TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Zréck zu de Kanäl
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT CHAT

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

@ttmmtrasmiy

Travel

🏢 TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI RASMIY KANALI 📍Manzil: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Maxtumquli 2-tor ko‘chasi, 1-uy. ☎️ Murojaat uchun telefon va bot: (+998) 71-289-40-30 🌐https://t.me/ttmmt_direktori_bot

Abonnenten824Aktuell Abonnenten
Verfolgte Posts1,010Zuel vun indexéierte Posts
Rezent Räichweite3,683Somm vun rezenten Usiichten
Rezent Posts

Rezent Posts

Säit 71 vun 85 · 1,010 Posts

Publizéiert 26. Mee

🎉 1-Iyun – Xalqaro bolalar kuni munosabati bilan yana bir ezgu tashabbus! 🌟 O‘zbekiston tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar birlashgan qo‘mitasi tomonidan Toshkent Turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi xodimlarining farzandlariga quvonch ulashildi. 🧒👧 📍 Bolajonlarga Xalqlar do‘stligi saroyida bo‘lib o‘tadigan bayram konserti uchun chiptalar taqdim etildi! 🎫🎶 Bu tashabbus farzandlarimiz uchun nafaqat bayram kayfiyati, balki yurtimizda yoshlarga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rlik timsoli bo‘ldi. ❤️ 🎈 Barcha bolajonlarni bayram bilan tabriklaymiz! Kelajagimiz porloq, bolalarimiz baxtli bo‘lsin! 🌈 #1Iyun#BolalarKuni#KasabaUyushmasi#BayramKayfiyati#ToshkentTurizmTexnikumi

387 views

Publizéiert 24. Mee

🇩🇪🇺🇿Germaniya delegatsiyasi Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida! 2025-yil 23-may kuni German Industry and Commerce vakolatxonasi tashabbusi, Germaniya Elchixonasi ko‘magida Germaniya delegatsiyasi O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi. Tashrif doirasida mehmonlar Toshkent Turizm va Mehmonxona Menejmenti Texnikumi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. 👥Delegatsiya tarkibi: • Aleksandr Hoxradel – Germaniya Ta’lim vazirligi, ERASMUS bo‘limi • Dr. Hannelore Kress – GOVET, xalqaro loyihalar rahbari • Ramona Neuze – DLR Projektträger, ilmiy xodim • Anna Volivach – “Skills Experts” dasturi koordinatori • Sascha Hoffmann – IHK Berlin, ta’lim maslahatchisi • Atabek Alimjanov – German Industry and Commerce, bosh direktor • Yuliya Beskorskaya – loyiha menejeri • Tazagul Ilyasova – loyiha assistenti 📌 Delegatsiyani Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Bunyod Abduxalilovich, texnikum direktori Nargizaxon Bakirova va direktor o‘rinbosarlari kutib oldilar. 🎯Tashrif maqsadlari: • Germaniya-O‘zbekiston kasbiy ta’lim hamkorligini mustahkamlash • Dual ta’lim tizimi bo‘yicha tajriba almashish • Germaniya standartlarini mahalliy ehtiyojlarga moslashtirish • Ta’lim va biznes sektori o‘rtasida ko‘priklar yaratish 🤝 Uchrashuv samimiy va konstruktiv ruhda o‘tdi. Tomonlar kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish borasida kelishib oldilar.

465 views

Publizéiert 24. Mee

Gyote-Instituti bilan hamkorlikdagi “Ochiq eshiklar” kuni! 🇺🇿🇧🇪 📅 22-may kuni Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida Gyote-Institutining O‘zbekistondagi filiali bilan hamkorlikda “Ochiq eshiklar” kuni tadbiri bo‘lib o‘tdi. 📍 Tadbir Flensburg Savdo-sanoat palatasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Gyote-Institutining O‘zbekistondagi filiali o‘rtasida 23-yanvar kuni imzolangan ahdlashuv xatida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi. 🎯 Tadbirning asosiy maqsadi — hamkor maktab o‘quvchilarini texnikumda yaratilgan sharoitlar, ta'lim imkoniyatlari va Gyote-Instituti bilan hamkorlikdagi loyihaning maqsad va vazifalari bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek, yoshlarga kasbga yo‘naltirish bo‘yicha ko‘mak berishdan iborat bo‘ldi.

410 views

Publizéiert 24. Mee

JASNA Essay Contest: Maktab, kollej/litsey oʻquvchilari va barcha bosqich talabalari uchun insholar tanlovi! Bu tanlov adiba Jeyn Ostin ijodiga bagʻishlangan boʻlib, quyidagi 3 kategoriya boʻyicha oʻtkaziladi: – Maktabning yuqori sinf oʻquvchilar, kollej/litsey oʻquvchilari – Bakalavriat talabalari – Magistratura va doktorantura talabalari Insholar ingliz tilida yozilishi kerak. Mukofotlar Har bir kategoriya boʻyicha 3 nafar gʻolib (jami 9 nafar) quyidagicha taqdirlanadi: – 1-oʻrin: 1000 dollar. – 2-oʻrin: 500 dollar. – 3-oʻrin: 250 dollar. – JASNA tizimiga 1 yillik bepul obuna (barcha gʻoliblar uchun). – Barcha gʻoliblarga Jeyn Ostin romanlari toʻplami beriladi. – 1-oʻrin sohiblari AQSHda oʻtkaziladigan JASNA yillik uchrashuvida bepul qatnashish imkoniga ega boʻladi. Turar joy xarajati qoplanadi. Insholar 2025-yil 2-iyungacha qabul qilinadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/jasna-essay-contest-jeyn-ostin-ijodi-boyicha-insholar-tanlovi/ ✅Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi axborot xizmati Boshqarmaning rasmiy sahifalari: 🕊Telegram |📱Instagram|📱Facebook |🕊Twitter

221 views

Publizéiert 24. Mee

🌟 Kasbiy Ta’limda Yangi Qadamlar! 🌟 Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan PF 158 farmonni amalga oshirish maqsadida, barcha kasbiy ta'lim direktorlari va direktor o'rinbosarlariga qiziqarli va samarali amaliy darslar tashkil etish uchun Texnoparkka sayohat uyushtirildi. 📚 Ushbu sayohat davomida ishtirokchilar zamonaviy texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar va kasbga tayyorgarlik jarayonida amaliyotning ahamiyati haqida ko'plab foydali ma'lumotlarga ega bo'lishdi. 🔍 Texnoparkda tashkil etilgan turli seminarlar va ustaxonalar, o'quv jarayonini yanada qiziqarli va samarali qilish imkoniyatlarini ochib berdi. 💡 Bizning maqsadimiz - kasbiy ta'lim sifatini oshirish va talabalarni zamonaviy ish bozoriga tayyorlashdir. #KasbiyTa'lim #Innovatsiyalar#OliyTa'lim #Texnopark#Toshkent

216 views

Publizéiert 23. Mee

#оchiqeshiklarkuni 🌟Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida katta tadbir! 🌟“Xalqaro loyiha – yangi imkoniyatlar” mavzusida nemis tiliga ixtisoslashtirilgan 9-11 sinf maktab bitiruvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” o'tkazildi. O'quvchilar texnikumda yaratiigan sharoit va imkoniyatlar, texnikumdagi Gyote-Institut loyihasining maqsad va vazifalarini yaqindan tanishdilar, hamda loyiha doirasida yaratligan imkoniyatlarni atroflicha o'rgandilar. https://t.me/ttmmtrasmiy

405 views

Publizéiert 23. Mee

Mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi o‘g‘il-qizlarga tabrik — Поздравление выпускникам школ нашей страны ✅Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi axborot xizmati Boshqarmaning rasmiy sahifalari: 🕊Telegram |📱Instagram|📱Facebook |🕊Twitter

195 views

Publizéiert 23. Mee

Har bir ota-ona farzandini yaxshi inson bo‘lishini xohlaydi. Ilm olishi, katta-katta yutuqlarga erishishi uchun tinmay mehnat qiladi. Lekin bola uchun moddiy ta’minot, yaxshi yaratilgan sharoitgina yetarli, deb o‘ylovchilar bor. Bular aslida farzandning jamiyatda INSON sifatida kamol topishi uchun ahamiyatli emas. Eng muhimi, ota-ona beradigan tarbiya, ko‘rsatadigan o‘rnak zarur. Har daqiqada yangilanayotgan zamonda tarbiya borasidagi mas’uliyatimiz oshirishimiz zarur. Tarbiya ota-onaning yuzi ekani, yaxshi xulqli farzandni ko‘rganda "ota-onasiga rahmat", deyishlarini unutmaylik! Buni aksi bo‘lmasin! ✅Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi axborot xizmati Boshqarmaning rasmiy sahifalari: 🕊Telegram |📱Instagram|📱Facebook |🕊Twitter

200 views

Publizéiert 20. Mee

O‘zbekiston gastronomiyasi Ozarbayjonda xalqaro chempionatida e’tirof etildi Turizm qo‘mitasi ko‘magida O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi jamoasi Ozarbayjonning Boku Expo markazida mintaqadagi eng nufuzli pazandachilik musobaqalaridan biri — “Golden Shah 2025” chempionatidagi ishtirok etib, bir qator nominatsiyalarda sovrinli o‘rinlarni egalladi. — Гастрономия Узбекистана получила признание на международном чемпионате в Азербайджане При поддержке Комитета по туризму команда Ассоциации поваров Узбекистана приняла участие в одном из самых престижных кулинарных турниров региона - чемпионате «Golden Shah 2025», проходившем с 13 по 16 мая в Бакинском Экспо-центре (Азербайджан) и завоевала призовые места в нескольких номинациях. Rasmiy | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

308 views

Publizéiert 20. Mee

📢 Hurmatli o‘quvchilar! Texnikumda sizning xavfsizligingiz, darslarga muntazam qatnashingiz va tartib-intizomni ta’minlash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda. ✅ “Davomat tig‘” reydi ham aynan sizning kelajagingizni, bilim olishingiz uchun yaratilgan sharoitlarni himoya qilishga qaratilgan. ❗️Eslatib o‘tamiz: bu kabi tadbirlar sizni nazorat qilish emas, balki qo‘llab-quvvatlash va har qanday salbiy holatlardan asrash uchun muhimdir. 📲 Telegram kanalimiz orqali bunday tadbirlar, yangiliklar va foydali ma’lumotlar bilan muntazam tanishib boring. 📌 O‘z vaqtida darsga keling, tartib-intizomga rioya qiling, kelajagingizni o‘zingiz asrang! Hurmat bilan, Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi ma’muriyati

282 views

Publizéiert 20. Mee

#Davomad_tig’ 📍Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida o’quvchilsrning darslarga qatnashish holati, davomatni nazorat qilish va huquqbuzarlikni oldini olish maqsadida Yashnobod tumani IIO FMB VEMB katta inspektor psixologi M.Sh.Rahmatov boshchiligida “Davomat tig’” reydi tashkil qilindi. ✅ Maxsus tadbir davomida “Yoshlar o'rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish" mavzusida suhbat olib borildi.

271 views

Hashtags

Publizéiert 17. Mee

# huquqiy savodxonlik_ 📍 Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda “ Yoshlarni huquqiy savodxonligi” mavzusida davra suxbat tashkil etildi. ⚡️Yurist O'.L. Muxammadiyev tashkilot faoliyati, uning yoshlar huquqlarini himoya qilish, huquqiy yordam ko‘rsatish va huquqiy savodxonlikni oshirish borasidagi tashabbuslari haqida ma’lumot berdi. ⚡️Shuningdek, yoshlar uchun mavjud huquqiy imkoniyatlar, murojaat qilish tartibi va qonuniy himoya vositalari hamda 🔹Tashkilot murojaat qiluvchilarga arizalar, shikoyatlar, shartnomalar va boshqa huquqiy hujjatlarni tayyorlashda yordam beradi.

323 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••6970717273•••75•••80•••8485
ViregteSäit 71 vun 85Nächst