TGINSIGHT CHAT
Jasur Muhammad
@jm_kitobchi
EducationO’rganayotganlarimni o’rgataman! Murojaat uchun: @jmnoriniy
Siaran terkini
Halaman 44 daripada 45 · 536 siaran
Diterbitkan 22 Jul
Norinkapa haqida! Qishlog’imiz ajoyib insonlar bilan to’lib- toshadi. Yaxshi insonlarni bir joyga jam bo’lishi nodir holatlardan biridir.. Maqtanma deyishinngiz yoki bo’rtirib yubording deyishingiz mumkun. Ishonmasangiz mehmonga kelib ko’ring yoki mehmon bo’lganlardan so’rang.. 2017- yil oxiri 2018- yil boshlarida kitob do’kon ochilgan. U vaqtlarda qishloqda kitob do’kon ochilishi ertak edi. Shaharcha nomini bersa ham arziydi. Qishloq halqi mehnatkash, izlanuvchan, tavakkalchi bo’lgani uchun sezilarli darajada rivojlangan. Ikki daryo Norin va Qora daryo o’rtasida joylashgan. Havosi toza, pashalari chaqishi ham yoqimli. )) Insonlari sodda va samimiy, ayollari erlariga itoat borasida dunyoga o’rnak. (feminizm changi yaqinlashmasin) To’ylardagi nahorgi oshini aytmaysizmi, amri - marufsiz o’tmaydi. Hozir eshitishim bo’yicha qiz taraf deyarli sarf- harajat qilmaydi. Chunki ukalarımiz “kuyovchak” bo’lishni istashmaydi.
Diterbitkan 21 Jul
Mindset club - Javohir Izzatulloh 1. Qayerga qarab ketishni bilish. 2. Kelajakni qanday tasavvur qilish.(kelajakdagi o’zini qanday tasavvur qilishni bilish) 3. Jamiyyatga o’zimizdan qanday insonni taqdim etamiz. 4. Foydali insonga aylanish uchun: haddan ziyoda mutolaa va haddan ziyoda muloqot qilish. 5. O’zining kamchiliklarini yozish va yaqinlaridan kamchiliklari haqida so’rab turish.. 6. Pulni muzlatib o’zi o’qimaydigan kitoblarni sotib olish xatodir. 7. O’rganib- o’rgatishda xatoni kamroq qilish. Xato o’rgatib qo’yishdan qo’rqish. (Qoraqamishga boradigan insonni xato ko’rsatma berib, chilonzorga yuborib qo’yish) 8. Inson doim o’ziga yuqori baxo beradi..
Diterbitkan 18 Jul
Hamma podcast, blog, instagramda faollashib turgan bir vaqtda, siz ilm dengiziga sho’ng’ing. Urug’ yerga qancha chuqur ekilsa, yaxshi joylashib, yaxshi unib o’sadi va yaxshi xosil beradi. O’sha gap: “pishib yetilmasdan maydonga chiqmang”
Diterbitkan 13 Jul
Ota - ona farzandiga dushmanmi?! Jiyanlarim, ukalarim ko’p. Hammasi qisqa kurslarda o’qishni, ish o’rganib tajriba to’plashni, yaxshi insonlarga shogird bo’lishni istashadi. Ammo, ota - onalari, - "Rossiya yoki Qozog’istonga borib ishlab pul topganing yaxshi edi" deyishadi. Rosa harakat qilsak ham tushunishmaydi, huddiki miyalari bloklanib qolganday.... U joylarda o'n yillab ishlagan inson sifatida aytaman: - Farzandlaringizni chet davlatlarga yubormang, (ilm olish uchun boradiganlar bundan mustasno) ularda sizning taqdiringiz ikkinchi marta takrorlanmasin.... Sigaret chekuvchilar, aroq va pivo ichuvchilar, ayol - qizlar bilan yurishni oddiy holatga aylantirib olgan insonlar, jamoasi (katta ehtimol bilan u yerdagi muhit shunday)arzimagan besh - o'n million (500-600$) pul uchun, hali qadryati to'liq shakllanmagan farzandingizni shunday joyga yuborishga qo'qrmaysizmi? Farzandlaringizni qanday havfga yuborayotganligingizni tushunayapsizmi?! Kecha bir singlimiz ro'mol o'ragani uchun, onasi va akasi kaltaklabdi, buni eshitib sho'kga tushdim. Odamlar shunchalik manqurtlashib ketdimi? Shunday ilmli, soliha qizini, singlisini ro’moli uchun kaltaklasa.... Asli bunday qiz qancha-qancha ota - onalarning orzusiku! Kecha *o’chib qolgan bolalarni videosi tarqadi. Tabletka shimib olgani bilinib turibdi. Tabletkalar oddiy uylarda bemalol sotilayapti. Asosiy haridorlari maktab o’quvchilari, kunda guvoh bo’laman. Shu holatda ham farzandingizni chetga chiqarishga qo’rqmaysizmi?! Ishonchli insonlarga shogirdlik uchun berib, ikki-uch yil sabr qila olmaysizmi? Shunda, siz hohlagandan ko'proq pul topadigan bo’ladiku.. Aziz ota - onalar xato qarorlaringiz bilan, farzandlaringizning yorqin kelajagini qurbon qilmang!
Diterbitkan 28 Jun
Yaxshi kitoblarni o’qishni o’rganish yomon kitoblarni o’qimaslikdan boshlanadi. Axir hayot qisqa.. Shopеngauer Yaxshi kitoblarni tanlab o’qishni 2021- yilda boshlagan edim. Yani, o’sha vaqtda kitob tanlab o’qish mahorat, san’at ekanini anglaganman. O’zgaramiz loyihasi sababli kichik kitoblarni o’qishga majbur bo’ldim. Chunki loyihada boshlang’ich kitobxonlar qatnashganligi uchun, kichik, qiziqarli kitoblarni o’qitishimiz kerak edi. (Majburiyat) Har mavsumda 8-12ta kitoblarni o’qib, ularning ichidan 3ta eng yaxshilarini tanlar edim. Filtrdan o’tmagan kitoblarni o’qishga vaqtim shunchaki ketar edi. Nima demoqchiman, hayot qisqa, yaxshi kitoblar esa ko’p. Tanlab, anglab, saralab o’qing..
Diterbitkan 20 Jun
- Biz hammaga yordam beramiz. Ammo, bitta narsani unitamiz. O’zimizni.. “O’zimizni yordamsiz tashlab qo’yamiz” Da’voyimiz katta, nima uchun qilayapsan? - “Millat uchun” “Ummat uchun” Qo’ysangizchi, rostdanmi? …. (javob berishga o’ylanib qolamiz, ‘rostdan shunday qilayapmanmi?’ o’zimizga savol berishni boshlaymiz) Boshqalarga yaxshi ko’rinishni istaydigan sohta “men”ımızdan voz kechishimiz kerak.
Diterbitkan 18 Jun
Kitobxonlarni oʻz holiga qoʻying! Soʻnggi paytlarda turk adabiyotiga, jumladan biz kitobxonlarga tavsiya qilgan kitoblarga nisbatan bildirilayotgan tanqidiy fikrlar koʻpayib qolganligini hisobga olib shu haqida fikr bildirishni lozim topdik. Toʻgʻri, insonlarning dunyoqarashlari har xil boʻlishi tabiiy, kimdir Dostoyevskiyni daho desa, kimgadir uning kitoblari yoqmaydi. Kim uchundir «Molxona» asari ajoyib kitob, ammo bir kishidan «haqiqiy molxona-ku» degan gapni eshitganman. Kimdirlar tomonidan tanqidga uchragan «Men» asarini bir ukamiz qayta-qayta 6 marta oʻqiganini aytdi. Hamma tilda ham tavsiya qilsa boʻladigan va umuman tavsiya qilinmaydigan kitoblar bor. Toʻgʻri, turk adabiyoti ham kamchiliklardan holi emas va oʻz navbatida, tanqidchilar orasida ham haqli tanqid qilayotganlar bor. Ammo, bu kitoblar koʻpchilik insonlarni toʻgʻri yoʻlga boshlaganligi ham bor gap. Balki, kitoblarning musulmon mualliflar tomonidan yozilayotganligi va xudosizlar tomonidan ilgari surilayotgan ayrim gʻoyalarni shunchaki choʻpchak ekanligini isbotlab berayotganligi bu tanqidlarga sabab boʻlayotgandir. Xullas, qoʻshtirnoq ichidagi «tanqidchi»larga aytar gapimiz bor. Hamma insonlarga oʻz qadriyatlaridan, ehtiyojidan va qalbidagi ogʻriqlaridan kelib chiqib kitob tanlashiga qoʻyib bering!
Diterbitkan 16 Jun
Nimagadir talab kuchaysa uning narhi ko'tarilib boradi. Talab kuchayaversa narh ham oshib boraveradi. Bu jarayon eng yuqori to'lov evaziga ham u narsani topish ilojsiz bo'lib qolguncha davom etadi.... Shu joydan uni qadrlash boshlanadi. Biz ham Sizlarni shunday qadrlaymiz! Bayramingiz muborak bo'lsin, Qadrdonlarim!
Diterbitkan 13 Jun
Maqsad Men 4-5 yildan keyin kim bo’laman? 1. Telegramda 50k, instagramda 300k, youtubeda 100k obunachisi bo’lgan shaxsiy brend bo’lsa yaxshimi? 2. Yoki, bir yo’nalishda mutaxassis darajasiga chiqish va moddiy erkinlikga chiqib olish. Qaysi biri men uchun foydali?! Hammamiz, hamma mavzuda gapira oladigan darajaga chiqdik. Lekin, bir sohada mutaxassis bo’la olmadik. Hamma o’zini sohasida gapirishi kerak. Bu haqiqat..
Diterbitkan 12 Jun
Oldinga qadam tashlashga oʻzingizda jurʼat toping. Quyidagi maxsus tamoyillar bu yoʻlda yanada ildamroq yurishingizni taʼminlaydi: • Ruhingizni oʻrab turgan qalbaki qobiqdan - soxta "men"ingizdan voz kechish - muammolardan xalos boʻlishingiz demakdir. Chunki ular bitta tushuncha. Zotan muammolaringiz, soxta "men"ingiz tufayli yuzaga keladi. • Ketar ekansiz, sogʻinchingiz bir olam boʻlsin. • Nimaning toʻgʻri ekanligini tushunish uchun, avvalo, nimaning notoʻgʻriligini aniqlab olish joizm • Oʻzingizga nisbatan qanchalar haqgoʻy boʻlsangiz, erkinligingiz ham mana shu oʻlchov doirasida boʻladi. • Voz kechish - ichki dunyongizning vazifasidir. • Oʻzingizga nisbatan rostgoʻy boʻling, hech bir narsani oʻzingizdan yashirmang. • Ikkisidan biri yuz berishi aniq: yo oliy idrok bilan yoki oʻjar oʻzingiz bilan qolasiz. Ikkalasi bir vaqtda boʻlishi mumkin emas! • Voz kechish uchun qandaydir favqulodda yordam kuchga hojat yo'q, faqatgina mavjud muammo - ayni ondagi zaruratni ko'rishga tayyor boʻlish va bunga xohish boʻlisa kifoya. • Mavjud muamni tushunmay va tahlil qilmay turib, unga nisbatan yaxshiroq vaziyat yaratib bo'lmaydi. • Muammoning nima ekanligini bir bor boʻlsa ham yaqindan ko'rganingizdan keyin yechimini ham albatta topasiz. • Tan olingan zaiflik — tark etilgan zaiflikdir. Ya'ni ojiz nuqtalaringizni koʻra olsangizgina, undan xalos bo'lishingiz mumkin. • Voz kechish - oʻingiz muammolar girdobida qolib ketganingizni sezganingizdan soʻng tabiiy ravishda yuz beradigan jarayonlmdir. Ya'ni muammoni anglaganingizdan keyin voz kechish jarayoni oʻz-oʻzidan sodir boʻladi. • Baxtsizlik boshingizga boshqa joydan kelmaydi, uni o'zingiz yaratasiz. Baxtsiz bo'lib qolishingizning boisi, aslida, o'zingzdir. • Azob chekish - bu sizning notoʻgʻri tanlovingizdir. • Rostdan ham siz bajarishni istayotgan narsa - oʻzingiz haqingizda o'ylashni to'xtatishdir. • Mag‘lub foydasiz choralarga yopishib olishdan kelib chiqadi. • Boshqa variant, boshqa ehtimol yoʻqligini sezganingizdan soʻng, voz kechish oʻz-oʻzidan yuz beradi. • Asl erkinlik «men»ning ozodlikka chiqishiga intilishi tufayli uning uchun tayyorlangan tuzoqlarning fosh boʻlishida emas; asl erkinlik — o'zini tuzoqqa tushib qolganday his qiladigan «men»dan qutulishdadir. • Kashf etilishi kerak bo'lgan bilimlarni faqat o'z istaklari bilangina chegaralash va shu holda o'zini o'rganishga urinish - «Yotgan joyimda turib dunyoni o'rganishni xohlayman» deyish bilan barobardir. • Yo'qotishdan qo'rqadigan narsangizdan voz kechganingizda, aslida, yo'qotganingiz faqatgina qo'rquvning o'zi boʻladi. © Gay Finli
Diterbitkan 10 Jun
Kitoblar qanday ahmoq ekanimizni bizga eslatib turadi. Rey Bredberi Ustoz bo’lsa yaxshi, yonida yurib ilm va odatlarni yuqtirib olasiz. Ustoz bo’lmasa, kitoblar ikkinchi imkoniyatingizdir. Inson doim eslatmaga muhtoj bo’lib turadi. Chunki insonning bitta nomi “unutuvchi”, u fitratida shunday yaratilgan. Bunga yechim doimo hayrli ishlar va odatlarni eslatib turadigan kitoblar yoki insonlarga muhtoj bo’lamiz. Atrofimizda eslatib turadigan insonlar kam bo’lganligi uchun, kitoblar bizga eslatuvchi vazifasini bajarib turadi. Yuzimizga aybimizni aytadigan insonlar atrofimizda yo’q. Chunki, hammamiz o’zimizni himoya qilamiz va o’zimizni sevamiz. Hech kimga nasihat qilishiga yo’l qo’ymaymiz. Nasihat qilganlarni yoqtirmaymiz. Shunday vaziyatda kitoblar bizni ayblarimizni ko’rsatib, to’grilanishimizga sababchi bo’ladi. “Mana shu yerda xato qilding" deya bizga oyna boʻluvchi koʻzguyimizdir. Sabotul ojiziyn kitobini ikki marta o’qiganman. Boshida qiziqtirib, o’ziga jalb qilib oladi. Keyin bizni ayamaydi. Jim.. indamay.. dardingiz ichingizda xatolaringiz bilan birma-bir yuzlashtiradi... Buni his etib o’qish kerak..
Diterbitkan 10 Jun
Ayol makri.. Bir kishi yo’lda ketayotib, bir quduq yonida turgan ayolga duch keldi. Kishi unga yaqinlashdi. Ayol qo’rqib ketdi. Shunda Erkak: “Qo’rqma! Sendan bir narsa so’ramoqchiman. “Ayol makri nima?”” deb so’radi. Ayol biroz o’ylanib turdi-da, keyin dod solib yig’lay boshladi. Uning ovozini butun qishloq eshitdi. Erkak qo’rqa pisa ayoldan nega bunday qilganini so’radi. Ayol: “Ovozimni butun qishloq ahli eshitib, bu yerga kelishsin va seni o’ldirishsin deb shunday qildim”, dedi. Erkak: “Sendan makr haqida so’radim, xolos-ku! Yomon niyatda biror gap aytdimmi? “ -dedi. Shunda ayol o’rnidan turdi-da, bir chelak suvni o’z ustidan quydi. Erkak uning bu ishidan ajablandi. Undan nega bunday qilganini so’radi. Ayol endi gapirmoqchi edi, qishloq ahli kelib qoldi. Erkak ulardan qo’rqib, “ Bular meni hozir o’ldirishsa kerak”, deb o’yladi. Ayol qishloq ahliga: “Suv olmoqchi bo’lib quduqqa engashgan edim, behosdan tushib ketdim. Bu odam meni qutqardi”, dedi. Odamlar boyagi kishiga tashakkur aytib, unga ko’p sovg’a salomlar in’om etdilar. Erkak Ayoldan nega shunday qilganini so’radi. Ayol: “Ayol makri mana shunaqa bo’ladi. Agar unga ozor bersang, Seni o’ldiradi. Agar u rozi bo’lsa, Seni baxtli qiladi” , deb javob berdi…. 🪓