Сегодня будет самый "двоичный" ("двойковый"? "двушный"? "двойственный"?) момент на вашем веку 🤩
Больше двоек в дататайме вы не застанете!
Успейте поймать момент! Будете показывать эпичный скриншот своим внукам)))
🥸 Для продуманных (ленивых): код на скрине, который сработает только сегодня и только 1 раз!
⏱ Открывайте окошки с часами и вперёд!
#offtop
❔Nima uchun kompaniyalar hisobot berishi shart?
🗣Fond bozorining asosiy qoidasi — shaffoflik. Aksiyadorlik jamiyatlari muhim ma’lumotlarni barcha uchun bir vaqtda e’lon qilishi kerak.
⏺Muhim faktlar: Rahbar almashishi, yirik bitimlar yoki sud jarayonlari haqidagi xabarlar.
⏺Nega bu muhim? Agar ma’lumot faqat "tor doira"da qolsa, bu adolatsiz ustunlik (insayd) hisoblanadi.
⏺Qayerdan bilish mumkin? Barcha muhim faktlar va choraklik hisobotlar Yagona axborot portalida (openinfo.uz) va kompaniya saytlarida e’lon qilinadi.
✅ Aqlli investor qaror qabul qilishdan oldin kompaniyaning oxirgi hisobotini ko‘zdan kechiradi.
#MoliyaviySavodxonlik
📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin
❔Aksiya yoki obligatsiya: Qaysi birini tanlash kerak?
🗣 Kompaniyaga pul tikishning ikki xil yo‘li bor:
⏺Aksiya — bu kompaniya biznesiga sherik bo‘lish. Siz foydaga (divident) va boshqaruvga sheriksiz. Xavf yuqori, ammo daromad cheklanmagan.
⏺Obligatsiya — bu kompaniyaga qarz berish. Siz sherik emassiz, shunchaki ma’lum muddatga pulingizni ijaraga berasiz. Kompaniya sizga belgilangan foiz (kupon) to‘laydi.
✅ Portfelingizda ham aksiya, ham obligatsiya bo‘lishi — moliyaviy barqarorlik belgisidir.
#MoliyaviySavodxonlik
📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin
❔Sizning aksiyalaringiz qayerda saqlanadi?
🗣 Aksiyalar endi qog‘oz ko‘rinishida emas, balki elektron yozuvlar shaklida saqlanadi. Buning uchun maxsus depozitar hisobvaraqlar (shaxsiy hisobvaraqlar) mavjud.
⏺Markaziy depozitariy roli: Bu tizimning "yuragi" bo‘lib, barcha qimmatli qog‘ozlarning yagona hisobini yuritadi.
⏺Xavfsizlik: Sizning aksiyalaringiz investitsiya vositachisi (broker) aktivlaridan alohida saqlanadi. Agar broker faoliyatini to‘xtatsa ham, sizning mulkingiz Markaziy depozitariy bazasida xavfsiz qoladi.
⏺Nazorat: Istalgan vaqtda o‘z hisobvarag‘ingizdan ko‘chirma olib, mulkingizni tekshirishingiz mumkin.
✅Sizning aksiyalaringiz — bu raqamli aktiv, uning daxlsizligi davlat darajasida kafolatlanadi.
#MoliyaviySavodxonlik
📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin
❔Aksiyadorlar reestri nima?
🗣 Tasavvur qiling, kompaniya — bu katta bir kitob, unda har bir egasining ismi yozilgan. Mana shu "kitob" Aksiyadorlar reestri deyiladi.
⏺U yerda nimalar yoziladi? Aksiyadorning ismi-sharifi, qancha aksiyasi borligi va ularning turi.
⏺ Kim yuritadi? O‘zbekistonda bu vazifani Markaziy depozitariy yuritadi.
⏺Nima uchun muhim? Faqat reestrda bor bo‘lgan shaxslargina divident olish va umumiy yig‘ilishda ovoz berish huquqiga ega.
❕ Reestrdagi ma’lumotlaringiz (pasport, telefon raqami) eskirgan bo‘lsa, ularni yangilab qo‘yishni unutmang!
#MoliyaviySavodxonlik
📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin
❔Oddiy aksiya nima?
🗣Oddiy aksiya egasi jamiyat boshqaruvida ovoz berish huquqiga ega. Shuningdek, foyda bo‘lsa, dividend oladi. Dividend miqdori jamiyatning moliyaviy natijalariga bog‘liq.
💻Oddiy aksiya — ovoz va dividend huquqini beruvchi aksiya.
#MoliyaviySavodxonlik
Рус🇷🇺
📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin
❔Ustav kapitali nima?
🗣Ustav kapitali - jamiyat faoliyatini boshlash uchun tuzilgan umumiy mablag‘. U aksiyalar chiqarish orqali shakllantiriladi. Har bir aksiya ustav kapitalidagi muayyan ulushni anglatadi.
💻Ustav kapitali — jamiyatning
moliyaviy poydevori.
#MoliyaviySavodxonlik
Рус🇷🇺
📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin
❔Aksiyadorlik jamiyati (AJ) nima?
Ko‘p joyda AJ qo‘shimchasini ko‘ramiz, lekin uning mohiyati nimada? Keling, qisqacha tushunib olamiz:
🗣Aksiyadorlik jamiyati — bu ustav kapitali ma’lum miqdordagi aksiyalarga bo‘lingan korxonadir. Bu yerda biznesga egalik qilish huquqi aynan shu aksiyalar orqali taqsimlanadi.
🗣 AJ faoliyati O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tartibga solinadi.
🗣 Jamiyat yil yakuni bo‘yicha foyda ko‘rsa, ushbu mablag‘ aksiyadorlar o‘rtasida ularning ulushiga qarab dividend sifatida taqsimlanishi mumkin.
📊 Bugungi kunda mamlakatimizda 694 ta aksiyadorlik jamiyati ro‘yxatdan o‘tgan.
⏺ Moliya va investitsiya dunyosiga oid foydali ma’lumotlarni kuzatib boring!
#MoliyaviySavodxonlik
Рус🇷🇺
📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin
#MoliyaviySavodxonlik
❔Aksiyador kim?
🗣Aksiyador — aksiyaga egalik qiluvchi shaxs. Aksiyador jamiyat foyda qilsa, dividend olish huquqiga ega. Shuningdek, aksiyador jamiyat faoliyatiga oid muhim qarorlar qabul qilishda ishtirok etadi.
⏺Aksiyador — bu jamiyatning ham egasi, ham manfaatdor shaxsi.
Рус🇷🇺
📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin
#MoliyaviySavodxonlik
❔Aksiya nima?
🗣Aksiya - bu aksiyadorlik jamiyati chiqaradigan qimmatli qog‘oz. Aksiya sotib olgan shaxs jamiyatning aksiyadoriga aylanadi. Aksiya aksiyadorga dividend olish, ovoz berish va axborot olish huquqini beradi.
⏺Aksiya - bu jamiyatdagi ulushingiz va huquqingiz.
Рус🇷🇺
📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin
#MoliyaviySavodxonlik
❔Qimmatli qog‘oz nima?
🗣Qimmatli qog‘oz - bu egasiga muayyan moliyaviy huquqlarni beruvchi hujjat yoki elektron yozuvdir. Masalan, aksiya qimmatli qog‘oz hisoblanadi va u egasiga jamiyatda ulushga egalik qilish huquqini beradi. O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar qonun bilan tartibga solinadi va davlat tomonidan himoya qilinadi.
⏺Qisqacha aytganda, qimmatli qog‘oz - bu moliyaviy huquqingizni tasdiqlovchi hujjatdir.
Рус🇷🇺
📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin
💰 Pul haqida fact:
Ko‘pchilik boylar pulni tejash orqali emas, uni to‘g‘ri ko‘paytirish orqali boy bo‘lgan.
📊 Statistikaga ko‘ra, daromadning kamida 20% ini investitsiya qilgan odamlar uzoq muddatda 3–5 barobar ko‘proq boylik yig‘adi.
➡️ Savol: Siz pulni faqat sarflayapsizmi yoki ishlatayapsiz?
#moliyaviysavodxonlik#boylik#investitsiya
🛫@Milliarderlarim
🏦"Turonbank" ATB tomonidan moliyaviy savodxonlik tadbirlari davom etmoqda
😎"Butunjahon jamg'arish kuni" ("World saving day") xalqaro ta'lim tadbiri doirasida "Turonbank" Bosh bank Ma'naviy-marifiy ishlarni tashkil qilish bo'limi boshlig'i Islam Salamov hamda Bosh buxgalter o'rinbosari, boshqarma boshlig'i Bozorboy Atamurodov Toshkent shahrida joylashgan yetakchi oliy ta'lim dargohlarida moliyaviy savodxonlikni oshirishga bag'ishlangan seminar tashkil etdi.
✍️ Ushbu seminar Toshkent davlat iqtisodioyot universiteti hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash muhandislari instituti talabalarining moliyaviy savodxonliklarini oshirish, ularning bu boradagi ko'nikmalarini tashkil etish haqida so'z bordi.
✅ Shu bilan birga talaba-yoshlarga Turonbank tomonidan taqdim etilayotgan imtiyozli takliflar hamda yangiliklar aytib o'tildi.
🌀 Loyihaning asosiy maqsadi – yoshlarga moliyaviy bilimlarni yetkazish, ularni kelajakda barqaror va mustaqil moliyaviy hayotga tayyorlashdir. Bu jarayonda yoshlarga moliyaviy savodxonlikning bugungi kundagi ahamiyati va dolzarbligi tushuntirildi.
#TuronBank#MoliyaviySavodxonlik#WorldSavingDay#YoshlarKelajagi
👇
Sahifamizga obuna boʻling👇
@turonbankmatbuotkotib