Заметка начинающим, которые часто сталкиваются с подобной непоняткой.
Ситуация следующая, есть список файлов:
names = [
'image.bmp',
'second.txt.bkp',
'data.db',
'.config.cfg',
'file.ext.bkp'
]
И мы хотим убрать у них окончание ".bkp".
Не знаю зачем, пример довольно надуманный) Но суть он показывает, а это главное.
Те, кто еще не очень знаком с библиотекой os.path или pathlib, вероятно решат обработать имена как строки. И тут вполне подойдет метод строки strip().
Что делает этот метод? Он отрезает указанные символы по обеим сторонам строки. Если ничего не указать, то убирает невидимые символы (пробелы, табуляции и переносы строк).
В нашем случае будет выглядеть вот так:
>>> name.strip('.bkp')
То есть просим удалить строку '.bkp' по краям имени файла, если таковая есть.
Можно применить аналогичный метод rstrip(), чтобы отрезать только справа, но для этого примера используем обычный.
>>> for name in names:
>>> print(name.strip('.bkp'))
image.bm
second.txt
data.d
config.cfg
file.ext
Хм, что-то не то с нашими именами! Что случилось??? Видим нежелательное переименование в именах, где и близко не было указанной строки '.bkp'
А дело всё в том, что данный метод ищет не указанную строку, а указанные символы, и не важно в каком порядке.
Для метода strip() строка '.bkp' это не паттерн для поискаа список символов. Потому он отрезал симовол 'p' от '.bmp' и удалил точку из файла '.config.cfg'.
Как тогда правильно заменить именно паттерн? Для начинающего можно посоветовать метод строки replace(), который как раз использует для замены указанную строку целиком. В нашем примере заменим её на пустую строку.
>>> for name in names:
>>> print(name.replace('.bkp', ''))
image.bmp
second.txt
data.db
.config.cfg
file.ext
Уже лучше, но помните, это лишь пример про strip(). Для работы с именами файлов есть способы и более "правильные", дающие однозначно верный результат. Я взял файлы только в качестве примера. Даже replase() тут может сделать не то что ожидаем.
Просто впредь будьте внимательны с этим strip().
#basic
#dizayn
Postlarimizning birida dizaynga bagʻishlangan oʻzbek tilidagi sara youtube kanallari roʻyxatini yuklashimzni aytgandik, mana oʻsha kun keldi.
📜 Kanallar roʻyxati:
● Sardor Qodirov
● Socially Design Academy
● Dizayn va Grafika
● Grafik Dizayn
● Sanjar Maqsadov
Qiziqsangiz va ustingizda ishlasangiz albatta natija boʻladi.
👉@abdusattor
Va nihoyat, 15 yildan keyin Microsoft Calibri shriftidan Aptos shriftiga o’tarkan. Calibri menga boshidan yoqmagan. Hozirgi Microsoft 15 yil oldingisidan juda katta farq qiladi va shrift ham shunga mos bo’lishi kerak.
Endi navbat Adobe’ga. Mahsulot logolarida va hatto uzunroq matnlari uchun juda noqulay shrift ishlatadi.
@farhodjon#dizayn
Diagram kompaniyasi dizaynerlarga yordam beradigan uskunalar qiladi. Masalan, Automator - doimiy qilinadigan ishlarni avtomatlashtiradi, Magician esa sun’iy intellekt bilan matnni (copywriting) yaxshilash yoki ikonka va rasmlar yaratishga yordam beradi.
Yaqinda e’lon qilgan Genius xuddi jamoadagi boshqa dizaynerga o’xshab Figma’da yordam beradi: nima dizayn qilinayotganiga qarab zarur komponentlarni dizayn sistemadan olib qo’yadi.
https://www.genius.design
(Dasturchilar uchun ham shunaqaroq GitHub Copilot bor.)
@farhodjon#dizayn
Til va mamlakat #2
Bir paytlar interfeyslarda turli tillarni mamlakatlarga bog'lashni tanqid qilgandim, ayniqsa, davlatlarning bayroqlaridan foydalanib:
Lekin til va mamlakat bir-biriga bogʻliqmasligini hisobga olish lozim. Saytdan rus tilida foydalanadigan odamlar faqat Rossiya fuqarolari boʻlmasligi mumkin.
Ingliz tili esa dunyodagi eng koʻp foydalanalidigan til (55 ta davlatda rasmiy til) va Buyuk Britaniyaga aloqasi deyarli qolmagan (nomidan tashqari).
Apple macOS 12.4 versiyasidan boshlab kiritish manbalaridagi (input sources) bayroqlarni olib tashladi. Endi kiritish manbasini (klaviatura terilmasini) tanlaganda, faqat ikki belgili til kodi ko'rsatiladi — "US", "РУ", "GB" kabi (quyida).
Bu yerda ikki narsani taxmin qilish mumkin:
1. Apple estetik/dizayn tomondan turli rangdagi ikonkalarni menyuda ko'rinishini yoqtirmagan bo'lishi mumkin.
2. Apple til va mamlakatni bir-biriga bog'lashdan voz kechyapti.
Jon Gruberning yozishicha, ikkinchi taxmin to'g'ri. Va bunga men ham qo'shilaman. This is the way.
#dizayn
Andijon viloyatida ochilgan texnopark haqidagi maqolada tasodifan devorga chizilgan illyustratsiyaga koʻzim tushdi. Biror rassom vaqt sarflab oʻylab topganiga koʻzim yetmadi va Googleʼning rasmlar qidiruvidan “UI vs UX” deb izladim. Birinchi sahifadayoq “UI vs UX — The Yin & Yang of Product Design” nomli maqola va undagi illyustratsiya chiqib keldi.
Bizning bechora noʻnoqlar shuni ham eplab koʻchirolishmagan. “Qoʻli qiyshiq” rassom perspektivani, soyalarni, chiziqlarni, odamlarning fiziologiyasini va eng asosiysi — “UI vs UX” yozuvini buzib qoʻyaqolgan. Bunaqa nusxa olishda originalga sal boʻlsa ham hurmat bildirish lozim. Kulgili.
#dizayn@FarLives🌀
Til va mamlakat
Saytlarda va interfeyslarda koʻp uchrab turadigan xatolardan biri — tilni tanlash uchun davlat bayroqlarini ishlatish. Masalan, Orient Finans Bank sayti tilni tanlash uchun uchta variant taklif qilyapti (birinchi rasm).
Har bir til nomining oldida davlat bayrogʻi. Oʻzbek tili uchun Oʻzbekiston bayrogʻi, rus tili uchun Rossiya Federatsiyasi, ingliz tili uchun Buyuk Britaniya bayrogʻi.
Lekin til va mamlakat bir-biriga bogʻliqmasligini hisobga olish lozim. Saytdan rus tilida foydalanadigan odamlar faqat Rossiya fuqarolari boʻlmasligi mumkin. Rus tili sobiq Sovet davlatlarining koʻpida ishlatiladi. Ingliz tili esa dunyodagi eng koʻp foydalanalidigan til (55 ta davlatda rasmiy til) va Buyuk Britaniyaga aloqasi deyarli qolmagan (nomidan tashqari). Aytgandek, OFB saytining inglizchasi yaxshi, lekin sanalarga qarab qaysi ingliz tilini ishlatilayotganini bilib boʻlmadi: amerikancha (January 7, 2022) yoki britancha (18 april 2019). Yana bitta fakt: Artemiy Lebedev studiyasining saytidagi skrinshotlarda til tanlash imkoniyati yoʻq. Menimcha, bu imkoniyat keyinroq OFB tomonidan qoʻshilgan.
Davlat bayroqlarini ishlatish, ayniqsa, bitta davlatda bir nechta til yoki yozuv ishlatilganda oʻz kuchini yoʻqotadi. Masalan, Prezidentning rasmiy veb-sayti bayroqlarni ishlatolmaydi, chunki, “OʻZB” va “ЎЗБ” uchun ikkita bayroq ishlatish majburiyati tugʻilardi (ikkinchi rasm).
Xulosa:
- interfeysda tillarning nomini bayroqlarsiz yozish lozim: Oʻzbekcha, Русский, English;
- imkoni boricha qisqartmasimas (“UZ”, “RU”, “EN”), toʻliq nomi yoziladi.
#dizayn
@FarLives🌀
Anton Jiyanov Zoom.us servisi misolida dizaynning asosiy qismi sogʻlom fikrlash ekanligini tushuntiryapti:
https://antonz.ru/common-sense-design/
Ответ дизайнера:
Чёт даже не знаю. Давайте покажем крупно его фото. Я не знаю, что дальше делать, серьёзно. Может он сам разберётся?
Ответ человека:
Это конференция, чуваки, в ней участвуют несколько людей. Дайте мне возможность их пригласить.
Ответ дизайнера:
О, это просто. Покажем пустой список участников — их ведь нет, верно?
Ответ человека:
🤦🤦🤦
Anton Jiyanov — “Интерфейсы без шелухи” kanali muallifi. Foydali postlari koʻp. Masalan, manavinisi: Сделайте себе интересно.
#dizayn
Zamonaviy makonlar tobora to‘g‘ri chiziqlardan uzoqlashmoqda.
Mehmonxonalar, kafelar va jamoat joylarida ravoqli tuynuklar va yumshoq radiuslar paydo bo‘lmoqda.
Yumaloq qirralar interyerga sokinlik bag‘ishlab, uning hashamatini oshiradi.
Ular harakatni yo‘naltiradi va qulaylik hissini yaratadi.
Yumaloq shakllar bugungi kunda shunchaki dekor emas.
Bu — zamonaviy arxitektura tili.
— — — — —
Современные пространства всё чаще уходят от прямых линий.
В отелях, кафе и общественных зонах появляются арочные проёмы и мягкие радиусы.
Закругления делают интерьер спокойнее и визуально дороже.
Они направляют движение и создают ощущение комфорта.
Круглые формы сегодня — это не декор.
Это язык современной архитектуры.
#knaufuzbekistan
#dizayn
Windows uchun kreativ bezaklar
Operatsion tizimning standart interfeysidan zerikkan bo’lsangiz 7themes.su sayti eng optimal tanlov.
Platformada theme’lar, icon’lar, wallpaper’lar, kursor va boshqa ko’plab qiziqarli bezak kontentlarini topishingiz mumkin.Saytning FAQ bo’limida ularni o’rnatish yuzasidan yo’riqnomalar mavjud.
~ Link: 7themes.su
~ Manba
👉🏼Birinchi raqamli Windows Blog | #windows / #dizayn
Fasadlarga (binoning tashqi qismi) bogʻliq yana bir muammo — konditsionerlar.
Birinchidan, birinchi qavatda joylashgan konditsionerlarning koʻpi piyodalar qarab “puflaydi”. Bu kamida juda yoqimsiz. Hatto Korzinka.uzʼga oʻxshagan tarmoqlarda ham asosiy eʼtibor magazinning ichiga kirgan odamlarga qaratilgan va tashqaridagilarga “tupurilgan”dek.
Ikkinchidan, konditsionerlarni tartibsiz joylashtirish va simlarining osilib turishi fasadni juda buzadi. Hatto 70-80 yillik binolarning ham tashqarisiga koʻr-koʻrona oʻrnatib tashlangan. Xuddi bu binolarda arxitektura va dizaynni qadrlamaydigan odamlar ishlaydigandek.
Har bir xonadon har xil odamlarga tegishli uylarni tushunsa boʻladi. Lekin nega bitta bino bitta tashkilotga tegishli boʻlganda konditsionerlarni tomga yoki hovliga oʻrnatib yaxshiroq tizim qilinmaydi, hayronman.
#shahar#dizayn@FarLives🌀
Toshkentdagi, umuman, Oʻzbekistondagi shaharlardagi binolarning koʻrkini buzadigan narsalardan biri — fasadlar. Yagona standart va shartlar boʻlmagani uchun bizneslar bino fasadlarini tartibsiz, didsiz, sifatsiz yozuvlar va rasmlar bilan toʻla. Nisbatan qimmatroq joylardagi fasadlar ham bozorlarni eslatvoradi.
Moskva shahri hokimiyati (meriyasi) 2013-yilda maʼlumot beruvchi kontruksiyalarni joylashtirish tartibini qabul qilgan. Maqsad: binolarning tashqi qismini va fasaddagi maʼlumotlarni (yozuvlar, reklamalar) shahar uchun yagona standartga olib kelish. Qisqasi, “bardak”ni yoʻqotish.
Dizayn nuqtai nazaridan qaraganda, ikkita maqsadni koʻryapman: vizual shovqinni kamaytirish va odamlar zarur maʼlumotni tezda topishiga yordan berish. Hozirgi oʻzbekcha/ruscha/inglizcha va turli shriftlar bilan aralshtirib yozilgan yozuvlar ichidan zarurini topish oson ish emas.
#shahar#dizayn@FarLives🌀