TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Kembali ke senarai saluran
<DevCon /> avatar

TGINSIGHT CHAT

<DevCon />

@Devcon

Technologies

DevCon P/E rasmiy telegram kanali. Informatsion texnologiyalar dunyosiga xush kelibsiz. Kanalda IT sohasiga oid qiziqarli ma'lumotlar va yangiliklar berib boriladi. Murojaat va takliflar uchun: http://t.me/iplosvoy [email protected]

Pelanggan83Pelanggan semasa
Siaran dijejaki239Bilangan siaran diindeks
Capaian terkini9,698Jumlah tontonan terkini
Siaran terkini

Siaran terkini

Halaman 5 daripada 20 · 239 siaran

Diterbitkan 24 Mei

Assalomu alaykum qadrli do'stlar. Bugundan boshlab alohida vaqt ajratgan holda youtube video hostingida elektronika va dasturlash sohasida o'z videolarimni ulashib borishni boshladim. Albatta ayni damda juda ko'p kamchiliklar bo'lishi mumkin. Shunday ekan sizlardan uzr so'ragan holda birinchi videoni ulashmoqchiman. https://youtu.be/E71qUxvevHw

516 views

Diterbitkan 5 Mei

Ba'zida kompyuterni cho'miltirib turish ham zarar qilmaydi. Yoz yaqin, havo issiq. Muzdak vanna esa juda mazzali))

526 views

Diterbitkan 26 Apr

https://www.texnoman.uz/post/vestacpda-sftp-chroot-va-fayl-menejerlarini-qanday-qilib-bepul-olish-mumkin.html

269 views

Diterbitkan 9 Apr

Play market tekshiruvchilari koronavirusga chalingan shekilli. Albatta hazil) Ko'p ilovalar hali ham jarayonda turgani sabab telegramda alohida kanal ochib joylab qo'yyapman. Hozir asosiy ulashmoqchi bo'lganim "Hikoyalar to'plami ilovasi". To'plamda yuzga yaqin turli mavzudagi hikoyalar mavjud bo'lib, karantin davrida o'qib ulardan bahramand bo'lishingizga tilakdoshman. To'plamdagi hikoyalar ro'yxati bilan tanishish: https://telegra.ph/Hikoyalar-toplami-04-09 Ilova hajmi: 3.3 Mb Telegram oqali yuklash: https://t.me/devcon_apps/13 Shu jumladan @devcon_apps telegram kanaliga obuna bo'lishni va do'stlarga ham ulashishni unutmang. @devcon

507 views

Diterbitkan 6 Apr

#uyda_qoling Karantin davri 20-kun. Qachonki sen juda ham zerikib ketganingda... Arduino yordamida Chrome offline T-rex o'yinini o'ynaymiz. @devcon

449 views

Hashtags

Diterbitkan 20 Mac

Yuqoridagi matn videosi

622 views

Diterbitkan 20 Mac

Video tojikchada uzr so'rayman. Bir yaqin kishimga jo'natgandim buyerda ham ulashay dedim. Basic asosida mini o'zbekcha emulator (qishlaqchasiga kompyuterning boshlanishi). Imkoniyatlar 1. Oled, lcd va vga ekranlar bilan ishlash. Epromda ma'lumot saqlash. 2. Usb va ps2 klaviatura o'qiydi. 3. Arduinonig barcha analog va raqamli pinlari bilan ishkay olish. O'zida audio drayver mavjudligi. Operatorlar O'zgaruvchilar: BELGILA X=123; Yoki BELGILA X="abvg"; Matnni ekranga chiqarish: CHOPET "Matn"; Foydalanuvchi tomonidan literal qabul qilish: KIRIT$ X; (X buyerda o'zgaruvchimiz) Biror bir matn uzunligini aniqlash: UZUNLIK("Matn"); Tasodifiy raqam olish: TASODIF; Matnni kerakli qismini kesish: CHAPDAN("Matn", UZUNLIK); Ekranni tozalash: TOZALA Arduino pinlari bilan ishlash: QADAGICH SON, QIYMAT (Misol - QADAGICH 4,1); Epromdagi ma'lumotlarni ro'yxat shaklida ekranga chiqarish: RO'YXAT Epromga ma'lumot saqlash: SAQLA "Fayl nomi" Epromdagi ma'lumotni o'qish: YUKLA "Fayl nomi" Epromdagi ma'lumotni o'chirish: O'CHIR "Fayl nomi" Funksiya yaratish - YANGI Funksiyani ishga tushirish - ISHLAT Sikllar: TAKRORLA X=1 DAVOMIYLIK 5 Shart operatorlari: <> > >= < <= (AGAR 3>2 KEYIN CHOPET "3 katta 2dan") Mantiqiy amallar: VA, YOKI, EMAS Arifmetik ammallar: + - * / Misollar //matnni ekranga chiqarish va kerakli qismini kesish 10 BELGILA X="MATN" 20 BELGILA Y=CHAPDAN$(X,2) 30 CHOPET X; 40 CHOPET Y //foydalanuvchi ismini kiritga salomlashuvchi funksiya 10 CHOPET "ISMINGIZ?" 20 KIRIT ISM$ 30 CHOPET "SALOM ";ISM$ //ikki raqamni taqqoslash 10 CHOPET "Birinchi raqam?" 20 KIRIT A$ 30 CHOPET "Ikkinchi raqam?" 40 KIRIT B$ 50 AGAR A$>B$ KEYIN CHOPET "A katta Bdan" 60 AGAR A$<B$ KEYIN CHOPET "A kichkina Bdan" //bir vaqtda bir necha sikllar bilan ishlash 10 TAKRORLA M=0 GACHA 6 20 TAKRORLA N=0 GACHA M 30 CHOPET M;":";N;" "; 40 KEYINGI N 50 CHOPET 60 KEYINGI M //arduino pin bilan ishlash 10 QADAGICH 4,1 20 CHOPET "YONDI" 30 TANAFFUS 200 40 QADAGICH 4,0 50 CHOPET "YONDI" 60 TANAFFUS 200 70 QATORGA 10 Kamchiliklar 1. Faqat klaviatura uchungina port mavjud 2. Shart operatorlarida equal normal ishlamayapti 3. Funsiyalar yetarli emas 4. Til masalasini ham ko'rib chiqish lozim Do'stlarga ulashishni unutmang 👇 https://t.me/joinchat/AAAAAEkuHVcE79uAWhWM2g

574 views

Diterbitkan 20 Mac

​Sizlar uchun yangi o'yin. Bloklarni to'ldirib miyyangizni charxlashni unutmang. https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.devcon.thefill @devcon

682 views

Diterbitkan 17 Mac

​Yaqinda Rustam Ashurov dan elektron detallarni chuqurroq o'rganish uchun ularning fizik xossalari, kimyoviy tarkibi va ularning ishlab chiqish jarayonlari haqida so'ragandim. Qo'shimcha sifatida birad hozircha O'zbekistonda mikrosxemalarni noldan teradigan (mantiqiy amallar asosida) mutaxassislar yo'qligini aytagandilar. Balkim bordir xz. Asosiysi bor bo'lganda ham shundaylar yetishmayotgani aniq. Raqamli texnologiya asri deganimiz bilan ko'plab qurilmalar hozirgacha mukammal emas. Kompyuterda ong bor lekin hali hanuz u o'zidan oddiy issiqlik ishlab chiqishni davom etmoqda. Tabiiy qurilmadagi issiqlik ma'lum miqdorda energiya sarfi hisoblanadi. Bularning tagiga yetish uchun esa avvalo mavjud narsalarni o'rgana olishimiz lozim. Postni asosiy mazmuniga o'tadigan bo'lsam sizlarga ajoyib bir kanalni ulashmoqchiman. Kompyuterdan foydalanishdan ko'ra uni noldan yasab ko'rishga qiziquvchilar uchun yaxshi youtube kanal. Ikkilik sanoq tizimlarida mantiqiy amallardan boshlab toki impulslargacha chiroyli tushuntirib bergan. Hattoki tranzistorli variatlar ham chetda qolmagan. Albatta sabr toqat bilan kuzatib, o'rganishingizga bog'liq asosiysi. Men boshlanishiga arduinoda inson tiliga yaqin dasturlar tillari bilan boshlamoqchiman (githubda yetarlicha librarylar ham bor ekan). Qolganiga sekin asta tarixga yuzlansa bugungi kunda o'rganish uchun eski kompyuterlarni ham yasab ko'rish muammo emaskan. Chunki har qanday darslik va radiodetalni topish muammo emas. Dasturlash tillariga doir narsalar ham uje karroziyaga uchrashni boshlagan)) Qo'shimcha ma'lumot sifatida ko'pchilikga ustoz darajasiga chiqqan Алишер Жалолов tomonlaridan bir vaqtlar yozilgan kompilyator qanday ishlashi haqida ajoyib maqolani ham ulashib ketaman. Bu esa prinsipni o'rganishga yanada ko'proq yordam beradi. http://telegra.ph/Bu-qanday-ishlaydi-Kompilyator-1-qism-07-26 https://www.youtube.com/user/eaterbc https://youtu.be/AwUirxi9eBg P.S: 3 hafta zerikib yotamanmi deguvchilarga elektronika va dasturlash juda ajoyib hobby bo'la oladi. Bekorga aytishmagan "Dunyoda ikki soha vakillari o'zlariga huzr bag'ishlaydigan ishga haq olishadi. Birinchi toifa olimlar, ikkinchi toifa fohishalardir". @devcon

411 views

Diterbitkan 18 Jan

Ўзбек дастурчиси казуал мобил ўйин яратди! Батафсил: https://www.terabayt.uz/?p=62158

494 views

Diterbitkan 6 Jan

​Sizlar uchun navbatdagi loyihalardan biri. Simple video downloader - Facebook, instagram, youtube, twitter, odnoklassniki, vkontakte, vimeo, tumblr, imgur, ted va mover.uzlardan muammosiz videolar yuklab oluvchi dastur. Tez orada play marketdan yuklab olishingiz mumkin. Ushbu ilovaga qo'shimcha saytlardan yuklashni yoki boshqa bir takliflarni beruvchilar quyidagi "Открыть комментарии" tugmasini bosish orqali fikr bildirishlari mumkin. @devcon

629 views

Diterbitkan 6 Jan

​Ho'sh boshlaymiz demak. Hozircha oxirgi tasdiqlangan dasturlar va o'yinlar ro'yxati. Bemalol yuklab olib foydalanishingiz mumkin. Ortgani yana tekshirish jarayonida turipti. Kitoblar: 1. Fyodor Dostoyevskiy - Kulgili odamning tushi - https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.devcon.kulgili_odamning_tushi 2. Robert Kiosaki - Boy ota, kambag'al ota - https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.devcon.kiosaki_boyota 3. Shifokorlarimiz uchun juda ham kerakli bo'lgan "Интерпретация биохимического анализа крови" ilovasi. Kasalliklarga qon analizlari orqali tashxish qo'yish uchun yaxshi ma'lumotlar jamlanmasi. Kitob faqat shifokorlarga emas oddiy odamlarga ham tavsiya etiladi - https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.devcon.interpretatsiya_bio 4. Qur'oni Karim (Tafsirlar va ma'nolar. Jumladan Islom dini tarixidan qisqacha ilovalar va tasavvuf ilmi haqida alohida bir kitob ham joy olgan) - https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.devcon.quran 5. Islom dinida jinslar tengligi. Ushbu kitobda ko'pxotinlik, taloq, meros, madaniyat kabi ko'plab tushunchalarga tarix va bugungi kun nuqtai nazari bilan qaralgan fikrlar jamlangan (Ushbu kitob UNICEF hamkorligi asosida O'zbek tiliga aniq manbalardan tarjima qilingan) - https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.devcon.islamgender O'yinlar: 1. Bo'sh vaqtlaringizni maroqli o'tkazish uchun Ikki nuqta o'yini - https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.devcon.ikkinuqta 2. Boshqotirmalarni yoqtiruvchilar uchun ajoyib Slide to Star o'yini - https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.devcon.slidetostar Ta'lim: 1. Ingliz tilini o'rganishni xohlovchilar uchun "Lingway Beginner" ilovasi. Ushbu ilova 600ga yaqin so'zlar, 12 tadan ortiq darslar mavjud bo'lib, har bir darslarda 7 bosqichda o'rgatishni amalga oshiradi. Jumladan: Xato so'zlarni belgilash, tarjimasini topish va yozish, tinglab topish va iboralar ustida ishlash. - https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.devcon.lingway_beginner Ma'lumotnoma: 1. My Dealer mobil ilovasi ushbu dasturni o'rnatganingizdan so'ng O'zbekiston mobil aloqa operatorlari UMS, Uzmobile, Ucell, Beeline va Perfectum haqida barcha savollaringizga javoblar olasiz. - https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.devcon.mydealer P.S: Hozircha shular, tez orada sizlar bilan boshqa ilovalarni ham ulashaman albatta. Yuqoridagi sahifalardagi ilovalarga baho berishni unutmang) @devcon

4,019 views
1234567•••10•••1920
SebelumHalaman 5 daripada 20Seterusnya