Сегодня будет самый "двоичный" ("двойковый"? "двушный"? "двойственный"?) момент на вашем веку 🤩
Больше двоек в дататайме вы не застанете!
Успейте поймать момент! Будете показывать эпичный скриншот своим внукам)))
🥸 Для продуманных (ленивых): код на скрине, который сработает только сегодня и только 1 раз!
⏱ Открывайте окошки с часами и вперёд!
#offtop
🗣“Xavfsiz bolalik” – bolalar farovonligi yo‘lida muhim qadam
🤩Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi qoshidagi “Xavfsiz bolalik” PTP volontyorlik guruhi tomonidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda Yunusobod va Yakkasaroy tumanlaridagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
🖐 Mazkur uchrashuvlarda mahallalarda istiqomat qiluvchi 25 nafardan ortiq bolalar va yoshlar faol ishtirok etdi. Taqdimotlar davomida ishtirokchilarga zo‘ravonlikning mohiyati, uning uchrash shakllari hamda bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha muhim tushunchalar yetkazildi.
✅ Shuningdek, muammoli vaziyatlarda murojaat qilish mumkin bo‘lgan ishonch raqamlari va aloqa vositalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
🎤 Tadbirlarning o‘ziga xos jihati – mavzularni oddiy tushuntirish bilan cheklanib qolmay, interaktiv usullar orqali mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilganidadir. Ishtirokchilar turli mashqlar, muhokamalar va savol-javoblar orqali faol jalb etildi.
✅ Muhimi, bu kabi tadbirlar muntazam ravishda davom ettiriladi. Bu esa bolalar va yoshlar o‘rtasida xavfsiz muhitni shakllantirish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda zo‘ravonlikka qarshi murosasiz munosabatni kuchaytirishga xizmat qiladi.
#XavfsizBolalik#IjtimoiyIsh#Volontyorlik#zoravonliksizbolalik
📱Telegram📱Facebook
📱Instagram📱Youtube
📱LinkedIn
O‘zbekiston bolalari uchun tarixiy voqea!
Bugundan boshlab mamlakatimizda “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun rasman kuchga kirdi.
Mazkur hujjat har bir bola uchun xavfsiz va qo‘llab-quvvatlovchi muhit yaratish yo‘lida muhim qadam hisoblanadi. Qonun zo‘ravonlikning har qanday shaklini oldini olish, himoya mexanizmlarini kuchaytirish va bolalar huquqlariga hurmat tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan.
“Davlat har bir bolani zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishidan himoya qilish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Ushbu qonun — O‘zbekistonda bolalikni asraydigan huquqiy qalqondir.”
Qonunning aynan 15-may — Xalqaro oila kunida kuchga kirishi bejiz emas. Zero, aynan oila — bolalar uchun eng birinchi va eng muhim himoya chizig‘idir.
#BolalarHimoyasi#XavfsizBolalik
⸻
Знаменательное событие для детей в Узбекистане!
С сегодняшнего дня в нашей стране официально вступает в силу Закон «О защите детей от всех форм насилия».
Этот документ — важный шаг на пути к созданию безопасной и поддерживающей среды для каждого ребенка. Закон направлен на предотвращение любых форм насилия, усиление механизмов защиты и продвижение принципов уважения к правам ребенка.
«Государство берет на себя обязательство защищать каждого ребенка от любых форм насилия. Этот закон — правовой щит, охраняющий детство в Узбекистане.»
Символично, что закон вступает в силу именно 15 мая — в Международный день семьи. Ведь именно семья является первой и самой важной линией защиты для детей.
#ЗащитаДетей#БезопасноеДетство
💻Instagram📝Facebook
📝Telegram🐧xcom
🎞YouTube🎖istc.uz
🗣Zo‘ravonliksiz bolalik sari
“Xavfsiz bolalik” (Peer to peer) qo‘llab-quvvatlash guruhi o'z ishini davom ettirmoqda. Galdagi manzil 5-maktab…
_________________________________
🇺🇸 Towards a childhood without violence
"Safe Childhood" (Peer to Peer) support group continues its activities. The next destination — School No. 5...
#xavfsizbolalik#bolalik#zoravonliksizbolalik#zoravonlikkaqarshimiz
📱Telegram📱Facebook
📱Instagram📱Youtube
📱LinkedIn
🗣“VoiceUp – 2026” inklyuziv yoshlar oromgohi: Farg‘ona viloyati bosqichi davom etmoqda
🎙Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda jamiyatda inklyuziv muhitni kengaytirishga qaratilgan “VoiceUp – 2026” inklyuziv yoshlar oromgohining Farg‘ona viloyati bosqichi qizg‘in va mazmunli jarayonlarga boy tarzda davom etmoqda.
🎤 Oromgoh doirasida hududlar kesimida tashkil etilayotgan tadbirlar yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ularni ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishga undashga xizmat qilmoqda.
📝Xususan, Markazimizning ToT trenerlari tomonidan “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish” mavzusida seminar-treninglar o‘tkazilmoqda. Mazkur mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar zo‘ravonlik holatlarini erta aniqlash, xavfli vaziyatlarga to‘g‘ri munosabat bildirish, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash muhitini shakllantirish, stress va bosimlarni samarali boshqarish bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘lmoqdalar.
✨“VoiceUp – 2026” nafaqat oromgoh, balki yoshlarning o‘z ovozini erkin ifoda etishi, o‘zaro hamjihatlik va qo‘llab-quvvatlash qadriyatlarini mustahkamlash maydoniga aylanmoqda.
#VoiceUp2026#InklyuzivJamiyat#YoshlarFaolligi#XavfsizBolalik#Ijtimoiyish
📱Telegram📱Facebook
📱Instagram📱Youtube
📱LinkedIn