TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Zréck zu de Kanäl
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT CHAT

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

@ttmmtrasmiy

Travel

🏢 TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI RASMIY KANALI 📍Manzil: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Maxtumquli 2-tor ko‘chasi, 1-uy. ☎️ Murojaat uchun telefon va bot: (+998) 71-289-40-30 🌐https://t.me/ttmmt_direktori_bot

Abonnenten824Aktuell Abonnenten
Verfolgte Posts1,010Zuel vun indexéierte Posts
Rezent Räichweite5,346Somm vun rezenten Usiichten
Rezent Posts

Rezent Posts

Säit 35 vun 85 · 1,010 Posts

Publizéiert 28. Dez.

#PrezidentMurojaatnomasi Prezidentimiz Murojaatnomasi: islohotlarning real natijalari, o‘zgarishlarning hayotimizdagi aksi va kelgusi ustuvor vazifalar aniq fakt va raqamlarda Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot

524 views

Publizéiert 28. Dez.

Ахборот 24 | В Бухаре прошёл V Национальный чемпионат профессий “WorldSkills–2025” Telegram | Facebook |YouTube |Instagram

577 views

Publizéiert 28. Dez.

Axborot 24 | Buxoroda “World Skills – 2025” V Milliy kasblar chempionati bo‘lib o‘di. Telegram | Facebook |YouTube |Instagram

1,210 views

Publizéiert 27. Dez.

Buxoroda V Milliy ishchi kasblar chempionati yakunlandi Buxoro shahrida Kasbiy ta'lim agentlgi hamda WorldSkills Uzbekistan hamkorligida «WORLDSKILLS BUKHARA — 2025» V Milliy kasblar chempionatining respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Musobaqa “Restoran xizmati” va “Mehmonxona administratori” yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etildi. Yakuniy bosqichda ishtirokchilarning kasbiy mahorati, amaliy ko‘nikmalari hamda xalqaro standartlarga mos bilimlari baholanib, g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. “Restoran xizmati” yo‘nalishi bo‘yicha yakuniy natijalar: 1-o‘rin — Zaripov Nodirshox Naimovich (Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi) 1-o‘rin — Safarov Timur Maxammataliyevich (Marg‘ilon turizm va madaniy meros texnikumi) 2-o‘rin — Akobirov Jahongir Rustamovich (Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi) 3-o‘rin — Sobirova Nafisa Marufjon qizi (Andijon turizm va madaniy meros texnikumi) “Mehmonxona administratori” yo‘nalishi bo‘yicha: 1-o‘rin — Eshniyozov Ozodbek Naim o‘g‘li (Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi) 2-o‘rin — Bekmirzoyev Umed Farxodovich (Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi) 3-o‘rin — Soibov Abdulaziz Azimjon o‘g‘li (Andijon turizm va madaniy meros texnikumi) 3-o‘rin — Rahimova Sabrina Radik qizi (Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi) 3-o‘rin — Nabiyeva Malika Faxriddin qizi (Zomin turizm va madaniy meros texnikumi) Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlar sertifikatlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Chempionat doirasida madaniy dastur ham namoyish etildi. Bizni kuzatishda davom eting Telegram | Facebook |YouTube |Instagram

631 views

Publizéiert 27. Dez.

🔥WORLDSKILLS BUKHARA — 2025🔥 🇺🇿V Milliy Kasblar Chempionati 4 kun davom etgan milliy chempionat o‘z nihoyasiga yetdi. Hotel Reception (Hotel Receptionist) — 56 WSI yo‘nalishi bo‘yicha quyidagi yakuniy natijalar qayd etildi. 📊YAKUNIY NATIJALAR: 🥇Eshniyozov Ozodbek Naim o‘g‘li *Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi* 🥈Bekmirzoyev Umed Farxodovich *Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi* 🥉Soibov Abdulaziz Azimjon o‘g‘li *Andijon turizm va madaniy meros texnikumi* 🥉Rahimova Sabrina Radik qizi *Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi* 🥉Nabiyeva Malika Faxriddin qizi *Zomin turizm va madaniy meros texnikumi* 📌Muhim eslatma: Baholash 100 ballik tizim asosida olib borildi. Ishtirokchilar tomonidan 75 foizdan kam ball to‘plangani sababli Milliy chempionat g‘oliblari aniqlandi, biroq WorldSkills Shanghai xalqaro chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma berilmadi. 🌍WorldSkills Shanghai chempionatiga yo‘llanma olish shartlari Mazkur yo‘nalishda ishtirok etgan 5 nafar ishtirokchining barchasi xalqaro chempionatga borish imkoniyatiga ega. Yakuniy tanlov quyidagi majburiy talablar asosida amalga oshiriladi: 1️⃣ Talab — Ingliz tili kompetensiyasi — Ishtirokchi va uning o‘qituvchisi ingliz tilini B2 darajada bilishi shart — Ushbu holat Milliy sertifikat (rasmiy hujjat) bilan tasdiqlanishi lozim 2️⃣ Talab — Qo‘shimcha sinov (progon) 📅2026-yil 20–25-mart kunlari qo‘shimcha baholash o‘tkaziladi 🏆 5 nafar ishtirokchi orasidan eng yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchi va uning o‘qituvchisi ➡️WorldSkills Shanghai chempionatiga yuboriladi 3️⃣ Talab — Professional imtihon — Ishtirokchilar WorldSkills standartlari va modullaridan ingliz tilida imtihon topshiradilar 4️⃣ Talab — Moliyaviy barqarorlik — Xalqaro musobaqada ishtirok etish bilan bog‘liq tashkiliy va moliyaviy majburiyatlarni bajarish imkoniyati mavjud bo‘lishi lozim 5️⃣ Talab — Kasbiy professionallik va axloq-odob qoidalari — Ishtirokchi va uning o‘qituvchisi WorldSkills Etika kodeksi, xizmat madaniyati va kasbiy odob-axloq normalariga qat’iy rioya qilishi shart — Intizom, halollik, mas’uliyat va professional muloqot madaniyati yakuniy qaror qabul qilishda asosiy mezonlardan biri hisoblanadi 💬Xulosa: WorldSkills — bu musobaqa emas. WorldSkills — bu kasbiy ta’limning kelajagi. 👏 Barcha ishtirokchilar, ustozlar va tashkilotchilarga chin dildan minnatdorlik bildiramiz! #WorldSkillsBukhara2025 #HotelReception #56WSI #MilliyChempionat #KasbiyMahorat #WorldSkillsUzbekistan

398 views

Publizéiert 27. Dez.

WorldSkills Bukhara 2025 V Milliy Kasblar Chempionati 4 kun davom etgan WorldSkills Bukhara 2025 milliy chempionati muvaffaqiyatli yakunlandi. Hotel Reception (Hotel Receptionist) — 56 WSI yo‘nalishi bo‘yicha yakuniy natijalarga ko‘ra, Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi o‘quvchisi Eshniyozov Ozodbek Naim o‘g‘li yuqori natijani qo‘lga kiritib, WorldSkills Shanghai chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Ushbu mas’uliyatli va nufuzli bellashuvda erishilgan yutuq bilan ustozlarimiz va o‘quvchimizni samimiy tabriklaymiz. Kelgusi bosqichlarda ham ulkan muvaffaqiyatlar, yuksak marralar va omad tilaymiz! Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot

384 views

Publizéiert 27. Dez.

#PrezidentMurojaatnomasi 2026-yil korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha favqulodda ishlash yili bo‘ladi Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot

367 views

Publizéiert 27. Dez.

#PrezidentMurojaatnomasi Kasblarni rivojlantirish va yangi mehnat bozori arxitekturasini yaratish kelgusi yil uchun dasturning to‘rtinchi ustuvor yo‘nalishidir. Hozirgi vaqtda yangi texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt ta’sirida dunyoda ish o‘rinlarining soni, shakli va mazmuni keskin o‘zgarmoqda. Yaqin besh yilda mavjud kasblarning 30 foizi to‘liq avtomatlashtiriladi, 50 foizi bo‘yicha esa yangi malakalar talab qilinadi. “Bu jarayonlar bizni ham chetlab o‘tayotgani yo‘q. Sanoatda avtomatlashgan liniyalar, agrar sohada aqlli texnologiyalar, transportda intellektual boshqaruv kundalik hodisaga aylanib bo‘ldi. Endilikda mamlakatimiz mehnat bozori mutlaqo yangi arxitektura asosida – kasb, malaka, texnologiya va ta’limni birlashtiradigan yagona mexanizm sifatida ishlashi zarur”, – dedi Prezidentimiz. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot

271 views

Publizéiert 27. Dez.

#PrezidentMurojaatnomasi O‘zbekistonda Fuqaro aviatsiyasi universiteti tashkil etiladi Yangi samolyotlarimiz uchun uchuvchilar, ularga texnik xizmat koʻrsatuvchilar, aeroportlar uchun servis va boshqaruv sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida Fuqaro aviatsiyasi universiteti tashkil etiladi”, — dedi prezident Shavkat Mirziyoyev. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot

271 views

Publizéiert 27. Dez.

#PrezidentMurojaatnomasi “Biz 2030-yilga borib, IT xizmatlar eksportini 5 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha katta marra olganmiz”, – dedi Prezidentimiz. Kelgusi yilda Toshkent shahri, Buxoro, Farg‘ona va Toshkent viloyatida 4 ta data-markaz, 2 ta super kompyuter va 15 ta oliygohda sun’iy intellekt laboratoriyasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu tibbiyot, transport, qishloq xo‘jaligi, geologiya, bank-moliya, jamoat xavfsizligi kabi muhim sohalarda 100 dan ortiq sun’iy intellekt loyihalarini amalga oshirishga xizmat qiladi. Bugun minglab iqtidorli yoshlarimiz IT va sun’iy intellekt bo‘yicha izlanish olib bormoqda. Ularning kvant, dron, robototexnika kabi yo‘nalishlardagi konstruktorlik loyihalarini amaliyotga tatbiq qilish uchun “Raqamli texnologiyalar markazi” tashkil etiladi. “Bugun sizlarga yana bir muhim yangilikni aytmoqchiman. Mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor kosmik sohada sun’iy yo‘ldosh va mamlakatimiz fuqarosi bo‘lgan birinchi o‘zbek kosmonavtini fazoga uchirish bo‘yicha ishlarni boshladik. Bu Yangi O‘zbekistonning ilmiy va texnologik rivojlanishiga, umuman, milliy taraqqiyotimizni yangi bosqichga olib chiqishga katta turtki beradi deb ishonaman”, – dedi Prezidentimiz. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot

260 views

Publizéiert 27. Dez.

#PrezidentMurojaatnomasi Keyingi yildan “Raqamli startaplar” dasturi kengaytirilib, startap g‘oyasidan to eksportgacha ko‘maklashadigan yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi. Bu jarayonda xususiy startap markazlarini tashkil etish uchun Yoshlar jamg‘armasidan besh yil muddatga 5 milliard so‘mgacha foizsiz ssuda beriladi. Bundan tashqari, Markaziy bankda Fintex ofisi va Innovatsion xab tashkil etilib, unga Singapurdan mutaxassislar jalb qilinadi. Natijada yiliga 15-20 ta fintex startapni tashqi bozorga olib chiqish, ularga jami 1 milliard dollar investitsiya jalb qilish imkoniyati yaratiladi. Umuman, venchur fondlar, startaplar, fintex kabi yangi moliyaviy instrumentlar bozorini rivojlantirish, mazkur sohadagi barcha ishtirokchilar huquqlarini qonun bilan kafolatlab qo‘yish zarurligi ta’kidlandi. Prezidentimiz parlamentni Hukumat bilan birgalikda “Muqobil investitsiya jamg‘armalari to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqishga chaqirdi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot

235 views

Publizéiert 27. Dez.

#PrezidentMurojaatnomasi O‘zbekistonda 2026-yil — "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili!" deb e’lon qilindi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot

218 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••3334353637•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485
ViregteSäit 35 vun 85Nächst