Сегодня будет самый "двоичный" ("двойковый"? "двушный"? "двойственный"?) момент на вашем веку 🤩
Больше двоек в дататайме вы не застанете!
Успейте поймать момент! Будете показывать эпичный скриншот своим внукам)))
🥸 Для продуманных (ленивых): код на скрине, который сработает только сегодня и только 1 раз!
⏱ Открывайте окошки с часами и вперёд!
#offtop
#SuvTarmoqlari
#IchimlikSuvi
#Tirsakobod
Ichimlik suvi tarmoqlari yangilanmoqda
Chilonzor tumani hududida aholini sifatli va barqaror ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Jumladan, “Tirsakobod” MFYning Shosh 2-tor ko‘chasi bo‘ylab diametri 110 mm, uzunligi 120 pog‘ona metr bo‘lgan ichimlik suvi quvurlari yangilanmoqda. Mazkur ishlar eskirgan tarmoqlarni zamonaviy va mustahkam quvurlarga almashtirish orqali suv ta’minoti sifatini yaxshilash, bosim barqarorligini ta’minlash hamda avariyaviy holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Chilonzor tumani Suv tarmoqlari bo‘limi tomonidan olib borilayotgan bunday amaliy ishlar hudud aholisini uzluksiz va toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, kelgusida ham bu boradagi ishlar bosqichma-bosqich davom ettiriladi.
🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi
#Kiberxavfsizlik
#Ramazon
#Mahalla
Chilonzorda kiberjinoyatchilikka qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Chilonzor tumani hokimligi tashabbusi bilan Chilonzor tumanining “Tirsakobod” mahallasida joylashgan 201-sonli umumta’lim maktabi binosida hamkor tashkilotlar ishtirokida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Respublika "Mahalla" xayriya jamg‘armasi, "Adolat" sotsial demokratik partiyasining Chilonzor tumani kengashi, “Tirsakobod” MFY yettiligi, mahallaga biriktirilgan Ichki ishlar vazirligi vakillari hamda mahalla masjidi imomi ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida mahalla ahli bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, bugungi kunda ko‘p uchrayotgan kiberjinoyatchilik va kibero‘g‘irlik holatlari, ularning oldini olish choralari yuzasidan mas’ullar tomonidan tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, ishtirokchi mas’ullar barchani yaqinlashib kelayotgan muborak Ramazon oyi bilan samimiy qutlab, ezgu tilaklarini izhor etdilar.
Tadbir yakunida Respublika "Mahalla" xayriya jamg‘armasi tomonidan ehtiyojmand oilalarga ajratilgan oziq-ovqat jamlanmalari mahallada istiqomat qiluvchi 20 nafar oilaga topshirildi.
#Chilonzor#Tirsakobod
🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi
#Chilonzor#Tirsakobod
#SudFaoliyati
#OchiqMuloqot
#HuquqiyTushuntirish
#FuqarolarMurojaati
Chilonzor tumanida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Chilonzor tumani Tirsakobod mahalla fuqarolar yig‘inida aholi muammolarini o‘rganish hamda huquqiy tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudi sudyasi X.R. Ergasheva ishtirok etib, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Shuningdek, tadbirda mahalla “yettligi” a’zolari ham faol qatnashdi.
Uchrashuv davomida aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolar tinglanib, ular yuzasidan huquqiy tushuntirishlar va amaliy maslahatlar berildi. Shu bilan birga, fuqarolarning murojaatlari qabul qilinib, tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun qayd etildi.
Tadbir faol va samarali ruhda o‘tkazildi.
🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi