@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #81887 · 19.03.2026 г., 06:12
#PayshanbaYoshlarKuni #YoshlarBilanMuloqot #NafosatMFY #YoshlarMuammosi #Tashabbus #Rivojlanish Chilonzor tumanida Payshanba — Yoshlar kuni doirasida uchrashuvlar o‘tkazilmoqda Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan Chilonzor tumanida yoshlar bilan muloqotlar va uchrashuvlar tashkil etilib, ularning muammo hamda takliflari o‘rganilmoqda. Shuningdek, yoshlarning muammolarini bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda. Bugun tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Mirzohid Abduqadirov tumandagi “Nafosat” mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida yoshlarning dolzarb muammolari va takliflari tinglandi. Uchrashuv yakunida bildirilgan masalalar yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. 🔵@Chilonzor_tuman_hokimligi