TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Python Заметки

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Најди сличен содржај

Изворен канал @pythonotes · Post #310 · 22 фев.

Сегодня будет самый "двоичный" ("двойковый"? "двушный"? "двойственный"?) момент на вашем веку 🤩 Больше двоек в дататайме вы не застанете! Успейте поймать момент! Будете показывать эпичный скриншот своим внукам))) 🥸 Для продуманных (ленивых): код на скрине, который сработает только сегодня и только 1 раз! ⏱ Открывайте окошки с часами и вперёд! #offtop

Hashtags

Резултати

Пронајдени 12 слични објави

Пребарај: #inklyuzivjamiyat

当前筛选 #inklyuzivjamiyat清除筛选

Shvetsiya tajribasi: Nogironligi bo‘lgan insonlarni ishga joylashtirishning "qo‘llab-quvvatlash" usuli qanday ishlaydi? Shvetsiyaning Misa tashkiloti mamlakatda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun "qo‘llab-quvvatlanadigan bandlik" usulini joriy etgan ilk tashkilotlardan biri bo‘ldi. Asosiy g‘oya — yordamni shaxsga moslashtirishdir, chunki har bir inson o‘ziga xos bo‘lib, turli xil yordam shakllariga muhtoj. Har bir ishtirokchiga ish bo‘yicha o‘z maslahatchisi tayinlanadi, ular birgalikda insonning qiziqishlari, kuchli tomonlari va qobiliyatlarini aniqlaydilar. Keyin ular tegishli muhit va vazifalarni topish uchun ish joylariga tashrif buyuradilar. 🌐Batafsil o‘qish #InklyuzivJamiyat#FCDO#EGED#MJDC

Nogironligi bor bolalarning onalari: ish va farzand parvarishi o‘rtasidagi muvozanatni izlash Nogironligi bo‘lgan farzandlarning onalari ko‘pincha ish va oilaviy majburiyatlar o‘rtasidagi muvozanatni topishda qiynalishadi. Italiyada o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ularning boshqa onalarga nisbatan ishlash vaqti va daromadi 15% ga kamroq ekan. O‘zbekistonda shu yilning yanvaridan boshlab 19 ming nogironligi bor insonga uyda parvarish xizmatlari, 4 ming nafariga esa kunduzgi qatnov asosida qarash tashkil etilishi ma’lum qilingan edi. Xususiy sektorga parvarish xarajatlarining 80% i davlat tomonidan to‘lab berilishi aytilgan. Biroq bu - sohadagi barcha muammolar hal bo‘ldi degani emas. O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan farzandlarning ota-onalari, ayniqsa onalar duch kelayotgan qiyinchiliklar, ularning bandligi, daromadi va ruhiy holatiga doir chuqur tadqiqotlar yo‘q. Biz O‘zbekistonda nogironligi bor bolalarni parvarish qilayotgan ota-onalarning yo‘qotilgan daromadini qoplaydigan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari mavjudligi haqida tegishli idoralarga so‘rovnomalar yubordik. 🌐Batafsil o‘qish #InklyuzivJamiyat#FCDO#EGED#MJDC

1-iyundan mehnatga layoqatli nogironligi bo‘lgan shaxslar reyestri ishga tushirilmoqda O‘zbekistonda aholi bandligini qo‘llab-quvvatlash va inklyuziv mehnat bozorini shakllantirish yo‘nalishida yangi tashabbus haqida xabardormisiz? Mamlakatda 1-iyundan boshlab nogironligi bo‘lgan mehnatga layoqatli shaxslarning elektron reyestri ishga tushirilishi belgilangan. Ushbu yangilik ularning ish topish jarayonlarini osonlashtirish va mehnat bozoridagi imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Mazkur tizim nogironligi bo‘lgan shaxslarning ta’limi va mehnat faoliyati haqidagi ma’lumotlarni jamlab, ish beruvchilarga ham mos nomzodlarni topishda qulaylik yaratadi. Ushbu reyestr qanday ishlashi haqida batafsil maqolamizda o‘qing. 🌐Batafsil o‘qish #InklyuzivJamiyat#FCDO#EGED#MJDC

Prezidentga murojaat: “Barcha idoralarga murojaat qildim, ammo ishga joylasha olmadim” ♿️ O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnat huquqlari qonun darajasida mustahkamlangan bo‘lsa-da, amaliyotda tizimli to‘siqlar saqlanib qolmoqda. Joylardagi ijro darajasi va ijtimoiy qarashlar o‘rtasidagi tafovut hamon dolzarbligicha turibdi. Bizga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida yashovchi II guruh nogironligi bo‘lgan 19 yoshli A.A. murojaat qildi. U 2024-yilda Nukus davlat pedagogika institutining “Psixologiya” fakultetini tamomlagan, biroq haligacha ishga joylasha olmayapti va kamsitishlarga duch kelmoqda. 🌐Batafsil oʻqish #InklyuzivJamiyat#Shaffoflik#FCDO#EGED#MJDC

Rag‘batlantirish bor, lekin ishlamayapti: byurokratiya nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirishga to‘sqinlik qilmoqda Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirishda imtiyozlardan foydalanmoqchi bo‘lgan fuqarolar ko‘pincha byurokratiyaga duch kelishadi. Bu esa yaxshi niyatlar va statistik ko‘rsatkichlarga qaramasdan, haqiqiy o‘zgarishlarning sekin kechishiga olib kelmoqda 🟢 Toshkentda o‘tgan "MediaDialog"da ekspertlar bu muammoning ildizlarini ochib berishga harakat qilishdi: sansalorlikka uchrayotgan subsidiyalar, ish beruvchilardagi stereotiplar va mediada noto‘g‘ri ishlatilayotgan atamalar. Afsuski, bu holatlar natijasida qobiliyatli insonlar mehnat bozoridan chetda qolmoqda. To‘liq tafsilotlar va mutaxassislar fikri bilan maqolamizda tanishing: 🌐Batafsil o‘qish #InklyuzivJamiyat#FCDO#EGED#MJDC _____________ Стимулы есть, но не работают: как бюрократия мешает трудоустройству людей с инвалидностью? При попытке воспользоваться льготами при трудоустройстве людей с инвалидностью граждане часто сталкиваются с бюрократией. Это приводит к тому, что реальные изменения происходят медленно, несмотря на благие намерения и статистические показатели. 🟢 На прошедшем в Ташкенте "МедиаДиалоге" эксперты попытались раскрыть корни этой проблемы: субсидии, сталкивающиеся с волокитой, стереотипы у работодателей и некорректно используемые термины в СМИ. К сожалению, в результате этих обстоятельств способные люди остаются за рамками рынка труда. С полными подробностями и мнениями специалистов ознакомьтесь в нашей статье: 🌐Читать статью #ИнклюзивноеОбщество#FCDO#EGED#MJDC

Oliy ma’lumot bor-u, ish yo‘q: Kamola va Azizning hikoyalari nogironligi bo‘lgan insonlar uchun tizimli to‘siqlar mavjudligini ko‘rsatadi Oliy ma’lumot, til bilish sertifikati va zamonaviy kasbning egasi bo‘lish ham nogironligi bo‘lgan yoshlarga ishga kirish imkoniyatini yaratib bermayapti. Maqolamiz qahramonlari Kamola va Azizning hikoyalaridan ma’lum bo‘ldiki, ular kabi malakali mutaxassislar ham infratuzilma yo‘qligi, ish beruvchilarning stereotiplari va moslashuvchan ish o‘rinlari yetishmasligi sababli mehnat bozoridan chetda qolmoqda. Bu holat shaxsiy muammo emas, balki tizimli to‘siqlarning natijasidir. Rasmiy hisobotlarda o‘n minglab nogironligi bo‘lgan fuqarolar ishga joylashtirilayotgani qayd etilsa-da, xalqaro tashkilotlar va mahalliy ekspertlar real vaziyat murakkabligicha qolayotganini ta’kidlashmoqda. BMT qo‘mitasi xulosalariga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun teng mehnat sharoitlarini yaratish ijtimoiy yordam shakli emas, balki davlat va jamiyatning bajarilishi shart bo‘lgan majburiyatidir. 🌐 Batafsil o‘qish #InklyuzivJamiyat#Bandlik#FCDO#EGED#MJDC

🗣“VoiceUp – 2026” inklyuziv yoshlar oromgohi: Farg‘ona viloyati bosqichi davom etmoqda 🎙Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda jamiyatda inklyuziv muhitni kengaytirishga qaratilgan “VoiceUp – 2026” inklyuziv yoshlar oromgohining Farg‘ona viloyati bosqichi qizg‘in va mazmunli jarayonlarga boy tarzda davom etmoqda. 🎤 Oromgoh doirasida hududlar kesimida tashkil etilayotgan tadbirlar yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ularni ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishga undashga xizmat qilmoqda. 📝Xususan, Markazimizning ToT trenerlari tomonidan “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish” mavzusida seminar-treninglar o‘tkazilmoqda. Mazkur mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar zo‘ravonlik holatlarini erta aniqlash, xavfli vaziyatlarga to‘g‘ri munosabat bildirish, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash muhitini shakllantirish, stress va bosimlarni samarali boshqarish bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘lmoqdalar. ✨“VoiceUp – 2026” nafaqat oromgoh, balki yoshlarning o‘z ovozini erkin ifoda etishi, o‘zaro hamjihatlik va qo‘llab-quvvatlash qadriyatlarini mustahkamlash maydoniga aylanmoqda. #VoiceUp2026#InklyuzivJamiyat#YoshlarFaolligi#XavfsizBolalik#Ijtimoiyish 📱Telegram📱Facebook 📱Instagram📱Youtube 📱LinkedIn

Bandlik va inklyuziya: Toshkentda ochiq muloqot 👍 17-aprel kuni Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi “MediaDialog" doirasida navbatdagi ekspertlar uchrashuvini oʻtkazdi. Tadbir “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’minlash: muammolar, yechimlar va medianing o‘rni” mavzusiga bag‘ishlandi. Uchrashuvda Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, “Sharoit Plus” NNT, “PRAXIS PLUS” MChJ hamda nodavlat tashkilotlar va OAV vakillari faol ishtirok etishdi. 💬 Bahs-munozaralarga boy bo‘lgan muloqotda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga yollagan ish beruvchilarga beriladigan subsidiyalar va imtiyozlarning ishlashi bilan bog‘liq muammolar, nogironligi bo‘lgan ish izlovchilarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari, mehnat bozorini inklyuziv qilish yo‘llari, inklyuziv bandlikni targ‘ib qilishda OAVning o‘rni hamda ish o‘rinlari yaratishdagi amaliy yondashuvlar va innovatsiyalar kabi muhim masalalar ko‘rib chiqildi. 🟢 Uchrashuv nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat hayotiga to‘laqonli integratsiyalashuvi, xususan, ularning munosib ish bilan ta’minlanishi yo‘lidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish va hamkorlikda yechimlar ishlab chiqish uchun muhim muloqot maydoni bo‘lib xizmat qildi. #InklyuzivJamiyat#FCDO#EGED#UKinKyrgyzstan#ӨСИ_ИПР#ДатаЖурналистика#MJDC

To‘siqlarsiz ish: inklyuziv rekruting qanday bo‘lishi kerak? 🇰🇿 Avvalroq Qozog‘istondagi Kunde kafesi haqida maqolamizda yozgan edik, u yerda oshpaz, ofitsiant va menejer sifatida nogironligi bo‘lgan insonlar ham ishlashadi. 🇺🇿 Shunga o‘xshash tashabbuslar O‘zbekistonda ham paydo bo‘lmoqda. Masalan, yirik qandolat mahsulotlari tarmog‘ida hozirda 60 dan ortiq nogironligi bo‘lgan xodim ishlamoqda, 2025-yilda yana shuncha ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. O‘zbekistonda inklyuziv ishga qabul qilish amaliyoti asta-sekin shakllanmoqda. Ammo bu bilan birga muhim savol ham tug‘iladi: nogironligi bo‘lgan xodimlarni qanday qo‘llab-quvvatlash kerak, ularga alohida imtiyozlar berish orqalimi yoki teng va adolatli mehnat sharoitlarini yaratish orqalimi? Bu haqda — yangi materialimizda: https://mjdc.uz/data-uz/tpost/ul19j2u8f1-achinish-emas-sharoit-yaratish-muhim-ink #InklyuzivJamiyat#FCDO#EGED#UKinKyrgyzstan#ӨСИ_ИПР#ДатаЖурналистика#MJDC

O‘zbekiston Nogironlar Assotsiatsiyasi nogironlarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha davlat dasturini qabul qilishga chaqirmoqda O‘zbekiston Nogironlar Assotsiatsiyasi muhim muammoni ko‘tarib chiqdi: mamlakatimizda nogironligi bor shaxslarning ishga joylashish imkoniyatlari cheklangan. Nogironligi bo‘lgan oliy ma’lumotli yoshlar ham ish topishda katta qiyinchiliklarga duch kelmoqda, ularning atigi 2-3 foizigina ish bilan ta’minlangan. Ma’lum qilinishicha, qonunchilikdagi kamchiliklar, majburiy kvota tizimining ishlamasligi va tibbiy ko‘rikdan o'tkazish talablari diskriminatsiyaga olib kelmoqda. Nogironligi bor shaxslarning mehnat bozorida teng imkoniyatlarga ega bo‘lishini ta’minlaydigan amaliy o‘zgarishlar zarur. 🌐Batafsil o‘qish #InklyuzivJamiyat#FCDO#EGED#UKinKyrgyzstan#ӨСИ_ИПР#ДатаЖурналистика#MJDC

Ko'rish qobiliyati zaif odamlar kam daromad haqida shikoyat qildilar: "Shchetka" korxonasida ish haqi minimal darajadan past Toshkentdagi “CHO‘TKA” o‘quv-ishlab chiqarish korxonasida ko‘zi ojiz ishchilar eng kam ish haqdan pastroq oylik maosh oladilar hamda vaziyat besh yildan beri yaxshilanmagan. Ko‘zi ojizlar jamiyati qoshidagi korxonada qancha odam ishlayotgani noma’lum, ammo nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnat bozorida jiddiy to‘siqlarga duch kelayotgani aniq. Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti (IHRI) so'rovnomasiga ko'ra, nogironligi bo'lgan insonlarning aksariyati ishga joylashishda muammoga duch kelmayapti va kamsitish deyarli yo'q. Ammo ijtimoiy tarmoqlarda o'tkazilgan mustaqil so'rovnomalar buning aksini ko'rsatmoqda: ko'pchilik nogironlik sababli ishga qabul qilinmaslik, kam maosh va ish topishda qiynalishini ma'lum qilgan. 🌐Batafsil o‘qish #InklyuzivJamiyat#FCDO#EGED#UKinKyrgyzstan#ӨСИ_ИПР#ДатаЖурналистика#MJDC

📣 Davra suhbatiga taklif qilamiz! O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligi – bugunning dolzarb masalasi. Haqiqiy inklyuziv mehnat bozorini yaratish va teng imkoniyatlarni ta’minlash yo‘lida "MediaDialog" ekspertlar platformasi sizni 17-aprel kuni Toshkentda muhim muhokamaga chorlaydi. Muhokama mavzusi: "Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’minlash: muammolar, yechimlar va medianing o‘rni" Ushbu muhim muloqotda Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Bandlik vazirligi, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Soliq qo‘mitasi kabi davlat idoralari, "Sharoit+" kabi ilg‘or nodavlat tashkilotlari hamda biznes va media vakillari bir maqsadda birlashib, amaliy yechim va takliflar almashadilar. 📅Sana: 17-aprel, 09:00'da 📍 Manzil: "ATECA" mehmonxonasi, Toshkent sh. Bu – O‘zbekistonda inklyuzivlik va teng imkoniyatlar sari muhim qadam! Ro‘yxatdan o‘tish uchunhttps://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdID9EZgcVpC67tnYlnaTBMT336J0jQbnjsNUVQgzHSwFLeKw/viewform 📣Приглашаем на круглый стол! Трудоустройство лиц с инвалидностью в Узбекистане — одна из актуальных тем сегодняшнего дня. Платформа экспертов «МедиаДиалог» приглашает вас 17 апреля в Ташкент на важное обсуждение путей к созданию действительно инклюзивного рынка труда и обеспечению равных возможностей. Тема обсуждения: «Трудоустройство лиц с инвалидностью: проблемы, решения и роль медиа» В ходе открытого диалога представители таких государственных структур, как Национальное агентство социальной защиты, Министерство занятости, Министерство юстиции, Торгово-промышленная палата, Государственный налоговый комитет, а также ведущие ННО – «Шароит+», бизнес и медиа объединятся для обмена практическими решениями и инициативами. 📅Дата: 17 апреля, 09:00 📍Место: гостиница «ATECA», г. Ташкент Это — важный шаг на пути к инклюзивности и равным возможностям в Узбекистане! Регистрацияhttps://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdID9EZgcVpC67tnYlnaTBMT336J0jQbnjsNUVQgzHSwFLeKw/viewform #InklyuzivJamiyat#FCDO#EGED#UKinKyrgyzstan#ӨСИ_ИПР#Opendata#MJDC