@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #81904 · 19.03.2026 г., 07:49
#PayshanbaYoshlarKuni #YoshlarBilanMuloqot #YoshlarMuammosi #Tashabbus #Rivojlanish Chilonzor tumanida Payshanba — Yoshlar kuni doirasida uchrashuvlar o‘tkazilmoqda Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan tuman hokimining o‘rinbosari Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.To‘laganova tomonidan tumanda joylashgan Hamshiralar akademiyasida talaba yoshlar bilan davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbati davomida Hamshiralar akademiyasida tahsil olayotgan talaba qizlarga yurtimizda xotin-qizlarga berilayotgan keng ko‘lamli islohatlar, Gender tengligi asosida amalga oshirilayotgan islohatlar, ehtiyojmand oilalarda tarbiyalanayotgan xotin-qizlarni bilim olishlari uchun davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari borasida atroflicha ma’lumotlar berildi. Suhbat so‘ngida talaba qizlarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi. 🔵@Chilonzor_tuman_hokimligi