Стандартная библиотека asyncio это стандарт (начиная с Py3.4) для работы с асинхронным кодом. Но эта библиотека достаточно низкоуровневая, со своими проблемами, устаревшими подходами.
Чтобы исправить это, были созданы разные обертки и альтернативы с реализацией популярных инструментов и паттернов асинхронного программирования. Это такие библиотеки как:
- trio: улучшает корректность выполнения, не оставляя потерянных корутин при ошибках, то есть предлагает Structured Concurrency из коробки.
- curio: упрощение синтаксиса и читаемости кода, больше похоже на работу с потоками.
- anyio: универсальная обертка над asyncio или trio плюс множество вспомогательных инструментов.
anyio используется в FastAPI как основная библиотека для работы с асинхронным кодом и вызовом синхронного кода из асинхронного.
В общем, рекомендую почитать про возможности anyio, возможно вы более не будете использовать чистый asyncio в своих проектах)
Это совсем не значит что дефолтный asyncio плох, он тоже даёт достаточный для работы функционал и продолжает развиваться. Например, в версии 3.11 появились TaskGroup, с похожим на trio функционалом. Так что он тоже актуален, просто придется больше написать кода самостоятельно.
#libs#async
4 март куни Инсон ҳуқуқлари бўйича Ўзбекистон Республикаси Миллий марказида Тошкент давлат юридик университети талабалари учун “Инсон ҳуқуқлари бўйича миллий институтлар ва халқаро органлар билан ҳамкорлик” мавзусида амалий машғулот ташкил этилди.
Машғулот давомида Миллий марказ масъул ходими Ойбек Аҳмадов Марказнинг асосий вазифалари, инсон ҳуқуқлари соҳасида амалга оширилаётган ислоҳотлар, халқаро шартномалар ижроси мониторинги ва фуқароларнинг мурожаатлари билан ишлаш механизмлари ҳақида батафсил тўхталиб ўтди. Шунингдек, талабаларнинг саволларига жавоб берилиб, очиқ мулоқот ташкил этилди.
#InsonHuquqlari#MilliyMarkaz#TDYU
📱www.nhrc.uz📱Telegram📱Facebook📱Twitter📱YouTube
📢Tanlov gʻoliblari e’lon qilindi!🎉
"InnoCyberLawWeek — 2025 (Tashkent): Empowering the Digital Futures" III Xalqaro konferensiyasi doirasida TDYU talabalarining ko‘p bosqichli tanlovi bo‘lib o‘tdi. Baholash jarayonida akademik yutuqlar, ilmiy-tadqiqot faoliyati, amaliy tajriba hamda universitetimizda kiber huquq rivojiga qo‘shilgan hissasi inobatga olindi.
🏆Tanlov natijalariga ko‘ra quyidagi talabalar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi:
📌Saidaxmedova Muazzamxon Anvarxonovna – 4-kurs talabasi, Xususiy huquq fakulteti.
📌Ergashov Zafar – 4-kurs talabasi, Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti.
📌Ochilov Asliddin – 3-kurs talabasi, Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti.
📌Nurmatov Bunyod Saidrahim o‘g‘li – 3-kurs talabasi, Xususiy huquq fakulteti.
📌Normamatova Dilnavoz Husniddin qizi – 1-kurs talabasi, Ommaviy huquq fakulteti.
🎖Gʻoliblarga zamonaviy noutbuklar topshiriladi, bu esa ularning kelgusi akademik va professional rivojlanishida muhim vosita bo‘ladi.
💼Tanlov ishtirokchilari quyidagi qat’iy mezonlar asosida saralandi:
✅IELTS 7.5 va undan yuqori darajadagi ingliz tilini bilish.
✅Kiber huquq sohasida ilmiy maqolalar chop etgan bo‘lish.
✅Street Law dasturi va Yuridik klinika faoliyatida ishtirok etish, aholining huquqiy savodxonligini oshirishga hissa qo‘shish.
✅Ijtimoiy faollik, mahalliy va xalqaro tanlovlardagi yutuqlar.
🏅Gʻoliblarni taqdirlash marosimi "INNOCYBERLAWWEEK — 2025 (TASHKENT): EMPOWERING THE DIGITAL FUTURES" KONFERENSIYASI OCHILISHIDA bo‘lib o‘tadi.
🔥Gʻoliblarni tabriklaymiz! Ushbu yutuq ularning professional rivojlanishidagi muhim bosqich bo‘lishiga tilakdoshmiz! 🚀#InnoCyberLawWeek2025#YuridikKlinika#TDYU
👨💻👩💻🧠🤝🌏👨🏫👩🏫
✅2025-yil 16-oktabr kuni Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi o'qituvchisi G.Yusupdjanova tashabbusi bilan “Jinoyat-protsessida dalillar va isbotlash” moduli doirasida Jinoiy odil sudlov fakulteti 4-kurs talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida sayyor dars tashkil etildi.
🏛Mazkur darsda Sud-avtotexnika ekspertizasi laboratoriyasi mudiri Q.H.Umidullayev , Sud iqtisodiy ekspertizasi boʼlimi bosh eksperti S.Xalmuxamedova, Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi mudirasi R.Axmedova va Odam DNKsi sud biologik ekspertizasi laboratoriyasi mudiri A.Normatov ishtirok etib, talabalar bilan jinoyat-protsessual faoliyatda sud ekspertizasining o‘rni hamda ahamiyati, zamonaviy ekspertiza usullari va ularning tergov amaliyotidagi qo‘llanilishi yuzasidan o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
🤩Bunday darslar talabalarga nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, kelgusida professional faoliyatida mustahkam poydevor yaratish imkonini beradi.
#TDYU#JinoyatProtsessualHuquqi#SayyorDars
❤@TSUL_CPL🇺🇿
⚖️👨💻👩💻💬🤝🌏👨🏫👩🏫
⚖️2025-yil 17-sentabr kuni Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi tomonidan
“Jinoyat ishlarini yuritishda xalqaro hamkorlik” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. 🌍⚖️
⚖️👨💻👩💻💬🤝🌏👨🏫👩🏫
⚖️Konferensiyada xalqaro va milliy ekspertlar, olimlar hamda amaliyotchi mutaxassislar jinoyat-protsessual faoliyatda xalqaro hamkorlikning dolzarb masalalari, xorijiy tajribalar va ularni milliy qonunchilik amaliyotiga tatbiq etish yo‘llari yuzasidan fikr almashdilar.
⚖️👨💻👩💻💬🤝🌏👨🏫👩🏫
🎗Tadbir yakunida ilmiy va amaliy xulosalar ishlab chiqildi hamda hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari belgilab olindi.
#TDYU#Konferensiya#XalqaroHamkorlik
@TSUL_CPL
⚖️🧑⚖️TDYUda sayyor sud!
☄️Bugun, 2025-yil 21-oktabr kuni Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi tashabbusi bilan Jinoiy odil sudlov fakulteti bilan hamkorlikda sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi.
⚖️Mazkur sayyor sud majlisida Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudi sudyasi Z.Latipov raisligida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan bog'liq jinoyat ishi ko'rib chiqildi.
🧩 Tadbir davomida talabalar sud majlisi tartibi, isbotlash jarayoni, dalillarni baholash va sud hukmi chiqarishning amaliy jihatlarini bevosita kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
🎓Bunday sayyor mashg‘ulotlar talabalar uchun nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, shuningdek, kelajakdagi kasbiy faoliyatiga tayyorgarlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
#TDYU#JinoyatProtsessualHuquqi#SayyorSud
❤@TSUL_CPL🇺🇿
⚡️Ajoyib yangilik!
⚖️📺 TDYU Yuridik klinikasi YouTube kanalida obunachilar soni 2 000 nafardan oshdi!
🙏 Ishonchingiz va e’tiboringiz uchun tashakkur! Siz bilan birga foydali huquqiy ma’lumotlarni ulashishda davom etamiz.
👉Hali obuna bo‘lmagan bo‘lsangiz — bizga qo‘shiling:https://youtube.com/@yuridikklinika?si=HkAgcvgENoVDm6f1
#YuridikKlinika#TDYU#YouTube#2000Obunachi
🌐Murojaat uchun:
@TDYU_Yuridik_klinika_bot
🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥
🖥 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
💬Telegram🌐Instagram🌐YouTube🌐TikTok🌐Facebook
📚Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori Gulchehra To'laganova va Ommaviy huquq fakulteti 2-bosqich talabasi Charosxon Ne'matova hammuallifligida O'zbekistondagi ilk o'zbek ayol-huquqshunosi, akademik Xadicha Sulaymonova hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan risola chop etildi!
📍Risolani universitetimiz kutubxonasidan olishingiz mumkin!
@TSUL_CPL
#TDYU#XadichaSulaymonova#IlmiyMeros
2️⃣2️⃣2️⃣
⚖️TDYUda har juma “Milliy qadriyatlar va Milliy liboslar” kuni !
💥💥💥💥💥💥💥💥💥💥
⚖️Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professor-o‘qituvchilari milliy urf-odatlarimizni tarannum etuvchi ushbu tadbirida o‘zlarining betakror milliy kiyimlari bilan faol ishtirok etishmoqda.
🇺🇿Milliy qadriyatlarimiz – faxrimiz!
📸 Yuqorida tadbirdan eng yorqin lahzalar! ✨
#MilliyLiboslarKuni#TDYU#JinoyatProtsessualHuquqi#MilliyQadriyatlar
💃🏻✨TDYUda har juma “Milliy qadriyatlar va Milliy liboslar” kuni
🌹💫Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professor-o‘qituvchilari milliy urf-odatlarimizni tarannum etuvchi ushbu tadbirida o‘zlarining betakror milliy kiyimlari bilan faol ishtirok etishmoqda hamda universitetimizning Navro’z tadbiriga tayyorgarlik ko’rishmoqda.
🇺🇿Milliy qadriyatlarimiz – faxrimiz!
📸 Yuqorida tadbirdan eng yorqin lahzalar! ✨
#MilliyLiboslarKuni#TDYU#JinoyatProtsessualHuquqi#MilliyQadriyatlar
🇺🇿🇺🇿🇺🇿TDYUda “Milliy liboslar” kuni nishonlandi!✨🧡
🍀🍀🍀28-fevral kuni Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professor-o‘qituvchilari milliy urf-odatlarimizni tarannum etuvchi “Milliy liboslar” tadbirida faol ishtirok etishdi!
⭐️
⭐️
⭐️ Tadbir doirasida milliy liboslar namoyishi, fotosessiyalar, fleshmoblar tashkil etilib, kafedra a’zolari o‘zining betakror milliy kiyimlari bilan tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishlashdi.
🟥🟥🟥Milliy qadriyatlarimiz – faxrimiz!
#MilliyLiboslarKuni#TDYU#JinoyatProtsessualHuquqi#MilliyQadriyatlar
@TSUL_CPL
⚖️ Joriy yilning 13-oktabr kuni Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professori, yu.f.d.D.Suyunova tashabbusi bilan “Dilfura Himoya”advokatlik firmasi advokati Nematjon Akbarov ishtirokida “Jinoyat-protsessual huquqi” moduli doirasida Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti 3-kurs talabalari uchun mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
⚖️ Dars davomida talabalar advokatlik faoliyatining amaliy jihatlari, sud jarayonlarida himoyachining o‘rni va protsessual huquqlarni ta’minlash masalalari yuzasidan qimmatli bilim va tajribaga ega bo‘ldilar. 💼
#TDYU#JinoyatProtsessualHuquqi#MahoratDarsi#Advokat
❤@TSUL_CPL🇺🇿
🤝🌏👨🏫👩🏫
⭕️⭕️⭕️Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Huquq fanlar kafedrasi va Toshkent davlat yuridik universitetining Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi o‘rtasida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda!
🏛🏛🏛 Joriy yilning 27-fevral kuni ushbu hamkorlik doirasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu hamkorlik doirasida huquqiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohalarida tajriba almashish, qo‘shma loyihalar va ilmiy anjumanlar tashkil etish muhokama qilindi.
👨🏫👨🏫👨🏫 Uchrashuv davomida talabalar uchun Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan master-klasslar tashkil etildi.
🤝🤝🤝Mazkur hamkorlik huquq sohasi bo‘yicha chuqur bilim va tajribaga ega mutaxassislar yetishtirishga katta hissa qo‘shadi hamda talabalar va tadqiqotchilar uchun amaliyot o‘tash imkoniyatlari kengayib, ilmiy izlanishlar yanada samarali olib borilishiga xizmat qiladi.
#HuquqFakulteti#TDYU#Hamkorlik#JinoyatProtsessualHuquqi
@TSUL_CPL