TGINSIGHT CHAT
Jasur Muhammad
@jm_kitobchi
EducationO’rganayotganlarimni o’rgataman! Murojaat uchun: @jmnoriniy
Siaran terkini
Halaman 43 daripada 45 · 536 siaran
Diterbitkan 5 Sep
Boshlang’ich kitobxonlar uchun! 1. Halol Luqma 2. Alvido Vatan 3. Ishqi Rosul 4. Talabalik(davrini qanday o’tkazmoq kerak) 5. Morrining seshanba darslari 6. Bir olimning kundaligi 7. Aysel 8. Izlash 9. Uni poklagan najot topur 10. SOS (savol ortidagi savol) 11. Kafansiz ko’milganlar 12. Men 13. Qalb iffati 14. Yashamoq 15. Isrof 16. Kuchsizlar kuchi 17. Tavba 18. Til ofatlari 19. U. Vaqtning qadri 20. Ilm olish sirlari 21. Hamza 22. Diqqat 23. Aldanganlar 24. Kelinlik toji 25. Chinakam Bandalik 26. Mustarshidin (munir nashiryoti) 27. Mahramiyyat tarbiyasi.. 28. Tungi Suhbatlar 29. Vasatiya hayot yo’li 30. Sohilsiz dengiz Kichik va qiziqarli kitoblardan o’qishni boshlang. Natija bo’ladi!
Diterbitkan 5 Sep
Eng qiyin ish bilasizmi nima? Eng qiyin ish hayvonni tarbiya qilish emas. Eng qiyin ish farzandni tarbiya qilish emas. Eng qiyin ish inson o’zini tarbiya qilish… Inson o’zini tanishni boshlasa bu gapni tushunib yetadi. Turli xil niqoblarda ro’l o’ynab yurganini anglaydi. Insonlar oldida tuslanayotgani, aslida unday emasligini biladi. O’zini tanib olsa, turli xil niqoblardagi ro’llarini adolatli o’ynashni boshlaydi.
Diterbitkan 26 Ogo
- Bugun bir inson bilan ko’rishdim. Muloqotdagi xatolarimni va umuman xatolarimni aytib berdi. Inson o’zidan boshqa ko’z(inson) orqali o’zini ko’rib turishi kerak ekan. Gapirish davomida “masalan” degan so’zni va keraksiz olmoshlarni ko’p ishlatar ekanman.(o’zimga bilinmas edi) Kitobxon, ziyoli va ilmli insonlar o’rnak bo’lishi kerak. Menda keraksiz mavzularga o’tib ketish va ko’p eshita olmaslik ham borligini aytdi.. Yolg’iz o’zinga xatolaringni aytadigan, to’g’ri joyda, to’g’ri narsani odob bilan tushuntiradigan do’stlar sog’ bo’lsin..
Diterbitkan 24 Ogo
Ovchining otgan o’qi bir kishini o’ldirishi yoki umuman unga tegmasligi mumkin. Lekin aqlli odamning hiyla nayrangi ona qornidagi chaqloqniyam o’ldirishi mumkun. ©️Kautila, hind faylasufi 3-asr Shuning uchun kimni kuzatishingizni yaxshilab o’ylab ko’ring. Filtringizni yaxshilab ishlatishingiz kerak. Chunki, tushunchalarni sog’lom saqlashlik juda muhim.. Bir ilmli inson bilan bir voqea yuzasidan tortishib qolgan edim. Bir kuni Kamoliddin(R) aka bilan uchrashib qoldim. Shu sohani yaxshi bilgani uchun so’radim. U kishi zo’r gap aytdi. “Jasurbek, insonlar tushunchalarini ehtiyot qilishlari kerak, agar u o’zgarsa, to’g’rilanishi uchun yillar kerak bo’ladi. Agar to’g’rilansa” Odamlar o’z maqsadiga yetishidagi yagona vositaning mohiyatida kuch va ayyorlik mavjud.(Gyote) O’zingizni ehtiyot qiling..
Diterbitkan 23 Ogo
Bir kuni bir kishi meni yo‘qlab kelibdi. Salom-alikdan so‘ng muddaoga o‘tdi. "Domla, 5000 dollar beraman, dissertatsiyani yozib bering, himoyadan keyin yana beraman, xullas, rozi qilaman" dedi. "Farzandlardan nechta?" so‘radim. "Ikkita..." "Ularning aybi nima?" deb so‘radim. Dovdiradi. "Tushunmadim, domla..." dedi. "Shunday qilib dissertatsiya yoqlasangiz hukmi halolmi yoki harom?" deb so‘radim. "Bilmadim..." "Siz menga halolligini isbotlab bering, sizga shart yozib beray, bir oy o‘tirsam bitta dissertatsiya tayyor bo‘ladi. Endi teskarisi bo‘lsachi? Ya’ni, harom. Fan nomzodi bo‘lasiz, fan nomzodiga yarasha oylik olasiz. Bu oyligingiz halolmi yoki harom? Agar harom bo‘lsa, bolalaringizga shuni yedirasizmi? Bolalaringizning aybi nima? Ularni halol yedirish o‘rniga bunday qilsangiz kelajagi nima bo‘ladi? Ozgina qiynalasiz, tan-joningiz sog‘, nima qilasiz go‘daklaringizning kelajagini barbod qilib? Bu gapni siz aytmadingiz, men eshitmadim, borib ishingizni qilavering!" "Uzr, domla..." "Bir gap esingizda tursin, ota-ona, ayniqsa, erkak kishi yetti pushtiga mas’uldir. Siz kim bo‘lsangiz yetti avlodingiz ham shu bo‘ladi. Buni genetika deydi, allaqachon isbotlab qo‘ygan! Mavzu beraylik, o‘rganing, ishlang!" "Ming bor, uzr, domla..." Keyin u kishini ko‘rmadim. Boshqa kelmadi. Baxtiyor Abdug’afur
Diterbitkan 20 Ogo
- O’qimaydigan kitobingizni sotib olmang. Pulingizni tejashni o’rganing. Faqat hozir o’qiydigan kitoblaringizni sotib oling.. Qolgan pulingizni kurslarga yoki sportga sariflang.. Ko’p mutolaa qiling. Filtr bilan tanlab o’qing.. Har kim tavsiya qilgan kitoblarni o’qiyvermang.. Kitob o’qishda ham ustoz ushlang.. O’zi tanlab o’qib, ‘erkin’ fikrlab, ‘bir chiroyli’ ateist bo’lib qolganlar kundan kunga ortib bormoqda.. Poydevori mustahkam bo’lmagan bino, shamol qattiq kelsa yoki yer qattiq silkinsa qulaydi.. Unutmang, sizni o’qigan kitoblaringiz shakillantiradi..
Diterbitkan 15 Ogo
- Sizda bormi?! Muvaffaqiyatga erishgan insonlarning hammasini clublari yoki suhbatlashib turadigan jamoalari bo’ladi. Toshkentga kelganimga 4 yil bo’lib qoldi. Kelmasimdan avval ham ilm olar edim. Kitob do’konimda ko’p mutolaa qilar va haftada bir firklashib turadigan yig’inlarda qatnashardim... Ammo bir kuni 1000+ kitob o’qigan va o’z sohasini mutaxassislari bilan suhbatlashib qoldim. Fikrlashim tor va ortda qolib ketganimni angladim. Toshkentga kelishga qaror qildim.. Kelganimga 4 yıl bo’ldi, natijalar juda ajoyib, xatto o’ylab ko’rmaganlarim bo’ldi. “Qalbingdagi g’aming qadar tavfiq beriladi” degan gapning haq ekanini ko’rdim. Kelganimdan buyon top mutaxassislar bilan juda ko’p suhbatlashdim. Loyihalar qo’shimcha yuksalish bo’ldi. Juda katta natija berib, fikrlashimda 10,20-yıl oldinlatib yubordi. O’zimizda natija bergan bu uslubni boshqalarga ham taklif qilishni istadik. Va Mindset clubni tashkil etdik. Endi sizda ham bu imkoniyyat paydo bo’ldi. Inson ilm olar ekan, kitob mutolaa qilar ekan, nimadir kamdek tuyuladi. Bu boshqa sohalardagi mutaxassislar bilan aloqa yo’qligi, maslaxat olinmagani, networking yo’qligidan bo’ladi..
Diterbitkan 14 Ogo
O‘zingizdan mazlum(mazluma) yasab olmang... Bir muammo bo‘lib qolsa, o‘zingizdan mazlum yasab boshqalarni aybdor qilishni bas qiling. Hayotingizni hozirgi ahvoliga kelishiga yagona sababchi inson asli o‘zingizdir. Kechagi tanlovlaringiz bugungi taqdiringizni hal qiladi. Agar inson oʻz hayotini taftish qiladigan boʻlsa tushunib yetadiki uning oʻzi hayotidagi har bir hodisaga sababchi ekanligini. Xalqimizning maqollarini sevaman-da, “Shamol kelmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi”, “G‘unajin ko‘zini suzmasa, buqa ipini uzmaydi”. Boshqalarga o‘zingizni muammolaringizni ilishdan osonroq ish yo‘q. Ammo siz boshqalarni ayblashdan avval ularga imkon berganingiz, shaxsiy chegaralaringiz eshigini ochib kiritganingizni unutmasligingiz lozim. Har bir insonda tanlash huquqi bor va shu tanlovlari asosida inson hayot kechiradi. Muammolar faqat sizda emas, hammani hayotida qiyinchiliklar boʻladi ammo hamma ham u muammolarni yechimi aynan oʻzidaligini bilmaydi. Balki boshqalarni ayblash bilan oʻziga vaqtinchalik "sokinlik" oladi. Lekin keyinchalik tushunib yetamizki asil muammo oʻzimizda ekanligini va u muammodan chiqish ham oʻz qoʻlimizda. Shuni yodda tutish kerakki, mag'lubiyatga uchraganlar hech narsa qilmaslik uchun sabab topadilar va faqat o'z atrofidagilarni ayblashadi, lekin g'oliblar o'zlarini, xatolarini tahlil qilishga va keyin yechim topishga harakat qiladilar.
Diterbitkan 9 Ogo
- Bizning qiladigan muhim va jiddiy ishlarımız bor. Oddiy va keraksiz ishlar bilan chalg’lib qolmang. Sizni aldashlariga yo’l qo’ymang.. O’zining hayotini, oila a’zolarini ko’rsatib, sizni vaqtingizni o’g’irlayotgan “blogger”lardan uzoq turing..
Diterbitkan 26 Jul
Diqqatni jamlash. Hayovonlar hozrgi payt bilan yashaydi. Ular yaqin vaqt ichida sodir bo’lgan voqealardan nimadir o’rganish mumkun. Biroq ko’z o’ngidagi narsalarga juda tez chalg’iydi. Insonlar har narsaga chalg’imay, uzoq tikilib bir lahza muhitdan o’zini uzoqlashtira oladi. Oldindan ko’ra bilishardi. Etiborni jamlash kerak, agar jamlamasa.. tez chalg’iydigan, parishonhotir, atrofga yuzaki qaraydigan hayvonga aylanadi. Inson sharoitga moslashadi. Kitobdan, o’zgarish ham kiritildi.
Diterbitkan 24 Jul
Dunyodagi eng qiyin ish ‘farzand tarbiyasi’ degan gap bor. Farzandingiz sizning ikkinchi imkoniyatingizdir. Hozrda imkoni borlar farzandlarimizni xususiy maktablarda o’qitishimiz kerak. Mashina olish, uylarni komfort qilishdan ko’ra farzandlar kelajagi muhimroq. Farzandlarimiz hayotimizni ikkinchi bor takrorlamasin.
Diterbitkan 23 Jul
Inson bir ishni qilishdan avval yaxshilab o’ylashi kerak. (Soatlab) Ustoz, do’st, juft tanlash masalalarida jiddiy fikrlab ko’rishi kerak. Fikringizni, tushunchalaringizni ehtiyot qiling. Insonning tushunchasi o’zgarsa uni to’g’rilash uchun yillar kerak bo’ladi.