TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Zréck zu de Kanäl
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT CHAT

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

@ttmmtrasmiy

Travel

🏢 TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI RASMIY KANALI 📍Manzil: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Maxtumquli 2-tor ko‘chasi, 1-uy. ☎️ Murojaat uchun telefon va bot: (+998) 71-289-40-30 🌐https://t.me/ttmmt_direktori_bot

Abonnenten824Aktuell Abonnenten
Verfolgte Posts1,010Zuel vun indexéierte Posts
Rezent Räichweite5,502Somm vun rezenten Usiichten
Rezent Posts

Rezent Posts

Säit 30 vun 85 · 1,010 Posts

Publizéiert 29. Jan.

#Qonunchilik_yangiliklari Ayrim toifadagi talabalarning yotoqxona xarajatlari Davlat byudjetidan qoplab beriladi Hukumatning 2026-yil 28-yanvardagi 32-son qaroribilan Ayrim toifadagi talabalarning davlat oliy taʼlim tashkilotlari talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Nizom bilan quyidagi tartiblar belgilandi: ➖talabalar turar joylarida yashovchi ayrim toifadagi talabalar ro‘yxatini shakllantirish tartibi; ➖talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlarini qoplab berishni komissiya tomonidan ko‘rib chiqish tartibi; ➖talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlarini Davlat budjeti hisobidan moliyalashtirish va qoplab berish tartibi. Ushbu imtiyozdan “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalarning kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan farzandlari foydalanishi mumkin. Toʻlovlar talaba grant yoki kontrakt asosida oʻqishidan qatʼi nazar amalga oshiriladi. Qarorga koʻra, talabalar TTJga ustuvorlik asosida navbatsiz qabul qilinadi. Agar davlat yotoqxonasi boʻlmasa, talabalar davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan turar joylarga joylashtirilishi mumkin. Toʻlovlar har oyning 15-sanasiga qadar talabaning bank plastik kartasiga oʻtkazib beriladi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot

458 views

Publizéiert 29. Jan.

Kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi Toshkent shahar Kasbiy ta’lim boshqarmasi tashabbusi bilan texnikumlar o‘quvchilari o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi tashkil etiladi. 🔹 Har bir texnikum tanlovda faqat bitta jamoa bilan ishtirok etadi. Ta’lim muassasasi va saralash bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoa shahar bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi. 🎭 Tanlov doirasida jamoalar quyidagi shartlar bo‘yicha bellashadi: — “Tanishuv”; — “Zukkolik savol-javob”; — “Quvnoq sahna ko‘rinishi”. 🏆 Shahar bosqichi yakunlariga ko‘ra g‘olib va sovrindor jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi, faol ishtirokchilar esa maxsus nominatsiyalar bilan rag‘batlantiriladi. ————————————— Среди учащихся учреждений профессионального образования проводится конкурс «Кувноклар ва зукколар» По инициативе Ташкентского городского управления профессионального образования среди учащихся техникумов проводится конкурс «Кувноклар ва зукколар». 🔹 Каждый техникум принимает участие в конкурсе только с одной командой. Команда, одержавшая победу на этапе образовательного учреждения и отборочном этапе, получает право участия в городском этапе конкурса. 🎭 В рамках конкурса команды соревнуются по следующим условиям: — «Презентация команды»; — «Интеллектуальный блиц-вопрос»; — «Юмористическая сценка». 🏆 По итогам городского этапа победители и призёры награждаются дипломами и памятными подарками, активные участники — специальными номинациями. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot

388 views

Publizéiert 29. Jan.

#JadidlarMerosi Tavallo — millat dardi bilan yashagan shoir To‘lagan Xo‘jamyorov (Tavallo) XX asr boshidagi jadid adabiyotining yorqin namoyandasi, millat dardi va hurriyat g‘oyalarini she’riyat orqali jaranglatgan shoir edi. Uning ijodida xalqni ilm-fan va taraqqiyot sari chorlovchi da’vatlar markaziy o‘rin tutadi. “Ravnaq ul-islom” to‘plami, publitsistik chiqishlari hamda hajviy she’rlari orqali Tavallo milliy ong, erk va adolat masalalarini dadil ko‘tarib chiqdi. Teatr, matbuot, ta’lim va xotin-qizlar hurriyati kabi dolzarb mavzular shoir dunyoqarashining muhim qismi bo‘ldi. Uning so‘zi zamon ruhini uyg‘otdi, fikri esa jamiyatni o‘ylashga majbur qildi. 1937-yil qatag‘onlari Tavalloning umrini to‘xtatdi, ammo uning erkinlik va millat uchun aytilgan so‘zi tarixda mangu qoldi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot

414 views

Publizéiert 28. Jan.

🏀 Спортивные соревнования «Barkamol avlod» В рамках городского этапа города Ташкента по направлению Баскетбол (среди девушек) 🏫 ученицы Ташкентского техникума туризма и гостиничного менеджмента 🥈 заняли ПОЧЁТНОЕ 2-Е МЕСТО 👏 Поздравляем наших девушек с этим достойным результатом, проявленным командным духом, упорством и стремлением к победе! 💐 Желаем дальнейших успехов и новых спортивных достижений! #BarkamolAvlod #Баскетбол #ДевушкиВСпoрте #ТТГМТ #Гордимся

545 views

Publizéiert 28. Jan.

🏀 “Barkamol avlod” sport musobaqasi Toshkent shahar bosqichi doirasida o‘tkazilgan Basketbol (qizlar o‘rtasida) yo‘nalishida 🏫 Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi o‘quvchi qizlari 🥈 FAXRLI 2-O‘RINNI egalladilar! 👏 G‘ayrat, jamoaviylik va sportga bo‘lgan muhabbat natijasi bo‘lgan ushbu yutuq bilan qizlarimizni tabriklaymiz! 💐 Kelgusi musobaqalarda yanada yuqori natijalar tilaymiz! #BarkamolAvlod #Basketbol #QizlarSporti #TTMMT #Faxrimiz

496 views

Publizéiert 27. Jan.

🏫 В Ташкентском техникуме туризма и гостиничного менеджмента, подведомственном Ташкентскому городскому управлению профессионального образования, 📚 учебный процесс организуется на основе инновационного и творческого подхода. 🎨 Обучающиеся техникума в сопровождении преподавателей английского языка 📌 в рамках темы «Culture (Культура). Every country has its own culture» 🖼 провели выездное учебное занятие в арт-галерее. ✨ Занятие прошло в необычной и увлекательной атмосфере. Посредством представленных в галерее произведений искусства были обсуждены культура различных стран, национальные ценности и самобытные особенности искусства. 👨‍🎨 Примечательно, что сам художник принял участие в занятии и подробно рассказал обучающимся о содержании каждого произведения, идее его создания и культурных символах, отражённых в работах. 📖 Данное выездное занятие способствовало дальнейшему развитию навыков общения на английском языке, эстетического мышления и межкультурных знаний обучающихся.

504 views

Publizéiert 27. Jan.

🏫 Toshkent shahar Kasbiy ta’lim boshqarmasi tasarrufidagi Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida 📚 o‘quv jarayonlari innovatsion va ijodiy yondashuv asosida tashkil etilmoqda. 🎨 Texnikum o‘quvchilari ingliz tili o‘qituvchilari hamrohligida 📌 “Culture (Madaniyat). Every country has its own culture” mavzusida 🖼 Art galereyada ko‘chma dars mashg‘uloti o‘tkazildi. ✨ Dars jarayoni o‘zgacha va qiziqarli muhitda tashkil etilib, galereyada namoyish etilgan san’at asarlari orqali turli mamlakatlar madaniyati, milliy qadriyatlari va san’atining o‘ziga xos jihatlari muhokama qilindi. 👨‍🎨 E’tiborlisi, rassomning o‘zi dars jarayonida ishtirok etib, har bir asar mazmuni, yaratilish g‘oyasi va undagi madaniy ramzlar haqida o‘quvchilarga batafsil ma’lumot berdi. 📖 Ushbu ko‘chma mashg‘ulot o‘quvchilarning ingliz tilida muloqot qilish ko‘nikmalarini, estetik tafakkurini va madaniyatlararo bilimlarini yanada boyitdi. 🌍 Har bir davlat — o‘ziga xos madaniyat egasi!

424 views

Publizéiert 26. Jan.

Kasbiy ta’lim tashkilotlari va akademik litseylarda faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifasini berish uchun pedagog.edu.uz platformasi orqali hujjatlar qabuli davom etmoqda. pedagog.edu.uz platformasi orqali hujjat topshirish uchun Yagona identifikatsiya tizimi (One ID)dan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Belgilangan tartibga ko‘ra, pedagog kadrlardan hujjatlar qabul qilish joriy yilning 1-mart kuniga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot

407 views

Publizéiert 24. Jan.

🍕🤝TA’LIM VA BIZNES HAMKORLIGI AMALDA! Toshkent shahar kasbiy ta’lim boshqarmasi va Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida kasbiy ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan muhim tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir doirasida Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi hamda Belissimo Pizza pizzeriyalar tarmog‘i o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi. 📌Tadbirda: — texnikum direktori kirish so‘zi bilan chiqish qildilar; — Belissimo Pizza rahbari Ozoda Tashpulatovna hamkorlik istiqbollari haqida so‘zga chiqdilar; — Toshkent shahar kasbiy ta’lim boshqarmasi hamda Toshkent shahar hokimligi vakillari ishtirok etib, davlat siyosati doirasida kasbiy ta’limni rivojlantirish masalalariga to‘xtalib o‘tdilar; — kompaniya xodimlari tomonidan taqdimot namoyish etildi; — tajribali oshpazlar o‘z kasbiy faoliyati va amaliy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. 📝Imzolangan Memorandum doirasida: ✔️ amaliy va dual ta’limni joriy etish, ✔️ o‘quvchilar uchun stajirovka va ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish, ✔️ qo‘shma loyihalar va master-klasslar o‘tkazish, ✔️ bitiruvchilarni ishga joylashtirish masalalarini tizimli yo‘lga qo‘yish belgilandi. Shuningdek, hamkorlikni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasi tasdiqlandi. 👨‍🍳🔥 Tadbir yakunida texnikumning oshpazlik amaliyoti xonasida Belissimo Pizza mohir shef-oshpazlari ishtirokida pitsa tayyorlash bo‘yicha amaliy master-klass tashkil etildi. O‘quvchilar shef-oshpazlar bilan birgalikda pitsa tayyorlab, o‘z bilim va ko‘nikmalarini amaliyotda mustahkamladilar. ✨Mazkur hamkorlik yoshlarni mehnat bozori talablariga mos, raqobatbardosh va malakali mutaxassislar sifatida tayyorlashga xizmat qiladi. 🍕🤝 СОТРУДНИЧЕСТВО ОБРАЗОВАНИЯ И БИЗНЕСА — В ДЕЙСТВИИ! По инициативе Управления профессионального образования города Ташкента и Хокимията города Ташкента в Ташкентском техникуме туризма и гостиничного менеджмента состоялось важное мероприятие, направленное на укрепление взаимодействия между профессиональным образованием и производством. В рамках мероприятия был подписан Меморандум о взаимном сотрудничестве между Ташкентским техникумом туризма и гостиничного менеджмента и сетью пиццерий Belissimo Pizza. 📌 В мероприятии приняли участие: — директор техникума, выступившая с вступительным словом; — руководитель сети Belissimo Pizza Озода Ташпулатова, которая рассказала о перспективах сотрудничества; — представители Управления профессионального образования города Ташкента и Хокимията города Ташкента, отметившие практическую реализацию государственной политики в сфере подготовки кадров; — сотрудники компании, представившие презентацию деятельности Belissimo Pizza; — опытные повара, поделившиеся своим профессиональным опытом. 📝В рамках подписанного Меморандума предусмотрено: ✔️ внедрение практического и дуального обучения, ✔️ организация стажировок и производственной практики для обучающихся, ✔️ проведение совместных проектов и мастер-классов, ✔️ содействие трудоустройству выпускников. Также была утверждена дорожная карта, предусматривающая поэтапную реализацию договорённостей. 👨‍🍳🔥 В завершение мероприятия в учебной кулинарной лаборатории техникума при участии шеф-поваров Belissimo Pizza был проведён практический мастер-класс по приготовлению пиццы. Обучающиеся совместно с шеф-поварами приняли активное участие в процессе и закрепили свои профессиональные навыки на практике. ✨Данное сотрудничество направлено на подготовку конкурентоспособных и востребованных специалистов, соответствующих требованиям современного рынка труда.

606 views

Publizéiert 24. Jan.

🌍🏆WorldSkills Croatia 2026 – Xalqaro mahorat maydoniga ilk qadam!🇭🇷✈️ WorldSkills Uzbekistan jamoasi Sizni Yevropaning eng yirik kasbiy mahorat chempionatlaridan biri bo‘lgan WorldSkills Croatia 2026 da ishtirok etishga chorlaydi! 📍Manzil: Zagreb Fair, Xorvatiya 📅Sana: 5–7 may, 2026-yil Bu chempionat nafaqat musobaqa, balki tajriba almashish, xalqaro do‘stlikni mustahkamlash va professional rivojlanish uchun ulkan imkoniyatdir. 🔥 Nega aynan WorldSkills Croatia 2026? * Janubi-Sharqiy Yevropadagi eng yirik kasbiy mahorat musobaqasi * 40 dan ortiq yo‘nalishlarda 400+ ishtirokchi * Minglab mahalliy va xalqaro mehmonlar * Xalqaro ekspertlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot * EuroSkills va milliy chempionatlar uchun eng yaxshi tayyorgarlik maydoni 🌟 Ishtirok etishning 3 xil imkoniyati: 1️⃣Guest Competitor – O‘z mahoratingizni xalqaro sahnada namoyish eting 2️⃣Guest Expert – Bilimingiz va tajribangiz bilan bo‘lishing 3️⃣Visitor (Mehmon) – Musobaqa muhitini his eting va yangi ilhom oling 🛠️ Ishtirok etish mumkin bo‘lgan kasblar: * Restaurant Service * IT Network Systems Administration * IT Software Solutions for Business * Hotel Reception * Fashion Design Team Challenge * Health Care 📌 Muhim ma’lumotlar: * Barcha ishtirokchilar uchun zarur jihozlar, materiallar va asbob-uskunalar taqdim etiladi * Texnik tavsiflar (Technical Description) va Test Project’lar ingliz tilida beriladi * Musobaqa kunlari Guest Expert va Competitor’lar uchun ovqatlanish tashkil etiladi * Safar va yashash xarajatlari qoplanmaydi, ammo Zagreb shahridagi mehmonxonalar bo‘yicha to‘liq maslahat beriladi 🗓️ Muhim sanalar: * Ro‘yxatdan o‘tish boshlanishi: 26-yanvar, 2026 * Ishtirokchi va ekspertlar uchun oxirgi muddat: 16-mart, 2026 * Mehmonlar (Visitor) uchun oxirgi muddat: 1-aprel, 2026 🇺🇿WorldSkills Uzbekistan Sizni ilk xalqaro do‘stona chempionatda qatnashishga taklif etadi! Bu siz uchun: ✨ Xalqaro tajriba ✨ Professional rivojlanish ✨ Dunyo miqyosidagi WorldSkills hamjamiyatiga integratsiya ✨ EuroSkills va boshqa yirik chempionatlar oldidan kuchli tayyorgarlik Kim ishtirok etishni xohlasa, hozirdanoq aloqaga chiqsin. 📞 Aloqa uchun: +998 93 340 40 80 Birgalikda kasbiy mahoratni yangi bosqichga olib chiqamiz! Birgalikda WorldSkills tarixida O‘zbekiston nomini yanada balandroq yozamiz! Web-sayt|Facebook|Telegram|Youtube|Instagram

434 views

Publizéiert 23. Jan.

Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida "Belissimo PIZZA" bilan hamkorlik memorandumi imzolandi Bugun Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida xizmat ko‘rsatish sohasidagi yetakchi brendlardan biri — "Belissimo PIZZA" kompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandum doirasida texnikum o‘quvchilarini ishlab chiqarish amaliyotiga jalb qilish, amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, kelgusida ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirish kabi muhim vazifalar belgilab olindi. Uchrashuv davomida "Belissimo PIZZA" mutaxassislari ishtirokida master-klass ham tashkil etildi. Unda o‘quvchilar sohaga oid amaliy bilim va tajribalar bilan yaqindan tanishib, professional mahoratni oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ushbu hamkorlik ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada mustahkamlab, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash hamda yoshlar bandligini ta’minlashga muhim hisoblanadi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot

412 views

Publizéiert 23. Jan.

#Qonunchilikdagi_yangiliklar ❗️Sport kurashlari bo‘yicha Prezident kubogi o‘tkazib boriladi "Sport kurashlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qarori (PQ–22-son, 21.01.2026 y.) qabul qilindi. ✔️ Qarorga ko‘ra, 2026-yildan sport kurashlari bo‘yicha quyidagi musobaqalar muntazam o‘tkazib boriladi: ▪️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi; ▪️ Bosh prokuror kubogi; ▪️ "O‘zbekiston botirlari" turniri; ▪️ Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy xizmatchilari va xodimlari o‘rtasida kubok va chempionatlar. 🏛 O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi huzurida Mintaqaviy sport kurashlari akademiyasi (Akademiya) tashkil etiladi. ✅ Sport vazirligi huzuridagi kurash mahorat maktablarida milliy kurash va sport kurashlari bo‘yicha sportchilarni tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi 🔗 2026/2027 o‘quv yilidan har bir tuman (shahar)da 1 tadan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sport kurashlariga ixtisoslashgan sport klublari tashkil etiladi va kurash mahorat maktablariga biriktiriladi. ☑️ Sportchilarni zamonaviy ilmiy-metodik yondashuvlar asosida tayyorlash uchun xorijiy trenerlar va mutaxassislar jalb etib boriladi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot

414 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••2829303132•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485
ViregteSäit 30 vun 85Nächst