TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
Redi ad canales
Qarorlar soyasida avatar

TGINSIGHT CHAT

Qarorlar soyasida

@grdirector

Negotium

💡Vice President for Strategic Development of Yandex Uzbekistan 🎓PhD in Economics, Skolkovo School Bu yerda siz hukumat bilan aloqalar olamiga “orqa eshik”dan kirib borasiz. Tajriba, tavsiyalar, keyslar - va biroz kulgu

Subscriptores3,370Numerus subscriptorum hodiernus
Scripta custodita227Scripta numerata
Attingentia recens29,880Visiones scriptorum recentium
Scripta recentia

Scripta recentia

Pag. 2 de 19 · 227 scripta

Editum Feb 26

Yandex Uzbekistan va PFL: futbol va raqamli media sohasidagi strategik hamkorlik 2026-yil 25-fevral kuni Yandex Uzbekistan va O‘zbekiston Professional futbol ligasi strategik hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini e’lon qildi. Mazkur kelishuv uchta asosiy yo‘nalishni qamrab oladi: raqamli translyatsiyalar, Yandex ekotizimini futbol infratuzilmasiga integratsiya qilish hamda muxlislar bilan ishlash. Hamkorlik doirasida O‘zbekiston Pro-ligasi va Superligasi o‘yinlari Allplay va Kinopoisk platformalarida namoyish etiladi. Yandex Uzbekistan Superliganing rasmiy hamkori va Pro-liganing titul homiysi maqomini qo‘lga kiritadi hamda turnirga nom berish huquqiga ega bo‘ladi. Hamkorlik Yandex servislarining liga media maydoni va stadionlar infratuzilmasiga chuqur integratsiyalashuvini ko‘zda tutadi. O‘yin kunlari muxlislar uchun Allplay, Yandex Music, Yandex Go, Alisa va boshqakar ishtirokida mavzuga oid tadbirlar, arenalarda interaktiv formatlar, shuningdek, faol foydalanuvchilar va hamkor haydovchilar uchun maxsus mexanikalar tashkil etiladi. Filmlar, seriallar va musiqiy relizlar taqdimotiga bag‘ishlangan maxsus loyihalar ham alohida rejalashtirilgan. Kelajakda tomonlar qidiruv tizimida raqamli integratsiyalarni, shahar servislarining ko-brendingini hamda O‘zbekistonda yoshlar futbolini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma dasturlarni amalga oshirishni ko‘rib chiqmoqda.

1,960 views

Editum Feb 25

Yangilangan sodiqlik dasturi 1-martdan boshlab Yandex Taxi hamkor haydovchilari uchun yangi sodiqlik dasturini ishga tushirmoqdamiz. Uning asosida biz bilan uzoq vaqtdan beri ishlayotgan hamkorlar uchun komissiya chegirmasi yotadi. Hisob-kitoblarimizga ko‘ra, 2026-yilga borib bu hamkorlarga qo‘shimcha 40 mlrd so‘m daromad olib keladi. Eng yuqori darajadagi haydovchilar uchun Toshkentdagi “Start” tarifida komissiya chegirmasi qariyb 50%ga yetadi. Dastur “Master”dan tortib “Legenda”gacha bo‘lgan 5 ta darajani o‘z ichiga oladi. Har bir yangi daraja bilan imtiyozlar ham ortib boradi: Yandex Plus’ga bepul obuna, buyurtmalarni birinchi bo‘lib olish uchun qo‘shimcha ballar va oshirilgan komissiya chegirmasi. Boshlang‘ich daraja har bir haydovchining safarlar tarixiga asosan avtomatik tarzda beriladi. Nega buni tatbiq qilayapmiz? Chunki hamkorlik so‘zda emas, amalda - moliyada, raqamlarda sezilishi kerak. Biz uzoq muddatli hamkorlik tushunarli shartlar asosida, biz bilan birga o‘sish imkoniyati bilan chindan ham manfaatli bo‘lishini istaymiz.

7,500 views

Editum Feb 20

Yandex o‘zining ilk avtomobilini taqdim etdi Moskvadagi “Moskvich” avtozavodi bazasida Yandex’ning transport sohasidagi yangi loyihasi - UMO elektromobilini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. UMO - tez quvvatlanadigan (taxminan 30 daqiqa) va Yandex’ning sun’iy intellekt yordamchisiga ega zamonaviy elektr krossoverdir. Kelajakda avtomobil mobil ilova orqali masofadan boshqarish funksiyasiga ega bo‘ladi va bu mahsulot atrofidagi raqamli ekotizimni yanada kengaytiradi. Dastlabki 100 ta avtomobil shu oyning o‘zida taksoparklarga yetkazib beriladi. Yil oxirigacha esa 3 000 dan ortiq avtomobil ishlab chiqarish rejalashtirilgan, shundan so‘ng model keng omma uchun ham sotuvga chiqariladi.

4,500 views

Editum Feb 19

Yandex Ambassador Texnologik ekotizimni rivojlantirishda universitetlar va iqtidorli talabalar bilan tizimli ishlash eng muhim yoʻnalishlardan biridir. Aynan universitet muhiti kelajakdagi kadrlar salohiyatini shakllantirishda asosiy rol oʻynaydi. Shu sababli Yandex Uzbekistan’ning flagman Ambassador dasturini ilk bor O‘zbekistonda ishga tushirmoqdamiz. Dasturda 2-kurs va undan yuqori bosqich talabalari ishtirok eta oladi. Dastur doirasida ishtirokchilar: - Universitetda Yandex Uzbekistan’ning vakili boʻladi - Texnologik loyihalarda tashabbus koʻrsatadi va ularni amalga oshiradi - Kompaniya tadbirlarida ishtirok etadi - Yandex jamoalari bilan birgalikda ishlaydi - Talabalar IT hamjamiyatini rivojlantiradi Shu sababli Yandex Ambassador dasturi yangi tashabbuslar va kelajak liderlari uchun platforma bo‘lishini kutib qolamiz. Arizalar 27-fevralga qadar qabul qilinadi. Batafsil havola orqali Boshqa universitet talabalari ham quyidagi havola orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

1,650 views

Editum Feb 18

Taksoparklar uchun qo‘llab-quvvatlash dasturi kengaytirildi Yandex Uzbekistan taksi biznesini rivojlantirmoqchi bo‘lgan tadbirkorlar uchun dasturini kuchaytirdi. Endi hamkor servisga ulangan har bir avtomobil uchun yiliga 35 mln so‘mgacha bonus olishi mumkin. Dastur yangi tadbirkorlar uchun ham, mavjud taksoparklarini kengaytirish yoki yangilashni istagan hamkorlar uchun ham mo‘ljallangan. Asosiy shartlar: - 10 tadan 100 tagacha avtomobil bilan ishtirok etish mumkin - Maxsus lizing shartlari mavjud - Avtomobil xaridi uchun chegirmalar beriladi - Buyurtmalar, moliya va park boshqaruvi bo‘yicha o‘quv dasturlari taqdim etiladi - Mos avtomobillar ro‘yxati kengaytirildi — endi 154 ta model (Komfort, Komfort+, Elektro) Dasturda Toshkent shahridagi yangi va amaldagi hamkorlar ishtirok etishi mumkin. O‘rinlar soni cheklangan. Batafsil ma’lumot va ariza topshirish: https://pro.yandex/lp/uz-uz/partnership/offer

1,420 views

Editum Feb 18

O‘zbekiston taksi bozorining yangi o‘sish xaritasi Yurtimizda taksi bozori strategik darajada o‘zgaryapti: viloyatlar hajm bo‘yicha Toshkentdan o‘zib ketdi. Poytaxtning ulushi 44,6% bo‘lsa, hududlarniki 55,4%ga yetdi. Endi o‘sish markazi Toshkentda emas, uning tashqarisida ya’ni hududlarda. Hududlardagi o‘sish ko‘p jihatdan soliq nazoratining kuchayishi bilan bog‘liq: kichik agregatorlar chek bera boshladi, bozor shaffoflashdi, aylanmalar rasmiy tusga kirdi. Qonuniylashtirish to‘g‘ridan-to‘g‘ri statistik o‘sishga aylandi. Bozor tuzilmasi esa o‘ta markazlashgan holda qolmoqda: 1) Yandex Taxi 2) Uklon 3) Biznes Taxi 4) RoyalTaxi 5) MyTaxi … Ikkinchi o‘nlikdagi ishtirokchilarchilarning ulushi 0,1% dan kamroqni tashkil etmoqda. Xulosa oddiy: o‘sish nuqtasi - hududlar. Poytaxt bozori to‘yinish bosqichiga yetdi. Bundan keyin faqat hududlar bilan ishlaydigan agregatorlar yanada kengayish imkoniga ega bo‘ladi.

1,350 views

Editum Feb 18

🧸 Technovation Girls 2026 Yandex bir necha yildan beri maktab o‘quvchi qizlar uchun mo‘ljallangan Technovation Girls dasturini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Dasturda qizlar AI asosida o‘z loyihalarini yaratadi, jamoada ishlash va g‘oyalarini himoya qilishni o‘rganadi. Bu ko‘nikmalar ularga kelajakda o‘z startaplarini yo‘lga qo‘yish va texnologiya sohasida mustahkam o‘rin egallashga yordam beradi. Biz O‘zbekistonning raqamli kelajagini yaratadigan yangi avlod qiz mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlaymiz.

1,270 views

Editum Feb 8

O‘zbekiston: shakllanayotgan taksi bozori va raqamlar Bozor aylanmasi Rasmiy ma’lumotlar ko‘ra, 2025-yil taksi bozori aylanmasi 880 million dollarni tashkil etgan. Lekin bu bozorning haqiqiy hajmi emas, balki uning qonuniylashtirilgan qismidir. Hududlar legallashtirib borishi bilan bozor o‘sib boradi va bosqichma-bosqich o‘zining haqiqiy hajmiga - yillik taxminan 1,5 milliard dollargacha yetib boradi. Shaharlararo taksi Shaharlararo taksi ham allaqachon 500-600 million dollarlik aylanmani ta’minlamoqda va bu asosan norasmiy ko‘rinishda. Bu yerda tizimli ishtirokchilar deyarli yo‘q, vaholanki, bu segmentning salohiyati juda yuqori. Haydovchilar 574 ming - bu bir yil davomidagi aktiv haydovchilar soni. Taksilarda o‘zini o‘zi band qilganlarning umumiy soni esa 1 milliondan ortiqroq. Hududlar va shaharlararo yo‘nalishlar qonuniylashtirilishi bilan bu ko‘rsatkich yana 65 foizga oshishi mumkin. https://t.me/fiskaltahlil/1421

3,330 views

Editum Feb 7

Mangu MMA Hech qanday sun’iy shou va reklamalarsiz - faqat haqiqiy janglar, prinsipial qarama-qarshiliklar va sof sport ruhi Turnirning homiysi sifatida Yandex Uzbekistan tadbirni qo‘llab-quvvatladi. Bu ishonch va professional sport rivojiga bo‘lgan jiddiy munosabatning yaqqol belgisi. Qariyb 9 ming tomoshabin bilan to‘liq to‘lgan Humo Arena va 100 minglab onlayn muxlislar - kechaning eng asosiy natijasi bo‘ldi. Kuchli sportchilar, keskin janglar va arenani junbishga keltirgan lahzalar bir oqshomda jam bo‘ldi. Biz sportchilarimiz bilan faxrlanamiz va ularga faqat g‘alabalar, sog‘liq va yangi marralarni tilaymiz. Bu kecha O‘zbekiston MMA’si haqiqatan ham yangi bosqichga chiqqanini ko‘rsatdi.

1,670 views

Editum Feb 7

Jonli efirni ko‘ryapsizmi? Har bir jang sayin yanada qiziqroq bo‘lyapti https://hd.kinopoisk.ru/sport/event/mma-boynazarov-ramazanov-25392/

1,390 views

Editum Jan 22

Yango Awards g‘olibi bo‘ldik Bu juda kamdan-kam uchraydigan va g‘oyat kuchli his-tuyg‘u - o‘ylagan narsa haqiqatga aylanayotganini ko‘rish. O‘n kishilik jamoa butun bozordagi o‘yin qoidalarini o‘zgartirishga qodir ekanini kuzatish. Biz birinchilardan bo‘lib raqamli kompaniyalarni rivojlantirish, kuchli brend yaratish, aniq pozitsiyalash va jamoaga eng yaxshi mutaxassislarni jalb qilish uchun DevRel’ga tizimli ravishda sarmoya kiritish zarurligini ko‘rsatdik. Bu qaror ortida do‘stlar orttirgan, yangi bilimlar egallagan, ijobiy hissiyotlar va kasbiy o‘sishga erishgan yuzlab tadbirlar va minglab dasturchilar turibdi. Bu hali boshlanishi, xolos. 2026 yildan boshlab hamma narsa yanada keng ko‘lamli, yorqinroq va kuchliroq bo‘ladi. Dasturchilar hamjamiyati o‘sishda davom etadi, tadbirlar ko‘payadi va har kim o‘z qiziqishi va darajasiga mos keluvchi tadbirlarni topa oladi. Bugun esa natijani qayd etish ayniqsa yoqimli: biz Yango Awards g‘olibi bo‘ldik. Loyihamiz 36 ta ishtirokchi mamlakat orasida eng yaxshi deb tan olindi.

1,980 views

Editum Jan 12

Juda ham muhim, ammo hozircha ko‘pchilik e’tibor qaratmagan me’yoriy hujjat e’lon qilindi - 2025-yil 6-oktyabrdagi PQ-296-sonli "Iste’molchilar huquqlarini samarali himoya qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori Nimalar o‘zgarmoqda? 1. Murojaatlarni ko‘rib chiqishning yangi modeli Bundan buyon iste’molchilarning barcha shikoyatlari dastlab Monopoliya qo‘mitasining raqamli platformasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri tadbirkorga yuboriladi. Tadbirkor ko‘rib chiqish va javob berish uchun 10 kun muddatga ega - butun jarayon shaffof bo‘lib, tizimda to‘liq nazorat qilinadi. Agar tadbirkorning javobi iste’molchini qanoatlantirmasa yoki muammo hal etilmagan bo‘lsa, murojaat arizachining xohishiga ko‘ra yo Monopoliya qo‘mitasiga, yo nodavlat notijorat tashkilotiga (NNT) yuboriladi. Ular majburiy ko‘rsatma berishi, ishni sudga yuborishi yoki nizoda kim haqligini tushuntirishi mumkin. 2. Muddati o‘tgan tovarni sotishni avtomatik bloklash 2026-yil 1-martdan boshlab markirovka qilinishi shart bo‘lgan barcha toifadagi tovarlar (shu jumladan dori-darmonlar) bo‘yicha yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotni sotish texnik jihatdan imkonsiz bo‘ladi - tizim bunday sotuvni avtomatik ravishda bloklaydi va kassa cheki ham chop etilmaydi. Bu uzoq kutilgan yangilik muddati o‘tgan yoki xavfli tovarlarni xarid qilish xavfini minimal darajaga tushiradi. Bu, ayniqsa, farmatsevtika bozori uchun muhimdir. 3. NNT rolini kuchaytirish va "sirli xaridor" amaliyotini joriy etish 2027-yilgacha bo‘lgan sinov muddatida nodavlat notijorat tashkilotlariga iste’molchilar murojaatlarini ko‘rib chiqish, shuningdek, "sirli xaridor" tamoyili asosida nazorat xaridlari va tekshiruvlar o‘tkazish vakolati beriladi. Bu yo‘nalishlarda ishlash uchun ularning xodimlari maxsus ta’lim olib, sertifikatlanadi. Davlat esa o‘z navbatida bozorda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun mablag‘ ajratadi. Xulosa: Yangi qaror O‘zbekistonda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning zamonaviy, amalda ishlaydigan tizimini yaratish yo‘lidagi jiddiy qadamdir. Bu tashabbuslarning amaliyotda qanday joriy etilishini kuzatib boramiz. Bunday chora, shubhasiz, bozorni yaxshilaydi va umid qilamanki, iste’molchilarning huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. https://lex.uz/uz/docs/7757479

1,860 views
1234•••10•••1819