TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
Redi ad canales
Qarorlar soyasida avatar

TGINSIGHT CHAT

Qarorlar soyasida

@grdirector

Negotium

💡Vice President for Strategic Development of Yandex Uzbekistan 🎓PhD in Economics, Skolkovo School Bu yerda siz hukumat bilan aloqalar olamiga “orqa eshik”dan kirib borasiz. Tajriba, tavsiyalar, keyslar - va biroz kulgu

Subscriptores3,370Numerus subscriptorum hodiernus
Scripta custodita227Scripta numerata
Attingentia recens19,591Visiones scriptorum recentium
Scripta recentia

Scripta recentia

Pag. 4 de 19 · 227 scripta

Editum Dec 16

Bugun do‘stimning hayotida muhim kun. Akmal Primqulov, O‘zbekistondagi Wildberries CEO’si, bugun tug‘ilgan kunini nishonlayapti. Akmal - o‘z yo‘lini osonlik bilan bosib o‘tmagan, ichki kurash va doimiy rivojlanish orqali shakllangan shaxs. Uning o‘tgan yo‘lidan ozgina xabardorman va aniq ayta olaman: bugungi natijalarning barchasi to‘liq ravishda mehnati va qat’iyati bilan qo‘lga kiritilgan. Wildberries uning rahbarligi ostida bu shunchaki kompaniya emas. Bu - ombor infratuzilmasi, pochta, fintex, yangi logistika yechimlari va eng asosiysi, kuchli jamoa. Oldinda yangi yo‘nalishlar va taksi loyihasining ishga tushirilishi turibdi - bu borada muvaffaqiyat tilayman. Tug‘ilgan kuning bilan. Har doim yoningdaman!

1,680 views

Editum Dec 15

Yil yakunlaridan bir lavha: 11 oy davomida Yandex Go haydovchilari va hamkor parklarining daromadi 6,6 trillion so‘mni tashkil etdi Yil yakuni - xizmatda nimalar o‘zgargani va u qanday iqtisodiy natijalar keltirib chiqarganini ochiq va aniq ko‘rsatish uchun qulay payt. Platforma xizmatlari uchun ijrochilar ekotizimning asosiy foydalanuvchilari hisoblanadi. Biz haydovchilarning daromadlari va ularning bandligi barqarorligiga bevosita bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatkichlarni tahlil qilishga alohida e’tibor qaratamiz. Bunday ma’lumotlarning ochiqligi raqamli xizmatlarni rivojlantirish va ularning mamlakat iqtisodiyotiga qo‘shgan hissasi haqidagi muloqotning muhim qismidir. 2025-yilning 11 oyi yakunlariga ko‘ra, Yandex Go hamkor parklari va ularning haydovchilarining xizmat buyurtmalaridan olgan daromadi 6,6 trillion so‘mdan ortiqni (taxminan 525 million dollar) tashkil etdi. Bu 2024-yilning shu davriga nisbatan 38% ko‘p degani. Yuqoridagi summa hamkor parklar va ularning haydovchilarining Yandex Go orqali qilgan safarlari uchun olgan daromadlari, xizmat haqi chegirib tashlangan holda hisoblangan. 2025-yilning yanvar-noyabr oylarida haydovchining Yandex Go'dagi safarlardan oladigan soatlik o‘rtacha daromadi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan O‘zbekiston bo‘yicha o‘rtacha 21% oshdi. Haydovchining Yandex Go orqali safar qilishdan olgan o‘rtacha oylik daromadi (kuniga 8 soatdan, oyiga 22 kunlik ish taqvimida) mamlakat bo‘yicha o‘rtacha 10,2 million so‘mni tashkil etdi. Kuningiz xayrli bo‘lsin!

1,810 views

Editum Dec 9

Biz Allplay.uz ni sotib oldik. Hozirgi kunda O‘zbekistonda madaniyat infratuzilmadan tezroq rivojlanmoqda. Toshkentdan tashqarida madaniy tadbirlarga aholining atigi 5 foizi qatnashadi. Biroq, smartfonlar hammada bor va bu o‘yin qoidalarini o‘zgartirmoqda. Ommaviy madaniyat endi joyga bog‘liq emas. Smartfon ekrani har bir kishiga ochiq bo‘lgan shaxsiy kinoteatr, konsert maydoni va kutubxonaga aylanmoqda. Mamlakatda o‘n minglab insonlar ijod sohalarida faoliyat yuritadi: rejissyorlar, motion dizaynerlar, musiqachilar, mustaqil studiyalar. Ularning ko‘pchiligi tizimsiz ishlaydi, ammo ijod mahsulini tomoshabinlarga tarqatishning barqaror tizimi va auditoriyaga aniq yo‘l yo‘q. Allplay bu muammoga yechim bo‘lishi mumkin. U O‘zbekiston va undan tashqarida paydo bo‘ladigan loyihalar uchun, auditoriyaga esa ularga ommaviy kirish imkonini beradigan maydon bo‘ladi. Bu kreativ va media iqtisodiyotning o‘sishiga: ijodkorlar uchun maydon, kichik studiyalar uchun tomoshabinga yo‘l, mamlakat uchun esa har bir tuman va uyda madaniyat bo‘lishiga yordam beradi. Oflayn qamrovning besh foizi to‘siq emas, balki madaniyatga oson yo‘l izlayotgan millionlab odamlarning salohiyatidir. Biz bu infratuzilmani qurishni boshladik. AllPlay Yandex Plus - yagona obunaga qo‘shiladi, unda foydalanuvchilar kino va seriallardan tashqari musiqa, kitoblar, sport translyatsiyalari va ekotizim bonuslarini olishadi.

2,860 views

Editum Dec 6

G‘urur to‘lib-toshib turibdi! Buyuk o‘zbek ajdodlarining haqiqiy davomchilari.

2,130 views

Editum Dec 4

Yandex Cup finaliga sanoqli kunlar qoldi va O‘zbekiston sharafini iqtidorli dasturchilar himoya qiladi ⭐️ Tez orada Istanbulda dunyoning 21 mamlakatidan 196 nafar eng yaxshi dasturchilar yig‘ilib, xalqaro chempionat g‘olibi unvoni va 1,8 milliard so‘mga teng mukofot jamg‘armasi uchun kurashadi. Bu yil ham finalga o‘zbekistonlik ishtirokchilar - onlayn bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tgan, yuqori natijalar ko‘rsatgan va o‘z treklarida eng yaxshilar qatoridan joy olgan dasturchilar chiqdi. Omad tilaymiz!

1,970 views

Editum Nov 27

Talabalarlik davrimdagi olimpiadalarni xuddi kechagidek eslayman. Ishtiyoq, uyqusiz tunlar, har qanday masalani faqat tirishqoqlik bilan yechish mumkinligini his qilish. Bir olimpiadadan ikkinchi o‘rin bilan qaytganimni eslayman. Samarqandga borish uchun chiptaga hamkasblarim pul berdi. Endi bularning barchasi yoqimli xotiraga aylangan. Bu lahzalar ilmga qanchalik tashna bo‘lganimni va qanchalik o‘sishni xohlaganimni eslatadi. Aynan shuning uchun ham, yigitlar Shveysariyadagi xakatonga yo‘l olganlarini aytib, yordam so‘raganda, darrov rozi bo‘ldim. Hech nima muhokama qilmadik, hisob-kitob qilmadik - shunchaki qo‘llab-quvvatladik. Biz uchun bu uncha katta mablag‘ emas. Ular uchun esa - kelajaklarini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan imkoniyat. Jahon darajasini ko‘rish, o‘zlarini global intelluktual makonning bir qismi sifatida his qilish va o‘zbek talabalarining eng kuchlilar bilan bemalol bellasha olishini anglash imkoniyati. Eng quvonarlisi - ular shunchaki borib kelishmadi. Ular Logitech kompaniyasining homiylik tanlovida g‘alaba qozonishdi. Bu esa butunlay boshqa daraja. Agar yigitlar karyera qurishga qaror qilsa, ularni navbatsiz ishga olishadi. Tasavvur qiling: EPFL xakatonida qatnashgan o‘zbekistonlik talabalar allaqachon dunyodagi eng yirik texnologiya kompaniyalaridan birining e’tiborini tortdi. Ishonchim komil: bunday qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish kerak. Xalqaro xakatonlarda O‘zbekiston nomidan qatnashmoqchi bo‘lgan talabalarga yo‘l ochiq bo‘lishi lozim. Endi biz dunyoga dadilroq chiqib, qanday ilmiy salohiyatga ega ekanligimizni va bugungi kunda universitetlarimizda qanday salohiyat shakllanayotganini eslatishimiz kerak. Veni Vidi Vici - Lauzhack 2025

2,480 views

Editum Nov 26

1,440 views

Editum Nov 26

Davlatimiz rahbari Prezident Olimpiadasining ochilishidagi nutqini to‘xtatib, quvonchli yangilik – yurtdoshimiz Javohir Sindarov shaxmat bo‘yicha Jahon kubogida g‘alaba qozonganini e’lon qildi. Facebook|Instagram|X

1,700 views

Editum Nov 25

MOQ va "Yandex Uzbekistan" hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov “Yandex Uzbekistan” kompaniyasi vitse-prezidenti Sardor Qodirov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Mazkur kompaniya “Prezident Olimpiadasi”ning rasmiy hamkorlaridan biri hisoblanadi. Muloqot davomida sport sohasini raqamlashtirish, zamonaviy infratuzilma yaratish va ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari batafsil muhokama qilindi. — НОК и "Yandex Uzbekistan" обсудили расширение сотрудничества Генеральный секретарь Национального Олимпийского комитета Узбекистана Ойбек Касимов провёл встречу с вице-президентом компании "Yandex Uzbekistan" Сардором Кадыровым, которая стала одним из партнёров “Олимпиады Президента”. На встрече подробно обсуждены вопросы многопланового развития сотрудничества между НОК Узбекистана и "Yandex" с целью цифровизации спорта и создания инфраструктур. #Uchrashuv#Hamkorlik#Yandex 👉@OlympicUz olympic.uz I YouTube I Instagram I

1,180 views

Editum Nov 24

Samarqanddagi "East Cup & Olympic Stars" musobaqasi yosh gimnastikachilarning kuch-qudrati, iste’dodi va orzulari bir joyda jamlangan kunga aylandi. Bizushbu musobaqani qo‘llab-quvvatlaganimizdan faxrlanamiz - qizlarimizning har bir harakati mehnat, intizom va haqiqiy chidamlilikning yorqin namoyishi edi. 12 mamlakatdan kelgan gimnastikachilar, jahon chempionining mahorat darsi, halqa, to‘qmoq va lenta bilan mashqlar. Chiqishlarni kuzatish doimo hayratlanarli - har bir harakat ortida yuzlab soatlik mashg‘ulotlar yotadi. Ammo turnirdan so‘ng bir fikr xayolimdan ketmayapti. Biz chiroyli musobaqalar o‘tkazib, iqtidorli sportchilarni tarbiyalayapmiz. Bu juda yaxshi. Lekin tasavvur qiling-a, agar har bir mahallada sport imkoniyati bo‘lsa, yana qancha iste’dodlar yuzaga chiqishi mumkin edi. Kichik zal, sobiq sportchilardan murabbiy, asosiy jihozlar. Bolalar yaqin masofada shug‘ullanishadi, sobiq sportchilar barqaror daromad topib, tajribalarini yosh avlodga ulashadi. Iste’dodlar doirasi kengayadi, tizim o‘z-o‘zidan ishlab ketadi. Samarqanddagi turnir bizda qanday salohiyat borligini ko‘rsatdi. Uni mahalla darajasida barqaror tizimga aylantira olsak, ajoyib bo‘lardi. Agar mahallalarda sportni rivojlantirish bo‘yicha g‘oyalaringiz bo‘lsa, bemalol kelavering - ularni amalda ro‘yobga chiqarishga yordam berishimiz mumkin.

772 views

Editum Nov 22

O‘zbekiston iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning ulkan dasturini amalga oshirmoqda. Bu dastur kambag‘allikni kamaytirish, bandlikni oshirish va kuchli o‘rta sinfni shakllantirishga qaratilgan. Davlat bu imkoniyatlarni tez va samarali kengaytirishga qodir turli hamkorlarni jalb etib, rivojlanish uchun sharoit yaratmoqda. Yandexning ushbu vazifani hal etishdagi hissasi Platforma texnologiyani eng qiyin ahvolda bo‘lganlar uchun ijtimoiy liftga aylantiradi. Bu mavhum maqsad emas - bu ayni paytda imkoniyat topgan minglab odamlarning haqiqiy hayot hikoyalaridir. Yirik korxonalar bo‘lmagan shahar va hududlarda haydovchilar, kuryerlar va hamkorlar uchun minglab ish o‘rinlari yaratildi. Odamlar ilgari imkoniyat bo‘lmagan joylarda daromad topa boshladi. Tanish-bilishsiz, boshlang‘ich mablag‘siz, imtiyozlarsiz. Kecha ish qidirgan inson bugun oilasini ta’minlamoqda. O‘zini o‘zi band qilganlar yashirin iqtisodiyotdan chiqib, himoyaga ega bo‘lmoqda va iqtisodiyotning to‘laqonli ishtirokchisiga aylanib, byudjetni to‘ldirmoqda. Bu shunchaki raqamlar emas - bu qadr-qimmat va ertangi kunga ishonchdir. Tadbirkorlarning yangi qatlami shakllanmoqda. Ular o‘z hududlarida ishlab, oilalarini oyoqqa turg‘azmoqda va jamoalarini ichkaridan o‘zgartirmoqda. Davlat esa kambag‘allikka qarshi kurashish uchun qo‘shimcha vositaga ega bo‘lmoqda - bu vosita o‘z-o‘zidan ishlaydi, iqtisodiyot bilan birga o‘sadi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirishni talab qilmaydi. Yandex - biz qurayotgan kuchli, zamonaviy O‘zbekistonni barpo etishda davlatning hamkoridir. Bu shunday O‘zbekistonki, unda har bir inson o‘z hayotini o‘z qo‘llari bilan o‘zgartira oladi. Bu shunchaki texnologiya emas. Bu insonlarga qo‘yilgan sarmoya. Bu mamlakatimiz kelajagiga qo‘yilgan sarmoya.

786 views

Editum Nov 19

Tajriba almashish Katta biznesda bitta oddiy qonuniyat bor: mamlakatlar har xil, madaniyatlar har xil, lekin yechiladigan masalalarning mexanikasi deyarli hamma joyda bir xil. Cha­qiriqlar takrorlanadi, yechimlar bir-biriga ohangdosh, farq esa asosan miqyos va tezlikda. Yandeksning faoliyat geografiyasi shu qadar kengki, ba’zan o‘zimizni go‘yoki hamma joydamizdek his qilamiz. Qaerda allaqachon jamoamiz bor - o‘sha yerda o‘sishimizni tezlashtiramiz. Qaerda hali yo‘q - kirib borish uchun asosli va ehtiyotkor strategiya tayyorlaymiz. Bu bizga juda kuchli ustunlik beradi: turli bozorlarda tizimlar qanday ishlashini va turli mamlakatlarda regulyatorlar qanday fikrlashini jonli ko‘rish imkoniyati. Istanbuldagi uchrashuv aynan shu narsani juda yaqqol ko‘rsatdi. Bitta zalda qirqga yaqin mamlakatdan kelgan hamkasblar yig‘ildi - va shu payt aniq ko‘rinadi: har birimiz o‘z sharoitimizda, o‘z “realligimizda” ishlaymiz, lekin o‘rganadigan maydonimiz umumiy. Kimdir transportni tartibga solish bilan shug‘ullanadi, kimdir mehnat bozori bilan, yana boshqalar raqamli transformatsiya va shahar servislarini rivojlantirish bilan. Eng qadrli jihat - ochiqlik. Bu yerda chiroyli slaydlar ko‘rsatishmadi, balki haqiqiy tajriba bilan o‘rtoqlashishdi: qaerda ishladi, qaerda yiqildi, qaerda yo‘l-yo‘lakay strategiyani o‘zgartirishga to‘g‘ri keldi. Shunaqa suhbatlar har qanday rasmiy ma’ruza va hisobotdan ancha qimmatli. Meni eng ko‘p o‘ylantirgan misollardan biri Kot-d’Ivuardagi transport islohoti - Yamusukro shahri bo‘ldi. Bu - rasmiy poytaxt, lekin mamlakatning asosiy iqtisodiy va madaniy markazi emas. Shunga qaramay, hamkasblarning yondashuvi juda kuchli taassurot qoldiradi: harakat oqimlarini boshqarish bo‘yicha aniq mantiq, shahar aholisi haqiqiy odatlari va kundalik yo‘nalishlariga tayangan yondashuv, turli transport turlarini puxta va bosqichma-bosqich integratsiya qilish. Juda yetuk, yaxshi o‘ylangan model. Bunday safarlar shunchaki dunyoqarashni kengaytirmaydi. Ular nigohni o‘zgartiradi. Ko‘p hollarda esa aynan nigoh ertaga qanday qaror qabul qilishingizni va qaysi yo‘lni tanlashingizni hal qiladi.

783 views
123456•••10•••1819