TGINSIGHT CHAT
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI
@ttmmtrasmiy
Travel🏢 TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI RASMIY KANALI 📍Manzil: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Maxtumquli 2-tor ko‘chasi, 1-uy. ☎️ Murojaat uchun telefon va bot: (+998) 71-289-40-30 🌐https://t.me/ttmmt_direktori_bot
Rezent Posts
Säit 67 vun 85 · 1,010 Posts
Publizéiert 25. Juni
Bugun — qabulning 1-bosqichi tugaydi. Bugun, 25-iyun kuni soat 23:59 da oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga qabulning birinchi bosqichi tugaydi. Hujjat topshirish qo'llanmasi. ✅Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi axborot xizmati Boshqarmaning rasmiy sahifalari: 🕊Telegram |📱Instagram|📱Facebook |🕊Twitter
Publizéiert 24. Juni
📚 NAZARIY BILIM – KASBIY YUTUQLARGA ZAMIN 🎯 Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumining "Turizm" yo‘nalishi o‘quvchilari “Marketing mutaxassisi” kvalifikatsiyasi bo‘yicha Davlat attestatsiyasi nazariy imtihonlarini topshirdilar. 📝 Imtihon jarayonida o‘quvchilar turizm sohasida marketing strategiyalari, bozor tahlili, mijozlar bilan ishlash, reklama va brend yuritish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha chuqur nazariy bilimlarini namoyish etdilar. 🎓 Texnikumimiz talabalari o‘z bilim darajasi va kasbiy tayyorgarligi bilan faxrlanishga loyiq ekanliklarini yana bir bor isbotladilar. ✅ Barcha bitiruvchilarga kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar va professional muvaffaqiyatlar tilaymiz! \#DavlatAttestatsiyasi \#MarketingMutaxassisi \#TurizmYo‘nalishi \#TexnikumYoshlar \#KelajakKasblari \#ToshkentTurizmTexnikumi
Publizéiert 24. Juni
🎓 DAVLAT ATTESTATSIYASI – AMALIY BOSQICH 🍽 Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumining "Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish" yo‘nalishi o‘quvchilari joriy yilning 23-iyun kuni “Food & Beverage menejeri” kvalifikatsiyasi bo‘yicha Davlat attestatsiyasi amaliy imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirdilar. 📌 Amaliy imtihon jarayonida o‘quvchilar o‘zlarining nazariy bilimlarini real ish muhitida namoyish etdilar. Xizmat ko‘rsatish madaniyati, mijozlar bilan muloqot, buyurtmalarni professional tarzda qabul qilish va taom-servis qoidalarini to‘g‘ri qo‘llash kabi ko‘nikmalar sinovdan o‘tkazildi. ✅ Texnikum jamoasi barcha bitiruvchilarga kelgusi faoliyatlarida omad tilaydi va ularga mehmonxona biznesida yuqori cho‘qqilarni zabt etishlariga ishonadi! \#DavlatAttestatsiyasi \#Food&BManager \#TexnikumHayoti \#TurizmTexnikumi \#KasbiyTayyorlov \#AmaliyImtihon2025
Publizéiert 21. Juni
🎮 Kibersport – zamonaviy avlod sporti! Toshkent turizm va mehmonxona menejment texnikumining "Turizm" yo‘nalishi o‘quvchilari o‘rtasida Kibersport bo‘yicha turnir muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazildi! 🕹 Turnir davomida ishtirokchilar o‘zlarining e'tibor, tezkor fikrlash, strategik yondashuv va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini namoyon etdилар. 🏆 G‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi, eng faol ishtirokchilarga esa rag‘batlantiruvchi sertifikatlar topshirildi. Bu kabi musobaqalar nafaqat dam olish, balki o‘quvchilar o‘rtasida do‘stona muhit va texnologik savodxonlikni oshirishga xizmat qiladi. \#Kibersport2025 \#TurizmYonalishi \#ToshkentTurizmTexnikumi \#YoshlarSportda \#CybersportUzbekistan \#InnovatsionAvlod \#OqilonaBo‘shVaqt
Publizéiert 21. Juni
🎓 Davlat Attestatsiyasi — Kelajak mutaxassislar sinovda! Toshkent turizm va mehmonxona menejment texnikumining “Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” yo‘nalishi bitiruvchi guruh o‘quvchilari tomonidan “Food & Beverage menejeri” kvalifikatsiyasi bo‘yicha Davlat attestatsiyasi nazariy imtihonlari muvaffaqiyatli tarzda davom etmoqda. 🍽 Ushbu jarayonda o‘quvchilar o‘zlarining kasbiy bilimlari, menejment ko‘nikmalari va mehmonxona xizmatlaridagi puxta tayyorgarliklarini namoyon etishmoqda. 📌 Imtihonlar ochiqlik va adolat tamoyillari asosida, belgilangan tartibda tashkil etildi. Texnikumimiz ustozlariga sabr-toqatlari, bilim va tajribalari uchun minnatdorchilik bildiramiz. Bitiruvchilarimizga esa yorqin kelajak sari dadil qadamlar, omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz! \#DavlatAttestatsiyasi \#Bitiruv2025 \#FoodAndBeverageMenejeri \#ToshkentTurizmTexnikumi \#MehmonxonaBoshqaruvi \#YoshMutaxassislar
Publizéiert 21. Juni
📚 Davlat Attestatsiyasi — Mas'uliyatli qadam! Toshkent turizm va mehmonxona menejment texnikumining "Buxgalteriya hisobi va audit" yo'nalishi bitiruvchi guruhlari o‘quvchilari tomonidan kvalifikatsiya bo‘yicha Yakuniy Davlat attestatsiyasining nazariy imtihonlari muvaffaqiyatli tarzda topshirilmoqda. 📈 Bitiruvchilar bu bosqichda olgan bilim va ko‘nikmalarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirib, o‘zlarining kasbiy salohiyatini namoyish etishmoqda. 🔍 Imtihon jarayonlari ochiqlik, shaffoflik va belgilangan tartibda o‘tkazilmoqda. 🎓 Ustozlarimizga fidokorona mehnatlari uchun, bitiruvchi yoshlarga esa kelgusi faoliyatlarida omad va zafarlar tilaymiz! \#DavlatAttestatsiyasi \#Bitiruv2025 \#ToshkentTurizmTexnikumi \#BuxgalteriyaVaAudit \#KelajakKasbEgasi
Publizéiert 20. Juni
🇺🇿 Milliy qadriyatlar – ajdodlar merosi, bizning g’ururimiz! 📍 *Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi* 🤝 *“Cholpon” MFY bilan hamkorlikda* 📌 *“Milliy Toshkent” dasturi doirasida* Milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, yoshlar qalbida vatanga sadoqat, milliylik va tarixiy merosga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida “Milliy qadriyatlar va an’analar” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 🎭 Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zbek xalqining urf-odatlari, qadimiy an’analari, milliy taomlari va liboslariga oid bilimlarini mustahkamlab, milliy g‘urur va o‘zlikni anglash bo‘yicha boy taassurotlarga ega bo‘lishdi. ✨ Milliylikni anglash – bu o‘zligimizni anglashdir. \#MilliyToshkent#QadriyatlarMerosi#ToshkentTurizmTexnikumi#Ma’naviyat #MilliyAn’analar #YoshlarKelajagimiz
Publizéiert 20. Juni
🎉 Talabalar va bitiruvchilar uchun — "KARYERA KUNI"! 📌 Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahar bandlik va kambag'allikni qisqartirirsh boshqarmasi hamda Toshkent davlat transport universiteti hamkorligida navbatdagi mehnat yarmarkasi tashkil etilmoqda. 🌟 Yarmarkada yurtimizning yirik davlat va nodavlat korxonalari, kompaniyalari, xalqaro tashkilotlar hamda ish beruvchilar siz bilan bevosita muloqotda bo‘lib, o‘z jamoasiga yosh, iqtidorli va tashabbuskor kadrlarni izlaydi. Tadbir doirasida sizni quyidagilar kutmoqda: 🔹 Ish beruvchilar bilan bevosita muloqot; 🔹 Bo'sh ish o'rinlari taqdimoti; 🔹 Amaliyot imkoniyatlari; 🔹 Huquqiy treninglar; 🔹 Davlat xizmatiga kirish bo‘yicha ko‘nikmalar. 📅Sana: 23-iyun, 2025-yil ⏰Boshlanish vaqti: 09:00 📍Manzil: Toshkent davlat transport universiteti 🚀 O‘z karyerangizni aynan shu yerda boshlang! ⸻ 🎉 Для студентов и выпускников — «ДЕНЬ КАРЬЕРЫ»! 📌 При содействии хокимията города Ташкента, Главного управления занятости и сокращения бедности города Ташкента и Ташкентского государственного транспортного университета проводится очередная ярмарка вакансий. 🌟 В рамках ярмарки крупнейшие государственные и частные предприятия, компании, международные организации и работодатели встретятся с вами лично в поисках молодых, талантливых и инициативных специалистов для своей команды. Вас ждут: 🔹 Прямое общение с работодателями; 🔹 Презентации вакантных рабочих мест; 🔹 Возможности прохождения практики; 🔹 Правовые тренинги; 🔹 Навыки поступления на государственную службу. 📅Дата: 23 июня 2025 года ⏰Время начала: 09:00 📍Адрес: Ташкентский государственный транспортный университет 🚀 Начните свою карьеру именно здесь! YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
Publizéiert 20. Juni
🎁2025-2026 o'quv yili uchun Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi quyidagi ta'lim yo'nalishlari bo‘yicha qabul e'lon qiladi: 🎓 9-sinf bitiruvchilariga kunduzgi ta’lim shakli uchun yo’nalishlar: — Oshpazlik; — Mehmonxona xo‘jaligini tashkil qilish va boshqarish; — Sartaroshlik (modeler); — Tikuvchilik. 🎓11-sinf bitiruvchilariga kunduzgi va dual ta’lim shakli uchun yo’nalishlar: — Umumiy ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish; — Mehmonxona xo‘jaligini tashkil qilish va boshqarish; — Turizm; — Buxgalteriya hisobi va audit. ☎️Murojaat uchun telefonlar: ✈️ 91-540-63-73 ✈️ 71-289-40-30 ✈️ 71-289-67-86 ✈️ 90-982-65-99 📨 e-mail: [email protected] 📍 Manzil:Yashnobod tumani, Maxtumquli 1- tor kо‘chasi, 1-uy. 🌐https://t.me/ttmmtrasmiy
Publizéiert 19. Juni
📌 Toshkent shahrida OITSga qarshi kurashish mavzusida muhim seminar bo‘lib o‘tdi. 🔬 Seminar doirasida ekspress laboratoriya faoliyati ham tashkil etildi, unda ishtirokchilar ixtiyoriy ravishda skriningdan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. 👥 Tadbirda Texnikum yoshlar ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari,psixolog, Xotin-qizlar maslahat kengashi raislari faol ishtirok etib, muhokamalarda muhim fikr va mulohazalarni bildirishdi. 🎯 Bunday tadbirlar aholi, ayniqsa yoshlar orasida OITS haqidagi to‘g‘ri ma’lumotlarni yetkazish, xabardorlikni oshirish va profilaktikaga e’tiborni kuchaytirishga xizmat qiladi. #OITS#Profilaktika#YoshlarBilanBirga#SoglomJamiyat#Toshkent#XotinQizlar
Publizéiert 19. Juni
📍 В Ташкентском техникуме туризма и гостиничного менеджмента — инициативы ради чистого будущего! 🟢 Под лозунгом «Благоустройство моего дома и страны, экология и чистота окружающей среды — залог нашего здорового будущего» в техникуме активно проводятся просветительские и агитационные мероприятия. 📌 Цель — формирование экологически ответственного сознания у молодёжи и содействие построению чистого, благоустроенного общества через культурно-просветительские средства. 🌿 Мы вместе — за зелёное, здоровое и безопасное будущее наших детей! #Экология#ЧистаяСреда#ЗелёноеБудущее#Техникум2025
Publizéiert 19. Juni
📍 Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida ekologiya va musaffo kelajak uchun tashabbus! 🟢 “Xonadonim, Vatanim obodligi, ekologiya va atrof-muhit musaffoligi — sog‘lom kelajagimiz garovi” shiori ostida texnikumda ma’naviy-ma’rifiy ishlar doirasida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. 📌 Maqsad — obod va ekologik toza jamiyat barpo etish, hamda madaniy vositalar orqali yoshlar ongida ekologik mas’uliyatni shakllantirishdir. 🌿 Biz farzandlarimizga sog‘lom, yashil va musaffo kelajak qoldirish yo‘lida birgamiz! #Ekologiya#MusaffoMuhit#SoglomKelajak#TexnikumHayoti