TGINSIGHT CHAT
<DevCon />
@Devcon
TechnologiesDevCon P/E rasmiy telegram kanali. Informatsion texnologiyalar dunyosiga xush kelibsiz. Kanalda IT sohasiga oid qiziqarli ma'lumotlar va yangiliklar berib boriladi. Murojaat va takliflar uchun: http://t.me/iplosvoy [email protected]
Siaran terkini
Halaman 6 daripada 20 · 239 siaran
Diterbitkan 31 Dis
Yangi yil uchun kichik sovg'a http://2020.devcon.uz/
Diterbitkan 31 Dis
Roppa rosa bir yil avval yangi yil kelishini umuman istamagan edim. Chunki unda onam o'lishi oldindan belgilangan edi. Men 2019-yilda eng qimmatli narsam yo'qotdim va shu ondan kamida 10 yilga ulg'aydim deb hisoblayman. Balkim bu yil men uchun katta yutqazish va yutuqlar yili bo'lgandir lekin chindan bu yil kelishini xohlamaganman. Tezroq ketishini ham istayman. Ko'plab do'stlar ortirdim, ko'plari bilan shunchaki orani ochiq qildim. Kuldim yig'ladim kezi kelsa boriga ko'nikishga o'rgandim. Men uchun bu yil ham iqtisodiy ham psixologik jihatdan ancha og'ir kechdi. Na iloj ne bo'lsaki odam bolasi har narsaga ko'nika olarkan. Bilasizmi orzularning ham joni bor ekan va ular ham o'lishi, ularni ham qabrga ko'mish mumkin ekan. Bir tomondan quvonarlisi esa yangi orzular tug'ila olishida. O'zingizni hech qachon egoistman deb atay ko'rmang. Egoizm bu yo'q tushuncha, shunchaki atrofdan vaqtinchalik chalg'ishni ego deb ataymiz. Inson psixologiyasida bu tushuncha bo'lishi uchun esa avvalo uning ko'ngli xotirjam bo'lishi kerak. Yaqinlariz yonizda bo'lmasligi mumkin lekin ularning tirikligi ham sizga xotirjamlik bera oladi. Demak egoizm bo'lishi uchun sizsa hamma narsa bo'lishi kerak ekan, uning yaroqlik muddati esa inson bolasi yolg'iz qolgunga qadar. Kimsalardan uzoqda bo'lish va umuman ularning yo' qligi orasida katta farq bor. Birida ular mavjud, sen ularni qayta ko'ra olishinga ishonasan yana birida esa ular mavjud emas lekin ko'rishni juda istaysan. Ammo bu ilojsiz. Aslida eng azoblisi shu hisoblanadi. Doimiy sog'inch bu jon azobidan ham og'ir. Yangi yil uchun yangicha rejalar, orzular qilish albatta yaxshi lekin unutmang hayot juda iplos narsa u sizni bir zumda umuman boshqa muhit va boshqa insonga aylantira oladi. Yangi orzular qilayotgan vaqtingizda eskilarini ko'mishingiz mumkinligi haqida ham bir on o'ylab ko'ring. Bugun kimlardir bayram kutish o'rniga o'z xizmat vazifasini mardlarcha bajarmoqdalar, yana kimlardir o'z yaqinlariga kasalxonada yuziga g'amli tabassum bilan qarab bo'lsada umid bag'ishlashga harakat qilmoqdalar. Men qorbobodan qaydandir yangi yilda moshina olish yoki boyib ketish kabi shablonoviy tilaklarni eshitavermasdan ayni shu insonlar qalbiga ham bir nazar solishini so'ragan bo'lardim. Shundagini seni mo'jizakor ekaningga odamlar ishonsa arziydi. Yana "oliviya"mi deb noshukurlik qilmang. Bu salatni yozni o'rtasida ham bozordan sotib olish mumkin. Lekin bozordagisiga uyimiz farishtalaring bu kungidek mehr va eng a'lo tilaklarini qo'shilmagan. Yoki kun kelib ayshi shu salatdagi mehrni sog'inib qolishingiz mumkin. Shunday ekan borida qadriga yeting. Bu siz uchun maxsus so'nggi salat bo'lishi ham mumkin. Yangi yilni ko'chadagi fohishalar bilan o'tkazmang. Balkim bu bayram kofirlarnikidir lekin oila a'zolari birlashadigan kun hisoblanadi. O'z oilangizni esa 300$lik fohishalarga almashmang. Insonning eng qimmatli boyligi shu hisoblanadi. Hattoki sog'liqdan ham ustuni. Bu kunni ko'chada ham pitarda otib daydigan holda o'tkazish shart emas. Bu kun ularga va sizga emas oilangizga tegishli kun. Uni besamar o'tkazishga esa haqqingiz yo'q. Albatta men sizga bu kunni qanday o'tkazishni o'rgatmoqchi emasman. Uni qanday o'tkazish o'zingizni hukmizgizda. Men esa bir donishmanddan eshitganimni sizga yetkazmoqdaman xolos. Xohlang uni gaplariga amal qiling xohlang amal qilmang. Ammo unutmang u bekorga donishmand emas. Eng muhimi esa sizga yangi yilda faqat baxtli onlar kelishiga tilakdoshman. Barcha yaxshi niyatlaringizga bundan keyingi yillarda ham erishib yuring. 2019-yil ham millionlab yillar kabi tarixga aylanadi. Undan xulosa chiqarishni o'zimiz hal qilamiz albatta. Faqat buni unutmasak bas. Barchangizga bayram muborak azizlar. ———— Quyidagisi esa real bo'lmasada salyutlar chaqirig'idan bahramand bo'ling: http://2020.devcon.uz @devcon
Diterbitkan 27 Dis
Diterbitkan 27 Dis
Yaqinda ijtimoiy tarmoqdagi profillarimda kubik rubik qo'llanmasini pullik qilish haqida yozgan edim. Sizlarga bepul ulashish qaroriga keldim. Tez orada kutib oling. @devcon
Diterbitkan 27 Dis
Diterbitkan 26 Dis
Qo'shimcha sifatida kanalga alohida guruh ham biriktirildi. Ulanishni xohlovchilar uchun: http://t.me/devcon_group
Diterbitkan 26 Dis
Siz dasturchi emassiz lekin yaxshi g'oya sohibi bo'la olasiz. Agarda sizlarda yangi dasturiy ta'minot ishlab chiqilishi bo'yicha so'rovlar va takliflar bo'lsa berishingiz mumkin. Kelajakda albatta barcha uchun foydali fikrlar mahsuli ro'yobga chiqarishga urunib ko'ramiz. @devcon
Diterbitkan 26 Dis
O'zimni asl soham dasturlash emas balkim elektronika. Shunga meni bir savol qiziqtirib qo'ydi hozirgi kunda, bizda dasturlashdan tashqari elektronikani ham o'rganishga ehtiyoj bormi? Fikrlaringizni post ostidagi kommentda yozib qoldirishingiz mumkin. Balki shu ehtiyojga qarab qandaydir yangiliklar bo'lib qolar) @devcon
Diterbitkan 25 Dis
O'yinni yangi versiyasini yuklab olish
Diterbitkan 25 Dis
«Ikki nuqta» O'yiniga ko'pchilik qiziqish bilan qaragani bois qo'shimcha sifatida o'yinni ozgina tahrirlab natijalar taxtasi qo'shdim. Ya'ni endilikda o'z natijalaringizni do'stlar bilan ilovani o'zidayoq baham ko'rishingiz va reytingda siz ham ishtirok etishingiz mumkin. @devcon
Diterbitkan 25 Dis
#ikkinuqta#challenge Ho'sh! Saylovdan oldin nixuya qatnashmayman deb 22-chisloda Saylov uchastkasi eshigi tagiga yotib olgan grajdan va grajdaninkalar) Bekorchidan xudo, YoshITdan trollar (xi. xi. xi) bezor deganlaridek 5 yillik uyqudan oldin ozgina chalg'ish uchun o'zimcha endi challenge kashf qivordim. Shartlar juda oddiy ushbu http://devcon.uz/share/blog/75 manzilidan «Ikki nuqta» o'yinini yuklab oling va o'zingiz qayd etgan eng yaxshi natijani #ikkinuqta hashtagi bilan profilingizga joylang. Evaziga esa challengeda qatnashganlarga boyib ketsam 5 litr yog' va bir juft kalish sovg'a qilaman. Birovni nomidan ishtirok etish, o'yinchining qo'lidan tishlash kabi amallar qati'yan man qilinadi. Vopsheta shaffoflikga rioya qilinsin. P.S: Ilovani boshqalarga ulashishni ham unutmang. Qo'shimcha sifatida o'yinning asosiy menusida natijani facebookga ulashish tugmasi mavjud. P.S2: Quyida meni natijam hozircha.
Hashtags
Diterbitkan 25 Dis
Yuqoridagi «Ikki nuqta» o'yinini yuklab olish