@columbia_center · Post #1023 · 03.04.2026 г., 12:31
🗣“VoiceUp – 2026” inklyuziv yoshlar oromgohi: Farg‘ona viloyati bosqichi davom etmoqda 🎙Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda jamiyatda inklyuziv muhitni kengaytirishga qaratilgan “VoiceUp – 2026” inklyuziv yoshlar oromgohining Farg‘ona viloyati bosqichi qizg‘in va mazmunli jarayonlarga boy tarzda davom etmoqda. 🎤 Oromgoh doirasida hududlar kesimida tashkil etilayotgan tadbirlar yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ularni ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishga undashga xizmat qilmoqda. 📝Xususan, Markazimizning ToT trenerlari tomonidan “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish” mavzusida seminar-treninglar o‘tkazilmoqda. Mazkur mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar zo‘ravonlik holatlarini erta aniqlash, xavfli vaziyatlarga to‘g‘ri munosabat bildirish, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash muhitini shakllantirish, stress va bosimlarni samarali boshqarish bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘lmoqdalar. ✨“VoiceUp – 2026” nafaqat oromgoh, balki yoshlarning o‘z ovozini erkin ifoda etishi, o‘zaro hamjihatlik va qo‘llab-quvvatlash qadriyatlarini mustahkamlash maydoniga aylanmoqda. #VoiceUp2026#InklyuzivJamiyat#YoshlarFaolligi#XavfsizBolalik#Ijtimoiyish 📱Telegram📱Facebook 📱Instagram📱Youtube 📱LinkedIn