TGINSIGHT CHAT
Jasur Muhammad
@jm_kitobchi
EducationO’rganayotganlarimni o’rgataman! Murojaat uchun: @jmnoriniy
Siaran terkini
Halaman 41 daripada 45 · 536 siaran
Diterbitkan 17 Dis
Malham kitoblari do‘konimiz ochilishini rejalashtirdik. Ijarani tushib beradi, deb o‘ylagan edik. Tushib bermadi. Aniq faktlar bilan ko‘rib chiqdik. Do‘kon faoliyati uchun kuniga 50ta kitob sotishimiz kerak. Bu chiqimlarni o‘ziga ketadi. Sabr, tavakkal, ishonch bilan kamida 6 oyni o‘tkazib olishimiz kerak. Do‘kondan pul olmasdan bu qiyin bo‘ladi. Bizga doimiy xaridor bo‘ladigan 300ta kitobxon kerak bo‘ladi. (online va ofline) Sodiq xaridor bo‘lasizmi? Agar ha, bo‘lsa 🐳 - bosamiz..
Diterbitkan 17 Dis
U Kitob o’qiydi va o’zining kichik dunyosida tinchgina baxt topadi. U kabi qizlar dunyoni o’zgartiradi. ©️Robert M. Dreyk 📚@jm_kitobchi
Diterbitkan 16 Dis
Hamrohim..
Diterbitkan 16 Dis
Nuqta! Brend rangi va logosi tanlandi. Hoyrli bo’lsin!
Diterbitkan 13 Dis
Agar do’kon ochsam, qaysi kitoblarni sotaman degan muammo paydo bo’lyapti. Yod g’oyalar singdirilgan kitoblar juda ko’payib ketdi. 18+ joylari bor adabiyotlar ham keragicha topiladi. Sifatsiz, saviyasiz, yaxshi tarjima qilinmagan, faqat pul uchun chop etiladiganlarini aytmasa ham bo’ladi. Muallif ruhsatı olinmagan kitoblar ham talaygina.. Do’konlarda sotilayotgan 50% kitoblarni sotmasam, do’kon rivojlana oladimi? 🙄
Diterbitkan 9 Dis
Agar sizda ilm olishga imkon bo‘lmasa, ilmga xizmat qiling. 1. Biror ustozning shaxsiy brendini rivojlantirishga ko‘maklashing. 2. Bir-ikki bolaning ta’lim olishi uchun yordam bering. 3. Sifatli podkastlarga ehtiyoj katta. Siz shunga sarmoya kiriting. 4. Noshirlarga yordam ko‘rsating. Qancha ko‘p yaxshi kitoblarni sifatli tarjima qildirishimiz kerak. Nimadir qiling. G‘oyaviy kurashlar avj olgan bir davrda o‘z maslakdoshlaringizni yolg‘iz qoldirmang!
Diterbitkan 9 Dis
Sog’lom fikrlash uchun. Insonning usti but, qorni to’q, tani sog’ va jufti bo’lishi kerak ekan. Bular yo’q bo’lsa, fikri- hayoli shularda bo’ladi.
Diterbitkan 7 Dis
“Super 30” kinosini tugatdim. Qahramonimiz chet el unversitetiga kiradi. Moddiy imkoniyati bo’lmagani uchun o’qishga bora olmaydi. Bir o’quv markazda dars berishni boshlaydi. Qisqa vaqt ichida shaxsiy brendi rivojlanib, nomi tillarda doston bo’ladi. Ozgina vaqt o’tib, faqat boylarni bollarini o’qitayotgani uchun, vijdoni tishlaydi. Hammasini tark etib, qambag’allarni o’qitishini e’lon qiladi. Va 30ta bolani imitxon asosida saralab oladi. Avval ishlagan joylaridan va pullik ta’lim “ega”lari tarafidan fitnalar boshlanadi. O’lim havfi ham bo’ladi. Ammo, qahramonimiz hammasini yengib o’tadi. Eng kuchli unversitetga 30ta bolaning hammasi kiradi. Katta olimlar bo’lib yetishadi.
Diterbitkan 6 Dis
Agar kitobni sayoz o’qishni istamasangiz. Chuqur ichiga sho’ng’ib, tahlil qilib o’qishni boshlang. Va buni bir o’zingiz uddalay olmayapsiz.. Unda, guruh yoki clublarga a’zo bo’lib, muhokama qilishni yo’lga qo’ying.. Muhokama- muhim! 📚@jm_kitobchi
Diterbitkan 4 Dis
“Kitobni qanday o’qish kerak?” mavzusida kichik qo’llanma.. Oz bo’lsada foydali bo’lsin!
Diterbitkan 2 Dis
2024 yil xisobida 85- kitobni boshladim. Sizda-chi?
Diterbitkan 1 Dis
“Nega o’zgardim” loyihasi asoschisi Jasur Muhammad Ibrat School’da! 🔔3-dekabr soat 11:30 da Ibrat School xususiy maktabida “Kitoblar bilan o’zgaramiz” mavzusida uchrashuv bo’lib o’tadi. 🎤 Uchrashuv spikeri @jm_kitobchi sahifasi muallifi, “Mindest” va “Nega o’zgardim” loyihasi asoschisi Jasur Muhammad! ✅ Jasur Muhammad — “O’zgaramiz” loyihasi orqali 40-50 ming insonlarni o’qitgan va 10 minglab insonlarni kitob o’qishiga sababchi bo’lgan inson! Siz ham hayotingizga kitoblar orqali mo’jiza olib kirishni xohlaysizmi? 📍 Uchrashuvda kutamiz! Manzil esa o’sha qadrdon Ibrat school! ☎️ Murojaat uchun: +998947024455 Bizni bu yerda kuzating! 💬Telegram | 📹Instagram