TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Kembali ke senarai saluran
<DevCon /> avatar

TGINSIGHT CHAT

<DevCon />

@Devcon

Technologies

DevCon P/E rasmiy telegram kanali. Informatsion texnologiyalar dunyosiga xush kelibsiz. Kanalda IT sohasiga oid qiziqarli ma'lumotlar va yangiliklar berib boriladi. Murojaat va takliflar uchun: http://t.me/iplosvoy [email protected]

Pelanggan83Pelanggan semasa
Siaran dijejaki239Bilangan siaran diindeks
Capaian terkini12,772Jumlah tontonan terkini
Siaran terkini

Siaran terkini

Halaman 7 daripada 20 · 239 siaran

Diterbitkan 25 Dis

Ikki nuqta - Mobil o'yin Casuallar doirasida bo'lgan ushbu o'yin sizga bo'sh vaqtlaringizni maroqli o'tkazishga yordam beradi degan umiddaman. O'yin shartlari yuqoridan pastga tomon harakatlanayotgan tartibli sharlarni ranglariga qarab o'tkazish hisoblanadi va shu asnosda harakat tezligi ham o'yinda davomida oshib boraveradi. O'yin natijalarini do'stlaringiz bilan ulashishni unutmang 😊 Batafsil ma'lumot: http://devcon.uz/share/blog/75 ———— Ushbu dasturlarni ishlab chiqish loyihasi haqida tanishish va qo'llab quvvatlash haqida ma'lumot olish uchun: http://devcon.uz/donate @devcon

1,600 views

Diterbitkan 24 Dis

Yuqoridagi o'yinni yuklab olish;

341 views

Diterbitkan 24 Dis

Android foydalanuvchilari uchun ajoyib puzzle o'yin. Batafsil ma'lumot: https://bit.ly/2sh0udj ——— Loyihani qo'llab quvvatlashni xohlovchilar uchun: http://devcon.uz/donate @devcon

372 views

Diterbitkan 24 Dis

3,060 views

Diterbitkan 24 Dis

Kechikkan post (doimgidek 😬) Ikki kun avval "Yaqin soatlarda Qur'oni Karimning mobil ilovasi" shaklidagi post chiqargan edim. Avvalo uzr so'rayman kechikkanim uchun. Dasturga Qur'onning O'zbek tilidagi ikki xil tarjimasi va izohlarini kiritib chiqish men o'ylagandan ko'ra ko'proq vaqtga cho'zilib ketti. Aniqroq qilib aytganda 12 000dan ortiq oyatlarni qo'l bilan kiritishga mabjur bo'ldim. Sizlar uchun arzirli ish deb o'ylayman. Bundan tashqari aybimni yuvish uchun rejani ozgina o'zgartirgan holda Najmiddin Komilovning Tasavvuf kitobini va Islom tarixi haqidagi ko'p bo'lmasada kerakli ma'lumotlarni ham joyladim. Kelajakda sizlarga asqotsa bundan xursandman. Ayni damda ilovaning birinchi versiyasi ekanini hisobga olsak Ikki xil turdagi tarjima, ikki xil turdagi izohlar va tafsirlar joylangan. Bu esa sizga turlicha qarashlar bilan Qur'oni Karimni chuqurroq o'rganishga yordam bera oladi. Tasavvuf haqida: Tasavvuf bu Diniy-falsafa bo'lib Islomning asosiy qismlaridan biriga aylanib bo'lgan. Komil inson darajasiga erishmoqchi bo'lganlar uchun yaxshi ta'limot. Batafsil ilovani o'zida tanishishingiz mumkin. Tarix bo'limiga kelsak bunda Islom dining kelib chiqish tarixi, siyosiy iqtisodiy holatlar, Payg'ambarlik tarixi va boshqa ko'plab siz uchun qiziqarli bo'lgan ma'lumotlar kiritilgan. Ilova haqida batafsil ma'lumot olish uchun ushbu manzilga kirishingiz mumkin: https://bit.ly/2EPcR2Q Ilovani to'g'ridan to'g'ri yuklash uchun: https://t.me/devcon/206 ------------------- Ma'lumot o'rnida ushbu ilova "DEVCON P/E" loyihasi tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu loyiha foydalanuvchilar uchun turli xildagi elektron kitob, darslik, o'yinlar va boshqa ko'plab foydali dasturlarni bepul, hech qanday ortiqcha reklamalarsiz ishlab chiqariladi. Ayni shu sabab ham loyiha ravnaqi va kelajakda bundanda yaxshi ilovalarni ishlab chiqilishini xohlovchilar loyihani qo'llab quvvatlashlari mumkin. Dasturlar ishlab chiqillishi asosiy navbatda vaqt va mehnat talab qiladi, bundan tashqari ishlab chiqish uchun foydalaniladigan dasturlar, resurslar ham ma'lum miqdordagi mablag' evaziga olinadi. Shunday ekan siz qo'llab quvvatlash uchun o'tkazgan istalgan miqdordagi mablag' loyihadagi ushbu sarf-xarajatlarni qoplashga yo'naltiriladi. Qanday qo'llab quvvatlash mumkin? Pul mablag'i yordamida: Yuqorida aytib o'tilgandek siz o'tkazgan mablag' summasi loyihadagi xarajatlar uchun foydalaniladi; Bilim, fikr va takliflar yordamida: Sizda dasturiy ta'minot ishlab chiqish bo'yicha qandaydir fikrlar va takliflar bormi? Unda bizga murojaat qiling. Sizning taklifingiz inobatga olinib albatta ko'rib chiqiladi; Resurslar, yordamida: Dasturlarni ishlab chiqarish uchun mablag' va takliflardan tashqari resurlar ham talab etiladi. Misol siz biror bir kitob yoki lug'atni qulay elektron shaklda ishlab chiqarilishini istaysizmi? Unda o'zingizda mavjud ushbu kitobni biz bilan ulashing, biz esa siz va boshqalar uchun foydali va qulay shaklda qayta ishlab chiqaramiz; Qo'llab quvvatlashni xohlovchilar uchun: Pul mablag'i uchun hisob raqamlarimiz: 1. UzCard yordamida o'tkazma qiluvchilar uchun: 8600 0504 2694 0450 2. Qiwi yordamida o'tkazma qiluvchilar uchun: +998911805015 Sizda boshqa turdagi qo'llab quvvatlash, fikr va takliflar berish istagi bo'lsa ushbu sahifa orqali bog'lanishingiz mumkin: http://devcon.uz/#contact Batafsil ma'lumot: http://devcon.uz/donate ------------------- Postni boshqalarga ham ulashishni unutmang 😉

3,550 views

Diterbitkan 1 Dis

Assalomu alaykum do'stlar. Ko'pchilikning talab va takliflariga binoan o'zim uchun web sahifa yaratishga qaror qilgan edim. Bundan asosiy maqsad o'zimning loyihalarim, bilimlarim yoki o'qib o'rgangan ma'lumotlarimni boshqalarga ulashish edi. Web sahifaga o'tish uchun manzil: http://devcon.uz/ Hozircha juda ko'p bo'lmasada ma'lum miqdordagi dasturlarni ham joylaganman. Kelajakda albatta yana to'ldirib boriladi. Loyiha doirasida umumiy auditoriyaga mo'ljallangan bepul dasturlar ham ishlab chiqiladi, qo'llab quvvatlashni xohlovchilar va bundan nima naf kelishi haqida qiziquvchilar uchun ham alohida sahifa yaratdim. Ushbu sahifada to'liqroq tanishishingiz mumkin: http://devcon.uz/donate Talab taklif va odatdagidek kamchiliklar (uchastka qurmaymiz 😀) bo'lsa bemalol fikrlar qabul qilib olinadi. P.S: Do'stlarga ulashib tashash tekin yeslishto')

328 views

Diterbitkan 24 Ogo

#lifehack Hamma bilsa kerak telegram messengerda birovga yozsagiz spam xabarni qabul qiluvchi tomonidan sizga nisbatan spam holati belgilanadi. Hozir men o‘rgatmoqchi bo‘lganim kimgadur xabar yozsangiz spam beraolmaydigan qilib yozish dur. Eslatma bu faqat Mobogramda bo‘ladi holos. Demak siz o‘sha odamni profiliga o'tasiz va siz yozmagan holda qo‘ng‘iroq qilib bir oz kutasiz... Qo‘ng‘iroq o‘chib qoladi. Qo'ng'iroq o'chib qolgach shu qo'ng'iroq tarixini o'chirib yuborasiz va bemalol xohlagan so‘zingizni yozaverasiz!

821 views

Hashtags

Diterbitkan 30 Jul

‼️ Dasturlashga oid o'zbek tilidagi videolar qo'llanmalar xususan Front End (HTML CSS Bootstrap Jquery), PHP & MySQL, Git va Java & Android kabi yo'nalishlaridagi videolarni postlarni va nafaqat dasturlash balki business hayotda o'z yo'lini topish, mashhur insonlar hayotidan voqealar, eng so'nggi startuplar barchasi haqida to'liq ma'lumot olish imkoni endi sizda mavjud. ‼️ Hozirgi rivojlanayotgan IT dunyosida faqatgina dasturlash dagi bilimingiz bilan o'zingiz erishmoqchi bo'lgan maqsadlarga yetishish biroz qiyinroq. Agar Middle Developer yoki menga shu bilimim yoki shu darajam bo'ladi desangiz yaxshisi dunyo qarashingizni o'zgartiring. Insonning potensiali nimaga qodirligini Steve Jobs, Bill Gates, Elon Musk kabi muvaffaqiyatli insonlar ko'rsatib berishgan shuning uchun har doim olg'a intilish yangi bilimlarni egallash sizni muvaffaqiyat cho'qqisiga olib chiqadi. 👉 Sizga @thetechguide Telegram kanalini tavsiya qilamiz. Bu kanal orqali siz shubhasiz bir oz bo'lsa ham dunyo qarashingizni, fikrlashingizni, dunyoga boshqacha ko'z bilan qarashni, nafaqat dasturlashga oid postlar📃, videolar📽 balki ko'plab mavzularda o'z bilimlaringizni mustahkamlab olishingiz mumkin.

738 views

Diterbitkan 29 Jul

Hamma joyda sharoit topiladi ))

487 views

Diterbitkan 26 Jul

http://telegra.ph/Bu-qanday-ishlaydi-Kompilyator-1-qism-07-26

473 views

Diterbitkan 15 Jul

Matmusani dasturchi bo'lgani haqida (do'stimga hazil) :) Dasturlashni o'rganolmay, Siqilardi Matmusa, C sharpdagi qatorlarga, Tikilardi Matmusa. Klas, obyekt, metodlar, Allambalo "morfizm", Ikki-uch oy o'tsa hamki Qilolmaydi hech hazm. Konsol proyekt ochamiz, Ridlayinu, Raytlayn, Jin ursin-ey, bunaqada Jinni bo'lish ham tayin! Inxeritens, statik voyd Interfeysi nimasi? For, if zenu, du vayl Svitch keysi nimasi? Yo'q, qaytish yo'q baribir O'rganaman shu tilni, Undan keyin kamiga VB.NET va MSIL ni. ... Shu zaylda vaqt o'tdi, Do'stimiz hech tolmadi, Troyelsin, Rixter, Shildt, Kitobi ham qolmadi. Vanihoyat o'sha kun, Va nihoyat o'sha on, Dedi kulib o'ziga: C sharpmi? Juda oson! Huddi shu payt TV da Habarda shunday dermish: Maykrasoft .NET, C sharpni Ortiq qo'llamas ermish. Bundan buyon yangi til - O', Q, G' lar chiqqanmish, Yangi tilga yangicha Funksiyalar tiqqanmish. Yangilikni eshitib Qotib qoldi Matmusa, Ko'rpa to'shak qib uch kun Yotib qoldi Matmusa. ... Hozir qanday deysizmi? U C sharpni tashlagan, To'rt oy bo'ldi O', Q, G' ni O'rganishni boshlagan...

583 views

Diterbitkan 12 Jul

419 views
12•••5678910•••1920
SebelumHalaman 7 daripada 20Seterusnya