hududlarga xos milliy taomlar, jumladan osh va bahoriy ne’matlar tortiq etildi. Шунингдек, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida shaxmat va stol tennisi bo‘yicha musobaqalar tashkil etilib, g‘oliblar taqdirlandi. Tadbir yakunida jamoat ishlarida faol bo‘lgan hamda milliy qadriyatlarni targ‘ib etishda ibrat ko‘rsatgan xodimlar "Faxriy yorliq" va esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi. Navro‘z bayrami Akademiya jamoasining ahilligi, o‘zaro hurmat va milliy qadriyatlarga sodiqligini yana bir bor namoyon etdi. 🎉 Barcha yurtdoshlarimizni Navro‘zi olam bilan muborakbod etamiz! Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linked in
Editum Mar 25
🤝O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda Bank-moliya akademiyasi o‘rtasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv davomida moliya sohasida zamonaviy yondashuvlarni rivojlantirish, xususan, FinTech yo‘nalishida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Tomonlar tomonidan kelgusida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish hamda raqamli moliya ekotizimi uchun zarur mutaxassislarni yetishtirish bo‘yicha dastur belgilab olindi. 🌐www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in