@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #80691 · 24.02.2026 г., 12:10
#Chilonzor #YerNazorati #NoQonuniyQurilish #TumanHokimligi #YerMunosabatlari Chilonzor tumanida yer munosabatlari qonun ustuvorligi asosida tartibga solinmoqda Chilonzor tuman hokimligi huzurida tuzilgan ishchi guruh a’zolari tomonidan tuman hududida noqonuniy egallab olingan yer maydonlarini aniqlash bo‘yicha tizimli o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganishlar davomida davlat va jamoat manfaatlariga zid ravishda o‘zlashtirilgan yer uchastkalari aniqlanib, ushbu yerlarni noqonuniy egallab olgan fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlariga qonun talablari asosida rasmiy ogohlantirishlar berilmoqda. Shuningdek, tumanning 8-mavzesida joylashgan noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Tuman hokimligi tomonidan yer munosabatlarida qonuniylikni ta’minlash, o‘zboshimchalik bilan qurilishlarni bartaraf etish hamda hududlarni belgilangan tartibda rivojlantirish ishlari izchil davom ettiriladi. Fuqarolar va tadbirkorlardan yerdan foydalanishda amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish so‘raladi. @Chilonzor_tumani_hokimligi