TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Kembali ke senarai saluran
Jasur Muhammad avatar

TGINSIGHT CHAT

Jasur Muhammad

@jm_kitobchi

Education

O’rganayotganlarimni o’rgataman! Murojaat uchun: @jmnoriniy

Pelanggan5,790Pelanggan semasa
Siaran dijejaki536Bilangan siaran diindeks
Capaian terkini160,400Jumlah tontonan terkini
Siaran terkini

Siaran terkini

Halaman 45 daripada 45 · 536 siaran

Diterbitkan 6 Jun

Balki, shu paytga qadar qotil bo’lmadim. Ammo, Meni qotil bo‘lishga majbur qilgan imtihondan o‘tmaganman. Men og’ri bo’lmadim, ammo, o’g’ri bo’lishga majbur qiladigan sinovdan o’tmaganman. Shu sababli aytamiz-ki: Boshqalarning boshidan kechirgan imtihonlarini ko'rsangiz, darhol ularni qoralamang! Chunki u yutqazgan sinovni hali boshdan kechirmagansiz. U qanday yo’qotgan bo’lsa, unga yo’qottirgan nafs senda ham bor. U sinovni boshingdan o’tkazmaganingni birdan bir sababi hali ham u bilan sinalmaganingdir. Tarjima

18,700 views

Diterbitkan 4 Jun

Passiv, aktiv va proaktiv insonlar! Passiv - komfort zonadagi, noliydigan rivojlanmaydigan insonlar. Aktiv - atrofidagi narsalarga qarab ish qiladigan. Havo yaxshi bo'lsa yugurgani chiqaman deydigan insonlar toifasi. Proaktiv - nima bo'lishidan qat'iy nazar ishini bitiradigan. Siz qaysi toifadansiz?

18,300 views

Diterbitkan 3 Jun

Farzandingizga maslahat bera oladigan shaxs bo'ling.. - Aqli to’yingan insonlardan maslaxat so’raladi. Buning uchun eng kamida kitobxon bo’ling. Hayotiy tajriba bilan kitoblar qo’shilsin.. - Farzandingiz sizdan emas, boshqadan maslaxat olib yurishi, kichik fojealardan biridir. Sog’lom erkak buni qabul qilishi qiyin kechadi. O’sha mashxur gap: “Ey yigit o’qi, joxillik- or! unga faqat eshshak rozi bo’ladi”

16,700 views

Diterbitkan 3 Jun

ILTIMOS, TARJIMA QILMANG! Odatda nashriyotdagi ishimdan tashqari qo‘shimcha ish olmaslikka harakat qilaman. Maoshim ko‘p yoki kamligidan emas, shundoq ham zo‘riqib ishlaydigan miyaga arzimas pul uchun ortiqcha yuk yuklagim kelmaydi. Qolaversa, farzandlar, ahli oila uchun ham vaqt ajratish kerak. Lekin bir kishi yaxshi insonlarni dalolat qilib, bir tarjima kitobni tahrir qilib berishimni iltimos qildi. Kitobning tili yengil tuyulgani uchun o‘rtadagi akamizning hurmati rozilik bildirdim. «Tarjima»ni olib, tanishib chiqishni boshladimu, rozilik bildirib qattiq yanglishganimni tushundim. Google tarjimaligi bilinib turgani bir yon, «tarjimon» eplolmagan joylarini og‘ziga nima kelsa yozib tashlayvergan. Kitobning asliyatida yo‘q narsalarni kiritib tashlayvergan. Ayniqsa, hozirgina kelgan joyimdagi «9-12 ay arası uyku rehberim» degan jumla «9-12 OYLARDA UYQU MENGA RAHBARDIR!» deb «tarjima qilinganini» ko‘rib, koshki til bilmaganimda edi, deb yuboray deysiz. Bir necha oydan beri vaqtimni o‘g‘irlayotgan bu «tarjima» sabab soch-soqolda oq ko‘payganini ham sezdim. Qarasam bo‘lmaydigan, tarjimani o‘zim boshqatdan qilishni boshladim. O‘rni kelganda yangi chiqayotgan «tarjimonlar»ga iltimosim bor edi. Iltimos, kitob TARJIMA QILMANG! Foydadan ko‘ra zarari ko‘proq bunday «tarjimalar»ning. Tarjima bu siz o‘ylagandek, boshqa tildagi jumlani o‘zbekchaga o‘girib qo‘yish bilan bitadigan ish emas. Ustozlarimiz o‘rgatishganidek, o‘sha siz tarjima qilayotgan tilning kayfiyatini, asliyatda aytilayotgan gapni ifodalamas ekan, bir tiyinlik foydasi yo‘q. Mahmud Mahkam

18,800 views

Diterbitkan 2 Jun

- Ayblarni yashirgin: oʻz ayblaring bilan mashgʻul boʻlginki, boshqalarining aybi bilan mashgʻul boʻlishga vaqting qolmasin. Ayblarni yashirish nihoyatda fazilatli amaldir. Ammo bundan ham fazilatlisi - boshqalarining ayblari bilan mutlaqo mashgʻul bo'lmaslik, ularning kamchiliklarini bilishni ham istamaslikdir. Birovning aybini izlash, yaʼni josuslik Qurʼoni Karimda ochiq shaklda harom qilingan. Fozil kishi birovning kamchiliklarini izlash oʻrniga oʻzining ayblari, kamchiliklari bilan mashgʻul boʻladi. Natijada birovning ayblarini ko'rishga na vaqti, na xohishi qoladi. Futuvvat

20,000 views

Diterbitkan 29 Mei

- Qilich sinmaydigan holga kelgunicha. Temirni olov bilan qizdiriladi, keyin suvga solinadi, keyin yana olovga solinadi, keyin bolg’a bilan ustiga zarba beriladi. Bu hol qayta- qayta takror bo’lgandan so’nggina sinmaydigan qilich dunyoga keladi!

25,200 views

Diterbitkan 20 Mei

- Biz hammamiz huddi kitoblarga o’xshaymiz. Ko’p insonlar faqat muqovamizni ko’radi, juda ozchiligi faqatgina muqaddima qismini o’qiydi va yana ko’pchilik tanqidchilarga ishonadi. Bizning asl mazmunimizni esa ozchilik biladi. Emil Zoyla

42,700 views

Diterbitkan 4 Okt

Channel created

views
12•••10•••20•••30•••40•••434445
SebelumHalaman 45 daripada 45Seterusnya